![]() |
Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo‘lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligidir, (vq3*1010 sm/s) ham to‘g‘ri chiziqli tarqalish va boshqa xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, XVIII asrdayoq quyosh nurini qaytaruvchi ko‘zgulardan foydalanish asosida ishlaydigan optik telegraf va murakkab signallarni uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan semoforlar yaratildi. Axborotni masofaga uzatishda yorug‘lik nurining qulayligini sezgan amerikalik telefon ixtirochisi A. Bell bundan 125 yil avval optik telefon (fotofon)ni yaratdi.
![]() |
Bugungi kunda televizion dasturlarni teleekran uchun maxsus olingan hujjatli filmlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Operativ teleko‘rsatuvlar, va axborot xabarlari, tematik sikllar bilan birgalikda bizni qiziqtiradigan mamlakatimiz hayoti solnomasi bilan zamondoshlarimiz, ularning ishlari, muammolari haqida hikoya qiladilar. Hujjatli filmdan tomoshabin birinchi navbatda faktlar va hodisalarni chuqur yoritib berilishini, insonlar xarakterlarini yorqin ochib, ifodalab berilishini kutadilar. Biz O‘zbektelefilm studiyasi prodyusori Rashid Shokirov bilan olib borilayotgan ishlar, ijodiy xodimlar tomonidan yaratilayotgan yangi filmlar haqida suhbatlashdik.
![]() |
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning ochiq arxitekturasi har qanday nisbatan tajribali bo'lgan foydalanuvchiga o'zi uchun shaxsiy kompyuterni mustaqil yig'ish imkonini beradi. Aynan mana shuning uchun o'zi yig'ishi kerakmi yoki tayyor shaxsiy kompyuter sotib olish kerakmi degan tortishuvlar davom etib kelmoqda.
![]() |
Biz ilgari xabar berganimizdek, shu yilning boshida Sharq Telecom kompaniyasi shaxsiy uy kompyuteriga ega bo'lgan har bir foydalanuvchi uchun an'anaviy Dial-Up-ulanishdan ko'p marta katta tezlikda, lekin narxi bo'yicha shu ulanish bilan teng bo'lgan internetga ulanish imkonini berishdek ajoyib taklif bilan chiqqan edi. Shu bilan birga yana telefon tarmog'i ham band bo'lmaydi. Shunday qilib, bu foydali taklif nimalardan iborat ekan. Gap shundaki, muammoni tubdan hal qilish uchun Sharq Telecom kompaniyasi strategik sherik sifatida dunyoda ulkan hisoblangan tarmoq va kommunikasion uskunalar ishlab chiqaruvchi va loyihachisi D-Link korporasiyasini hamkorlikka taklif etdi. Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar o'zaro foydali kelishuvga keldilar. D-Link korporasiyasining iste'molchilar talablarini qondira olish va yuqori sifatli qurilmalar bilan birga aloqa tarmog'i bozorida eng qulay narxlarni taklif eta olishi hisobiga hamkorlik imkoniyatlari ishlab chiqildi.





