SIZNING KOMPYUTERINGIZNI MERKURIY HIMOYA QILADI
05.04.2006
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .
pic

Mercury Smart 800 uzluksiz quvvat manbai Qadimgi Rim afsonasida Merkuriy yo’lovchilar homiysi va savdo xudosi bo’lgan. Mercury savdo belgisi nomi esa inglizcha simob so’o’zidan kelib chiqqan. Ishlab chiqaruvchining fikricha «Dizaynining tekis tuzilishi va ko’zni qamashtiradigan nafis ko’rinishi Mercury mahsulotlarida simobning butun yarqirashi va go’zalligini namoyon etadi». Mercury savdo belgisi egasi Kobian Pte Ltd kompaniyasi hisoblanadi, ushbu kompaniya 1978 yilda tashkil topgan.

Bugungi kunda kompaniya Hindiston va Xitoyda ishlab chiqarish korxonalariga ega, uning 13 ta ofislari jahonning barcha hududlarida strategik o’ringa ega, 250 dan ortiq global distributiv kanallari mavjud. Bular kompaniya faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi. Hozirgi kunda Mercury savdo belgisi bilan ishlab chiqaruvchi mahsulotlar Yevropa, AQSh, O’rta Sharq mamlakatlari va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Hindiston va Xitoy yarim orollari davlatlari bozorlarini qamrab olgan.

Mercury savdo belgisi bilan ishlab chiqariladigan mahsulotlar qatorida kompyuterlar, Barebone PC to’plamlari, noutbuklar, sistema platalari, xotira modullari, korpuslar, optik jamlovchilar. Tarmoq uskunalari, faks-modemlar, monitorlar, quvvat manbalari, ovoz kolonkalari, flesh-kartalar, PC-kameralar, raqamli fotokameralar va uzluksiz quvvat manbalari mavjud. Sistemali platalar, faks-modemlar, korpuslar va ovoz kolonkalari mana besh yildan ortiq vaqt davomida O’zbekiston bozorlarida xarid qilib kelinmoqda, lekin Mercury uzluksiz quvvat manbalari (IBP) bizning bozorlarimizga endi kirib keldi.

Bugun biz Mercury Smart 800 uzluksiz quvvat manbaini taqdim etamiz. Ushbu model «lineyno-interaktiv IBP» uzluksiz quvvat manbai turlarining yorqin vakili hisoblanadi. Eslatib o’tamiz, uzluksiz quvvat manbalarining qurilishi ikki asosiy tomologiyasi mavjud: va «on-line» , ular qaysi quvvat manbai asosiy etib va qaysi biri zaxira quvvat manbai qilib olinganligi bilan farq qiladi. «standby» topologiyasi IBP normal rejimda elektr quvvatini chiqishga to’g’ridan-to’g’ri chiqarib beradi (razryadlar va shovqinlarni bostirish filtri orqali) va tarmoqda elektr quvvati uzilgan holdagina inventor va batareyani ishga soladi (shu sababli ularni zaxira IBP lari deb ham ataydilar). «on-line» topologiyasidagi IBP lar normal rejimda kirib kelgan o’zgaruvchan tokni to’g’rilaydi va shundan so’ng doimiy ishlovchi inventor yordamida yana o’zgaruvchan tok hosil qiladi.

pic

Faqatgina mana shu zanjirlarning biror qismida uzilish bo’lgan holdagina IBP — on-line chiqishni bevosita kirishga ulaydi. Lineynili-interaktiv IBPlar «on-line IBP» lari ishlashi ustunliklari bilan birga zaxira (standby) IBPlari ishonchliligi va samaraliligi tomonlarini o’z ichiga olgan. Lineynili-interaktiv IBPlarda inventor doimiy ravishda chiqish bilan ulangan. Inventor ishlab turgan paytida o’zgaruvchan quvvat bilan stabilizasiyalashgan chiqish o’zgaruvchan quvvati bilan parallel ishlaydi va faqatgina elektr tarmog’ida quvvat uzilganida to’la quvvat bilan tok ishlab beradi. Tarmoq quvvati chiqishi bilan («liniya» «line» bilan) mana shunday o’zaro bog’liqligi («interaction») sababli ham ushbu arxitektura o’z nomini olgan. Inventor odatda past quvvat bilan ishlaydi, chiqish quvvatini sozlashni va elektr tarmog’ida uzilish sodir bo’lganida to’la quvvat talab qilinmagunicha akkumulyatorlarni zaryad olishini ta’minlab turadi. Lineynili-interaktiv IBP ko’pincha kompyuter tarmoqlarini himoya qilish uchun foydalaniladi.

Bundan tashqari Mercury Smart 800 modeli lineynili-interaktiv IBP Smart (aqlli) qo’shimchasiga ham ega. Bu ushbu modelda kompyuterga ulanish uchun maxsus raz’yom (RS-232) mavjudligini anglatadi. U maxsus RUPS software dasturiy ta’minot yordamida foydalanuvchiga elektr manbaidagi uzilishlar to’g’risida, batareyalari zaryadi kamligi to’g’risida xabar beradi, agarda foydalanuvchi biror-bir sabablarga binoan joyida bo’lmasa Mercury Smart 800 mustaqil ravishda va xavfsizlik bilan kompyuterni o’chirishi mumkin. Dasturiy ta’minot Netware 3.XX, Window NT, Unix, Sun Os, Hp-UX va boshqa operasion sistemalarda ishlashni ta’minlaydi. Endi Mercury Smart 800 modelining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida gapirib o’tamiz. O’rnatilgan inventori hisobiga Mercury Smart 800 kirish quvvati keng diapazonida ishlashi mumkin: 140 dan 285 volt kuchlanishgacha. Shu bilan birga chiqish quvvati zarur bo’lgan 220 V dan 5 % lar atrofida farq qilishi mumkin. Batareyalardan quvvat berishga o’tish 10 ms dan kamni tashkil etadi, bu kompyuter uzluksiz ishlashi uchun yetarli hisoblanadi.

Bugungi kunda kuchli kompyuterning quvvat bloki 300 Vattdan ko’proq iste’mol qilishini va 17-19″ dyuymli elektron nurli trubkali monitor bilan birga ishlatilishini hisobga oladigan bo’lsak, unda Mercury Smart 800 modelining 800 BA (480 Vatt) chiqish quvvati juda mos desak bo’ladi. O’rtacha quvvat sarflanganda zaxira energiya quvvati sarflashga o’tilganda batareyalar 20-40 minut davomida ishlay oladi. Shu bilan birga batareyalarni to’la qayta zaryadlanish vaqti 8 soatni tashkil etadi.

Shunday qilib, Mercury Smart 800 sizni kompyuteringizni nimalardan saqlashi mumkin: kirish quvvatini normadan (220 V) 25 % gacha bo’lgan pasayib yoki ko’payib ketishidan elektr tarmog’idagi shovqinlar va industrial to’siqlardan (maxsus filtr — razryadlar va shovqinlarni yo’qotish filtri mavjud) elektr manbaidagi kutilmagan uzilishlar yoki vaqti-vqti bilan o’chirib turishlardan saqlaydi.

pic

Qisqa tutatuvlardan saqlaydi. Shu bilan birga batareyalarning avtonom ishlash vaqti 20 minutdan 40 minutgacha tashkil etadi. agarda foydalanuvchi ish joyida bo’lmasa, batareya zaryadlari tugab borayotgan bo’lsa Mercury Smart 800 mustaqil ravishda kompyuter ishini to’xtatadi va ma’lumotlarni saqlab qoladi. Bundan tashqari faqat kompyuter va monitornigina emas, balki telefon tarmog’ini, hatto faks modemni ham saqlaydi, chunki Mercury Smart 800 modemning orqa panelida uchta elektr quvvati raz’yomidan tashqari telefon va faks uchun RJ11 va RJ 45 raz’yomlari ham mavjud.

Aytgandek, Mercury Smart 800 modeli kumush metallik rangli juda qulay va yaxshi ko’rinishdagi ixcham korpus dizayniga ega. Ishlab chiqaruvchi mahsulotning 0 dan 40 darajagacha bo’lgan oraliqda ishlashiga kafolat beradi. Bu bizning keskin o’zgaruvchan iqlimimiz uchun zarur hisoblanadi. Ushbu modelning narxi O’zbekiston bozorlarida taxminan 70$ atrofida, bu 800 VA chiqish quvvatiga ega bo’lgan model uchun qimmat emas.

InfoCOM.UZ jurnali tahririyati «Navigator» kompaniyasiga Mercury Smart 800 uzluksiz quvvat manbaini test sinovlari uchun taqdim etganligi uchun minnatdorchilik bildiradi.

pic
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq