D-Link O’zbekiston istiqbollariga katta umid bog’laydi
01.09.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Erik Yerzin.
pic

Biz ilgari xabar berganimizdek, shu yilning boshida Sharq Telecom kompaniyasi shaxsiy uy kompyuteriga ega bo’lgan har bir foydalanuvchi uchun an’anaviy Dial-Up-ulanishdan ko’p marta katta tezlikda, lekin narxi bo’yicha shu ulanish bilan teng bo’lgan internetga ulanish imkonini berishdek ajoyib taklif bilan chiqqan edi. Shu bilan birga yana telefon tarmog’i ham band bo’lmaydi. Shunday qilib, bu foydali taklif nimalardan iborat ekan. Gap shundaki, muammoni tubdan hal qilish uchun Sharq Telecom kompaniyasi strategik sherik sifatida dunyoda ulkan hisoblangan tarmoq va kommunikasion uskunalar ishlab chiqaruvchi va loyihachisi D-Link korporasiyasini hamkorlikka taklif etdi. Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar o’zaro foydali kelishuvga keldilar. D-Link korporasiyasining iste’molchilar talablarini qondira olish va yuqori sifatli qurilmalar bilan birga aloqa tarmog’i bozorida eng qulay narxlarni taklif eta olishi hisobiga hamkorlik imkoniyatlari ishlab chiqildi.

pic

Toshkentda amaliy safarga kelgan D-Link mintaqaviy menejeri Vladimir Lipping bizning jurnalimizga bergan intervyusida O’zbekiston bozorining istiqbolliligi va kengligini hisobga olib korporasiya Sharq Telecom uchun yetkazib berayotgan mahsuloti narxlarini ancha arzonlashtirganini aytadi.

pic

Bu haqida u shunday deydi: «Biz O’zbekiston IT-bozori jadal rivojlanishi, uning infrastrukturalari, rivojlanishidan manfaatdordir. Biz agarda hozirda Internetga samarali ulanish ta’minlanmasa yaqin kunda kompyuterning o’zi umuman nima uchun kerak degan savol yuzaga kelishi mumkin. Arzon, keng polosali yuqori tezlikda Internetga ulanish imkonini berish mahalliy IT-bozorini rivojlanishiga qo’shimcha katta turtki bo’ladi va kompyuterlar va tarmoq uskunalaridan foydalanuvchilar soni ortishiga olib keladi. Mana shu sababli Sharq Telecom kompaniyasining Internetga O’zbekiston aholisining keng qismini ulanishlari bo’yicha ADSL-ulanishni keng yoyish bo’yicha loyihasi bizni e’tiborimizni tortdi, bu kompaniya hozirgi kunda Markaziy Osiyoda mana shu sohada ulkan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Mana shu sababli biz keyingi yilda Toshkentda D-Link korporasiyasining rasmiy vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqdamiz. Bu bizga O’zbekiston bozorida hamkorlarimiz bilan yanada samaraliroq hamkorlik qilishga imkon beradi».

pic

D-Link korporasiyasi 1986 yilda Shingu (Tayvan) ilmiy parkida tashkil etilgan. Hozirgi kunda D-Link kompaniyasi quyidagi xizmatlar keng to’plamlarini taklif etadi:
» Ethernet/Fast Ethernet/Gigabit Ethernet lokal tarmoqlarini yaratish
» simsiz tarmoqlar qurish va keng polosali ulanishni tashkil etish
» IP (VoIP) bo’yicha tasvir va ovoz uzatish
» videokonferensiyalar o’tkazish.

D-Link kompaniyasining 87 ta mintaqaviy ofislari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida uskunalarni sotish va ishlashini ta’minlashni amalga oshiradilar. Kompaniyada 1600 dan ko’proq xodimlar ishlaydi. Yillik ishlab chiqarish 728 million dollarni tashkil etadi. Synergy Research Group analitik kompaniyasining tarmoq uskunalari bozori iste’molchilik sektorini oxirgi o’rganishlari natijasi bo’yicha D-Link bu sektor bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Misol uchun, 2004 yilning birinchi choragida D-Link kompaniyasi 8 milliondan ortiq tarmoq qurilmalarini sotdi, uning eng yaqin raqobatchilari sotgan qurilmalardan deyarli ikki barobar ko’pdir.

pic

D-Link kompaniyasi bir qator nodir loyihalar patent va mualliflik huquqlariga ega bo’lib, ular orasida ASIC kompyuter chiplari texnologiya dizayn, dasturiy ta’minot va boshqa intellektual mulklari mavjud. Kompaniya foydalanadigan ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etish uslubi ISO 9001, 9002 sifat menejmenti sistemasi sertifikatlari va ISO 14001 ekologik menejment sistemasi sertifikatlari bilan taqdirlangan.

1999 yilda Moskvada D-Link kompaniyasining Rossiya, MDH boshqa davlatlari va Baltiya vakolatxonalari ochildi. Rossiyadagi vakolatxonaning faoliyatida mintaqaviy ofislar tarmog’ini yaratish muhim natijalar hisoblanadi. Hozirgi paytda MDH davlatlari xududida 14 ta mintaqaviy vakolatxonalar ishlab turibdi (bizga eng yaqini Olma-otada joylashgan). D-Link vakolatxonasini Toshkentda ochilishi 2006 yilga mo’ljallanmoqda. D-Link mintaqaviy ofislari savdo-sotiq mahalliy kanallari va sheriklarga marketing va texnik yordam ko’rsatish, shu jumladan test sinovlaridan o’tkazish uchun uskunalar namunalarini taqdim etish, kafolatli xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlari uchun javob beradi. Mintaqaviy ofislar o’zlari ofislarida ham va hamkor kompaniyalar yoki ularning buyurtmachilari ish joylarida ham bepul texnik seminarlar va treninglar o’tkazadilar.

pic

D-Link kompaniyasi mahsulotlarni mualliflashtirish va lokalizasiya masalalariga katta e’tibor qaratadi. Asosiy texnik va marketing materiallari rus tiliga tarjima qilingan va moslashtirilgan, bu MDH davlatlari bozori uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, D-Link kompaniyasining bizning bozorimizda taklif etiladigan «Elektrosvyaz», «Rostest» sistemalari sertifikatiga ega va gigienik standartlarga javob beradi.

Mahsulotlar namunalari D-Link kompaniyasi har qanday masshtabdagi tarmoqlar qurish uchun mo’ljallangan qurilmalar keng namunalarini taklif etadi. Bir maqqola doirasida D-Link mahsulotlari hammasi haqida gapirib berishning iloji yo’q, shuning uchun hozircha bizning fikrimizcha eng qiziqarli hisoblanganlari haqida gapirib o’tamiz. Simsiz tarmoqlar D-Link kompaniyasmi ommaviy bozorda simsiz qurilmalarni chakana savdoda taklif etgan kompaniya hisoblanadi. D-Link kompaniyasining marshrutizator-yo’naltirgich, ulanish nuqtalari, adapterlar, antenna, takrorlovchi ko’priklar va printserverlar kabi simsiz qurilma namunalari IEEE 802.11g, 802.11b va 802.11a standartlari bilan to’la mos keladi.

pic

Ethernet tarmog’i D-Link Ethernet tarmoqlari uchun qurilmalar yaratish va ishlab chiqarishda yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya funksiyalari keng to’plamiga ega yuqori mahsuldorlikka ega Ethernet qurilmalarini ko’plab turlarini ishlab chiqaradi, jumladan 10/100 Mbit/m FastEthernet kommutatorlari, 10/100/1000 Mbit/s Gigabit Ethernet kommutatorlari, adapterlar, yo’naltirgichlar va printserverlar ishlab chiqaradi

pic

Keng polosali ulanish D-Link keng polosali qurilmalari kabelli va DSL-modemlar, adapterlar, ko’priklar va telefon tarmog’i bo’ylab ma’lumotlar uzatish qurilmalari bilan taqdim etilgan.

pic

IP–telefoniya D-Link kompaniyasi shlyuzlar, VoIP-telefonlar va videokonferensiyalar o’tkazish uchun qurilmalardan iborat bo’lgan Voice and Video over Internet Protocol (VoIP) mahsulotlari to’plamini ishlab chiqaradi.

pic

Multimediali qurilmalar D-Link kompaniyasining multimediali raqamli qurilmalari uyda dam olish markazini uy tarmoig’iga ulash uchun mo’ljallangan va ma’lumotlar markaziy saqlash, xotira, media-pleyerlar va serverlardan iborat

pic

Yordamchi qurilmalar D-Link kompaniyasi yuqori tezlikka ega USB-xablari, modemlar, tarmoq adapterlari, veb-kameralar, kabellar va aralash USB/Fire Wire PCI-adapterlar to’la to’plamini yaratadi va ishlab chiqaradi.

pic

Quyida keltirilgan ixcham va uy jihozlariga yaxshi mos tushadigan qurilma D-Link kompaniyasining ADSL-modemi hisoblanadi, uni Sharq Telecom kompaniyasi SharqSTEAM internetga keng polosali ulanish xizmati har bir mijoziga sovg’a qiladi.

pic

Keng polosali DSL-200 modemi shaxsiy kompyuterni ADSL tarmog’i orqali yuqori tezlik bilan Internetga ulanishni ta’minlaydi. Modem kompyuterga USB-interfeysi orqali ulanadi, shu bilan bir vaqtda tashqi quvvat manbai talab etilmaydi. An’anaviy analogli modemlardan farqli ravishda foydalanuvchilarga aloqa yaxshi imkoniyatlarini taqdim etib DSL-200 modemi video, ma’lumotlarni yuqori tezlikda qabul qilish, uzatish va Internetga ulanishni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.

pic

ADSL-modem DSL-200 chiqish oqimi (foydalanuvchiga) 8 Mbit/s tezlikkacha bo’lgan va kirib kelishi 1 Mbit/s tezlikkacha (foydalanuvchidan) G.dmt modulyasiyada ishlashni ta’minlaydi. Bundan tashqari pasaytirish oqimi 1.5 Mbit/s va 512 Kbit/s kuchaytirishgacha tezlikda G.lite ko’pchilik Internet qo’shimchalar uchun yetarlidir va abonent tomonidan chastotali bo’luvchini o’rnatilishini talab etmaydi. ADSL interfeysi avtomatik ravishda ulanish turini aniqlaydi va G.hs (ulanish qurilmasi) protokolidan foydalanib G.dmt yoki G.lite modulyasiya optimal sxemasini tanlaydi.

pic

O’zi ishlashi uchun ADSL-modemi mavjud telefon tarmoqlaridan foydalanadi va boshqa hech qanday uzatish fizik muhitini talab etmaydi. Mis simlar asosida standart telefon tarmoqlaridan foydalanib modem yuqori tezlikdagi multimediali servislar, Internetga ulanish va videokonferensiyalar tashkil etish imkoni bilan ta’minlaydi.
ADSL servisi «doimiy o’rnatilgan ulanishni» ta’minlaydi. Ulanish bu turi xizmatlar provayderi yoki korporativ tarmoq prrovayderiga ulanish zarurligini talab etmaydi. An’anaviy va kabelli modemlardan farqli ravishda ADSL modemi o’tkazish polosasini bir necha foydalanuvchilar o’rtasida taqsimlanishidan foydalanmaydi. ADSL texnologiyasidan foydalanilganda o’tkazish hamma polosasi yagona ulanishga ajratiladi.

Oddiy telefon servislari an’anaviy telefon tarmog’i mavjud hajmining faqat kichik bir qismidan foydalanadi, shu bilan bir paytda ADSL qolib ketgan o’tkazish polosasidan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish uchun foydalanadi. Bunga tovushni chastotalar spektri past diapazonida uzatiishi, ma’lumotlar uzatish yuqori chastotalarda uzatilishi bilan turli funksiyalar uchun turlicha chastotalar o’rnatilishi hisobiga erishiladi.

ADSL texnologiyasi bir vaqtda ham tovushni hamda ma’lumotlarni uzatishga imkon beradi. Bu foydalanuvchiga katta hujjatlar va grafik fayllarni tez yuklash imkonini beradi. D-Link korporasiyasi mahsulotlari haqidagi to’la ma’lumotni [url=http://www.dlink.ru]www.dlink.ru[/url] saytidan olish mumkin.
Maqolamiz yakunida taqdim etilgan axborotlar uchun Sharq Telecom kompaniyasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq