LG Karaokesi endi o‘zbek tilida
19.04.2005
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .
pic

LG Electronicsdan haqiqiy yangi yil sovg‘asi

Bir necha yillar avval Rossiyada juda ommaviy “Karaoke po russki” ko‘rsatuvi bo‘lar edi. Shunga o‘xshash dasturlar dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida mavjud edi. Karaokeni hamma sevadi, uni har birimiz musiqa tinglab ashula aytishni istaganimiz uchun yaratganlar va albatta hamma o‘z ona tilida qo‘shiq aytishni istaydi.
LG Electronics kompaniyasi O‘zbekiston aholisi uchun haqiqiy yangi yil sovg‘asini taqdim etdi. Bu kompaniya DVD-karaoke qurilmalarini ishlab chiqarishda jahonda tan olingan etakchi kompaniya hisoblanadi, chunki endi 3000 dan ortiq rus va ingliz tillarida qo‘shiqlar yozilgan diskka LG O‘zbekistonda tarqatayotgan karaoke to‘plamini o‘zbek estradasining 500 dan ortiq qo‘shiqlari yozilgan disk ham qo‘shildi.

Ushbu diskda 500 dan ortiq qo‘shiqlarning o‘zbek tilidagi matni yozilgan, musiqali ijro yuksak sifatli, bek vokal, DVD formatida eksklyuziv video tasvir, bular hammasi diskni tayyorlashda katta ishlar bajarilganini ko‘rsatadi.

2004 yil 15 dekabrda LG Electronics kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan “Interkontinental” mehmonxonasida o‘tkazgan ushbu diksning taqdimot marosimida O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari yig‘ilganlarga O‘zbekiston estradasi 500 qo‘shiqlari yozilgan diskni tayyorlashda kompaniya mutaxassislari o‘zbekistonlik hamkorlari bilan katta ishlarni bajarganliklarini va bu disklar O‘zbekistonda sotiladigan LG karaoke sistemalari bilan birga sotilishini xabar qildi. U LG Electronics kompaniyasi 1997 yildan boshlab O‘zbekiston bozorida faol ishlab kelayotganini va xalq uchun xizmat qilishga intilishini aytdi. Buning uchun kompaniya turli ijtimoiy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazadi – masalan, “Yilning eng yaxshi g‘oyasi” va O‘zbekistonning turli o‘quv yurtlari talabalari uchun beriladigan grantlar. Endi LG Electronicsning mavqei O‘zbekistonda “Xalq markasi” sifatida yanada mustahkamlanadi, chunki har bir istagan odam endi sifatli, mukammal texnik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan LG kompaniyasi texnikalaridan foydalanibgina qolmay, balki o‘z ona tilida sevimli qo‘shiqlarini aytish uchun foydalanishi mumkin bo‘ldi.
Matbuot konferentsiyasida jurnalistlar savollar berdilar: yangi disk uchun qo‘shiqlar qanday qilib tanlab olindi axir O‘zbekistonda qo‘shiqlarni juda yaxshi ko‘radilar va ularning son-sanog‘i yo‘qdir. Kompaniya vakillari o‘zbekistonliklarga o‘zlari tanlab olishni taklif etganlarini aytdilar. Buning uchun radiostantsiyalarda uzoq vaqt davomida ovoz berishlari olib borildi. Ana shu oqoz berishlar natijasida 500 dan ortiq qo‘shiqlar tanlab olindi va birinchi diskka kiritildi.
Ha, ha birinchi disk, chunki qo‘shiqlar bilan o‘zbek tilida yangi karaoke disklarini tayyorlash ishlari davom ettiriladi.

Biz jurnalimizda iyun oyi sonida LG kompaniyasining DVD-karaokesini test sinovlaridan o‘tkazilgani haqida yozgan edik (“LG Electronicsdan karaoke tomosha qiling, eshiting, qo‘shiq ayting, dam oling” maqolasiga qarang, “LG DVD-karaoke LM-K5530 qurilmasining test sinovlari” haqida bizning saytimizda o‘qish mumkin). Demak, o‘zbek tilida qo‘shiqlar bilan yangi disk tayyorlanayotgani haqida xabar berganimizda bizning o‘quvchilarimiz bu qachon sodir bo‘ladi deb so‘radilar. Bu hodisa sodir bo‘ldi va biz matbuot konferentsiyasida LG DVD-karaoke sistemasini sotib olib bo‘lgan foydalanuvchilar uchun o‘zbek tilida qo‘shiqlar bilan yangi diskni sotib olish imkoni bo‘ladimi degan savol bilan murojaat etdik. Bizni yaqin orada bu mumkin bo‘ladi deb ishontirdilar.

Matbuot konferentsiyasidan keyin hamma LG DVD-karaoke sistemasi qo‘yilgan zalga bordi. Yangi diskda ikki-uchta qo‘shiqlarni ham aytib ko‘rildi. Men ham o‘zim sevgan “Yalla” ansambli qo‘shiqlaridan bir nechtasini aytib ko‘rgim keldi, biz bu qo‘shiqlarni etmishinchi yillarda maktab ansamblida aytganmiz.

Afsuski men sevgan “Boychechak”, “Navnihol”, “Majnuntol” va boshqa mashhur qo‘shiqlar diskda yo‘q ekan. Demak, hamma yoshdagi va turli tinglovchilar uchun sevimli o‘zbek qo‘shiqlarini karaoke diskiga kiritish bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilinishi kerakligi sezilib turibdi. O‘zbekistonda ashulalar juda ko‘p. Bizning xalqimiz kuylashni yaxshi ko‘radi.
Endi faqat o‘zbek tilidagi DVD-karaoke diski kabi yangi yil sovg‘asi uchun LG Electronics kompaniyasiga minnatdorchilik izhor qilish kerak, chunki qo‘shiq aytganda xalqning ko‘ngli eng yaxshi yoziladi.

pic
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq