QARShI: O’ZINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLARI BILAN QADIMIY O’LKA
22.05.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

pic
Dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri bo’lgan — Qarshi shahri jahon tarixi va madaniyatida muhim rol o’ynaydi. O’zining yubiley munosabatini nishonlash paytida YuNESKOning bosh konferensiyasi 32-sessiyasida qabul qilingan qarori orqali mazkur ifodalarni topgan. Qarshi — eng yirik qadimiy shahar bo’lib, Samarqand va Buxoroni Afg’oniston va Hinduston bilan tutashtirilgan karvon yo’li vohasi hisoblangan. Ilgarilari o’zining Nasaf nomi bilan atalgan ushbu o’lka qadim-qadimdan dehqonchilik, chorvachilik, va qo’l mehnati ostida ishlab chiqarilgan sherst gazlamalari mahsulotlari va sabzovotchilik bilan savdo sotiqqa asoslangan mashhur shahar hisoblangan. Zamonaviy Qarshi shahri — viloyat markazida joylashgan bo’lib, obodonlashgan katta maskan, yirik sanoat markaziga aylangan. Ishlab chiqarishda esa, asosan qishloq xo’jaligi mollarini qayta ishlov berishga yo’naltirilgan.

pic

Mamlakatimizning keksa va bugun qaytadan yosharayotgan go’shalaridan biri — Qarshi shahri katta to’y arafasida. Yurtimizning fayzli bu go’shasi joriy yilning kuz oylarida o’zining muazzam 2700 yillik yubileyini nishonlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 sentyabridagi «Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida»gi 452-sonli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi «Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarorlari e’lon qilinganidan keyin shahar va uning atrofidagi tarixiy obidalarni tubdan ta’mirlash, shahar ko’chalarini, mahalla guzarlarini yangilash, bozorlarni dam olish bog’larini, tarixiy maydonlarni ochish markaziy ko’chalarni kengaytirish, yangi o’yingohlar barpo etish ishlari yirik Dastur asosida rejalashtirilib, ulkan bunyodkorlik amaliyoti boshlab yuborildi.

Rejadagi asosiy ishlarning ko’pchiligi bitkazildi ham. Eng ajablanarlisi shundaki, shahar atrofini aylanar ekansiz qadimiy va navqiron o’lkaning hozirgi qiyofasi butkul o’zgargan, shuningdek zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol joriy etilayotgani guvohi bo’lasiz. Bugun Qashqadaryo viloyatida beshta uyali aloqa operatorlari ishlab turibdi: Uzdunrobita, Unitel, COSCOM, Perfectum Mobile va «O’zbektelekom» AKning — «O’zbektelekom Mobayl» filiali bular jumlasidandir. Shuning uchun ham atrofga bir e’tibor qilsangiz o’z ishi bilan band bo’lib ketayotgan yo’lovchining qarib har birida uyali telefonlaridan foydalanayotganini uchratasiz. Internet -xizmatlarini xalqqa taqdim etayotgan provayderlarning soni anchaga yetib qoldi, ular «O’zbektelekom» AKning UzNet filiali, BUZTON QK va Net City-lardir.

pic

Shaharda internet -qahvaxonalari va kompyuter klublari ham bir qanchaga yetib qoldi. Yaqinda, «Sho’hrat-aka» nomi bilan ataluvchi ikta yirik internet -klub ochildi. Klub egasi Vohidov Sho’hrat shunday deydi: «Men mazkur klublarni kompyuter texnikasida mavjud bo’lgan so’nggi qurilmalar asosida jihozladim. Pedagogika universiteti yaqinida joylashgan birinchi klubimizda men zamonaviy Intel prosessorli va yuqori samarada ishlaydigan konfigurasiyaga ega 40-ta kompyuterlarni o’rnatdim. Boshqa klubimiz esa, shaharning qoq markazida joylashgan. U yerda esa, AMD Athlon64 3000+ prosessorlari asosida jihozlangan 43-ta kompyuterlarni o’rnatilgan.

Yaqindagina men klubimizda Internet tarmog’idan foydalanish uchun lisenziya oldim va BUZTON provayderi tomonidan ajratilgan liniya tarmog’ini tashkil qildim. Mening asosiy vazifalarim zaminida aholiga sifatli xizmatlarni ko’rsatish va har bir tashrif buyurgan kishi uchun nafaqat kompyuter o’yinlarini o’ynashlari balki Internet resurslaridan ham unumli foydalanishlari uchun an. Mening klublarim talabalar uchun juda qo’l kelmoqda.»
Narxlar u yerda ancha arzon, masalan, Internetda bir soat foydalanish uchun 325 so’m, va 1 megabayt trafik — 4 sentdir. Toshkent shahridagiga qaraganda ancha arzon. Mazkur klubning texnik jihatdan yaxshi jihozlanganligi bois, Qarshi shahrida o’tkaziladigan kompyuter o’yinlari bo’yicha O’zbekiston chempionatining tashkiliy qo’mitasi tomonidan hududiy saralash turnirini 10-11 iyun kunlari shu yerda o’tkazilishiga qaror qilindi. «Qashqadaryo Telekom» filiali xodimlarining ma’lumotiga ko’ra, hozirgi kunda viloyatda 100-ga yaqin kompyuter klublari mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligida jamoa punktlarida Internetdan foydalanishi uchun lisenziyaga ega. Masalan, Shahrisabz shahrida joylashgan telekommunikatsiya bog’lamasi binosidagi internet -qahvaxonasida mijozlar unumli foydalanishyapti.

Qarshi shahrida zamonaviy raqamli telefon stansiyalari ishlab turibdi, optik -tolali aloqa kabellarini o’tkazilmoqda va telekommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha yangi loyhalarni joriy etib kelinmoqda. AKT sohasida ham mutaxasislarni tahsil olishlari uchun talaygina ishlar qilinyapti. Masalan, Qarshida kompyuter kolleji mavjud va yaqindagina yangi axborot texnologiyalari kolleji qurildi, shuningdek 2005 yilning sentyabridan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali o’z faoliyatini boshlab yubordi.

pic

TATUning Qarshi filiali zamonaviy ko’rkam binoda joylashgan bo’lib, hozirgi kunda uning bag’rida 185-talaba va magistrlar informatika va axborot texnologiyalari mutaxasisliklari bo’yicha ta’lim olishmoqda. May oyining boshida Qarshi shahrida O’zbekiston yoshlari miqyosida o’tkaziladigan- «Umid nihollari -2006» sport musobaqalari bo’lib o’tdi. «O’zbektelekom» AK «Qashqadaryo Telekom» filiali direktori O’ktam Turdievning ta’kidlanishicha, ushbu o’tkazilgan yirik an’anaviy tadbir uchun «Uzinfokom» markazi bilan hamkorligida musobaqaning maxsus saytini yaratdik. Har bir hoxishmand istalgan vaqtida Internet orqali musboqa natijalari xususida tanishishlari uchun tayyor edi. Undan tashqari musobaqa davrida matubot markazi ishlab turdi va unda har bir jurnalist kompyuterdan foydalanib yuqori tezlikdagi Internet tarmog’idan foydalanishdi.

pic

Hozirgi kunda O’ktam Turdiev «Qashqadaryo Telekom» filiali direktori va O’zAAA hududiy boshqarmasi boshlig’i hisoblanib, uning aytilishicha, bugun Qashqadaryo viloyatida «Qashqadaryo Telekom» filiali va «Uzi Interneyshnl» Qo’shma korxonasi bilan birgalikda 60 mingdan ortiq qayd etilgan telefon aloqasi xizmat ko’rsatyapti. Yangi raqamli ATSlar joriy etilyapti, shuning uchun ham raqamlashtirish darajasi kun sayin oshib bormoqda. Bugun, ular Aloqa Loyiha instituti bilan hamkorlikda viloyat telekommunikasiya liniyalarini kengaytirish bo’yicha yangi loyihalarni tadbiq etmoqdalar. O’zAAAning hududi boshqarmasi va «Qashqadaryo Telekom» filialining mehnatlari evaziga yangi turkumdagi aloqa xizmatlari joriy etildi, bularga aholiga ko’rsatilayotgan Internet xizmatlari, korporativ mijozlar uchun ma’lumotni uzatish tizimlari va elektron ATS orqali ko’rsatadigan abonentlar uchun qo’shimcha xizmat turlarini sanab o’tish joiz. «Biz internet -provayderlari Internet jamoa punktlari faoliyatini yuqori samarada o’tishi uchun yuksak sharoitlarni yaratib berishga sidqidildan harakat qilyapmiz» -deydi O’ktam Turdiev.

pic

Sohibqiron Amir Temur vatani bo’lmish Shahrisabz shahri nafaqat qadimiy va chiroyli shaharlardan biridir. Viloyatning aholi punktlari joylashuviga ko’ra mazkur shahar ikkinchi o’rinda turadi. Bugun shahar aholisi Alcatel rusumidagi raqamli ATS xizmatlaridan foydalanishmoqda va yaqin kelajakda yana bitta raqamli ATSni joriy etish ko’zda tutilgan. Bugun, Shahrisabzda bir qancha internet-qahvaxonalari ishlab turibdi va ulardan biri shahar telekommunikasiya bog’lamasi binosida joylashgan.

Xullas, Qarshi bugun to’y bahonasida bunyodkorlik shahriga aylangan hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini faol joriy etib kelmoqda.

Tasvirda: Qarshi axborot texnololgiyalari kollejining yangi binosi

«Uzi Qarshi» Qo’shma korxonasida o’rnatilgan yangi raqamli ShATS.

Qarshi shahrida joylashgan so’nggi rusumdagi qurilmalar bilan jihozlangan 43 ta kompyuterli Internet -klubi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talabalari.

pic

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq