Kompyuterli «otel”eda» virtual «kiyib ko’rish», yoki hozirda kiyimni qanday tikish muammolari
04.07.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Erik Yerzin.
pic

Oxirgi 20 yillarda mahsulotni bichish texnologiyasi va lekalalar bilan harakatlar bajarishda
haqiqiy inqilobni amalga oshirgan dunyoning ilg’or tikuv ishlab chiqarishlarida keng qo’llanilayotgan kiyimni avtomatik loyihalashtirish (SAPR) sistemasi yaqindagina mana shu sohada fan va texnikaning oxirgi yangiligi hisoblanar edi. Ammo ko’pchilik kiyim tikish avtomatlashtirilgan loyihalashtirish sistemalari eng avval mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishga va bir turdagi tana tuzilishlariga mo’ljallangan edi.

Buning natijasida aniq bir iste’molchining tashqi ko’rinishi va gavda tuzilishiga mos keladigan mahsulotlarni izlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi. SHuning uchun bugungi kunda konstruksiyalarni individual iste’molchiga loyihalashtirishni sanoatda ishlab chiqarishda tayyorlanadigan bilan birlashtiradigan loyihalashtirish sistemasiga talab juda muhimdir.Oxirgi yillarda axborot texnologiyalarida xususan uch o’lchamli ko’rinish vositalari rivojlanishi yangi davri tikuv sanoati mutaxassislari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bu mahsulot eskizini yaratuvchi rassom-modelerlar uchun ham va eskizlarni tarkibiy qismlarga ajratuvchi modeler-konstruktorlar uchun ham taalluqlidir. Ular yaqindan boshlab faqatgina o’z o’qi bo’yicha aylanadigan, nafaqat kattaligi bo’yicha o’zgaradigan, balki hatto harakatlanishga majbur eta oladigan va virtual ko’rinishi bo’yicha o’zgartiriladigan hajmli (uch o’lchamli) media-maneken kabi qulay ish vositasiga ega bo’ldilar. Moda industriyasi uchun dasturli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi dunyoning ilg’or barcha firmalari o’zlari uchun asosiy vazifalardan biri sifatida tikuv SAPRlarini uch o’lchamli manekenga kiyintirish moduli bilan qurollantirish deb belgilashlari natijasida mumkin bo’ldi. Misol uchun, Gerber firmasida bu (http://www.gerbertechnology.com) APDS-3D paketi, PAD System firmasida (http://www.padsystem.com/)-3D Sampde moduli (1-rasm), Investronica (http://www.investronica-sis.es) (Ispaniya) va Lectra (http://www.lectra.com/en) (Fransiya) firmalari ham bunday mahsulotlari haqida ma’lum qildilar.

pic

Bundan tashqari, ba’zi firmalar, masalan, Reflection Fabrix Inc., DigiScents, firmalari tikuv SAPRlari to’la tizimini yaratuvchilar hisoblansalar ham Internet orqali kiyim sotib olishda yoki kiyim do‘konlarida kiyib o’lchab ko’rish o’rniga foydalaniladigan faqatgina kiyimni uch o’lchamli ko’rinishda namoyish etadigan paketlar taklif etadilar.Misol tariqasida tikuv SAPRlari eng dinamik rivojlanib kelayotgan Optitex isroil kompaniyasi Optitex Runway Designer uch o’lchamli «kiyintirishni» qanday amalga oshirganini ko’rib chiqamiz, erishiladigan uch o’lchamli namunasi realligi darajasi va modellashtirishda qo’llanilgan parametrlari soni bo’yicha aynan mana shu dastur hozirgi kundayoq tikuv ishlab chiqarishida samarali qo’llanilishi mumkin.
Runway De signer — bu Optitex tizimi maxsus modulidir, u turli shakl va kattaliklardagi virtual manekenlarda kiyimni uch o’lchamli modellashtirishi reallikka maksimal yaqinlashtirilishi imkonini beradi. Deyarli har qanday uch o’lchamli ob’ekt sistema tomonidan maneken sifatida foydalanilishi mumkin. Birinchi navbatda sistemada odam tanasi uch o’lchamli tuzilishini bevosita 3D-skaneri yordamida avtomatik olish ajoyib imkoniyati amalga oshirilgan. Bu yo’l bir necha daqiqalarda aniq bir odamning maksimal aniq modelini olish imkoniyatini beradi (2-rasm),

pic

lekin buning uchun ancha qimmat turadigan qurilmani sotib olish kerak. SHuning uchun sistemada qo’l bilan Maya yoki 3D Studio MAX paketlarida tuzilgan odam tanasi 3 o’lchamli modelini import qilish ham ko’zda tutilgan. Runway tipovoy ob’ektlar bibliotekasidan ayol, erkak, bola yoki qiz bolaning shaklidagi (3-rasm)

pic

interaktiv parametrik manekenni tanlab olish eng oddiy va ancha samarali usul hisoblanadi. SHu bilan bir vaqtda foydalanuvchi haqiqiy odamni bevosita o’lchab olish mumkin bo’lgan 40 dan ortiq o’lchamlar belgilaridan foydalanib kerakli kattaliklarga to’g’rilab standart manekenni «moslashtirish» imkoniga ega bo’ladi. Mana shu razmerli belgilarini ko’rsatkichlari o’zgarsa sistema shu zahotiyoq dastlabki manekenni o’zini ham avtomatik ravishda qayta quradi (4-rasm).

pic

SHakllantirilgan manekenda ixtiyoriy o’lchamlarni ko’rsatish mumkin. Buning uchun Quick Actions menyusida uchburchak va aylana ko’rinishidagi maxsus o’lchagichlar bor. Bu qurollar yordamida manekenning har qanday qismi kattaligini ko’rsatish mumkin (5-rasm).

pic

3D-namunalar olish uchun lekalalar to’plami dastlab Optitex (6-rasm) maxsus konstruktorlik modullari yordamida tekislikda ishlab chiqiladi. SHundan keyin Runway modulida bu detallar uchun detallar birlashtirilishi chiziqlarini va virtual manekenga nisbatan ularning fazoda dastlabki joylashtirilishini ko’rsatish zarur.

pic

Bundan tashqari materialning xususiyatlarini, rangini, teksturasi, gullarini, logotipini berish ham mumkin. Gazlamaning teksturasini, furnitura va choklar tashqi ko’rinishini tanlash namunani o’zini tuzib bo’lgandan keyin oldin ham mumkin.

Detallarni modellashtirishga tayyorlash jarayonini qisqartirish va soddalashtirish uchun sistemaning barcha detallar (yoki bir guruh detallar) xususiyatlarini bir vaqtda o’zgartirish imkoniyatini beradi. Misol uchun, mahsulotning barcha detallarini belgilab ular uchun bir xilda mato teksturasini va materialning mexanik xususiyatlarini berish mumkin.Dastlabki harakatlarni yakunlagandan keyin modellashtirish jarayonini ishga tushirish mumkin, mahsulotning 3D-modelini qurish uchun vaqt asosan shaxsiy kompyuterda o’rnatilgan prosessor va videoadapterining quvvatiga bog’liq bo’ladi.

Oxirgi avlod texnikasidan foydalanilganda butun hisoblash jarayoni 30 sekundda amalga oshiriladi. Sistemaning bu bosqich ishi kompyuterning apparatli resurslariga eng talabchan hisoblanadi. Qolganlarini barchasini sistema deyarli darhol bajaradi.
Runway Designer tipovoy ob’ektlari bibliotekasida kiyimlar namunalari ma’lum to’plamlari oldindan mavjud. «Kiyintirish» namunani bibliotekadan bevosita maneken tasviriga olib o’tish oddiy yo’li bilan amalga oshiriladi. Buning natijasida bu kiyim manekenda qanday turishi, hatto qanday burma va taxlar yuzaga kelishigacha juda realistik ko’rinishga ega bo’lasiz (7-rasm).

pic

Optitex Runway taqdim etadigan virtual manekenga bir vaqtda bir necha kiyimlarni kiydirish imkoniyatlarini eslatib o’tish zarurdir. SHu bilan birga kiyimlarning bir-biriga tegib turgan qismlari mexanik va vizual bog’liqliklari turli nozik tomonlarini hisobga olinadi. Sistemada modelni ko’zdan kechirish ancha yengil va qulay mexanizmi amalga oshirilgan. Sichqonchaning o’ng tugmasini bosib turib oddiygina uni yuqoriga-pastga surib siz manekenni yaqinlashtirasiz yoki uzoqlashtirasiz. CHapga-o’ngga surish manekenni o’z o’qi atrofida aylantiradi, chap tugmani bosib turilganida esa — uni oyog’ini yuqoriga qilib aylantiradi.Kiyimni manekendan alohida ko’rish kerak bo’lsa Quick Actions menyusida ko’z tasviriga bosish etarli hisoblanadi.

Kiyim qismlari odatda bir necha detallardan tashkil topadi. Har bir detalni Ctrl tugmasini bosib turib oddiy chaqirish bilan tanlanishi mumkin. Bu tanlangan detal uchun teksturalar bibliotekasidan (Library (zakladkasi)qo’shimchasi) matoni kerakli teksturasini belgilash, yoki tekstura o’zining xususiyatini (Material zakladkasi) o’zgartirish imkonini beradi. SHu jumladan matoning tiniqligini va tovlanishi kabi ko’rinadigan xususiyatlarini ham o’zgartirish mumkin.
Xuddi shu kabi furniturasining (tugmalari, tugma teshiklari) «molniya» bilan yopish va choklarning tashqi ko’rinishi ham o’zgartirilishi mumkin. Buning uchun bibliotekada boy namunalar to’plami taklif etiladi (8-rasm).

pic

9-rasmda mato teksturasi sifatida bizning hududimiz uchun an’anaviy bo’lgan Xon atlasdan foydalanish misol keltirilgan. Bu qiyin ish emas ekan: oddiygina ana shu mato tasvirini faylini Runway Designer moduli teksturalar bibliotekasi papkasiga nusxasini ko’chirib oldim va shu zahotiyoq mumkin bo’lgan teksturalar ro’yxatida paydo bo’ldi. SHundan keyin oddiy ko’chirib o’tkazish yo’li bilan bu tasvirni ko’ylakning tanlagan detallariga kiritdim.

pic

Haqiqatga yanada yaqinroq bo’lishi uchun Material zakladkasida matoning yarqirashini (SHininess) ham kuchaytirdim. SHu yerning o’zida mato naqshlari kerakli kattaligini (Scale X, Y), uning burilishini (Rotate) va ko’ylak detallari bo’ylab joylashishini (Horizontal, Vertical Offset) tanlab oldim.

Yorug’lik va kerakli soyalar hamda asosiy rangi gradasiyasini mavjudligi model ko’rinishiga yanada haqiqiylik kiritadi. Settings zakladkasida bu vositalarni boshqarish mumkin. Faqatgina 3D-modellashtirish paketigina bo’lib qolmay, balki to’laqonli tikuv SAPRi hisoblanib Optitex «begonalar» lekalalarini kiyintirish jarayoniga tayyorlash uchun qo’shimcha vaqt va kuch talab etmaydi, chunki sistema shaxsiy konstruktorlik moduliga ega.Optitexga joylashtirish kuchli moduli ham kiradi. Unda asosiy qurollardan tashqari charmdan mahsulot, ayollar kiyimlarini, yumshoq o’yinchoqlar yoki avtomobillar uchun o’rindiqlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning o’ziga xos talab-ehtiyojlarini qoniqtirishga yordam beruvchi qo’shimcha imkoniyatlarga ega. An’anaviy konstruktorlik modulini muvaffaqiyatli to’ldirib turuvchi Optitex Modulate parametrik loyihalashtirish modulini alohida aytib o’tish kerak.

Tayanch lekalalarini parametrlashtirishga foydalanishda o’zining oddiyligi va qulayligi bo’yicha ajoyib yondoshish sanoqli minutlarda detallar o’lchamlarini odam tanasi razmerlarli belgilari bilan bog’lashga imkon beradi. SHu bilan bir vaqtda sistema barcha o’zaro bog’liq detallarni darhol interaktiv qayta qurishni ta’minlaydi. Individual razmerli belgilari ko’rsatkichlari to’plami maxsus axborotlar bazasida saqlanadi va har qanday vaqtda parametrik konstruksiyada va 3D-manekenda qo’llanilishi mumkin.
Optitex sistemasi import/eksport va boshqa SAPRlar formatiga ma’lumotlarni o’zgartirish funksiyalari katta to’plamiga ega hamda deyarli hamma mavjud digitayzerlar, plotter/katerlar va bichish komplekslari modellaridan iborat atrof qurilmalari keng ko’lami bilan ishlay oladi. Eng yangi Windows texnologiyalar bilan ishlay olishi hisobiga mahsulotlar 3D-namunalari kompakt fayllari, shu jumladan matolar va furnituralar kataloglarini buyurtmachiga elektron pochta orqali uzatish mumkin. SHu bilan birga namunalarni hajmli ko’rib chiqish uchun buyurtmachiga o’zida kompyuterida SAPR o’rnatishi shart emas.

Buyurtmachi Windows har qanday versiyasi tarkibiga kiruvchi Internet Explorer oddiy dasturi yordamida hajmli modelni ko’rib chiqishi, matoni va furniturani tanlashi mumkin. 3D-namuna hatto Word yoki Excel oddiy hujjati ichida ham o’zining uch o’lchamlilik mohiyatini yo’qotmaydi. Ma’lumki Optitex loyichilari sistemanin keyingi versiyasi ustida ishlab olib bormoqdalar, u harakatlanuvchi shaklga uyg’unlik bilan mahsulotni kiydiradi, ya’ni virtual model virtual podiumi bo’yicha mahsulotga realistik moslashtiriladigan kadrlar ko’plab sonidan tashkil topgan videotasvirni (generirovat) yaratadi.

Yaqin kelajakda, shunday texnologiyalarning rivojlanib borishi natijasida kerakli kiyimni (balki oyoq kiyimlarini ham) sotib olish uchun magazin va bozorlarga borishni keragi bo’lmay qolar deb o’ylashga hamma asoslar bor. Uning ma’lumotlar bazasida sizning individual o’lcham belgilaringiz saqlanadigan kerakli magazin yoki atelening internet-saytiga ulanish imkoniyati bo’lsa bas. Natijada, sanoqli minutlarda siz o’zingizga yangi kiyimni tanlab olishingiz va u sizga qanchalik mos kelganini ko’rishingiz shundan keyin uni uyga olib kelishga buyurtma berishingiz mumkin bo’ladi. Bu sizga guyoki xomxayoldek tuyulayotgandir? Unda Optitex Runway Designer 1.2 versiyasini yozib oling va uning imkoniyatlarini o’zingiz bir ko’ring — namoyish etish versiyasini [url=http://www.kbng.com/downloads/]www.kbng.com/downloads/[/url] manzilidan olish mumkin (unda faqatgina tanlangan maketni diskda saqlab qolish yoki uni chop etish imkoniyati yo’q).

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq