Ibora lug’ati taqdimoti
21.07.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Erik Yerzin.
pic

2005 yil 19 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Matbuot Markazida «O’zbegim Dasturlari» elektron nashrlar tahririyati tomonidan yaratilgan «Ibora» lug’atining taqdimoti bo’lib o’tdi. Unda lug’atning yaratilishi, tuzilishi va ahamiyati haqida so’z bordi. 120 ming so’zni izohlovchi lug’aviy birliklar jamlangan ushbu lug’at o’zbekcha-ruscha, o’zbekcha-inglizcha, inglizcha-ruscha, ruscha-inglizcha, ruscha-o’zbekcha kabi olti yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.

pic

Lug’at turli sohalarga oid so’zlarning uch tillik elektron lug’atidir. Uning yaratilishida Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Markaziy Bank, Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti mutaxassislari jalb etilhganlar.
Taqdimotda mutaxasislar va ommaviy axborot xodimlari ishtirok ettilar.

pic
pic
pic
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq