WCG UZBEKISTAN PRELIMINARY HAQIDA FILM YARATILADI
21.09.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Xurshida Azizova.
pic

Bugungi kunda televizion dasturlarni teleekran uchun maxsus olingan hujjatli filmlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Operativ teleko‘rsatuvlar, va axborot xabarlari, tematik sikllar bilan birgalikda bizni qiziqtiradigan mamlakatimiz hayoti solnomasi bilan zamondoshlarimiz, ularning ishlari, muammolari haqida hikoya qiladilar. Hujjatli filmdan tomoshabin birinchi navbatda faktlar va hodisalarni chuqur yoritib berilishini, insonlar xarakterlarini yorqin ochib, ifodalab berilishini kutadilar. Biz O‘zbektelefilm studiyasi prodyusori Rashid Shokirov bilan olib borilayotgan ishlar, ijodiy xodimlar tomonidan yaratilayotgan yangi filmlar haqida suhbatlashdik.

Bugungi kunda televizion dasturlarni teleekran uchun maxsus olingan hujjatli filmlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Operativ teleko‘rsatuvlar, va axborot xabarlari, tematik sikllar bilan birgalikda bizni qiziqtiradigan mamlakatimiz hayoti solnomasi bilan zamondoshlarimiz, ularning ishlari, muammolari haqida hikoya qiladilar. Hujjatli filmdan tomoshabin birinchi navbatda faktlar va hodisalarni chuqur yoritib berilishini, insonlar xarakterlarini yorqin ochib, ifodalab berilishini kutadilar. Biz O‘zbektelefilm studiyasi prodyusori Rashid Shokirov bilan olib borilayotgan ishlar, ijodiy xodimlar tomonidan yaratilayotgan yangi filmlar haqida suhbatlashdik.

— O‘zbektelefilm studiyasi tomonidan uning o‘ttiz besh yillik faoliyati davomida keng tomoshabinlar e’tiborini qozongan, ko‘plab qiziqarli ishlar amalga oshirildi, -deb so‘z boshladi Rashid Shokirov-Studiya xodimlari tomonidan turli janrlar va mavzularda ko‘p sonli filmlar suratga olinib «zangori ekran» orqali namoyish etilib kelinmoqda. Quvonarli tomoni shundaki, mazkur filmlarning ko‘p qismi o‘zbek televideniyesi oltin fondiga kiritilgan. Ular respublika va xalqaro kinofestivallar hamda forumlarida namoyish etilib, tanlovlar sovrindori bo‘lganlar.

— Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng telekommunikasiya va zamonaviy axborot texnologiyalari sohasiga oid qanday ijod namunalari ustida ishlay boshladingiz?
— 1991 yildan boshlab, O‘zbektelefilm studiyasi butun mamlakat bilan birgalikda yangi mustaqil yosh O‘zbekistonimiz qurilishida ishtirok etib, o‘z filmlarida davlatimiz iqtisodiyoti ilg‘or korxonalari haqida hikoya qilib, uning taraqqiyot yo‘nalishlarini aks ettirdi.
Istiqlol nuri bilan Respublikamizda telekommunikasiya va zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshlandi, hozirgi kunda ham jadal rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini qayta ko‘rish va rivojlantirish 2010 yilgacha mo‘ljallangan Miliy dasturi telekommunikasiyalarni Jahon standartlari asosida raqamli uskunalar bilan ta’minlash bilan O‘zbekistonning xalqaro va hududlararo tarmoqlarini modernizasiyalashni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin sohadagi o‘zgarishlar (TAEVOLS, Internet, aloqa kompaniyalari OECF, JBIC, markalar, pochta aloqasi, mutaxassislar tayyorlash, terroristlar tomonidan Surxondaryo viloyatida bosqinchilik harakatlari sodir etilganda aloqachining qurbon bo‘lishi kabi) voqeaviy, hayotiy hodisalar filmlarga asos qilib olinadi.
Ma’lumki, hozirgi kunda respublikada internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda, biroq televideniye hali ham eng ommaviy tarqalgan va qulay axborot vositasidir.

Ta’limda eng asosiy loyihalardan biri interfaol usullardan foydalanib, televizion hujjatli filmlar yaratish, ularni televideniye dasturlarida joylashtirish bo‘lib qolmoqda. Chunki o‘zining ijtimoiy va madaniy samarasi bo‘yicha bu umumiy savodxonlikni tarqatish bilan tengdir. Intertelevideniye-bu qiziqishlar bo‘yicha tanlab tomosha qilinadigan televideniyedir, ma’lumki, u butun dunyoga tarqaladi.

— Ijodiy guruhingiz tomonidan yana qanday filmlar yaratdingiz?
— Hozirgi kunda O‘zbektelefilm ijodiy guruhi tomonidan O‘zAAA va O‘zbektelekom AK, NEK korporasiyasi va Siemens kompaniyasi bilan hamkorlikda yigirmaga yaqin hujjatli filmlar, ko‘rsatuv va videofilmlar yaratildi.

Bu filmlar O‘zbekiston respublikasi telekommunikasiyalari va pochta xizmati rivojlanishi haqida, sohadagi investisiya dasturlarini amalga oshirish haqida, aloqa vositalarining odamlar xo‘jalik va madaniy hayotidagi roli haqida, kabellarni saqlash haqida hikoya qiladi.
NEK korporasiyasining O‘zbekistondagi faoliyati haqida bir qator filmlar yaratildi. NEK yo‘ldosh antennasining o‘rnatilishi sayyoramizning har qanday nuqtasidan mustaqil ravishda xalqaro aloqalar o‘rnatish imkonini berdi. Bu vaqtgacha xalqaro aloqalar Qozog‘iton va Rossiya hududlari orqali amalga oshirilib kelingan edi. Filmda OESG loyihasini amalga oshirish, Orol hududlari, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari telekommunikasiyalarini modernizasiyalashtirish va rivojlantirish ishlari aks ettirilgan.
«Siemens O‘zbekistonda» filmi Shanxay-Frankfurt na-Mayne xalqaro Trans-Osiyo-Yevropa aloqa tarmog‘ini ko‘rish loyihasini amalga oshirilishi haqida hikoya qiladi, bu tarmoq ishga tushirilishi natijasida O‘zbekiston transnasional telekommunikasiya tarmog‘i markazida turib zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bir necha videofilmlar va ko‘rsatuvlarda kabellarni qo‘riqlash va saqlash haqida hikoya qilinadi. Ular magistral aloqa o‘tgan hududlarda turli yer qazish ishlarini olib borishda mas’ul shaxslarning oddiy beparvoliklarini ko‘rsatadilar. Sohaga katta zarar ko‘rsatib kabellarni o‘g‘irlash haqida bir qator hujjatli va rolli videofilmlar mavzusi dolzarb bo‘lib qoldi.

«Dunyoni bog‘laydigan soha» filmi mamlakatimizda va Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan aloqa sohasi muhandis (injener)larini tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurti Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu yil mazkur o‘quv yurti uchun muhim tantanali yil hisoblanadi. Shu sababli ham bu mamlakatimizda eng nufuzli hisoblanadigan oliy ta’lim maskani haqida tamoshabinlarga ko‘proq ma’lumotlar berish katta e’tiborga sazovordir.

«O‘zbekiston markasi» filmi «O‘zbekiston markasi» korxonasi faoliyati haqida hikoya qiladi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi pochta markasi mashhur shoira Nodirabegimning tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlanib tayyorlandi.
«O‘zbekiston markasi» korxonasi xizmatchi-xodimlari, rassomlari va dizaynerlari, noshirlarining ish faoliyatlari filmda o‘z aksini topdi. Lekin filmning asosiy qahramonlari-mustaqil O‘zbekistonning markalaridir.

«Aloqachi ayollar» filmi aloqachi ayollar va ularning «Alla» respublika ko‘rik tanlovlaridagi ishtiroklari haqida hikoya qiladi, bu ko‘rik tanlovning finali Turkiston konsert zalida bo‘lib o‘tib, katta bayramga aylandi. Mohir hakamlar aloqachi ayollarning ijodiy imkoniyatlarini yuqori baholadilar. Men studiyamiz ijodiy guruhi tarkibida aloqachilar mutaxassisligi bilan shaxsan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu esa filmni yanada qiziqarli bo‘lishida bizga ilhom bag‘ishladi.

Tog‘lar, ba’zan o‘tib bo‘lmas yerlar, daryolar, odam oyog‘i yetmagan Qizilqum cho‘llaridan, har qanday ob-havo qahraton sovuqmi, jazirama issiqmi, bu yuqori malakali va maqsadga intiluvchi odamlar hayot qiyinchiliklarini yengib, kabel yotqizib boradilar. Ana shunday fidoyi insonlar haqida film yaratish, ularning mehnat mashaqqatlari haqida hikoya qilish, xalqimiz tomonidan bu kasb egalariga alohida mehr va hurmat uyg‘otish hamda xizmatlarini qadrlay bilishlarida muhim rol o‘ynaydi deb o‘ylayman.

— Kelgusi rejalaringiz haqida o‘rtoqlashsangiz.
— Istiqbol rejalarimiz quyidagilardan iborat:

• Mamlakaimizda aloqa va axborotlashtirish sohasining dastlabki mutaxassislari-alochilar A.A.Abdullaev, M.N.Aripov, I.R.Berganov, O.A.Abduazizov, M.Sh.Zohidov, V.M.Son, R.B.Solievlar haqida hujjatli film yaratish;
• O‘zbekiston Respublikasida Internet tarixi va rivojlanishi, birinchi provayderlar haqida hujjatli film yaratish;
• Aloqa sohasi mutaxassislari va zahmatkash xizmatchi xodimlari haqida, ularning tog‘lar, cho‘llar va daryo to‘siqlarini yengib kabel yotqizuvchilar haqida hujjatli film yaratish;
• Respublikamizning katta sanoat korxonasi bo‘lgan Navoiytelekom mutaxassislari haqida hujjatli film yaratish;
• Aloqachi badiiy video filmini yaratish;
• Dunyodagi eng baland minoralar o‘nligiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi teleminorasi haqida hujjatli film yaratish;
• Rejalashtirgan ishlarimizdan eng asosiysi WCG Uzbekistan Preliminari musobaqalari va ishtirokchilari haqida hujjatli film yaratish niyatidamiz. Bu musobaqalar yil sayin ommalashib borayotganligi bizni quvontiradi, albatta.

— Fursatdan foydalanib, «infoCOM.Uz» jurnali ijodiy guruhiga va o‘quvchilariga doimo omad tilaymiz. O‘z navbatida, biz ham ulardan hamkorlikda filmlar yaratish bo‘yicha qiziqarli takliflarni kutib qolamiz.

pic
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq