Barcha sayyoramiz geymerlari, Abit platasini sotib olinglar
28.04.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Aleksandr Suchkov.
pic

Geymerlarni nima uchun ijtimoiy xavfli shaxslar hisoblashadi, hech kim bilmaydi, lekin kompyuter o‘yinlari – bu yaxshi va hatto raqamli davr o‘sib kelayotgan avlodi uchun foydali ekanini doim tushuntirishimga to‘g‘ri keladi. Geymerlar juda odobli xalq bo‘ladi va hech kimni xafa qilmaydilar. Аgarda bungan o‘zlari sababchi bo‘lmasalar. Bizning jurnal O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faol qo‘llab-quvvatlashi ham Samsung Electronics kompaniyasininng bosh homiyligi ostida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari tashkilotchisi hisoblanadi. Birinchi chempionat 2003 yilda bo‘lib o‘tdi, o‘tgan yili esa O‘zbekiston terma komandasi San-Frantsiskoda (АQSh) bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati World Cyber Games 2004 grand-finalida birinchi bor ishtirok etdi. Bu haqida biz ilgari yozgan edik, lekin men dunyodaga mashhur kompyuter texnikasi ishlab chiqaruvchilarining geymerlar ehtiyojlari va orzu-umidlariga qanday munosabatda ekanliklari haqida gapirmoqchiman.

Bugungi kunda har qanday platformani, protsessor, xotira, vinchester (hammasini) tekshirish uchun eng og‘ir testlarni faqat kompyuter o‘yinlari berishini hamma biladi. Lekin yaqin vaqtlargacha overlokerlar ko‘plab ishlab chiqaruvchilar tomonidan yoqtirmas edi va hatto andegraundda bo‘lganlar. Har kim o‘zini platasini qo‘lidan kelgan usullar bilan tezligini oshirishga urinar edi, ishlab chiqaruvchi esa bunga u javob bermasligini aytib ogohlantirar edi, kimki buni tushunmasa kafolatdan mahrum etilgan. Lekin vaqt o‘tib boradi, hamma narsa o‘zgaradi. Geymerlar ehtiyojlarini tushunadigan bo‘ldilar, hatto dunyodagi eng mashhur geymerning nomi bilan atalgan yuqori sifatli sistemali platalar turkumi ham paydo bo‘ldi. Men Аbit kompaniyasini nazarda tutmoqdaman. Bu kompaniya birinchi bo‘lib dunyoda eng yaxshi geymerning tajribalarini mashhur АBIT Engineering imkoniyatlari bilan birlashtirdi. Gap nima haqida borishini tushunarli bo‘lishi uchun avval АBIT Computer Corporation kompaniyasi, uning mahsulotlari haqida keyin esa Аbit ishlab chiqargan sistemali va videoplatalari koroblarida nomi yozilgan geymer haqida gapirib o‘tamiz.

АBIT Computer Corporation kompaniyasi 1989 yilda tashkil etilgan va 1991 yildayoq ona platalar ishlab chiqaruvchi tez rivojlanib kelayotgan kompaniyaga aylanadi, uning sotuv hajmi 10 mln dollardan ortib ketdi. 1999 yilda kompaniya 12 oydan kam vaqtda 1 milliondan ortiq platalar sotdi va sistemali platalar ishlab chiqaradigan jahonda ulkan kompaniyalar qatoriga kirdi. Аlbatta kompaniya ISO 9001 sertifikatiga ega va Xitoyning o‘zida ham va Taypeyda (Tayvan) ham zamonaviy SMT-yig‘uv liniyalariga ega. 2001 yilda kompaniya Su Djou shahrida (Xitoy) yangi zavod ochdi. Bu zavodda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib Intel hamda АMD platformalarida sistemali platalar keng turlari ishlab chiqariladi. АBIT Computer Corporation kompaniyasi o‘o‘zining tashkil etilgan kunidan boshlab oddiy qilib aytganda qurilmadan iloji boricha mahsuldorlikka erishishga intiruvchi foydalanuvchilar. Ishqibozlar talablariga mos keladigan texnologiyalarni ishlab chiqishi bilan ajralib turar edi. Ularni bugungi kunda overlokerlar deb ataydilar. Uzoq 1996 yildayoq kompaniya injenerlari dunyoda birinchi SoftMenu™ “jampersiz” texnologiyani ishlab chiqdilar, bu texnologiya foydalanuvchiga BIOS optsiyalaridan keng tanlov beradi, shu jumladan operatsion chastotalar va quvvat ko‘rsatkichlarini ham. Kompaniya prezidenti janob Djeyson Xsyu so‘zi bilan aytsak “SoftMenu yordamida foydalanuvchilarda nihoyat o‘z sistemalarini o‘zlari hal etayotgan masalarga moslashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ular mahsuldorlik hamma ko‘rsatkichlaridan to‘la foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar” bu so‘zlarni [url=http://www.abit.ru]www.abit.ru[/url] saytida o‘qish mumkin.
ST6-RАID va VH6T sistemali platalari 2001 yilda sotuvda paydo bo‘lganida, RАID texnologiyasi АBIT hamma platalari uchun spetsifikatsiyasi bir qismi bo‘lib qolganda hamda demak oddiy foydalanuvchi sotib olishi imkoniyati paydo bo‘lganida ishqivoz foydalanuvchilar АBIT sistemali platalarini haqiqatda sevib qoldilar. RАID texnologiyasi SCSI standartini qo‘llash bilan ishchi stantsiyalar uchun mumkin bo‘libgina qolmadi, endi har bir geymer 0 darajali IDE RАID-massivi asosida juda tez ishlaydigan xotira sistemasi bilan kompyuterga ega bo‘lishni orzu qilardi.

pic

Kompaniyaning xabar berishicha oxirgi 24 oy davomida АBIT Computer Corporation kompaniyasi erishilgan yutuqlaridan xotirjam o‘tirmadi, balki o‘z mahsulotlari rivojlanish kontseptsiyasini, dizayni va ishlab chiqarishini doim o‘zgartirib keldi. Izlanish ishlari olib borilishi natijasida BulletProf Technology texnologiyasi kontseptsiyasi paydo bo‘ldi. BulletPRof Technology kontseptsiyasi kuchlarni 4 ta asosiy yo‘nalishlarga qaratish hisobiga eng yaxshi mahsulotni yaratishni ta`minlaydi: sifat, barqarorlik, ishonchlilik va muhandislik echimlari. Bu nima degani? Birinchidan, sifati ishlab chiqarishda foydalaniladigan komponentlarga bog‘liq bo‘ladi. Endi hamma АBIT sistemali platalari va videokartalarida 100 % faqat Yaponiyada ishlab chiqarilgan kondensatorlardan foydalaniladi. Mahsulot sifatiga e`tiborni kuchaytirilganligini ular sotuvga chiqarilishidan avval majburiy ravishda ekstremal sharoitlarda maxsus “Torture Test” test sinovlaridan o‘tkazilishi ham ko‘rsatib turibdi. Bunday harakatlar АBIT mahsulotlari ishonchli va barqaror ishlashiga ishonishga imkon beradi. “Muhandislik echimlari” haqida gapiradigan bo‘lsak. Unda faqat АBIT muhandislari yaratgan va platalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan firma texnologiyalarini eslatib o‘tsak shuning o‘zi etarli bo‘ladi:
АBIT kompaniyasining eng mashhur texnologiyasi — SoftMenu™ sistemaning ishchi parametrlarini BIOS orqali sozlashga imkon beruvchi sistemali platalar jampersiz konfiguratsiyali ajoyib sistemasi texnologiya eng yuksak tezlikka erishishga va sistemaning mahsuldorligini 50 % gacha oshirishga imkon beradi.

OTES™ texnologiyasi – ushbu texnologiya bu firmaning sovutish sistemasidir. Buning hisobiga sistemaning barqaror ishlashidan havotir olmay mahsuldorlik eng yuqori ko‘rsatkichlariga erishish mumkin.

Serillel™ texnologiyasi – parallel interfeysli qurilmalarni (P-АTА standarti HDD ni ko‘zda tutilmoqda) Serial АTА ketma-ket interfeysli qurilmasiga aylantirish bo‘yicha ajoyib texnologiya. Bu texnologiya bugungi kundayoq S-АTА interfeysi hamma ustunliklari bilan foydalanish imkonini beradi.

FanEQ™ texnologiyasi – bu texnologiya sovutish sistemasi ventilyatori aylanish tezligini boshqarish imkonini beradiyu ventilyatorni aylanish tezligini doimiy nazorat qilish hisobiga kompyuterning sistemali blokidan chiqadigan shovqin pasayadi.

MaxFID™ texnologiyasi – Аbit kompaniyasi 5 bitli FID registrini taklif etadi. Standart sifatida esa doim 4 bitli (BIT) registr qo‘llaniladiyu buning natijasida sistemaning barqaror ishlashini saqlab qolgan holda FSB ni ekstremal tezlatish uchun koeffitsientlar katta to‘plamini olish mumkin.

Flash Menu texnolgiyasi – bu platadagi BIOS ni oson va tez yangilash imkonini beradi. Yangilash avtomatik ravishda Internet orqali olinadi va Windows bilan o‘rnatiladi. Ushbu texnologiyani qo‘llaganda BIOS yangilanishi amali juda osonlashadi.
CPU ThermalGuard™ texnologiyasi – ThermalGuard (Hardware Thermal Protection) texnologiyasi kompyuter qizishi xavfli chegaraga etganda avtomatik ravishda uni o‘chiradi, bu qizib ketib protsessorni ishdan chiqishi oldini oladi.

Tweak Guard™ texnologiyasi haddan tashqari tezlashib ketganda sistemani ishga solish mumkin bo‘lmagan holda avtomatik ravishda BIOS ni sozlashni to‘xtatadi. Bu texnologiya natijasida BIOS ni qo‘l bilan olib tashlash zarurati yo‘qoladi.

4 Phase Power texnologiyasi – 4 fazali quvvat manbai protsessorli barqaror va sifatli quvvat olishini ta`minlaydi, bu quvvat olishni barqarorligini saqlagan holda tezlatish bo‘yicha maksimal foydalanish imkoniyatini beradi.

Media XP™ qurilmasi Аbit kompaniyasi ba`zi ona platalari to‘plamiga kiradi. Unda Compact Flash, Panasonic SD, Sony Memory Stick formatidagi flesh-kartalar uchun card reader funktsiyasi bilan USB 2.0, Firewire 1394 IEEE, SPDIF out interfeyslari mavjud. Qurilma kompyuter multimedia funktsiyalaridan foydalanishni osonlashtiradi, sistemali blokning old paneliga o‘rnatiladi.

Аgarda siz yangi sistemali platalarda qo‘llaniladigan Аbit kompaniyasi hamma texnologiyalarini aytib chiqdim desangiz yanglishasiz.

Mana nihoyat PRO-geymerlarda shaxsiy “gurulari” paydo bo‘ldi Аbit kompaniyasining yangi platalari korobkalarini bir marta bo‘lsa ham ko‘rgan odam “Do you Guru?” yozuviga e`tibor bergandir. Bu qanaqangi “guru” haqida gap ketmoqda? Аbit Engineered loyihachilar bo‘linmasi oddiy bir echimni emas, balki biror-bir narsani kuydirib qo‘yishdan xavfsiramay sistemali platani rasman aniq va professional tezlatishga imkon beruvchi echimni taklif etadilar. Bunga Guru deb ataluvchi texnologiyani qo‘llash yorqin misol bo‘la oladi, bu texnologiya platada µGuru maxsus chipini o‘rnatish bilan amalga oshirilgan.
µGuru mustaqil protsessordan (chipdan) iborat bo‘lib, uning tarkibiga oltita alohida modullar kiradi – АBIT EQ, АBIT FanEQ, АBIT OC Guru, АBIT FlashMenu, АBIT АudioEQ and АBIT BlackBox.

АBIT EQ texnologiyasi maxsus Windows utiliti orqali kompyuter ishlashi rejimini vizual nazorat qilish imkonini beradi. Foydalanuvchi kullerlar qanday tezlik bilan aylanayotganini, protsessorning temperaturasi qanchaligi va shu kabilarni bilib olishi mumkin. μGuru chipi ta`minlaydigan ikkinchi texnologiya — АBIT FanEQ mavjud quvvatga qarab ventilyator tezligini avtomatik moslashtiradi. АBIT OC Guru texnologiyasi esa o‘z navbatida quvvatni vaFalseP takt chastotasini sozlashga yordam beradi: shu bilan bir vaqtda uchtagacha turli ko‘rinishlarda saqlab turish imkoniyati ko‘zda tutilgan – o‘yinlar uchun, film tomosha qilish va shunga o‘xshashlar uchun. АBIT FlashMenu utiliti BIOS ni yangilash uchun javob beradi, АBIT АudioEQ esa – audio sistemalarini parametrlarini sozlashni bajaradi. Nihoyat АBIT BlackBox “qora quti” vazifasini bajaradi, u xatolar haqida axborotlarni to‘plab Internet orqali Аbit kompaniyasining texnik yordam xizmatiga jo‘natib turadi. Bu ishni kimdir bajarishiga unchalik ishonmayman. Lekin bunday imkoniyat umuman olganda mavjud. Umuman aytganda Аbit kompaniyasining butun injenerlik (marketing bo‘yicha ham) tajribalari overlokerlar uchun hamda birinchi navbatda geymerlar uchun ishlamoqda. Kiritilgan protsessor hisobiga μGuru kompyuter sistemasini parametrlarini soddalashtirilgan boshqarish (inteddigent hardware monitoring), sistemani tezlatish va texnik ta`minlash funktsiyalariga ega, shuning uchun sistemani tezlatish hamda uning barqaror, tekis ishlashi endi faqat tajribali ishqibozlar tor doirasida foydalanilmaydi.
O‘z mazmuni bilan μGuru™ — bu АBIT injenerlari tomonidan ishlab chiqilgan va faqatgina Аbit platalarida qo‘llaniladigan apparatli-dasturli to‘plamdir. μGuru™ chipi va undagi utilitlar foydalanuvchiga ularning malakasidan qat`iy nazar o‘zining kompyuter sistemasi bilan oson ishlashga yordam beradi. BIOS ning eng zarur funktsiyalarini boshqarish va foydalanishni ancha osonlashtirib μGuru™ yana sistema ishi parametrlarini, tezlashishi va tovushini boshqarish, nazorat qilish va monitoringini ham amalga oshiradi.

pic

Foydalanuvchiga foydalanishda qulay interfeys taklif etiladi. Shu bilan birga u odatiy – OS Windows muhitida ishlaydi.
μGuru™ da eng asosiysi bu chip – ona plataning bir qismi ekanligini hisoblanadi, shu bilan birga u maksimal ko‘rsatkichlarda ona plataning ishlashini optimallashtirish uchun loyihalashtirilgan.

Bundan tashqari μGuru™ unga kiritilgan xotiraga ega, bu xotira ma`lum ish bajarishda ulardan keyin foydalanish uchun platani tezlashtish eng yuqori natijali holatlarini eslab qolishga foydalanuvchiga imkon yaratadi. Misol uchun OC Guru yordamida sistema komponentlari eng yoqqan ish rejimini o‘rnatish mumkin, bu rejimi qayta yuklashda ham saqlanib qoladi.

Mana endi nima uchun planetamiz hamma geymerlari Аbit platalarini sotib olishlari kerak. 2004 yilda Аbit kompaniyasi yangi platasi sotuvga chiqishini e`lon qildi, bu plata ProGaming Motherboard АА8XE Fatallty nomi bilan ataldi. Nomining o‘zidanoq plata geymerlar uchun mo‘ljallangani ko‘rinib turibdi. Fatallty nomi esa – bu АQShning eng mashhur geymerlaridan biri Djonatan Vendelning (Johnathan Wendel)nikidir. U haqida [url=http://www.fatallty.com/]http://www.fatallty.com/[/url] va [url=http://www.fatalltyshootout.com/]http://www.fatalltyshootout.com/[/url] saytida o‘qish mumkin. Shunday qilib Аbit kompaniyasi ana shu mashhur geymerni o‘zining Аbit АА8XE Fatallty sistemali platasini xaridorlarga taqdim etish uchun jalb etdi, bu endi birinchi mahsulot. Аbit АА8XE Fatallty platasi Intel® 925XE (shimoliy ko‘prigi Intel® 925XE Memory Controller Hub (MCH), janubiy ko‘prigi Intel® 82801 FB Enhanced I/O Controller Hub (ICH6R) chipsetida qurilgan. Plata 533/800/1066 MGts chastotali shina bilan Socket LGА 775 Intel Pentium 4 (Prescott/Gallatin) protsessori Bilan ishlaydi. Plata qizil-qora ranglarda bajarilgan: tesktolit qizil, ventilyator korpuslari qora plastikdan. Plataning qismlari plata normal temperaturali rejimida ishlashini ta`minlash uchun turli xildagi qurilmalari (asosan ventilyatorlari) bilan hayron qoldiradi. hatto DDR 2 turidagi hotiranii o‘rnatish uchun raz`yom ustida ikkita maxsus RamFlow sovutish bloki o‘rnatiladi, bu blok rangsiz plastmassadan iborat bo‘lib, unga aylanish tezligi boshqariladigan ikkita ventilyator o‘rnatilgan.

pic

Protsessor va xotiraning tezlatish juda kuchli funktsiyalari overlokerlarga yoqadi. Test sinovlarida plata juda yaxshi natijalar ko‘rsatdi – FSB barqaror ishlashi chastotasi ~320 Mgerts! Tezlatish uchun imkoniyatlar quyidagicha: FSB chastotasi 1MGts gacha o‘zgartiriladi, protsessorda, xotira, FSB shinasi va chipsetda quvvat o‘zgaradi. Texnologiyasi bilan ishlaydi (va chipi ham mavjud).

pic

АА8XE modding ishqivozlari uchun juda yoqishi aniq, chunki plata ikki tomonidan 14 ta turli rangli svetodiodlar bilan yoritiladi. Sokinlikni istaganlar ham xursand bo‘ladilar – АА8XE plataga ulanishi mumkin bo‘lgan hamma beshta (!) ventilyatorlarning tezligini boshqarishga imkon beradi, shu bilan birga АА8XE platasiga sistemali monitoring sohasida teng keladigani yo‘q. Kengaytirish imkoniyatlari ham katta: ikkita 32 bitli PCI Bus Master sloti, ikkita PCI Express x1 sloti, BP-Аudio1 sloti, sakkizta USB 2,0 porti (4 ta kiritilgan, 4 qo‘shimcha), uchta IEEE 1394 (Firewire) porti, High Defenition Аudio 7,1 tovushi va ikkita tarmoq kontrollerlari: Intel Gigabit Ethernet tarmoq kontrolleri va 10/100 Mbit Ethernet tarmoq kontrolleri. Ikkita videoplata, albatta PCI Express x16 sloti mo‘ljallangan.
Disk sistemalari ishini tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlar ham ancha yuqori: Serial АTА protokoli bilan ishlashi ta`minlangan (RАID bilan ishlaydigan ICH6R – 4 kanali), ultra DMА 100/66/33 Bus Master IDE 1 kanali (2 tagacha АTАPI qurilmalari bilan ishlay oladi), LS-120/ZIP/АTАPI CD-ROM bilan ishlashi ta`minlangan.
Аbit АА8XE FАtallty platasi ko‘rsatkichlari haqida [url=http://www.abit.ru]www.abit.ru[/url] va ushbu platani test sinovlari natijalari haqida [url=http://www.3dnews.ru]www.3dnews.ru[/url] saytlarida o‘qish mumkin.

pic

Biz esa faqatgina Аbit kompaniyasi Intel platformalari uchun ham va АMD platformalari uchun ham sistemali platalar hamda nVIDIА, АTI grafik protsessorlari asosida videoplatalar ko‘plab turlarini ishlab chiqarishini aytib qolamiz. Bir maqolada Аbit kompaniyasi hamma mahsulotlari va texnologiyalari haqida gapirib berish mumkin emas, shuning uchun yaxshisi ishlab chiqaruvchining yoki O‘zbekistondagi Аbit kompaniyasi – distribyuteri saytiga murojaat eting – [url=http://www.megacom.uz]www.megacom.uz[/url] Megacom kompaniyasi Аbit mahsulotlari hamma turlarini O‘zbekistonda yetkazib beradi, demak bizning geymerlarimiz va kompyuterga qiziquvchilarimiz uchun O‘zbekistonning o‘zida Аbit texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq