Samsung M1210 lazerli printeri anatomiyasi
19.04.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston bozorlarida yangi universal samarali, maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lgan Samsung M1210 lazerli printeri haqida biz ilgari yozgan edik. Xaridorlarning fikriga qaraganda, bu modelning narxi ham arzon bo‘lishi bilan birga juda yaxshi sifatga ham egadir. Biz bugun endi o‘zining ofisi yoki uyga qimmat bo‘lmagan, mahsuldor lazerli printer tanlayotgan aniq xaridorlarga axborotlar beramiz. Biz Samsung M1210 printeri ega bo‘lgan ko‘plab maxsus imkoniyatlari haqida gapirib beramiz, uning «anatomiyasini» bilib olib siz undan o‘z maqsadlaringiz uchun qo‘llashni rejalashtira olasiz. «Universal», «samarali», «mahsuldor» kabi tushunchalar (hatto yana maxsus imkoniyatlari bilan) xech ham «qimmat bo‘lmagan» tushuncha bilan mos kelmaydi, to‘g‘rimi. Lekin Samsung Elektronics kompaniyasi mahsulotlarini aynan yuksak texnik imkoniyatlarini saqlab qolgan holda mahsulot sifati yuqori bo‘lib, ular har doim ma`qul narxda bo‘lishlari ajratib turadi. Samsung M1210 printeri nimalar qilishni biladi?

Аsosiy texnik ko‘rsatkichlari va operatsion tizimlar bilan mos kelishi
Samsung M1210 modeli allaqachon texnik ko‘rsatkichlarga ega: chop etish tezligi – minutiga 12 bet (birinchi betining chiqish vaqti – 13 sek. Qizish vaqti – 25 sek) 600×600 dpi zichlik bilan Chop etish, ishFalseikli (oylik ishi) – oyiga 12000 bet. Printer 66 MGts chastotali, 8 Mbayt hajm xotiraga ega kuchli protsessor bilan ta`minlangan. Chop etish – emulyatsiya Smart GDI. Printer ulanish ikkita interfeysiga ega: IEEE 1284 (parallel port) va zamonaviy port – USB. Printer eng ko‘p tarqalgan ko‘plab operatsion sistemalar bilan ishlay oladi: bular birinchi navbatda bizda mashhur bo‘lgan MS Windows 95/98/Me/2000/NT 4.0 oilasi bilan, mashhur bo‘lib ketayotgan OC Linux (Rednat 6.0) va O‘zbekistonda unchalik tarqalmagan Mac 8.0, undan yuqori tizimlardir.
Printerda chop etish lazerli texnologiyasidan (elektrografiya) foydalaniladi. Bir martalik kartridj 5 % lik to‘ldirishda 2500 betga yetadi, to‘gri birinchi yetkazib berish to‘plamiga kiruvchi kartridj 1000 nusxaga mo‘ljallangan. Printer elektr toki sarflash va shovqin darajasi bo‘yicha ajoyib ko‘rsatkichlarga ega: chop etish rejimida 180 Vt quvvat sarflaydi (kutish rejimida 5 Vt) shovqin darajasi 47dB.
Printer o‘lchami ancha ixcham: 329x355x231 mm kattalikda og‘irligi 6,2 kg ni tashkil etadi. Shuning uchun, Samsung ML 1210 ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus imkoniyatlarga ega universal, samarali printer deb ta`riflanadi. Bular nimalardan iborat?

Universalligi, samaradorligi va maxsus vazifalari
Turli operatsion tizimlarda chop etishni ta`minlashi, ulanish interfeysini tanlash imkoniyatidan tashqari: parallel port bo‘yicha (IEEE 2284) yoki UZB-porti, printer yana qog‘oz bilan ishlash qulay vositalariga ega va siz 150 betli standart kirish lotoki avtomatik uzatishi mavjudligi hisobiga (zichligi 90 gramm/m² gacha bo‘lgan qog‘ozda chop etish uchun) va qulda uzatish kirish 1 varaqli lotoki (zichligi 163 gramm/m² gacha bo‘lgan qog‘ozda chop etish uchun) turli qog‘ozlarda chop etish mumkin. Printer shu bilan birga turli kattalikdagi va turdagi qog‘ozlarda ishlash imkonini beradi: Letter, Legal, Monarch, com 10, C5, DL, А4, А5, B5. Umuman, printer turli operatsion tizimlar bilan ishlaydi, shaxsiy kompyuterga ulanish uchun ikkita interfeysga ega va oddiy qog‘ozda chop etadi, konvertlar, nakleykalar, diapozitiv hatto kartonda ham chop etadi. Uning univesalligi ana shulardan iborat.

Samaradorligi hakida gapirsak, SamSung ML 1210 printeri juda foydali tonerni tejash vazifasiga ega. Tonerni tejash rejimi printerga uni har bir betda 30 % ga kam ishlatish imkonini beradi. Bu rejimni tanlash kartridjning toner bilan xizmat muddatini uzaytirishga va bir betni chop etish uchun narxini kamaytirishga imkon beradi. Tejash rejimini ishlatish ikki usuliga ega bo‘lib: boshqarish panelida «Toner Save» tugmasini bosish bilan va qo‘shimchalar yetkazish to‘plamiga kiruvchi shaxsiy kompyuterdan bu rejimni ishga tushiriladi. Umuman atganda, siz sifatli chop etish rejimidan osongina tejash chop etish rejimiga o‘ta olasiz, bu sarflanadigan materiallar va printer imkoniyatlaridan ancha samarali foydalanishga imkon beradi.
Samsung ML 1210 printeri yana ko‘plab maxsus imkoniyatlarga ega, ular qatoriga quyidagilar kiradi: bir varoqda bir necha sahifalarni chop etish, masshtablashtirish bilan chop etish, plakat chop etish va suv belgilarini chop etish. Аna shu vazifalarida to‘laroq to‘xtalib o‘tamiz.

Bir varoqda bir necha sahifalarni chop etish
Ba`zan katta bo‘lmagan broshurkani yoki buklet qilish va bir varoqda bir necha betlarni chop etishga to‘g‘ri kelib qoladi. Samsung ML 1210 printeri N-sahifali chop etish vazifasi yordamida varoqning bir tomonida 16 betgacha chop etishga imkon beradi. Siz bir varoqda chop etishni istagan betlar sonini tanlay olasiz va qo‘shimchalarda o‘rnatish yo‘li bilan (PO, printer to‘plamiga kiradi) betlar o‘lchami kichraytirilgandek ko‘rinadi.

Plakat chop etish
Plakat chop etish vazifasi bir varoqda bir necha betlar chop etish vazifasiga qarama-qarshidir. Formati bo‘yicha katta hujjatni (plakat) chop etish kerak bo‘lsa, printerning formati esa faqatgina А4 bo‘lsa nima qilish kerak. Plakatlar chop etish vazifasi sizga bir varaqli hujjatni 4,9 yoki 16 varaq qog‘ozga chop etishi mumkin, ularni keyin bir-biriga ulab plkat kattaligidagi bitta hujjat olinadi. Bu vazifasi juda foydali.

Masshtablashtirish bilan chop etish
Bu vazifasi ham foydali, bu sizning topshirig‘ingizni raqamli hujjatdan qat`iy nazar hoxlagan tanlagan o‘lchamdagi qog‘ozga masshtablashtirish imkonini beradi. Bu hujjatda kichik bo‘lgan detallarni ajratish kerak bo‘lganida foydali bo‘lishi mumkin. Bu vazifa menyuda o‘rnatish yo‘li bilan dasturli amalga oshiriladi.

Nalojeniyalar chop etish
Nalojenie – bu kompyuterning qattiq diskida fayl ko‘rinishida saqlanadigan maxsus formatli matn va/yoki tasvir, uni siz istagan har qanday hujjatda chop etishingiz mumkin. Ulardan blankalar sifatida yoki bosma firma blankalari sifatida foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Sizning kompaniyangiz belgilari bilan xat yozish uchun firma blankasi talab etilmaydi, faqatgina kompyuterga nalojeniya bilan chop etish topshirig‘ini bersangiz bo‘ldi.

Suv belgilarini chop etish
Watermark (suv belgisi) vazifasi sizga mavjud hujjat sahifalariga matnni qo‘shib yozishni imkonini beradi. Masalan, printer katta kul rang harflar bilan diagonali bo‘yicha (birinchi betda yoki hammasida) ustidan «qoralama» yoki «xizmat joyida fodalanish uchun» («maxfiy») so‘zlarini yozib chiqishi mumkin. ML 1210 printerining drayoverida bir necha kiritilgan suv belgilari bo‘lib, ularni o‘zgartirish ham va yangilarini kiritish ham mumkin bo‘ladi.

Samsung ML 1210 printerida yana bitta juda foydali vazifasi bor: oxirgi betni qayta chop etish. Аgarda siz, masalan, biror-bir sababga ko‘ra topshiriqni bekor qilsangiz va qaysi bet oxirgi bo‘lib chop etilganini bilmoqchi bo‘lsangiz boshqaruv panelidagi Cancel/Reprint (otmena/perepechatka) tugmasini bossangiz kifoya.
Umuman ML 1210 modeli boy dasturli-apparatli sozlash imkoniyatlariga ega. Masalan, tarmoq muhitida chop etish mumkin, buning uchun printerni LVSga ulangan kompyuterlarning biriga ulasangiz va printer drayverini tarmoq muhitida chop etishni rejalashtirgan har bir kompyuterda o‘rnatib chiqsangiz bo‘lgani. Yana chop etish zichligi o‘rnatilishini o‘zgartirish mumkin: oddiy hujjatlar uchun 300 dpi, muhim hujjatlar uchun – 600 dpi o‘rnatish mumkin. Universalligi va samaradorligi – mana shu ustunliklari bu modelni boshqalaridan farq qiladi.

Boy sozlash imkoniyatlari, qulay va tushunarli boshqaruv paneli, holati haqidagi aniq signalizatsiyalari printer haqidagi taassurotlarni kuchaytiradi. Endi undan qayerda foydalanish kerakligini aniqlab olish qoldi.
Printerning oyiga 12000 bet chop etish imkoniti undan ofisda ham, uyda ham foydalanish mumkinligini bildiradi, boy maxsus vazifalari va tejamkorligi undan foydalanish joyi imkonitlarini yanada ko‘proq kengaytiradi – buxgalteriyadan tortib katta bo‘lmagan kompaniyaning tarmoq printeri imkoniyatigacha. Sarflanadigan materiallari va yohtiyot qismlarini O‘zbekistonda osongina topish mumkin va ko‘p vaqtgacha mumkin bo‘ladi, chunki printerlarni qonuniy yo‘l bilan rasmiy distribyutor orqali olib kelinmoqda.

Samsung ML 1210 printerlarini etkazib berishni АVERS qo‘shma korxonasi amalga oshiradi. Samsung Elektronics ishlab chiqargan printerlarni АVERS kompaniyasining dilerlik tarmog‘i orqali sotib olar ekansiz, siz ushbu texnika O‘zbekistonga sertifikatlarga egaligi va Samsung servis markazlarida avtorlashtirilgan xizmat ko‘rsatilishiga shubhasiz ishonishingiz mumkin.
АVERS QK (99871) 144-66-66
Dilerlar:
Buyuk Siymolar (99871) 152-68-94
United Group systems (99871) 133-33-01, (99871) 68-77-36
InfoSemantik (99871) 118-88-02
OOO InComSoft Labs (99871) 152-65-05

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq