XXI asr. Axborotlarni ishlab chiqish uchun konveer. Citrix MetaFrame texnologik yechimlari sharhi
27.06.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Tarixdan ma’lumki, o‘tgan XX asr boshi ishlab chiqarish industrial metodlarining keskin rivojlanishi, konveerli ishlab chiqarishlarning paydo bo‘lishi ifodalandi, buning natijasida sanoat ishlab chiqarish imkoniyatlari ancha o‘sishiga erishildi. Bizning asrimiz boshlanishida esa rivojlangan mamlakatlarning aholisi ko‘pchilik qismi sanoat ishlab chiqarishi bilan emas, endi ishlab chiqarish axborot sohasida mehnat qiladilar. Ko‘plab zamonaviy ulkan korporasiyalar — bu axborotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha fabrikalardir. Ana shu sababli axborot resurslarini ishlab chiqish va shlab chiqarishni industrial asosga o‘tkazishga qaratilgan texnologiyalarning paydo bo‘lishi tabiiydir.

Ana shunday yechimlardan biri, xali bizning bozorimiz uchun ancha yangi hisoblangan Citrix Systems kompaniyasi mahsulotiga asoslangan — Citrix MetaFrame Access Suite texnologiyalari hisoblanadi. Citrix Systems kompaniyasi juda muhim va mushkul vazifani amalga oshirishni o‘z strategiyasi asosi qilib oldi: foydalanuvchilarni, birinchi navbatda ulkan korxonalarni o‘zining Citrix MetaFrame Access Suite birlashtirilgan mahsulotlari to‘plami yordamida har qanday joydan, har qanday qurilma yordamida va foydalanish har qanday ulanishi bo‘yicha korporativ qo‘shimchalar va axborot resurslarida xavfsiz, oddiy va uzluksiz erkin foydalanishni ta’minlash vazifasini qo‘ydi.

Bu sistemaning asosiy qismlaridan biri MetaFrame Presentation Server dasturli mahsuloti — geterogen korporativ qo‘shimchalarni markazlashtirilgan boshqarish va dunyoning har qanday nuqtasidan ulardan erkin foydalanishni tashkil etish uchun platforma hisoblanadi. Bu mahsulot Windows 2000 va Windows Server 2003 da ishlash uchun sertifikasiyalashtirilgan, har qanday maxsus Web yoki Windows — qo‘shimchaga deyarli har qanday qurilmadan va har qanday tarmoqli ulanish bo‘yicha erkin foydalanish uchun ularning imokniyatlarini kengaytiruvchi dunyoda eng ko‘p tarqalgan serverlar qo‘shimchalardan biri hisoblanadi.

Citrix qo‘shimchalari infrastrukturasi oddiy mijoz-server arxitekturasidan katta farq qiladi. Korxonada foydalaniladigan hamma qo‘shimchalar (amaliy dasturlar) foydalanuvchilarning ish joylarida o‘rnatilmaydi, balki MetaFrame Presentation Server serverida joylashtiriladi, unga aloqa turli kanallari orqali kompaniyaning hamma foydalanuvchilari ulanishlari ta’minlanadi.

Foydalanuvchi qurilmasida faqat «ICA-mijoz» deb ataluvchi MetaFrame dasturli komponenti o‘rnatiladi, mana shu komponent Presentation Serverda ochilgan har qanday kerakli qo‘shimcha bilan har bir foydalanuvchiga ishlash imkonini beradi. Shu bilan birga foydalanuvchilar ishchi stansiyalarida turli xil operasion sistemalardan foydalanish mumkin bo‘ladi, chunki INIX, Mac, Linux, EPOC va boshqa hamma mijozlar operasion sistemalari uchun ICA-mijozlar mavjuddir.

Shunisi ayniqsa, e’tiborga loyiqki, ana shu mijozlik komponentlari yordamida hatto eskirib qolgan ish joylarida (misol uchun Pentium 90, OZU 16 Mb prosessorli shaxsiy kompyuter) eng yangi qo‘shimchalardan samarali foydalanishi uchun imkon yaratadi (misol uchun, MS Office 2003). Gap shundaki bu qo‘shimchalar bilan ishlash uchun hisoblash quvvati faqat server tomonidan ta’minlanadi.

Bunday holatlarda EC EHM davrlaridagi bir muncha esdan chiqarilgan terminal sistemalari yangi ahamiyatga ega bo‘ladi, ulardan foydalanish juda qulay va foydali bo‘ladi. yangi avlod terminallarini «nozik mijozlar» deb atash qabul qilingan, ular qattiq disksiz tarmoq oxiridagi kompyuterlardan iborat bo‘ladi. Ular foydalanishda juda tejamkorligi va deyarli shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadi. Citrix MetaFrame Presentation Server yechimini qo‘llash natijasida hamma apparatli takomilashtirishlar va dasturli ta’minotning yangilanishi faqat serverlarga taalluqli bo‘ladigan korporativ IT-tuzilmani qurish mumkin bo‘ladi, bu ishni turli joylarda tarqalib ketgan yuzlab ishchi joylarida amalga oshirishga qaraganda amalga oshirish ancha oson bo‘adi.

Shu bilan birga gorizontal masshtablashtirish zamonaviy serverli texnologiyalari serverlar formalari deb ataluvchi serverlarni qurish imkonini beradi. Ularning mahsuldorligini oshirish kengaytirish slotiga hisoblash mashinasining hamma tarkibiy qismlariga ega — prosessor, kesh, operativ xotira va boshqalarga ega bo‘lgan yana bir platani oddiy qo‘shish bilan amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarni saqlash uchun odatda maxsus qurilmalar — ular ham osongina masshtablashtiriladigan qattiq disklar to‘plamlaridan iborat storadjlardan foydalaniladi. Mijoz tomonidan bunday tuzilish ancha oddiy ko‘rinishda bo‘ladi: o‘zining ish stolida u dastur ishida unga zarur bo‘lgan ikonaga aks ettirilishini hamda o‘zining ishchi hujjatlari bilan papkalarni aks ettirilishini qurish mumkin bo‘ladi. shu bilan birga bu dasturlar serverning aynan qaysi bir diskida ishga tushirilishi yoki ma’lumotlar papkasi joylashishi haqida o‘ylab o‘tirishi kerak bo‘lmaydi.

Aytgandek, har gal bu umuman hisoblash markazining boshqa serveri bo‘lishi mumkin, xususan ushbu vaziyatda hisoblash erkin quvvati yetarli bo‘lgan server: MetaFrame Access Suite sistemasining kerakli komponentlari o‘zlari bu masalani hal etadilar. Lekin bu xali hammasi emas. Har bir mijoz uchun sistema o‘zining «ishchi sessiyasini» ta’minlaydi. Agarda mijoz masalan, noutbukdan foydalanib o‘z hujjati ustida ishlashni yo‘lda davom ettirishga qaror qilsa, buning uchun o‘zining logini bo‘yicha server bilan bog‘lanishi, o‘zining sessiyasini ochishi yetarli bo‘ladi va ishni davom ettiradi. Shu bilan birga bu noutbukka hech qanday fayllarni yozib olish yoki darhol dasturning kerakli versiyasini o‘rnatish kerak bo‘lmaydi — bularning hammasi kerakli serverda mavjuddir.

Foydalanuvchining ro‘yxatga kiritilganidan keyin uning mavjud seansi — bu boshqa kompyuterda ochilgan aktiv seans bo‘lishi mumkin, yoki ishlamayotgan (disconnected) seans bo‘lishi mumkini avtomatik ochiladi. Shu bilan birga aktiv seansi «eski» qurilmada o‘chiriladi. Shunday qilib, ishlash muhiti foydalanuvchi ortidan go‘yoki u qaerda bo‘lsa shu yerga ko‘chib o‘tadi. Umuman olganda bu Windows XP uxlovchi rejimini eslatadi: sizga bir muncha vaqtga ishni to‘xtatib turishga majbur bo‘lganingizda o‘z kompyuteringizga uxlashni buyurasiz, ishga qaytib kirishganingizda esa mashinani ishga tusharisiz va sistemani qay holatda qoldirgan bo‘sangiz shu holatda ko‘rasiz — hamma hujjatlar va qo‘shimchalar ochilgan, tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish va tarmoq resurslariga ulanish hamma ishlari bajarib bo‘lingan.

Ishonchsiz aloqa tarmoqlaridan foydalanilayotgan sharoitlarda aloqalar ishonchliligini ta’minlovchi maxsus funksiya (Session Reliability) yordam beradi, bu funksiya aloqa uzilgan hollarda terminalli aloqa holatini (hujjatlarni va qo‘shimchalarni ochish bilan birga) saqlab qoladi va tarmoqqa ulanish tiklanganda ochiq qayta aloqani ta’minlaydi. Bu ayniqsa, ishonchsiz simsiz tarmoqlarda ishlovchi mobil foydalanuvchilar uchun foydalidir. Aloqa uzilib qolganida sistema avtomatik tarzda serverga fonli rejimda ulanishga harakat qiladi, terminalli aloqada hamma ochilgan oynalarni mijoz qurilmasida ekranda saqlab qolishga harakat qiladi.

Yana bir foydali funksiyasi — aks ettirish paratmetrlarini avtomatik sozlash (Dynamic Display Reconfiguration) — terminalli aloqa oynalarini avtomatik ravishda mijozning qurilmasiga sozlaydi. Bu ekranlari zichligi va rangi to‘laligi bo‘yicha turlicha bo‘lgan kompyuterlar o‘rtasida ulanishda foydalanuvchini bu ko‘rsatkichlarini qo‘l bilan o‘zgartirish zarurligidan ozod etib ishni ancha osonlashtiradi.
Citrix yechimida mijoz qurilmasi va serverlar minimum ma’lumotlar almashishlari ko‘zda tutilgan — qo‘shimchalar ishlari natijalarini aks ettiruvchi faqat ekrandagi tasvir nusxalari uzatiladi. Shu bilan birga aslida butun ekranning tasviri uzatilmaydi, balki faqat o‘zgarishlar sodir bo‘lgan qismi uzatiladi. Bu vaqtni ancha tejaydi va tarmoqning o‘tkazish qobiliyati past bo‘lgan hollarda ishlashga imkon beradi (har bir foydalanuvchiga taxminan 20 Kbit/s o‘tkazish qobiliyati talab etiladi).

Bu holat har qanday joydan turib, har qanday vaqtda korporativ qo‘llanmalar va axborotlardan erkin foydalanishni ko‘zda tutuvchi Citrix konsepsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydi.
Hozirgi kunda bunday foydalanishni Internetdan foydalanib samarali tashkil etish mumkin, bunday holatda u kommutasiya qilinadigan va ajratilgan liniyalarga nisbatan tejamli bo‘lib qoladi. Bundan tashqari Citrix deyarli hamma mavjud qo‘llanmalarni Web-yo‘nalganga aylantiradi, ya’ni

Internet orqali foydalanish mumkin bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda mijozlik ish o‘rni sifatida turli xil mobil qurilmalardan foydalanish mumkin bo‘ladi — noutbuklar, PDA, KPK va hatto Internetga ulanadigan zamonaviy mobil telefonlar ham.
MetaFrame Presentation Server 3.0 da SpeedScreen Acceleration texnologiyasini amalga oshirish hisobiga multimediali va web-qo‘llanmalar terminalli rejimda deyarli lokal kompyuterda ishlash tezligida ishlaydilar. SpeedScreen Acceleration texnologiyasi multimediali qo‘llanmalar va web-sahifalar bilan ishlashni ancha samarali qilib audio-ma’lumotlarni hamda ekrandagi grafikani va flash elementlarni ishlab chiqishni ancha tezlashtiradi.

Mijoz ish joyiga oddiy chop etish qurilmasi ham ulangan bo‘lishi mumkin. U korporativ marmoqda tashqi uskuna sifatida qayd etiladi va siz unga chop etish uchun topshiriq yuborishingiz mumkin, u qo‘llanmalar serveridan ham keladi. Shu bilan bir vaqtda server va mijoz o‘rtasida trafik ancha o‘sishini hisobga olish kerak.
Ma’lumotlar xavfsizligi, ayniqsa axborotlar tarqatuvchi tuzilmalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgani sababli Citrix modelida foydalanuvchilar ma’lumotlari fayllari va foydalaniladigan qo‘llanmalar serverda qolishi va korporativ tarmoqning eng himoyalangan qismi — hisoblash markazini hech qachon tark etmasligi holati muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. bu axborotlarni buzilishi yoki o‘g‘irlanishi xavfini ancha kamaytiradi, bu axborotlar maxfiyligi hollarida juda muhimdir.

Bundan tashqari axborotlarni doimiy zahirali nushalarini yaratib borish vazifasi yakuniy foydalanuvchidan hisoblash markazi zimmasiga yuklatiladi, odatda u ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash va qo‘shimcha ehtiyot nusxasini yaratish uchun yaxshirroq imkoniyatlarga ega. Server va mijoz ish joyi o‘rtasida yetkaziladigan ma’lumotlarning yaxlitligi ham ta’minlangan. Citrix sistemasi ma’lumotlarni shifrlash vositalariga, foydalanish ishonchli autentifikasiyalash va nazorat qilish vositasiga ega.
Shifrlash metodlari yuqori darajali SSL (Secure Socket Layer, kalit uzunligi 128 bit) yoki 3DES (Triple Data Encryption Standart, 56 bit bo‘yicha uchta kalit) standartlariga asoslangan.

MetaFrame Presentation Server smart-karta SecurID yoki serverli sertifikatlar kabi xavfsizlikni ta’minlash tashqi vositalarini kiritishga ham imkoniyat beradi.
Citrix yechimining yana bir foydali tomoni butun territorial taqsimlangan IT-resurslar korporativ infrastrukturasini boshqarishni ta’minlashga mablag‘ va vaqt sarflashni keskin kamaytirishi hisoblanadi. Citrix serverli hisoblashlari texnologiyasi bir hisoblash markazida joylashgan faqat serverlar qo‘shimchalarini va ma’lumotlar bazasini boshqarishni va ularda foydalanuvchi sessiyasini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Bunga qo‘shimcha Citrix texnologiyasidan foydalanilganda foydalanish dasturli ta’minotlari lisenziyalari sonida ancha tejamkorlikka erishish mumkin: bir necha yuz foydalanuvchilarga yuztacha lisenziyalar yetarli bo‘ladi (axir hamma ham baravariga ishlamaydilarku). Agarda yetmay qoladigan bo‘lsa kerakli miqdordagi li senziyalarni sotib olish va ularni serverlarda o‘rnatish yetarli bo‘ladi.

Citrix serverlari ish hijmini muvozanatini saqlash hisobiga logik birlik sifatida ko‘p serverlik sistema tarkibida yagona yaxlitga birlashtirilgan. Kiritilgan ish hajmini balansirovka qilish sistema ishi yuksak barqarorligini ta’minlaydi. Agarda biror-bir server tashqi yoki ichki sababli ishdan chiqsa hamma qo‘shimchalar va foydalanish sessiyalari Citrix Load Balancing funksiyasi yordamida qolgan serverlarda ishga tushirilishi mumkin bo‘ladi. Bu funksiya ham yakuniy foydalanuvchilar har doim sifatli tez javob vaqti bilan ta’minlanishlariga ham kafolat beradi: yangi foydaanuvchilik sessiyalari avtomatik ravishda eng kam ish bajarib turgan serverga yo‘naltiriladi.

Hozirgi kunda Citrix MetaFrame Presentation Server 3 ta versiyalarda ishlab chiqariladi:

-Citrix MetaFrame Presentation Server Standart Edition har qanday mijozlik qurilmalaridan foydalanish bilan Microsoft Windows 2000 Server va Windows Server 2003 serverlarida qo‘shimchalardan erkin foydalanishni tashkil etish talab etiladigan bo‘linmalar, ishchi guruhlar va kichik korxonalar uchun mo‘ljallangan.

-Citrix MetaFrame Presentation Server Advanced Edition kichik va o‘rta korxonalarga sistemani masshtablashtirish, uning boshqaruvchanligi va o‘sib borayotgan ehtiyojlarga mos ravishda tayyorligi darajasini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi.

-Citrix MetaFrame Presentation Server Enterprise Edition masshtablashtirish maksimal darajasi, qo‘shimchalarni tez ochish ishonchli vositalari va sanoat klassidagi boshqaruv/monitoring sistemasi talab etiladigan katta tashkilotlar va ko‘p millatli korporasiyalar uchun mo‘ljallangan.

Shunday qilib, Citrix MetaFrame Presentation Access Suiteni murakkab IT-infrastrukturali ulkan tashkilotlarda qo‘llash ularga bir qator ustunliklar berishi yaqqol ko‘rinib turibdi:

-IT-resurslarini samarali markazlashtirilgan boshqarish sistemasini yaratishga imkon beradi.
-Ma’lumotlar xavfsizligi darajasini oshiradi.
-Har qanday vaqtda va har qanday joyda Internet xizmatlari ko‘rsatiladi.
-Xodimlar ishlari mobilligi va chaqqonligini oshiradi.
-Mavjud resurslaridan (shu jumladan an’anaviy eskirib qolgan kompyuterlardan) iloji boricha tejamkorlik bilan va uzoq vaqt foydalanish imkonini beradi.

Xalqaro tajribalar texnologiya haqiqatda ham samarali ishlashini ko‘rsatadi va hozirgi kunda butun dunyodagi 120 ming tashkilotlarda 44 milliondan ortiq odamlar undan foydalanadilar. Korporativ biznes hajmlari rivojlanib borgan sari bizning bozorimizda ham bunday yechimlardan faol foydalaniladi deb hisoblashga to‘la asoslarimiz bor.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq