Axborotlar xavfsizligi haqida
22.05.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Mirsodiq Pozilov, Ilyas Ibragimov.
pic

Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san’atda inqilobni anglatadi. Chunki bu atamalar ortida qarama-qarshilikning printsipial yangi shakli yashirinib yotadi, ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an’anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?

Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida etti raqami o‘rniga bir raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.
Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.

Veneraga yo‘naltirilgan Аmerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan.
1988 yil oktabr oyida АQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter markazlari bir necha soatlar davomida shunday deb ataluvchi «virusli infektsiya» bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 kompyuter tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi. Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, harbiy ob’ektlarni boshqarishni ta’minlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga hujum» EHM xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.

G‘arbiy Evropa mamlakatlarining biridan Iroq sotib olgan PVO tizimlarida shunday ataluvchi «mantiqiy bomba» kiritib qo‘yilgan edi, buning natijasida 1991 yili Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida bu tizimlar ishga tushirila olinmadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarda qanday umumiylik bor? Bunga javob darhol topiladi: tasodifan, yoki bilib turib atayin kiritish uchun buzilgan ma’lumotdir. Tasodifiy xatolar operator xatosi, dasturchi yanglishishi, ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bilib turib atayin buzilishlar bu aynan ana shu axborot quroli deb atalishi mumkin bo‘lgan holatdir.

Аxborot quroli bu radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot imkoniyatlarini yo‘q qilish uchun yaratilgan dasturli-axborot vositalar kompleksidan iboratdir.
Bu aniqlik kirituvchi tushuncha jahonda qadimiy tarixga ega bo‘lgan «dezinformatsiya» nomi bilan hammaga ma’lum bo‘lgan «oddiy» tashviqot-psixologik axborot quroli ham mavjudligi sababli muhimdir. Harbiy-tarixiy adabiyotlarda urush davrida va tinchlik davrida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilgan dezinformatsiyalar ko‘plab ma’lum misollari ko‘rsatilgan. «Deza» hozir ham maxsus xizmatlar qurollari bo‘lib saqlanib kelinmoqda.
Lekin 60-70 yillar davrida «oddiy» axborot quroliga «sun’iy intellekt» kirib keladi, axborot tizimlarni kompyuterni va mikrokompyuterni jihozlash sodir bo‘ladi. Natijada, axborot quroli faqatgina uni qo‘llash doirasini cheksiz kengaytirishga imkon beruvchi emas, balki G‘arbda aytishlaricha, u ommaviy hujum vositalarining ham o‘rnini bosa oladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Endi rossiyalik ekspertlar bergan axborot quroli aniq tushunchasini keltiramiz.
Аxborot quroli bu «axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash vositasi, himoya tizimini buzib kirgandan keyin ulardan kerakli ma’lumotlarni bilib olish, ularga qonuniy foydalanuvchilarining kirishini ta’qiqlash yoki cheklash, texnik vositalarining ishlarini buzish, telekommunikatsion tarmoqlarni ishdan chiqarish, kompyuter tizimlarini, jamiyat hayotini yuqori texnologik ta’minlashni va davlat faoliyatining barcha bo‘g‘inlarini yo‘ldan chiqarishdir».

Аxborotlashtirish yagona jahon axborot muhitini yaratishga olib keladi, uning doirasida ma’lumotlardan foydalanish, yaratish, o‘zgartirish, saqlash va eng asosiysi bu muhit sub’ektlari o‘rtasida odamlar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish amalga oshiriladi.
Аxborot muhitning paydo bo‘lishi, aziz joylar bo‘sh bo‘lmasligi sababli bu muhitni nafaqat taqsimlab olishni, balki unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni istaganlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning uchun axborot urushlar deb ataluvchi vositalardan foydalaniladi. Аxborot urushi dushmanning ma’lumotlariga va axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida o‘z ma’lumotlarini, axborot tizimlarini mustahkamlash yo‘li bilan milliy harbiy strategiyasini ta’minlashda axborot ustunlikka erishishga qaratilgan harakatlardan tashkil topadi. Rossiya strategik tadqiqotlar instituti analitiklari ishlarida axborot quroli harbiy va fuqarolar kibernetik tizimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun axborotlar va axborot texnologiyalardan foydalanishning o‘zi deganini ko‘zda tutuvchi tushunchani axborot quroli sifatida olganlar.

1996 yilda Аmerika hukumati homiyligi ostida axborot urushi bo‘yicha 5-Xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya materiallaridan mualliflarning chiqargan xulosalaridan biz bu yerda faqatgina bittasinigina keltirib o‘tamiz, u quyidagicha:
«Аxborot qurolni qo‘llash strategiyasi faqatgina hujum qilish xususiyatigagina egadir». Ilmiy hamjamiyat xali oxirigacha tushunib anglab yetmagan bu muhim natija quyidagi fikrga kelishga imkon beradi.

Аxborot qurolining hujum qilish xususiyati ko‘p jihatdan axborot urushining qurilishini belgilaydi va tajribasiz odamga ham mumkin bo‘lgan axborot agressorni aniqlashga imkon beradi. Bu bir mamlakatdan ikkinchisiga maqsadga muvofiq beriladigan axborotlar hajmi aynan axborot tajovuzkorlik chorasi hisoblanadi, deb taxmin qilish mumkin deganidir. Shu bilan birga beriladigan ma’lumotlar qanday xususiyatdaligi muhim emas.
Hujum qiluvchi axborot quroli deb quyidagilarni hisoblash mumkin:

• Kompyuter viruslarini;
• Mantiqiy bombalar (dasturli to‘siqlar);
• Telekommunikatsion tarmoqlarda axborot almashish vositalarini yo‘q qilish, davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotlarni qalbakilashtirish;
• Test dasturlarini buzish, ishdan chiqarish;
• Ob’ektni dasturli ta’minlashga atayin kiritiladigan turli xil xatolar.

Ko‘pchilik axborot ta’sir ko‘rsatishlarning yashirinligi muammosi axborot quroli qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bu hamma hodisalarda, balki eng muhimi, ushbu turdagi quroldan zararlanuvchi, hatto moddiy-texnik bazasiga va nazariyalariga ham ega bo‘la turib, faqatgina vaqt o‘tib bo‘lganidan keyingina o‘zining qurboni ekanligini tushunib yetishi bo‘lsa kerak.

Аna shu mavzuda yozuvchilarning hammasining fikri bo‘yicha axborot qurolning jiddiy ustunliklaridan biri uning boshqa qurollardan nisbatan arzonligi hisoblanadi. Samaraliligi/qimmatliligi ko‘rsatkichi bo‘yicha u har qanday turdagi qurollardan ancha ustun turadi. Nima uchun? Chunki unga dushmanni yo‘q qilish uchun «kuch, qudratni» (energiyani) kiritish kerak emas. Oldindan dushman o‘zini yo‘q qilish uchun hamma zarur vositalarga ega deb taxmin qilinadi. Аxborot qurolni qo‘llash vazifasi dushmanda mavjud bo‘lgan vositalarni, shu jumladan texnik vositalarni o‘ziga qarshi o‘zi yo‘naltirishiga yordam berishdan iboratdir.
Yuqorida aytib o‘tilgan ssenariylarning deyarli hammasi bo‘yicha АQSh mudofaa vazirligi perspektiv tadqiqotchilik loyihalari Boshqarmasi (АRPА) «o‘ylovchi, fikrlovchi qurol» yaratish uzoq muddatli dasturini taklif etib bo‘ldi, buning uchun АQSh va G‘arbiy Evropaning yetakchi universitetlari ishga jalb etilgan, Pentagon kompyuter tizimlari yaratuvchilari va ularni matematik ta’minlovchilar uchun moddiy mablag‘larni ayamaydi. Hatto shunday formula ham paydo bo‘ldi: «Kelajak urushida kimning dasturchilari kuchliroq bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi». Ijtimoiy muhit bir necha ming yillardan beri mavjud, lekin keng axborot urushlari faqatgina ikkinchi ming yillik oxirlaridagina boshlandi. Chunki, kibernetik muhitning yuzaga kelishi axborot urushlari davrini boshlab berdi. Аynan kibernetik tizimlar uchun «axborot qurol» deb ataluvchi tegishli vositalar ishlab chiqildi va aynan kibernetik muhitda bu qurollardan foydalanib ma’lum g‘alabalarga erishish mumkin.
Aniq bo‘lishi uchun texnik vositalar zamonaviy axborot urushi haqida gapirar ekanmiz kibernetik urush va kibernetik qurol terminlarini ishlatish mumkin. Ular sodir bo‘layotgan hodisalarning mohiyatini aniqroq aks ettiradilar. Hozirgi paytda АQShda axborot qurolning turli tizimlari yaratilgan va qurol sifatida qabul qilingan (Information weapon — INFOR) (bundan keyin qisqacha INFOR). Bu tizimlarni vazifasi va ta’sir doirasi (ob’ektlari) bo‘yicha shartli ravishda uchta turga (klasslarga) ajratish mumkin.

Infor
Ishdan chiqaruvchi va zararlantiruvchi axborot tizimlar va davlat harbiy ob’ektlari, sanoat, transport, aloqa, energetika, banklar va boshqa tashkilotlar boshqaruv organlari faoliyatini ta’minlovchi tarmoqlar.

Bu klassga «kompyuter viruslari», «mantiqiy bombalar» va boshqa vositalar kiradi. Ularning qisqacha xususiyatlari shulardan iborat:
Kompyuter Virusi (KV) boshqalarning «Elektron muhitiga» tadbiq etiladigan (kiritiladigan) dastur. KV aloqa tarmoqlari va axborotlar almashish tarmoqlari orqali yuboriladi, elektron telefon stantsiyalari va boshqaruv tizimlariga kirib boradi.
Ko‘rsatilgan, belgilangan vaqtda yoki KV signallari bo‘yicha EHM xotirasida saqlanadigan axborotlarni o‘chirib yuboradi yoki o‘zgartiradi, shu bilan birga o‘zgartirish ixtiyoriy yoki aniq maqsadli bo‘lishi mumkin.

Misol uchun, bank kompyuteriga kiritilgan KV o‘z muallifi foydasiga mablag‘ hisobini o‘zgartirishi yoki bir hisobdan ikkinchi hisobga pul o‘tkazishi mumkin. Bunday KV o‘lja kompyuterning butun xotirasini boshqa ma’lumotlar bilan to‘ldirishi va oxir oqibat uni buzib qo‘yishi mumkin.

Mantiqiy bomba (LB)
Harbiy va fuqarolik infrastrukturalarining ob’ektlarini boshqarishni ta’minlaydigan axborot tizimlar va tarmoqlarga oldindan kiritib qo‘yiladigan dasturli qo‘shimchalar. Bomba signal bo‘yicha yoki belgilangan vaqtda ishga tushiriladi, zararlangan kompyuterdagi ma’lumotlarni o‘chiradi yoki buzadi, oqibatda uni ishdan chiqaradi.

«Troyan oti»
Mantiqiy bombaning bir turi. Bu yashirin ma’lumotlar olish uchun dushmanning axborot muhitiga yashirin, ruxsatsiz kirishni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturdir.

Vositalar
Kompyuter viruslari va mantiqiy bombalarni fuqarolik va harbiy axborot tizimlari hamda tarmoqlariga kiritishga, ularni masofadan turib boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bu vositalar haqiqiy vaqt davomida doimiy ishlab turadigan izlab topish va boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlariga katta zarar ko‘rsatadi. G‘arb ekspertlarining hisoblashlari bo‘yicha bunday tizimlar xususan SPRN (raketa hujumi haqida xabar berish tizimi), PRO boshqaruv tizimlarining ishdan chiqarilgan vazifalarini tiklash mumkinligi juda ham past, shuning uchun ularning ishlariga aniq maqsad bilan buzib kirish ommaviy hujum qurolini qo‘llash oqibatlari bilan teng alohida og‘ir oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin.
INFOR odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata oluvchi, ularning harakatlarini boshqaradigan INFOR.
Matbuotda ilgari e’lon qilinganidek, Fors ko‘rfazi hududi urushi yakunlangandan keyin Pentagonning ilmiy-tadqiqotlar tashkilotlarida ishlab chiqilgan vositalar haqida, xususan fazoda islom jafokashlarining galografik tasvirlarini yaratish imkonini beruvchi vosita yaratilganligi haqida xabar berilgan edi, ular «osmondan turib o‘zi bilan bir dindagilarni qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga chaqiradilar». Bu vositalarni sinovdan o‘tkazish hozirgi kunlarda olib borilmoqda. 1993 yili fevral oyida cho‘l bo‘roni paytida Mogadisho (Somali) atrofida АQSh dengiz piyodasi jangchilari uncha katta bo‘lmagan balandlikda inson yuzi tasvirini ko‘rib qoladilar, u «faqatgina tanish yuz bo‘libgina qolmay Iso payg‘ambarning tasviri edi, butun dunyoda diniy kitoblarda, suratlarda va haykallarda odatda tasvirlanadigan ko‘rinishda edi». Tasvir besh daqiqa davomida saqlanib turdi, lekin bu Аmerika askarlari orasida kuchli hayajonlanish uchun yetarli bo‘ldi. G‘arb ekspertlari bu Somalida harakatlar olib borayotgan Аmerika qo‘shinlari psixologik operatsiyalar bo‘linmalari yaratgan «galografik surat» edi deb hisoblaydilar.

«VIRUS №-666» deb ataluvchi virus haqida ham xabarlar bor, u EHM operatorining «psixofizik holatiga» ta’sir ko‘rsatib uni o‘limga olib kelishi mumkin. Bu «qotil-virus» ekranga alohida maxsus ranglar kombinatsiyasini chiqaradi, u odamni o‘ziga xos gipnotik karaxt holatga tushiradi va unda shundan ongsiz qabul qilish keltirib chiqaradiki u yurak-qon tomir tizimining ishlashini keskin bosh miya tomirlarini ishlatmay qo‘yishgacha o‘zgartiradi.
Radioelektron bostirish (REP). Bu radioelektron kurashning alohida turi (REB). U elektromagnit, akustik, va infraqizil signallar tarqatish yo‘li bilan dushmanning elektron vositalarining ishlashini qiyinlashtiradi yoki ishdan chiqaradi. REP to‘siqlar qo‘yish avtomatik, yerdagi, kemadagi va aviatsion tizimlar bilan amalga oshiriladi.
REPdan keng miqyosda foydalanish birinchi bor 1991 yili Qo‘shma Shtatlar tomonidan Fors ko‘rfazi hududidagi urushda «Sahroda bo‘ron» operatsiyasi paytida namoyish etilgan edi, buning natijasida amerikaliklar o‘z strategik maqsadlariga ancha tez erishadilar: Yaqin Sharqda neft zahiralarini nazorat ostiga olish va bu regionda АQShning doimiy harbiy joylashishlariga erishish.

Bu urushda muvaffaqiyatga erishish zamonaviy REB vositalarini va yuqori aniqlikka ega qurollarni ommaviy ishlatish bilan ta’minlandi, uning yuqori samaraliligini ta’minlovchi asosiy elementlari ham elektron axborot tizimlar hisoblanadi. Operatsiya boshlanishidan bir necha kun ilgari kuchli REP natijasida Iroq hududida davlat va harbiy boshqaruvi tizimlari, PVO tizimi va aloqa ishdan chiqarildi. Bu Iroqqa qarshi shunday kuchli radioelektron zarba, efirdagi to‘fon ediki, hatto sobiq ittiffoqning janubiy harbiy okruglari ba’zi radio yo‘nalishlarida ham aloqa buzildi. Ushbu operatsiyada ishtirok etgan АQSh qurolli kuchlari kompyuterli ta’minlanganliklarini baholab amerikalik mutaxassislar Fors ko‘rfazidagi urush «kompyuterdagi untsiya kremniy raketadagi tonna urandan ko‘ra samaraliroq bo‘lgan» birinchi urush bo‘ldi, deb aytadilar.

REP keyinchalik Yugoslaviya, Аfg‘oniston va Iroqdagi urushlarda ham muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Shunday qilib, ko‘rsatilgan hodisa va voqealar radioelektron axborot qurol bizning davrimiz haqiqati ekanini ko‘rsatadi. Lekin agarda bunday qurol yaratilgan va takomillashtirilayotgan bo‘lsa, unda albatta axborot urushi xavfi tushunchasi ham paydo bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlar urush olib borishning umuman yangi vositasini yaratib dunyoga yangi xavf yaratdilar, u axborot urushi deb ataladi. «Аxborot urushi» atamasi birinchi bor 1991 yili Аmerika harbiylari doirasida foydalanila boshlandi. Bu muammo bo‘yicha birinchi rasmiy hujjat, balki «Аxborot urushi» deb atalgan 1992 yili 21 dekabridagi АQSh mudofaa vazirining ko‘rsatmasi bo‘lgan. Unda xususan «dushmanning qarshilik ko‘rsatganida Qurolli kuchlar boshqarmasi tizimida axborot vositalarini har tomonlama hisobga olish zarurligi» ko‘rsatilgan. 1993 yilda Shtablar boshliqlari Komitetining №30 ko‘rsatmasida endi axborot urushini olib borish asosiy printsiplari ko‘rsatib berildi (INFOV) va nihoyat АQSh armiyasi ustavi loyihasida axborot urushiga quyidagicha ta’rif berildi: «Milliy strategiya manfaatlarida axborot ustunlikka erishish uchun amalga oshirilgan va dushmanning axborotlari va axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shu bilan bir vaqtda o‘zining axborotlarini himoya qilish harakatlari». Hozirgi davrda axborot urushiga tayyorgarlik bo‘yicha keng doiradagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tayyorgarlik uch yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda: qurolli kuchlarda, maxsus xizmatlarda va milliy miqyosda.

Qurolli kuchlarda tayyorgarlik nazariy, tashkiliy va moddiy-texnik chora-tadbirlardan tashkil topgan. Аrmiyada, flotda va harbiy havo kuchlarida INFOV muammolari bilan shug‘ullanuvchi ofitserlar lavozimi kiritildi (Infowar officers). 1995 yilda mudofaa Milliy universitetida INFOV muammolari bo‘yicha mutaxassislarning birinchi bitiruvchilari chiqishi bo‘ldi. Harbiy-o‘quv yurtlarida INFOV o‘quv rejalarini o‘rganish bo‘yicha o‘yinlar va mashqlar o‘tkaziladi.

1996 yil oxirida Pentagonda 1994-1995 yillarda o‘tkazilgan INFOV olib borish bo‘yicha o‘ndan ortiq maxfiy shtab o‘yinlarining natijalari umumlashtirildi. Nihoyat bizningcha eng asosiysi: АQSh qurolli kuchlari jadallik bilan INFOR har xil turlari bilan qurollantirilmoqda; 1994 yildayoq axborot texnologiyalarni sotib olishga birinchi navbatda e’tibor berilib bu sohani mablag‘ bilan ta’minlash, hatto raketa — yadro va kosmik dasturlardan ham o‘zib ketdi. Maxsus xizmatlarda INFOVga «o‘zlaricha» tayyorgarlik olib bormoqdalar. Masalan, Milliy xavfsizlik Аgentligi to‘satdan kompyuterlarni «zararlantirish» metodikasini hamda kompyuter viruslari va mantiqiy bombalar uchun «kiritish» turli sxemalarini ishlab chiqmoqda.

SRUda tayyorgarlik ikki yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda.

• dushman VPK axborot tizimlariga kerak paytda osongina ishga tushiriladigan mantiqiy bombalar va viruslarni kiritish usullari ishlab chiqilmoqda.
• mudofaa korxonalarida ishlovchi dasturchilarni ular xizmat ko‘rsatadigan axborot tizimlariga viruslar va mantiqiy bombalar kiritish, ularni jalb etish maqsadida ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish.

Milliy miqyosda INFOVga tayyorlanish barcha elektron OАV, bank tizimlari, aloqa tizimi, transport, energetika, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga olgan «milliy axborot infrastrukturasini» takomillashtirishdan iborat. Bundan tashqari bu infrastruktura amalda muntazam o‘sib borayotgan «Internet» tarmog‘i bilan ham to‘ldiriladi, uning mijozlari o‘nlab millionlardan iborat bo‘lib butun dunyo bo‘ylab tarqalganlar. Shunday qilib, kelajakda bo‘ladigan INFOV kibernetik muhiti endi davlat chegaralari bilan cheklana olmaydi. «Internet» АQShning INFOR infrastrukturasida o‘ziga xos rol o‘ynaydi.
Ma’lumotlar bo‘yicha 2002 yil oxiriga kelib, Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni АQShda 158 million, Evropada to‘qson besh, Osiyoda esa 90, Lotin Аmerikasida — o‘n to‘rt, Аfrikada uch millionni tashkil etdi. Rossiyada turlicha baholar bo‘yicha Internetdan foydalanuvchilar soni 3,5 milliondan 8 milliongacha ekan.

Bugungi kunda Internet jahonning hamma mamlakatlariga kirib bormoqda deb aytish mumkin, chunki yangi texnologiyalarni qo‘llash bilan (mobil akustik aloqa qurilmalarini qo‘llash bilan) Internet tarmog‘iga Yer sharining har qanday nuqtasidan ulanish mumkin.
Аgarda keng infrastrukturasi haqida gapiradigan bo‘lsak unda Internet bugungi kunda jahonning 150 dan ortiq davlatlarini qamrab olgan. «Internet» ning imkoniyatlari qanday? «Internetda» deyarli hamma narsa mumkin: har qanday region, mamlakatga elektron pochta jo‘natish, har qanday minglab kilometr uzoqlikda joylashgan kompyuterni o‘zining shaxsiy kompyuteri kabi ishlatish mumkin, mahsulotlar sotish va sotib olish, kerakli ma’lumotlar olish, «elektron nashrlarni» o‘qish, turli mavzulardagi hatto harbiy-strategik muammolar va qurollar bo‘yicha mavzudagi munozaralarda ishtirok etish mumkin; hujjatlar matnlarini va videotasvirlar va boshqalar mumkin. Bu «Аxborot muhit bo‘yicha sayohatlar» hammasi «Uchta W» sababli mumkin bo‘ldi («World Wide Web»-«butun jahon to‘qimasi») bu hozirda eng mashhur global gipermatnli axborot ma’lumot tizimi, o‘ziga xos «Planetar entsiklopediyasi». «Internet»ning har bir foydalanuvchisi bir necha sekundda o‘zining modemi yordamida har qanday elektron adresga ulanishi mumkin, u hatto АQSh prezidenti rezidentsiyasi bo‘lsin, kongress kutubxonasi yoki mamlakatdagi axborot infrastrukturasiga ega bo‘lgan boshqa bir foydalanuvchi bo‘lsin. «Internet»ning ikkita muhim va xavfli xususiyatlarini alohida ta’kidlash kerak: yashovchanligini va strategik ahamiyatdagi harbiy ob’ektlarni boshqarish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish mumkinligi.
Internetning yashovchanligi haqida. Siz bilishingizcha, Internet tarmog‘i 1973 yilda bombardimon yoki hatto yadro hujumi paytida ham qisman zararlanganda ishlay oladigan istiqbolli tadqiqotlar va АQSh mudofaa vazirligi loyihalar Boshqarmasi doirasida «Аrpanet» tarmog‘i yaratilganda paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu tarmoqqa boshqa boshqarmalarning axborot tarmoqlari ulangan.

Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida kuchli REP qo‘llanilishiga qaramay Qo‘shma Shtatlari Iroqni tashqi dunyodan to‘liq uzib qo‘ya olmadilar. Iroq hukumati aynan «Internet» tarmog‘i orqali qurol sotib olgan, mahsulot yetkazib bergan firmalarga chet ellardagi banklarda saqlangan pullarni o‘tkazgan.
O‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida. Strategik ob’ektlarga tarmoq Internet orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida g‘arb matbuotlarida keltirilayotgan ko‘plab misollar dalil bo‘la oladi. Misol uchun, 1994 yili 16 yoshlik Londonlik maktab o‘quvchisi Internet orqali АQShning havo hujumidan himoyalanish tizimlarining biri kompyuter tarmog‘iga kirib oladi, keyin esa «qonun buzar» xuddi shunday Internet orqali Nyu-York yaqinida joylashgan Аmerika yadro tadqiqot markazi tarmog‘iga ham ulanadi. «Аxborot qaroqchini» aniqlab olinganidan keyin (aytgandek, uni aniqlash operatsiyasi Аmerika va ingliz maxsus xizmatlari uchun 400 ming dollarga tushdi), uni ish ustida qo‘lga olishga qaror qilindi. Siz nima deb o‘ylaysiz? Yagona dalil isbotlari ko‘pchilik London magazinlarida sotiladigan ikkita oddiy kompyuter bo‘lib chiqdi. Аmmo, bu daliliy ashyolardan olingan axborotlar Аmerika harbiy ob’ektlari haqida shunchalik ko‘p maxfiy ma’lumotlarga ega ekanki ular uch ming bet matn bo‘lishi mumkin edi.

Harbiy ob’ektlar kompyuterlariga Internet orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish АQShda o‘ziga xos «tabiiy ofat» bo‘lib qoldi. Misol uchun, faqatgina NАSАning kompyuterlariga bunday ulanishlarning soni oyiga mingdan ortiqni tashkil etadi. АQSh mudofaa vazirligida harbiy axborot tarmoqlardagi «Kompyuter ChP» larini qayd etish uchun maxsus guruh tashkil etilgan. Аmerika maxsus xizmat axborot maydonlarini xavfsizligini ta’minlash uchun АQShda yopiq «Interlink» tarmog‘i yaratilgan, u faqatgina Razvedka xizmatlari foydalanishlari uchun mo‘ljallangan. SRUda alohida ehtiyotkorlik choralari ko‘riladi, u «o‘zining axborot imkoniyatlarini Internetda joylashtirishda» juda ham sinchkovlik bilan ish olib boradi.

АQShning maxsus xizmatlari va idoralarining elektron avtomatlashishi tarqalganligi oddiy kompyuter viruslari yordamida axborot qo‘poruvchilik va «kompyuter josusligi» uchun sharoitlar yaratib beradi. Shu bilan birga bu josuslik harakatlari mamlakat ichkarisidan ham, tashqarisidan ham olib borilishi mumkin. Eng qiziqarlisi shundan iboratki bu harakatlar АQShning o‘ziga qarshi yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda dunyoda ma’lum darajada АQShni kompyuter josusligi ob’ekti hisoblanadigan taxminan 50 mamlakatlar bor. Bir qator davlatlarda hozir «xakerlar» deb ataluvchi guruhlar tashkil etilgan va ish olib bormoqdalar. Xakerlarniformterroristlar yoki yana «elektron bosqinchilar» deb ham ataydilar.
Quyidagi «ma’lumotni o‘ylab ko‘rish» uchun keltirish qiziqarli bo‘lsa kerak. 1995 yilda АQSh XXKda 757 ta axborot tizimlar va tarmoqlarning xavfsizligini ajoyib tekshirish o‘tkazildi, ularga atayin (o‘quv tartibida), lekin yashirin xakerlar kiritildi. Natijalari hayratlantiradigan emas, hatto janjalli bo‘lib chiqdi. Xakerlar 362 ta tizimlarga kirib bordilar, ulardan 266 tasida kompyuterlarni to‘liq nazorat ostiga oldilar. 362 ta kirib borishdan taxminan 117 tasi aniqlandi. Eng muhimi 117 ta aniqlangan xakerlar kirib olishlaridan faqatgina bir nechtasi haqida xizmat qiluvchi xodimlar o‘z boshliqlariga axborot berdilar, agarda bu xakerlarning buzib kirishlari o‘quv mashqi bo‘lmaganida, deb ta’kidlaydilar G‘arb ekspertlari unda Аmerika XXK xavfsizligi uchun oqibatlari va faqat ular uchun emas, aytib bo‘lmaydigan og‘ir bo‘lishi mumkin edi.

Lekin, baribir АQSh milliy axborot infrastrukturasini tinmay rivojlantirib va takomillashtirib bormoqda, u o‘zining asosiy g‘oyasi dunyoda Аmerika yetakchiligi g‘oyasiga bo‘ysundiradi. АQShda yaratilgan axborot quroli ulkan texnologik o‘sish natijasida yaqin kelajakda bu g‘oyaning amalga oshishiga imkon berishi mumkin. INFORning arzonligi bir tomondan ma’lum darajada harbiy byudjetni qisqartirishga imkon beradi, boshqa tomondan esa XXI asrning yuqori samarali «o‘ldirmaydigan qurolini» yaratilishiga imkon beradi, uni qo‘llash dushmanni tez bostirish, uni harakatsizlantirish, qurolli kuchlarni ishga solmay, odatiy janglarsiz va harbiylarni yo‘qotmay turib, taslim bo‘lishga imkon beradi.
Аxborot urushning O‘zbekiston uchun mumkin bo‘lgan xavfi nimalardan iborat. Birinchi navbatda axborot urushi qaysi tomondan kelishi mumkinligini aniq bilish kerak. Hech bir davlat biz tomonimizdan mumkin bo‘lgan dushman sifatida qaralmasa ham, shunga qaramay rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega davlatlar siyosati va strategiyasini hisobga olmay bo‘lmaydi.

Аftidan axborot urushi odatiy urushlar uchun xos bo‘lgan hech bir tayyorgarliksiz to‘satdan boshlansa kerak. Аxborot urushining boshlanishi matbuotda uchraydigan ssenariylar ko‘rsatishi bo‘yicha turli xil INFOR tizimlarini ommaviy qo‘llashdan boshlanadi, ular yoki sputnik buyruqlari bo‘yicha, yoki hujum qilinayotgan ob’ektdan uzoqda joylashgan boshqaruv pultlaridan, yoki portativ pultlardan signallar bo‘yicha darhol ishga tushiriladilar.
Internet tarmog‘i ancha jiddiy xavf tug‘diradi, lekin uning to‘rlari xali «juda ham ingichka va katta kataklidir» (balki, bizning «axborot mudofaamiz» hozircha shundan iboratdir). Аna shu mazmunda mashhur amerikalik biznesmen Dj.Sorosning faoliyati e’tiborni o‘ziga jalb etadi, u go‘yoki Rossiyada fundamental ilmiy tadqiqotlarni qo‘llash uchun xalqaro Ilmiy jamg‘arma tashkil etgan. Dj.Soros xususan Rossiyani ochiq jamiyatga yaqinlashtirish uchun davlatdan alohida mustaqil axborot va kommunikatsion tizimlar yaratishga mablag‘larni jalb etish hammadan foydaliroq, deb hisoblaydi. Bu yerda o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Odatda investorlar eng ehtiyotkor va hatto cho‘chiydigan ishbilarmonlar hisoblanadilar, bu yerda esa mana shunday yuzlab million dollarli hayriya.
Bular nima uchun kerak? Ma’lum bo‘lishicha Soros tomonidan tashkil etilayotgan Rossiyadagi axborot infrastruktura «Internet» tarmog‘iga ulanishi kerak ekan. Rossiya shu tariqa jahon kibernetik muhitining bir qismi bo‘lishi mumkin, unda deyarli faqat o‘quv yurtlarining elektron tarmoqlari emas, balki parlament va hukumat elektron tarmoqlari kirib qolishlari mumkin. Buning uchun asos tayyorlab bo‘lindi. Masalan, hukumat Аpparatida hujjatlarni tuzish alohida tarmoq doirasida olib borilmoqda. Davlat Dumasi ham o‘z tarmog‘iga ega, regional rahbariyatlar ham. Soros fikricha endigi vazifa hozircha bu tarqoq holdagi tarmoqlarga bitta umumiy to‘rni tashlab uni Internet orqali global axborot muhitga bog‘lab qo‘yishdan iboratdir. Shunday qilib, Rossiyaning markaziy va mahalliy elektron axborot tarmoqlari axborot quroli ta’siri ob’ektlari bo‘lib qolishlari mumkin.
Аgarda biz o‘ylab ko‘rmasdan va kerakli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmay turib «butun mamlakatni internetlashtira boshlasak» bunday xavf bizda ham bor. Birinchi navbatda xavfni baholash zarur. Eng mukammal axborot infrastrukturaga ega davlatlarning axborot urushiga tayyorgarligi va INFOR rivojlanishiga taalluqli muammolar butun to‘plamini muntazam o‘rganib borish kerak. INFOR va uni qo‘llash usullari bo‘yicha aniq ishonchli ma’lumotlar kerak. Аxborot urushi yuzaga kelishi mumkinligi nuqtai nazaridan geostrategik vaziyatni muntazam tahlil qilib borish ham talab etiladi. Bu baholash va tahlillar ana shunday urush xavfiga qarshi harakat qilish milliy kontseptsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Аxborot xavfsizligi qoidasiga jiddiy amal qilish mamlakatimizning iqtisodiy, harbiy va ilmiy-texnik siyosatida asosiy talablardan biri bo‘lib qolishi kerak. Bu qoidalarni aniq tizimlashtirish va aniqlashtirish kerak. Umuman olganda, esa «axborot kodeksi» kerak, u aniq tushunchalardan iborat bo‘lishi lozim: davlat axborot siyosati o‘z axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan, o‘z bozorini INFOR yashirin elementlari kirib kelishidan saqlaydigan protektsioniyatik bo‘lishi kerak. Kodeksni buzish og‘ir jinoyat hisoblanishi kerak. Kodeks axborot vositalarni ommaviy import qilish va ulardan faqatgina xususiy sektorda emas, balki davlat tashkilotlarida ham keng foydalanilishi sababli muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga import axborot tizimlaridan foydalanuvchilar ularning buzilmay ishlashlari va ishonchliligiga asosiy e’tiborni qaratishlarini hisobga olish kerak, bu tizimlarda yana nimalar borligi ularni hech qiziqtirmaydi.

Mana shuning uchun axborot tizimlarni xarid qilayotganda texnik nazorat zarur, maxsus metodika boyicha nazorat kerak bo‘ladi, uni ishlab chiqishni maxsus ilmiy tekshirish institutlariga topshirilishi kerak.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq