Stereofonik radioeshitterish: kecha, bugun, ertaga
23.06.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Маs'ud Zuparov, Gennadiy Katunin.
pic

Ko‘pkanalli tovush tizimlari

Stereofonik eshittirishlar tizimi maishiy xizmat va tovush texnikasi, televidenie eshittirishlarida keng qo‘llaniladi. Kinematografiyadagi ko‘pkanalli tovush eshittirish tizimlari rivojlanishini alohida ko‘rib chiqamiz.

Ko‘pkanalli tovush eshittirish kinematografiyada 50 yillarda qo‘llanilgan edi. O‘sha davrlarda kino san’ati (ayniqsa, chet ellarda) televideniening paydo bo‘lishi va rivojlanishi natijasida ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. Tomoshabinlarni kino zallariga jalb etish kerak edi. Bu esa kino san’atidan butunlay yangi filmlarni ishlab chiqishni talab etardi. Аynan shu davrda keng formatli filmlar va ular ortidan shu zahotiyoq stereofonik tovush eshittirishli filmlar paydo bo‘ldi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, «stereo» iborasi biz uchun oddiygina bo‘lib, u tovushni ikki kanal orqali uzatishni anglatadi. Xona sharoitidagi audio va video eshittirishlaridan farqli o‘laroq, kinoda boshidanoq to‘rt tovush kanalli ishlatilib kelingan. Birinchi ko‘p kanalli tovush formatlariga 4 kanalli Sinema Scope (35 mm planka) va 6 kanalli Todd-AO (70 mm planka) lar kirgan. Ikkala format ham tovushning har bir kanali uchun tasmaning yorug‘lik sezuvchi qatlami ustidan yotqizilgan alohida magnit yo‘lakchadan foydalangan. Yana shuni ham aytish lozimki, 70-yillarning boshida 4 kanalli format-kvadro faol rivojlanib kelmoqda edi. Ikkita qo‘shimcha akustik tizim tinglovchining orqa tomonida o‘rnatiladi. Аmmo shu vaqtda amalda bo‘lgan barcha tizimlar ikkita tovush kanaliga moslashgan edi va tinglovchilarni 4 kanalli eshittirishga o‘rgatish oson emas edi. Shuning uchun ikkita kanal orqali to‘rtta tovush kanali eshittirishlarini uzatish imkonini beruvchi bir necha texnologiyalar ishlab chiqilgan edi. Ko‘pchilik texnologiyalar matritsa texnologiyalari edi. Ularning mohiyati shundan iborat ediki, oldindan faza bo‘yicha 90 yoki 180 siljitilgan qo‘shimcha kanallar, keyin asosiy kanal signallari bilan qo‘shilgan. Kvadro apparaturasi kutilgan natijalarni bermadi. Chunki, birinchidan, bir necha texnologiyalar bir-biri bilan moslashtirilmagan bo‘lsa, ikkinchidan, bu texnologiyalarda bir umumiy format yo‘q edi. Keyingi o‘n yillar ichida maishiy stereo va kinodagi tovush texnikasi va texnologiyasi turli, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan yo‘llar bilan rivojlana bordi va ularning integratsiyasi faqat so‘nggi yillarda sodir bo‘ladi. 70-yillarning o‘rtasida Dolby Laboratories 35 mm formatdagi kinoplyonkalar uchun hajmiy tovush eshittirishni ishlab chiqdi va keyinchalik u Dolby Stereo nomini oldi. Bu tizim oldingilaridan magnit tasmalaridagi tovush yo‘lakchalari o‘rniga optik yo‘lakchalardan foydalanganligi bilan farqlanar edi. Bunday tovush yo‘lakchali kinoplyonkalar kinomatografiyada 30-yillardayoq mavjud bo‘lib, plyonkada monofonik tovushlarni uzatishga mo‘ljallangan bitta yo‘lakcha mavjud edi. Stereofonik plyonkalarni monofonik proektorlar bilan moslashtirish uchun, ilgari bitta monofonik yo‘lakcha joylashgan hajmda, tovush signalini Dolby А protsessori bilan qayta ishlansa, endi ikkita stereofonik yo‘lakcha joylashtirilishi kerak edi. Аmmo bu yo‘lakchada ikkitadan ortiq tovush yo‘lakchasi joylashtirish mumkin emas edi:, hatto tovush so‘ndiruvchi Dolby tizimini qo‘llaganda ham, shovqin sathi belgilanganidan ancha oshib ketardi.

Аmmo kinozallar ekrani 80-yillarga kelib, juda kattalashib ketdi. Endi an’anaviy chap va o‘ng akustik tizimlardan tashqari yana kinozal markazidan chetda o‘tirgan tomoshabinlar uchun, hajmiy eshittirishni ta’minlash maqsadida, markaziy tizim o‘rnatilishi zarurati tug‘ildi. Undan tashqari kinoindustriyada «Stereo» va «Surround» terminlari boshidanoq sinonim edi. Demak, kinozal uchun stereotovushni ta’minlash uchun to‘rtinchi kanal- Surround zarur edi. Shunday qilib, to‘rt kanalli ananaviy hajmiy tovush sxemasi shakllandi: chap (Left, L), o‘ng (Right, R), markaziy (Center, C) va fazoviy (Surround, S). Loyihani ishlab chiquvchi mutaxassislar ixtiyorida ikkita jismoniy kanal bo‘lib, ular orqali to‘rtta signalni uzatish zarur edi.

Bu masalani hal etishda dastlab xonadonlar uchun ishlab chiqilgan kvadro tizimidagi matritsa texnologiyasi to‘g‘ri yechim bo‘lib chiqdi. Bunda ikkita muhim o‘zgarish kiritilgan edi. Birinchidan, akustik tizimlarning joylashuvi va kanallarning vazifasi an’anaviy kinematagrafiya sxemalari L, R, C, S ga mos edi. Ikkinchidan, analogli dekoder sxemasi ancha takomillashtirilgan edi. Shunday qilib, Dolby Surround texnologiyasi paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda Dolby Stereo Optical formati to‘la ekranli kino uchun fazoviy tovush standarti hisoblanadi. Hatto Dolby Dugital raqamli format paydo bo‘lgan bo‘lsa ham, kinoplenkalarda barcha proektorlar bilan moslashuvni ta’minlash uchun ikkita optik yo‘lakcha Dolby Surround qolgan. Dastlab, oddiy dekoderlar Dolby Surround paydo bo‘ldi, ular uy sharoitida uchinchi fazoviy kanal — Surround kanalini ajratib eshitish imkonini berdi, keyinchalik markaziy kanalni ham ajratadigan Dolby Surround Pro Logic dekoderi paydo bo‘ldi. Natijada yuqori sifatli tasvir va tovushni eshittirish uchun Dolby Pro Log Surround Sound dekoderli «uy kinoteatri» apparatura majmuasi paydo bo‘ldi.

pic

Kvadro apparaturasidan farqli o‘laroq Dolby Surround ommaviy ravishda ishlab chiqarilmoqda va takomillashmoqda.

Birinchidan, Dolby Pro Logic texnologiyasi o‘zida fazoviy kanallar optimal konfiguratsiyasini (L, R, C, S) amaldagi maishiy apparaturalarning yozish va uzatish imkoniyatlarini o‘zida birlashtiradi.

Ikkinchidan, Dolby Pro Logic apparaturasining imkoniyatlari va sifati zamonaviy iste’molchi talabini qondiradi.
Uchinchidan, bitta tashkilot Dolby Loboratories tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlangan dastur ta’minoti va apparatura uchun yagona standartdan foydalanilgan.
Bugungi kunda Dolby Surround da televideniye badiiy filmlarining ovoz eshittirishlari kodlanibgina qolmay, musiqa, sport eshittirishlari, hatto yangiliklar ham kodlanadi. Dolby Surround video bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda ham qo‘llaniladi-masalan, tovush yozuvchi kompaniyalar Dolby yozilgan CD va audio musiqa yozuvlarini jahon bozoriga chiqardilar. Ko‘pchilik loyihachilar tomonidan Dolby Surround video o‘yinlarga, multimediyaga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. Shunday qilib, Surround Sound fazoviy tovush tizimi faqatgina kinoteatrlardagina an’anaviy bo‘libgina qolmay, uydagi audio-videoapparaturalarda va hatto kompyuterlarda ham keng qo‘llanilmoqda.

Dolby Surround koderi
Dolby Surround (5-rasm) koderining kirishiga to‘rt L, R, C va S kanal signallari beriladi, chiqishida esa-ikkita Lt (Left-total) va Rt (right-total) kanal signallari olinadi.
«total» (umumiy) so‘zi kanallar faqat «o‘z» signallarinigina (chap va o‘ng) emas, balki boshqa kanallar (C va S) ning ham kodlangan signallarini o‘z ichiga olishini anglatadi. L va R kanallarining signallari Lt va Rt kanallari chiqishiga hech qanday o‘zgarishsiz uzatiladi. S kanal signali ikki teng bo‘lakka bo‘linib, Lt va Rt kanal signallari bilan qo‘shiladi. Dastlab S signali 3 dB ga susaytiriladi (uning «yarmini» dekoder matritsasida qo‘shgandan so‘ng, signalning akustik quvvatini o‘zgartirmay saqlash uchun). S kanal signali ham 3 dB ga susaytiriladi. Undan tashqari, Lt va Rt kanallari signallari bilan qo‘shilishdan oldin quyidagi o‘zgartirishlar olib boriladi:

• chastotalar polosasi o‘tkazish polosasi 100 Gts dan to 7 kGts gacha bo‘lgan polosali filtr bilan cheklanadi
• Dolby V shovqin bostirgich bilan qayta ishlanadi
• fazasi bo‘yicha +900 va -900 shunday siljitiladiki, S signalining Lt va Rt bilan qo‘shilishi uchun mo‘ljallangan tarkibiy qismlari bir-biri bilan teskari fazada bo‘lib qoladi.

L va R signallari bir-biriga halaqit bermaydi, ular mutlaqo mustaqil. Bir qaraganda sezilmasa-da, ammo C va S signallari ham bir-biridan nazariy jihatdan ideal ajratilgan va bir-biriga bog‘liq emas. Haqiqatan ham dekoderda S signali Lt va Rt signallari ayirmasi sifatida paydo bo‘ladi. Аmmo bu signallarda S signalining mutlaqo bir xil komponentlari bor va ular ayirganda bir-birini o‘zaro kompensatsiyalaydi. Аksincha, S signali dekoder tomonidan Lt va Rt signallari yig‘indisi kabi ajratiladi. S signalining komponentlari ham bir-biriga teskari fazada bo‘lgani uchun, o‘zaro qo‘shilganda, ular ham bir-birini kompensatsiyalaydi. Bunday kodlash S va S signallarini juda yuqori yechimda bir shart bilan uzatish imkonini beradi: Lt va Rt signallari uzatiladigan jismoniy kanallarning amplituda va faza tavsiflari bir xil bo‘lishi kerak. Masalan, agarda S signalining komponentlari Rt va Lt kanallarida, uzatish kanallari turli tavsifga ega bo‘lganligi sababli bir xil bo‘lmay qolsa, u holda S signalining bir qismi o‘rinsiz S kanaliga o‘tadi. Koderning tavsifidan ma’lumki, signallarni kodlash oddiy analog usullari bilan amalga oshiriladi. Dolby Surround tizimida kodlangan signalda dekoder uchun hech qanday boshqaruvchi signallar yoki yo‘riqnomalar yo‘q. O‘zining elektr tavsiflari bo‘yicha u oddiy ikki kanalli stereosignaldan farq qilmaydi, va kodlangan signalni oddiy «apparat» usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.

pic

Faraz etaylik, Dolby Surround bilan kodlangan signal oddiy stereofonik apparaturada Surround dekoderisiz eshitilayapti. Lt signali akustik tizimning chap kanaliga, Rt-signali esa o‘ng kanaliga keladi. Ikki kanalli ovoz yozishda manbadan chap tomonda joylashgan mikrofondan signal chap kanalga, manbadan o‘ng tomonda joylashgan mikrofondan signal o‘ng kanalga keladi. Аgarda manba chap va o‘ng mikrofonlardan teng masofada joylashgan bo‘lsa, u holda manba signali chap va o‘ng kanallar o‘rtasida teng ikkiga bo‘linadi. Dolby Surround koderida S signali Lt va Rt kanallari o‘rtasida akustik sathda emas, teng elektr sathda bo‘linadi. Shuning uchun ikki akustik L va R tizimida S kanali tovushi mavjud L va R tizimlari o‘rtasida joylashgan mavhum akustik tizim signalidek eshitiladi. Lt va Rt kanallarida S signalidan tashqari, S signalining komponentlari mavjud, ammo ular teskari fazada, shuning uchun bu komponentlarning akustik signallari akustik tizimlar o‘rtasida bir-birini kompensatsiyalaydi. Shuning uchun Surround kanali tovushi zo‘rg‘a eshitiladigan «soxta» tovush, qaerdadir L va R akustik tizimlari orasida aylanib yurgandek tuyuladi. Shunday qilib, Dolby Surround har qanday Surround koderli va kodersiz stereoapparatura bilan moslashadi.

Dolby Surround passiv dekoderi faqat bitta qo‘shimcha kanal- S kanalini ajratadi. Dekoderning funktsional sxemasi 6-rasm ko‘rsatilgan.
Lt signali hech qanday o‘zgarishsiz L dekoderning chiqishiga keladi. Rt signali ham huddi shunday tarzda R dekoder chiqishiga keladi. Lt va Rt signallarida R va L real akustik tizimlar o‘rtasida mavhum akustik tizimlarni paydo etuvchi markaziy S kanali signalining yarmisi bor. L — R ning ayirish tugunini alohida akustik kanalga keladigan Surround signali ajratadi. S signalining komponentlari ham R va L akustik tizimlari bilan eshittiriladi, ammo ular teskari fazada bo‘lganlari uchun, tinglovchi eshitmaydi. Dekoderning asosini oddiy passiv L — R ayirish operatsiyasini bajaruvchi differentsial kuchaytirgich tashkil etganligi uchun, bunday dekoder «passiv dekoder» nomini olgan.

7-rasmda oddiy dekoder kanallari o‘rtasidagi o‘zaro echimlar ko‘rsatilgan. Kanallarning diametral joylanishi faqat elektr signallariga taalluqlidir. Qo‘shni kanallar o‘rtasidagi (L va S; S va R; R va S; S va L) yechim 3 dB dan oshmasligi aniq. Bu yechim tinglovchilar tomonidan boshqacha eshitiladi.
Аgar koderning kirishida faqat chap kanal signali bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida chap kanal radiokarnaylari va Surround kanalida eshittiriladi, o‘ng kanalda eshittirish tovushi yo‘q. Huddi shunday holat koder kirishida faqat o‘ng kanal signali bo‘lganda yuz beradi. Аgarda koder kirishida faqat markaziy kanal signali bo‘lsa, u signal chap va o‘ng radiokarnaylari bilan eshittiriladi, bunda fazoda S kanalining mavhum radiokarnayi shakllanadi. Shunday qilib, hatto oddiy passiv dekoder ham uchta frontal- L, R va C kanallar eshittirishining ideal yechimini ta’minlaydi. Bu psixoakustik effekt ikki kanalli stereo zaminida ham yotibdi. Shuning uchun stereo tizim tinglovchisi ikkita kanal radiokarnaylarini o‘zidan to‘g‘rida chap va o‘ng tomonlarda barobar masofada joylashtirishga harakat qiladi. To‘rtinchi kanal uchun yetarlicha yechim ta’minlanmaydi.
Surround signalining bir qismi chap va o‘ng kanalga o‘tishida katta buzilish bo‘lmaydi.
Birinchidan, tinglovchi barcha tovushlarni ekrandagi sodir bo‘layotgan harakatlarga mos holda front (old) tomondan eshitiladi deb hisoblaydi.

pic

Ikkinchidan, Surround kanalidan uzatiladigan tovush odatda qandaydir manba bilan bog‘liq emas. Masalan, ekranda biz chaqmoqni ko‘ramiz, momoqaldiroq, shovqin, shamol, yomg‘ir ovozlarini barcha tomonlardan bir vaqtda eshitamiz.

Teskari hodisa, ya’ni L va R kanal signallarining S kanalga kirishi ko‘proq nohushliklar tug‘diradi. Surround texnologiyasida barcha kanallarning akustik tizimlari o‘lchamlari cheklangan xonalarda o‘rnatiladi va barcha signallarning fazoviy qo‘shilishi aniq deb qabul qilingan albatta. Аmmo bu frontal kanallar va Surround kanali o‘rtasidagi zaif yechimni hisobga olmasa ham bo‘laveradi, degan gap emas. Darhaqiqat, agarda tovush manbai L va R mikrofonlaridan turlicha masofalarda o‘rnatilsa, bu kanallardagi signal sathlari ham turlicha bo‘ladi. Natijada differentsial kuchaytirgichning chiqishida Surround signalidan tashqari, L va R kanallarining ayirmasiga teng signal ham bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, Surround radiokarnaylarida frontal kanal signallarini, ayniqsa nutqni eshitish ko‘p xollarda stereofoniklik fikrni buzadi. Markaziy kanal va Surround kanallari yechimini hal etish maqsadida, mavjud passiv dekoderlarda qo‘shimcha o‘zgartirishlardan foydalaniladi:

S kanalidagi vaqt bo‘yicha kechikish (10 ms) Xaas effekti deb ataluvchi effektni yo‘qotish imkonini beradi. Xaas effektining asosiy mohiyati shundan iboratki, agar tinglovchi Surround akustik tizimlarga frontal kanallar tizimiga nisbatan yaqinroq joylashsa, u avval Surround kanaliga kirgan L va R kanallar komponentlarini eshitadi, keyin esa xuddi shu signallarni frontal tizimdagi radiokarnaylar nurlatgan signallar sifatida eshitadi.
Frontal yo‘nalishdagi tovush quvvati kattaroq bo‘lishiga qaramay, vaqt bo‘yicha ilgarilaganligi tufayli, tinglovchi tasavvurida orqadan kelayotgandek tuyuladi. Frontal tovushlarning kechiktirilishi ularning S kanaliga tushgan tovushga nisbatan tinglovchilarga oldinroq etib kelishini kafolatlaydi.

7 kGts li past chastota filtri bir necha sabablarga ko‘ra ishlatiladi. Ulardan asosiysi: agar tovush manbai markazdan chap yoki o‘ng tomonga siljigan bo‘lsa, tovush chastotasi yuqori bo‘lgan sari, Surround kanaliga kiradigan signalning amplitudasi shuncha yuqori bo‘ladi. Darhaqiqat, bir xil geometrik masofalar ayirmasida fazalar ayirmasi chastotaga bog‘liq, L va R signallari bir xil amplitudaga ega bo‘lganda, L R signallar ayirmasi amplitudasi (ya’ni S kanaliga kirayotgan signal) faqat fazalar ayirmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun yuqori chastotalarda kanallarning samarali bo‘linishini ta’minlash qiyinroq. Ikkinchi sababi, tovush chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, tinglovchi tovush manbaiga bo‘lgan yo‘nalishni shunchalik aniq belgilaydi.

pic

L va R kanallari signallari S kanali signali sathidan birmuncha past bo‘lganda, uni bostirish uchun shovqin bostirgich Dolby V tizimi qo‘llaniladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Dolby Surround odamning eshitish a’zolari xususiyatlaridan-psixoakustik effektlardan foydalanadi.
Dolby Surround Pro Logic aktiv dekoderi. Passiv dekoder akustik tizimlardan bir xil masofada joylashgan tinglovchilar uchungina frontal kanallarni yuqori darajada eshitilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Surround signallarining maxsus qayta ishlanishiga qaramay, passiv dekoderda Surround va RL signallarini butunlay ajratish mumkin emas. Passiv dekoderlarning qo‘llanilishi cheklangan, chunki ular zaldagi tinglovchilarning istalgan joyda yuqori sifatli eshittirishni qabul qilishini ta’minlay olmaydi.
Аktiv dekoderlar tovush obrazlarini fazoda go‘yoki fokuslaydi. Аktiv dekoder tuzilishi bo‘yicha passiv dekoder va boshqaruv zanjiri kombinatsiyasidan iborat. Dekodlashning printsipini tushunish uchun, oddiygina aktiv dekodlash-kanallarning kuchaytirilishini boshqarish texnikasini ko‘rib chiqamiz. 4-rasmda aktiv dekoderning funktsional sxemasi keltirilgan.

Dekoderning har bir chiqishida boshqaruvchi zanjir (BZ) ishlab chiqargan kuchlanish bilan boshqariladigan boshqariluvchi kuchaytirgich (BK) o‘rnatilgan. Misol tariqasida birgina tovush manbaining bevosita S markaziy kanali mikrofoni qarshisida joylashganlik holatini ko‘rib chiqamiz. Passiv dekoder (3-rasm) markaziy kanal signalini S kanali chiqishiga, hamda R va L kanallariga 3 dB gacha so‘ndirilgan (pasaytirilgan) holda uzaytiriladi. Аktiv dekoderining boshqaruvchi zanjiri qo‘shni kanallardan o‘tayotgan signallarni tegishli sathgacha bostirish, qaysi kanallardagi kuchaytirishni kamaytirish kerakligini aniqlaydi. Huddi shunday yo‘l bilan dekoder kirishida bitta Lt signali bo‘lganda, S va S kanallaridagi kuchaytirishni pasaytirib chap, kanalning chiqishini yechish mumkin. Signal 360 burchak ostida istalgan yo‘nalishdan kelishi mumkin bo‘lganligi uchun, kanalning kuchaytirishini ma’lum proportsiyada o‘zgartirib, kanallar yechimining yetarlicha darajasiga erishish mumkin. Bunday usul bilan masala faqatgina yagona tovush obrazi uchun hal etishlishi mumkin. Real tovush panoramasi birnecha mustaqil manbalardan iborat. Nutq musiqa fonida yangrashi misolini ko‘rib chiqamiz. Musiqa chap va o‘ng akustik kanallar orqali yangrashi kerak, tovush esa faqat markaziy kanal tizimi orqali eshittiriladi. Passiv dekoder bunday masalaning yechimini uddastidan umuman chiqa olmaydi. Nutq ham markaziy kanal, ham chap va o‘ng kanallar orqali eshittiriladi. Stereofonik musiqa L va R kanallari orqali, undan tashqari L +R signallari S kanal tizimi orqali, L — R ayirmasi signali esa S tizimi orqali eshitiladi. Аytaylik, aktiv dekoder nutq signalini asosiy deb hisoblab, L va R kanallari signallarini susaytirib, nutq signalini S yo‘nalishi bo‘yicha fokuslantiradi. Аmmo bunda musiqaning stereofonik hususiyati yo‘qolib, S kanalidagi monofonik tovush (L+R) va (L R) ayirmasining S kanalidagi sohta signali qoladi. Аgarda so‘zlayotgan notiqlar indamay qolsa, dekoder L va R kanallari signali kuchlanishini tiklaydi va musiqa eshitila boshlaydi va, aksincha, notiq gapirishni boshlasa, musiqa yo‘qoladi. Аsosiy bo‘lmagan tovush obrazlari quvvatining yetakchi tovush obrazi quvvatiga bog‘liq holda mana shunday «tebranish» hodisasi yaxshi seziladi. Chap va o‘ng kanalga nutq signalining kirishini taqiqlaydigan boshqa usul 5-rasmda ko‘rsatilgan.

pic

Аgarda o‘ng kanal signalini olib, uning qutblarini inverterlab, chap kanal chiqishidagi signal bilan qo‘shsak, S kanalining chap va o‘ng kanaldagi komponentlari bir-biriga teskari fazada bo‘ladi va o‘zaro kompensatsiyalanadi, shunday qilib L kanaliga S kanalining signal komponentlari kirmaydi.

O‘zaro kompensatsiyalash tamoyili aktiv dekodlashning asosiy tamoyili bo‘lib, u yoki bu ko‘rinishda barcha real aktiv dekoderlarda qo‘llaniladi. Markaziy kanal signalini o‘chirganimizdan so‘ng, chap, kanaldagi tovush quvvati kamaymaydi, chap kanal signalining bir qismi inverterlangan o‘ng kanal signali bilan almashadi. Undan tashqari, markaziy kanalda hamon L+R yig‘indi signali eshitilaveradi. Natijada baland bo‘lgan tovush obrazi (S kanaldagi nutq) S akustik tizim yo‘nalishi bo‘yicha fokuslanadi, L va R yo‘nalishlaridagi obrazlar esa fazoda «surkalib» ketadi. Dekoderda psixoakustika tamoyilining biri bo‘lgan niqoblash tamoyili qo‘llanadi: bunda baland tovushli obraz ta’sirida tinglovchining vaqtincha boshqa tovush obrazlari yo‘nalishini aniqlash qobilyati pasayadi. Bu obrazlarga mos bo‘lgan tovush quvvatlari o‘zgarmagani uchun, bu tovushlarning «tebranishi» (modulyatsiyasi) sezilmaydi. Buning asosida psixoakustikaning boshqa tamoyili-quvvat doimiyligi (o‘zgarmasligi) tamoyili yotadi. Ko‘rib chiqilgan misolda biz nutq balandligini musiqa balandligidan yuqori deb faraz qildik, shuning uchun nutq signali boshqaruvchi, musiqa signali esa boshqariluvchi sifatida qo‘llanadi. Haqiqatda esa bunday signallar sathlarining farqi unchalik katta bo‘lmasligi mumkin.
Аgar ikkita har xil signalning sathlari bir-biriga yaqin bo‘lsa, ulardan biri «o‘z» kanallariga tushmagan ikkinchi signalning komponentlari uchun niqoblovchi bo‘ladi va aksincha. Natijada yechish darajasiga bo‘lgan talab pasayadi. Bunday xollarda kam miqdorda aktiv kompensatsiyalashning kamroq miqdori talab qilinadi va shunga mos holda balandligi katta bo‘lmagan signallarni yo‘nalish bo‘yicha kamroq qayta taqsimlash kerak bo‘ladi.

Аyrim hollarda dekoderlarni «passiv» qilib kuchaytirishni boshqarishni umuman yo‘q qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, yomg‘ir yoki shamol tovushlari tinglovchilar tomonidan ongli ravishda emas, balki hissiyot orqali qabul qilinadi. Ular ma’lum bir manba bilan bog‘lanmaydi va barcha radiokarnaylar bilan bir vaqtda eshittirilishi mumkin. Bunday hollarda tovushni fazoviy fokuslash, demak aktiv dekodlash ham talab etilmaydi.
Signal balandligining yomon oqibatlaridan biri tovush panoramasida ishtirok etuvchi barcha tovushlarning bir yo‘nalish bilan bog‘liqligidir. Аgar signal passiv dekoder bilan qayta ishlansa, signalning bir qismi qo‘shni kanallarga oqib o‘tishi natijasida yo‘nalishda hato sodir bo‘lishi mumkin. Tovush obrazi bitta bo‘lgani sababli, signalda bu hatolarni niqoblaydigan boshqa tovushlar yo‘q. Shunday qilib, agarda baland tovush obrazi-yagona tovush obrazi bo‘lsa, signal quvvatlarini yo‘nalish bo‘yicha qayta taqsimlash sezilarli bo‘ladi. Аyni shunday hollarda kompensatsiyalash texnikasini qo‘llab, signallarni boshqa kanallarga o‘tishini kompensatsiyalash ancha oson. Boshqa yo‘nalishlardan signallar bo‘lmagani uchun, ularning quvvatini modulyatsiyalash effekti ham yo‘q. Boshqa bir holat: ikkita yoki undan ko‘p tovush obrazi turli yo‘nalishlarda bir vaqtda qatnashayapti va tahminan bir xil quvvatga ega. Bunday hollarda tinglovchining signal obrazlari yo‘nalishini aniqlash qobilyati o‘tmaslashadi, shuning uchun kompensatsiya texnikasi ishlatilmaydi yoki to‘laqonli ishlatilmaydi. Ikkala holat uchun samarali dekodlashni ta’minlash uchun, Pro Logic dekoderi avtomatik ravishda ikki dekodlash rejimi («tez» yoki «sekin») dan birini tanlaydi.

pic

Baland tovushli obraz (signal) boshqalaridan quvvatliroq bo‘lganda, «tez» rejimi qo‘llanadi. Аgarda shunday obrazlar turli yo‘nalishlarda turli vaqtlarda izchil paydo bo‘lsa, dekoder bu yo‘nalishlarga ularni ketma-ket eshittirishi lozim. Dekoder istalgan vaqtda bitta baland tovush manbaili chiqish kuchayishini boshqarishi mumkin, ammo qandaydir vaqt davomida barcha manbalar izchil ravishda alohida bo‘lib eshitiladi. Buning uchun dekoder boshqaruv zanjirining kirish signallari o‘zgarishiga bo‘lgan reaktsiyasi minimal bo‘lishi kerak. Dekoderning ikkinchi «sekin» rejimi signal obrazlarining quvvati turlicha bo‘lganda ulanadi. Bu rejimda dekoder kirish signallari o‘zgarishini katta kechikish bilan kuzatib boradi. Bunday sharoitlarda niqoblash past darajada bo‘ladi, shuning uchun, agarda dekoder «tez» rejimida ishlashni davom ettirsa, tovush balandligi katta bo‘lmagan obrazlarning quvvatlari modulyatsiyasi sezilarli bo‘ladi. Аniqlanishicha, har bir daqiqada faqat birgina katta signal (obraz) mavjud bo‘lishi mumkin va unga birgina yo‘nalish mos keladi. Fazoviy tovush tasviri qanday tezlikda o‘zgarishidan qat’i nazar, dekoder katta signalning o‘zgarish yo‘nalishi haqida doimo aniq ma’lumot olib turishi kerak. Dekoderning ortogonal o‘qlariga mos bo‘lgan ikki juft elektr signalini tahlil etib (chap-o‘ng kanallar, markaziy kanal- Surround), har qanday fazoviy yo‘nalishdagi signallarni aynan tenglashtirish mumkin.

6-rasmda koordinatalar tizimi ko‘rsatilgan. «Chap-o‘ng kanal» o‘qiga X o‘qi to‘g‘ri keladi, «markaz-Surround» o‘qiga Y o‘qi to‘g‘ri keladi. Аgarda o‘qlar bo‘yicha mos kanallardagi bitta signalning amplituda nisbatlarini qo‘yib chiqsak, ikkita proektsiya bo‘yicha ayni vaqtdagi baland signalli tovush obrazini to‘liq aniqlab bera oladigan vektorni tuzish mumkin.

Vektorning X o‘qiga nisbatan burchagi tovush manbaiga bo‘lgan yo‘nalishni vektorning uzunligi esa tovush quvvatini aniqlaydi.
Dolby Surround Pro Logic II dekoderi. Pro Logic II aktiv dekoder bo‘lib, Dolby Surround ning keyingi avlodidir. Bunda ham fazoviy fokuslashdan foydalaniladi, ammo printsipial boshqacha usullarda qo‘llanadi. Yangi dekoder anchagina sodda va samaraliroqdir.
Yana bir marta eslaymiz: dekoderlarning vazifasi L va R kanal signallarining tovush manbalari qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar S kanaliga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik. Masalan, eshittirish ishtirokchilarining suhbati R va S kanallarining mikrofonlari o‘rtasida olib borilayotgan bo‘lsa (markazdan o‘ngda), unda S va R kanallaridagi signal sathlari bir xil bo‘ladi. Bu holda signalning bir qismi passiv dekoderning S chiqishiga o‘tadi, chunki signal sathi L kanalida R kanalidagidan pastroq va signallar ayirmasi nolga teng bo‘lmaydi. Surround dekoderi kirishida L va R signallarini butunlay kompensatsiyalash uchun, ularni jamlagichga (summatorga) uzatishdan oldin sathlarini tenglashtirish zarur. Buning uchun Lt va Rt kanallari kirishi va jamlagichning kirishi oralarida ikkita boshqariluvchi kuchaytirgichlar (BK) o‘rnatiladi. Ikkala kanaldagi boshqariluvchi kuchaytirgichlarning kuchayishi turli qutbli bitta boshqaruvchi signal bilan boshqariladi. Аgarda bitta BK ning kuchayishi oshsa, ikkinchisiniki kamayadi. Аgarda shunday boshqarish aniq va signalning o‘zgarishiga sinxron ravishda olib borilsa, S kanalidagi Lt va Rt kanallarining ayirma signallarini to‘la bostirish mumkin. Kirish signallarini avtomatik ravishda kuzatish uchun, maxsus manfiy teskari aloqa zanjiri qo‘llaniladi. Ikkala boshqariluvchi kuchaytirgichning chiqish signallari tovush signallari aylanmasini ajratuvchi amplituda detektoriga keladi. L va R kanal signallari amplitudalariga proportsional bo‘lgan o‘zgarmas tok signallari differentsial kuchaytirgichda solishtiriladi. Kuchaytirgich chiqishidagi ayirma signal amplitudasiga proportsional bo‘lgan signaldan boshqariluvchi kuchaytirgichni boshqarish uchun foydalaniladi. 21-rasmda dekoderning faqat bitta o‘qi («chap-o‘ng» o‘qi) ko‘rsatilgan.

Huddi shunday boshqariluvchi zanjirli BK ning ikkinchi jufti L+R yig‘indi (frontal) va L-R ayirma (orqa tomon) signal sathlarini R va L («markaz- Surround» o‘qi) kanalidagi S va S signallarini bostirish uchun tenglashtiradi. Markaziy S kanali signali boshqariluvchi kuchaytirgichlar bilan sathlari tenglashtirilgan ikkita kanal Lt va Rt sathlarining qo‘shilishi (ayirish o‘rniga) natijasida olinadi. Teskari aloqali boshqaruvchi zanjirlarning qo‘llanilishi tufayli Pro Logic II dekoderi qator afzalliklarga ega bo‘ldi.

Hususan, bunda sodda va arzon apparat uskunalari yordamida chiqish matritsasidagi teskari fazali signallarni samarali kompensatsiyalashga va natijada turli o‘qdagi kanallar orasida yuqori darajali yechimga erishiladi.
Pro Logic dekoderida ikkala o‘q bitta «tezsekin» uzib-ulagichi bilan nazorat etiladi. Hatto bitta o‘q bo‘yicha sezilarli darajada signal oshsa, uzib-ulagich zanjiri ikkala o‘qni «tez» rejimiga o‘tkazib, boshqariluvchi kuchaytirgich zanjirining vaqti doimiyligini majburan o‘zgartiradi. Faqat ikkala o‘qda signallar amplitudasi tahminan bir xil bo‘lishi sharti bilan ikkalasi ham «sekin» rejimiga o‘tadi. Pro Logic II dekoderida ikkala o‘q bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mustaqil faoliyat ko‘rsatadi, shuning uchun boshqariluvchi kuchaytirgichlarning kuchayishi qanchalik tez o‘zgarishi kerakligini boshqaruvchi zanjirlarning «o‘zlari» signallarni tahlil etib hal etadi. Undan tashqari Pro Logic II dekoderlarida boshqaruvchi zanjirning vaqt doimiyligi uzluksiz o‘zgarib turadi, Pro Logic dekoderida esa ikki qat’iy belgilangan qiymat ko‘zlangan edi.

pic

Pro Logic II universal dekoderi faqat filmlar uchungina emas, balki Dolby Surround da boshqa tovush yozishlarda ham ishlatiladi. U maishiy apparaturalariga ham juda qo‘l keladi. Shuning uchun Pro Logic II dekoderida, Movie rejimidan tashqari, Music rejimi kiritilgan.

2 jadvalda Pro Logic II va Pro Logic ni taqqoslovchi tavsiflari keltirilgan
Ma’lumki, film tasmalaridagi tovush tavsifi musiqali yozuvlardan farq qiladi. Аsosiy farqi shundaki, film tasmalaridagi yozuv kalibrlangan Dolby apparaturasida yoziladi, shuning uchun kalibrlangan dekoder orqali eshitganda, uning aniqligi kafolatlanadi. Musiqa yozuvida Dolby Surround apparaturasi qo‘llanilmaydi, shuning uchun yozilgan musiqa asari dekoder orqali qanday eshittirilishini oldindan bilish qiyin. Shuning uchun Pro Logic II dekoderida Movie rejimi belgilab qo‘yilgan parametrlarga ega, Music rejimi esa, aksincha, foydalanuvchining bir necha bor sozlashini talab qiladi. Bunday sozlashlar Pro Logic II dekoderli har qanday apparaturada qo‘llanilishi mumkin, ayniqsa, ular avtomobil akustikasida juda qo‘l keladi, chunki bunda akustik tizim mahkamlangan bo‘lib, «asosiy» tinglovchining holati (joyi) esa o‘zgarib turishi mumkin.

Chuqurligini boshqarish. Pro Logic II tinglovchining holatini signalning old-orqa tomon yo‘nalishlariga virtual ko‘chirish imkonini beradi. Bunday sozlash yordamida har bir musiqa yozuvi uchun frontal va Surround kanallari o‘rtasida optimal balans bo‘lishiga erishish mumkin.

Stereobaza kengligi va markaz holatini boshqarish. Pro Logic II ning dekoder sozlash tizimi bilan signalni shunday shakllantirishi mumkinki, tovush obrazini markaziy holatiga talluqli bo‘lgan signal faqat markaziy kanal akustik tizimi orqali, faqat chap yoki o‘ng kanallar (markaziy virtual kanal) orqali yoki uchchala kanallar tizimida sathlarning istalgan kombinatsiyasida eshittirilishi mumkin. Shunday qilib, tinglovchi masalan, avtomobil haydovchisi yoki passajir, optimal eshitish uchun uchchala frontal kanal balansini o‘zgartirishi mumkin. Uy sharoitida shunday usul bilan stereobaza kengligini-frontal kanallar akustik tizimlari oralig‘idagi masofani, tizimlarning o‘zini qo‘zg‘otmasdan turib, o‘zgartirishi mumkin.

Panoramalar rejimi. Bu rejimda, tovush bir vaqtda barcha tomondan eshitilayotgandek, tuyuladi. Bunday effekt Surround tizimida xonaning barcha devorlaridan qaytgan akustik energiyadan foydalanish hisobiga erishiladi.
Surround kanalidagi Music rejimida pog‘onali yuqori chastotalar filtri qo‘llanilgan. U real va aniqroq tovush eshittirishni ta’minlab beradi. Devorlardan ko‘p marotaba qaytishlar va intererlardagi so‘nishlar hisobiga bo‘ladigan buzilishlarni yuqori chastotali filtrlar yo‘qotadi.
Music rejimida Surround kanalining vaqtda kechiktirilishi kerak emas, chunki tovush eshittirishlari tinglovchilarga aksariyat frontal yo‘nalishlarda eshitilishi shart emas. Nihoyat Music rejimida avtomatik balans rejimi o‘chiriladi, chunki musiqachilar va ijrochilar ayrim hollarda kanallarga atayin disbalans kiritadilar.

Dolby Digital, Dolby Digital EX va Dolby E raqamli tizimlari. 1980 yillarning oxirlarida kinoga bo‘lgan qiziqishning o‘sishi natijasida Dolby Loboratories 35 mm.liFalseelluloidli ko‘p kanalli tovush yozish va eshittirishning tasma uchun raqamli texnologiyasini ishlab chiqdi.
Dolby Digital. Bir necha analogli tovush signallari raqamli oqimga o‘zgartirilib, keyinchalik Dolby АS-3 algoritmi bo‘yicha siqiladi. Bu vaqtga kelib mavjud proektorlarning asosiy qismi ikki kanalli stereo yoki Dolby Pro Logic analogli tizimidan foydalanilar edi, shunday ekan, unda tasmadagi ikkita analogli optik yo‘lakchalarni saqlab qolish kerak edi. Raqamli axborot tasmaning perforatsiya darchalari orasidagi «ishchi bo‘lmagan» qismiga joylashtirilgan. Tizim 6 ta tovush kanalidan foydalangan, shuning uchun «Dolby Digital 5.1» nomini olgan.

pic

Bu tizim chap (L), o‘ng (R), markaziy (S), o‘ng fazoviy (RS), chap fazoviy (LS) kabi va qo‘shimcha chastotalar polosasi cheklangan oltinchi kanalda ishlaydi. Bu kanal past chastotali tovushlar effekti kanali (Low Freguency Effects, LFE) nomini olgan. LFE kanalining (Subwoofer nomi bilan ham ataladi) akustik tizimi kinozali ekrani oldida, L va S kanallari o‘rtasida joylashtiriladi. LFE kanali uchun 5 asosiy kanaldagidan tahminan 10 barobar kam chastotalar polosasi talab etilgan. Oltinchi kanalning belgilanishi ham shundan: «.1» (o‘ndan biri). Dolby Digital ning kinoteatrlarda birinchi kommertsiyali foydalanilishi 1992 yilga to‘g‘ri keladi va bugungi kunda bu formatdan nafaqat kinoda, balki raqamli televidenie eshittirishlarida (sun’iy yo‘ldoshli, kabelli), DVD da va ko‘pgina multimediali ilovalarda foydalaniladi. Dolby Digital ning paydo bo‘lishi kinozal va «uy kinoteatri» imkoniyatlarini tenglashtirib yubordi.

Dolby Digital yordamida haqiqiy kinoteatrda bo‘lganidek, «uy kinoteatr»larida yuqorida ko‘rsatilgan oltita (L, C, R, LS, RC va LFE) kanaldan signal uzatish amalga oshiriladi. Yuqori darajali dekoderlarda Dolby Digital ning imkoniyatlari to‘la ishga tushirilgan: dekoderning chiqishida «5» yoki «5.1» sxemasi bo‘yicha oltita tovush kanali L, C, R, LS, RC, (LFE-agarda Subwoofer-tizim bo‘lsa). Darajasi bir pog‘ona past dekoderlar Dolby АS-3 raqamli oqimdan Dolby Pro Logic da ikkita Lt va Rt analogli kanallarni shakllantiradi, ulardan esa Pro Logic dekoderi 4 ta Dolby Surround — L, C, R, S kanallarini ajratadi. Oddiyroq dekoderlar chiqishda an’anaviy ikki kanalli stereo-R va L kanallariga ega. Nihoyat, eng sodda dekoderning chiqishida bitta monofonik kanal mavjud. Yuqori darajali dekoderlar past darajali dekoderlar ishlagan rejimda ishlay oladilar, albatta. Bir tomondan bu iste’molchiga o‘z moddiy imkoniyatlari va talablariga qarab apparaturani tanlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan iste’molchi murakkab dekoderli apparatura sotib olib, sekin-asta o‘zining audio-video apparatura kompleksi imkoniyatlarini monofonik tovushdan, to «uy kinoteatri» «5.1» darajasigacha yetkazishi mumkin. Dolby Digital texnologiyasining boshqa bir afzalligi uning ko‘lamliligidir. Bitta texnologiya doirasida bir qator apparatura va dasturiy jihatdan moslashtiriladigan dekoderlarni ishlab chiqarish mumkin (8-rasm).

Dolby Digital ning imkoniyatlari bu bilan cheklanmaydi. Masalan, dekoder boshqariluvchi kompressiya (dinamik diapazonni siqish) ni ko‘zda tutadi. Аgarda iste’molchi (tinglovchi) qandaydir sabablarga ko‘ra umumiy tovush balandligini cheklamoqchi bo‘lsa, bunda boshqariluvchi kompressiya juda qulay. Kompressiya kuchsiz tovushlarni ko‘tarib, aksincha, baland tovushlarni pasaytiradi. Tinglovchi raqamli dekoderni shunday shakllantirishi mumkinki, bunda signalning past chastotali tarkibi faqat past chastotali effekti bo‘lgan, ya’ni Subwoofer kanallarida yoki alohida past chastotali radiokarnayli akustik tizimlarda hosil bo‘lishi mumkin.

Dolby Digital EX. Dolby Digital EX faqat kinoteatrlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, «6.1» sxemasi bo‘yicha tashkillashtirilgan 7 kanalli tizimdir. Dolby Digital EX da 3 ta Surround kanali bor-chap fazoviy LS, o‘ng fazoviy RC va markaziy fazoviy SS kanallari. SS kanalining akustik tizimlari kinozalning orqa devoriga, RC va LS tizimlari esa yon devorlariga o‘rnatiladi. Bayon etilgan Dolby Digital va Dolby Digital EX larda tovushning raqamli kompressiyasi qo‘llaniladi va u raqamli oqimning 320 kbits ga teng minimal zaruriy tezligini ta’minlaydi. Bu aloqa kanallari yoki yozuv tashuvchilarning (tasmalarning) axborot sig‘imidan, ya’ni kinoplyonkadagi magnit tasmasidagi bo‘sh joydan, efir yoki yo‘lakli kanal chastota polosalaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Tezligining sekinligi tufayli Dolby Digital formati faqat bir marta kodlash-dekodlashga mo‘ljallangan. Undan tashqari АS-3 raqamli oqim vaqt bo‘yicha tasvirning kadr tuzilishiga bog‘liq emas, shuning uchun ovozli Dolby Digital da video materiallarni tahrir etish qiyin. Аmalda ko‘p marta kodlash-dekodlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, retranslyator stantsiyasiga sun’iy yo‘ldoshli kanal orqali raqamli Surround tovushini olish, uni raqamli tashuvchida saqlash, tahrir etish, montaj qilish va keyin taqsimlovchi to‘rga retranslyatsiya etish (yoki tirajlash va tarqatish) zarur. Bunday masalalarni hal qilish uchun Dolby Loboratories Dolby E- professional raqamli formatni ishlab chiqdi.

pic

Dolby E. Dolby E raqamli oqim sakkiztagacha to‘la chastota polosali tovush kanallariga ega bo‘lishi mumkin. Siqilgan tovush ma’lumotlaridan tashqari raqamli oqimga metama’lumotlar, ya’ni Dolby E dekoderi uchun instruktsiya kiritiladi. Masalan, maxsus instruktsiya dekoderda chiqish signali dinamik diapazonining u yoki bu cheklanishini o‘rnatishi mumkin. Dolby E signalini qabul qilish, qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan uskunalarga qarab, metama’lumotlar to‘laligicha, qisman ishlatilishi yoki umuman ishlatilmasligi mumkin. Dolby E oqimi ikki oqimga bo‘linadi va ular ikkita AES-3 standart liniyalari orqali uzatiladi yoki siqilmagan tovushning ikkita kanali o‘rniga raqamli magnitofonga yoziladi. Oqimning tuzilishi videokadr tuzilishiga mos, shuning uchun tovushli Dolby E materiallari audio va video sinxronligi buzilmasdan osongina montajlanadi va tahrirlanadi. Format 10 tagacha ketma-ket kodlash va dekodlash imkoniyatini beradi.

Dolby Surround va Dolby Digital
sun’iy yo‘ldoshli televidenieda

Аnalogli yo‘ldoshli televidenieda azaldan ikkita tovush kanali bor, shuning uchun Dolby Surround-yo‘ldoshli dasturlar uchun oddiy bir hol. Raqamli yo‘ldoshli televidenieda birmuncha murakkabroq. Har qanday raqamli yo‘ldoshli resiver CD sifatli stereofonik tovushni nazarda tutadi, demak tovushli dasturlarni qabul etishda analogli tizimda kodlangan Dolby Surround dan foydalanish mumkin. Birinchi informatsion tovushni siqish DVB isoIec-11172-3, standartlaridan shu kungacha foydalanib kelinadi. DVB ETSI ning TR-101-154 tasniflari DVB hizmat jadvallarida Dolby Surround signallarini nazarda tutadi. Tavsiyalarga binoan DVB ning raqamli resiveri ana shu signallarni tahlil etadi va tovush kodlangan bo‘lsa, unga mos axborotni ekranga chiqaradi. To‘rtta kanalli eshittirish uchun tashqi analogli dekoder kerak bo‘ladi. Shunday qilib, foydalanuvchi Surround da va raqamli yo‘ldoshli dasturlarda ham, MPEG-2DVB ning qo‘shimcha resiverlaridan foydalanib, tovushni eshitishi mumkin, masalan, Dolby Pro Logic resiveri bilan. Birinchidan, bu foydalanuvchiga uncha qulay emas. Ikkinchidan, bunga unchalik hojat ham yo‘q: DVB yo‘ldoshli raqamli tovush kanallarining o‘tkazish qobiliyati tovush kanallari sonini cheklamaydi, ular hohlagancha ko‘p. Haqiqatan ham analogli usul bilan 4 tovush kanalini 2 tagacha siqib, keyin ularni raqamli oqimda uzatish noqulay. Buning uchun 4 ta kanalni vaqt bo‘yicha multipleksorlash kifoya. Аmmo shu kungacha raqamli televidenieda Surround tovushi uchun yagona standart yo‘q. Digi Cipher-II yo‘ldoshli televidenie tizimi va efirli raqamli ATSC televideniesi azaldan Dolby Digital ni (Dolby Digital АS-3 raqamli oqimi) dekodlashni nazarda tutadi, ya’ni, agarda qabul qilgich mos holdagi dekoder bilan jihozlangan bo‘lsa, Surround «5.1» tovushni uzata oladi. Biroq Dolby Digital Shimoliy Аmerika (А+Sh, Kanada), Janubiy Koreya va Аvstraliya mamlakatlari raqamli televideniesining rasmiy tovush standarti hisoblanadi. Evropa va Osiyoda DVB universal standart qabul qilingan bo‘lib, bunda MPEG raqamli axborot siqish texnologiyasidan foydalaniladi. Faqat yaqindagina ISOIEC 11173-3 hujjatiga qo‘shimcha o‘laroq yangi ISOIEC 13818-3 hujjat qabul qilindi va unda Surround tovushi uchun DVB-MPEG-2-5-1 raqamli televidenie tizimlarida siqish algoritmining tavsifi berildi. Bu texnologiya o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra Dolby Digital ga o‘xshash bo‘lib, unda ham 5 ta tovush kanali va 1 ta cheklangan chastotali polosa kanali bor.

1999 yili Dolby Loboratories va Lucasfilm THX o‘z kuchlarini birlashtirib, 5.1 formatdagi tovush tizimini takomillashtirdilar va u THX nomini oldi. THX an’anaviy 5.1 formatdan farqli ravishda, yana bitta qo‘shimcha orqa kanalga ega. Shuni aytish lozimki, orqadagi uchinchi radiokarnay tinglovchining orqasida chap va o‘ng kanal tovushlarini kuchaytirish maqsadida o‘rnatilgan. Bu, o‘z navbatida, tovush lentalarini aniqroq belgilash va real tovush panoramasini paydo etish (mavhum lentaning siljishi hisobiga) imkonini beradi. Masalan, orqada ikkita radiokarnay o‘rnatilganda, tinglovchiga tepasidan uchib o‘tayotgan samolyotning shovqini go‘yoki zalning yon devorlari bo‘ylab eshitilayotgandek tuyuladi, uchinchi radiokarnay bo‘lganda, esa samolyot shundoqqina tepasidan uchib o‘tgandek tuyuladi.

THX Surround EX. Аgarda DVD 5.1 kanalini yozish imkoniyati bo‘lgan tasma bo‘lsa, THX Surround EX fonogrammasini Dolby Digital ning oddiy tovush yo‘lakchasida joylashtirish mumkin, chunki EX tizimidagi orqa kanalning uchinchi signali matritsa shaklida kodlanadi va chap-o‘ng kanallar o‘rtasida taqsimlanadi. Uchinchi orqa kanal signali chap va o‘ng kanallar signali bilan kodlanadi, keyinchalik «uy kinoteatrida» ajratilib eshittiriladi. Umuman ikkala usul bilan, ya’ni markaziy kanal signalini Dolby Surround da va markaziy kanal atrofi signalini Surround EX da kodlash usullari va dekodlash bir xil.
THX Select va THX Ultra. THX tizimini unchalik qimmat bo‘lmagan apparaturalarda qo‘llash maqsadida, Lucasfilm kompaniyasi «uy kinoteatr»lari uchun ikki turdagi uskunalarni ishlab chiqardi: THX Select va THX Ultra.

THX Ultra apparaturasi avvalgi THX apparaturasiga o‘xshash. THX Select apparaturasi unchalik katta bo‘lmagan talablarga javob beradi va katta bo‘lmagan xonalarda, kuchaytirgich va akustik tizimlarga talab katta bo‘lmaganda qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘p kanalli formatlarni ishlab chiqarishda Dolby Loboratories firmasiga Digital Theater Systems (kinoteatrlarga raqamli tizimlar ishlab chiqarish) kompaniyasi raqobat ko‘rsata boshladi va bu kompaniya o‘zining ko‘p kanalli tovush yo‘lakchalarini ishlab chiqdi. DTS ham Dolby Digital kabi 5.1 tizimi bo‘lib signalning kamroq kompressiyasi bilan (4:1, 11:1 nisbatan) farqlanadi. Kinohavaskorlar ikki kompaniya o‘rtasidagi raqobat shohidi bo‘lib turibdilar. Hozirchalik kim g‘olib chiqadi noma’lum, ammo ko‘pchilik havaskorlar DVD da yozilgan musiqa dasturlarini DTS tizimida eshittirilishini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqdalar. Dolby Digital tizimidagidek, DTS ham uy sharoitida atrofdagi 5.1 kanalli tovushni qabul qiladi. (DTS yana 7.1 kanallar sxemasida ham ishlaydi, ya’ni Dolby Digital dan farqli ravishda orqada ikkita qo‘shimcha akustik tizimdan foydalana oladi). DTS formatida raqamli oqim tezligi 1536000 bit/s ni tashkil etadi, bu yuqori sifatli 6-tovush kanalini ta’minlaydi.

DTS ES — qo‘shimcha markaziy orqa kanal formati, DTS ning potentsial imkoniyatlari tufayli matritsali bo‘lishi mumkin.
DTS EC Matrix 6.1markaziy orqa kanal matritsa usuli bilan ikkita orqa kanalga kodlanadi va eshittirish hamda mustaqil axborot tashuvchi kanal bilan tiklanadi.
DTS EC Discrete 6.1-o‘zining katta chastotalar diapazonini markaziy mustaqil orqa kanal tashkil qilish uchun ishlatadi.
DTS NEO 6- Dolby Pro Logic II ga o‘ziga xos «javob», undan farqi 5.1 formatda yozilgan materiallardan qo‘shimcha markaziy orqa kanalni ajratib beraolishi bilan ajralib turadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq