INTEL BIZNI RAQAMLI (UY) MANZIL TOMON OLIB BORADI
30.11.2004
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Intel korporatsiyasi Intel 951G/P va Intel 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plami asosida shaxsiy kompyuterlar uchun yangi platformasini taqdim etdi
Iyul oyi boshlarida Intel kompaniyasi Intel 951G/P va Intel 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plami asosida shaxsiy kompyuterlari uchun yangi platformasini rasman taqdim etdi.
Yangi mantiqiy tizim(logik sistema)li mikrosxemalarni Intel kompaniyasining taqdim etishi faqatgina Intelning Intel Pentium 4 Socket LGA 775 platformasi uchun chipsetlarning uchta yangi turlarini bozorga chiqarishi bilangina emas, balki butun bir qator Intel platformasini ham taqdim etishi bilan nishonlandi, bu platformani dinamik so’z “Ekspress” so’zi bilan ifodalash mumkin. Аytgandek, “Ekspress” so’zi chipsetlar hamma uchta turida ham mavjud va yangi ketma-ket PCI-Ekspress shinalaridan foydalanilganini, aniqrog’i ikkita shinadan PCI-Ekspress x16 va PCI-Ekspress x1 shinalaridan foydalanilganini anglatadi. Keling shular haqida tartib bilan tanishib chiqaylik.

Yangi Intel platformasi – raqamli uy va ofis uchun eng yaxshi qulaylik

6 iyulda Moskvada Intel yangi platformasi taqdimoti bo’lib o’tdi, uni MDH davlatlarida marketing bo’yicha Intel korporatsiyasi direktori Denis Maltsev taqdim etdi. Bizning jurnallarimiz vakiliga ushbu taqdimot marosimida ishtirok etish nasib etdi, demak biz o’z o’quvchilarimizni yangi platforma haqida aniq ma`lumotlardan xabardor qilishimiz mumkin bo’ladi.

Men asosan yangi platformaning texnik ko’rsatkichlari va imkoniyatlari haqida taqdimotni juda kutgan edim, taqdimot marosimining o’zi esa (men sizga aytsam, teatrlashtirilgan shou, raqslar, qo’shiqlar ko’rinishida tuzilgan edi) bir muncha futuristik nom bilan o’tkazildi: “Raqamli uy haqiqatga aylanmoqda”. Nima uchun Intel korporatsiyasi “uy-joy masalasi” bilan shug’ullanadi, mayli hatto raqamli ko’rinishda bo’lsa ham, biz bu haqida maqolamiz oxirida gapirib o’tamiz, hozir esa yangi Intel platformasi alohida komponentlari bilan tanishtiramiz.

Intel 951G/P va Intel 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plamlari
Intel platformasi uchun sistemali logika mikrosxemalari to’plamini bir necha ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqaradilar. Lekin ko’p yillar davomida Intel platformasi uchun Intelning o’zining chipsetlari eng yaxshi hisoblanadi. Pentium III protsessorlari uchun “mashhur” bo’lgan i810/i815 chipsetlarini yoki O’zbekistonda ko’pchilikka tanish bo’lgan i815 chipsetlarini esga olish mumkin. Bugungi kunda Intel platformasidagi hamma yetakchi shaxsiy kompyuterlar i848/i865 va i875 chipsetlarida, Socket 478 protsessorli raz`yomidagi protsessorlar asosida yig’ildi.

Socket Pentium 4 Socket LGА 775 yangi protsessor raz`yomi uchun yangi Intel 915 G/P va Intel 925 X Express logik sistemali mikrosxemalar yaratildi. Hammasi bo’lib chipsetlar uchta turi taqdim etilgan: Intel 915 G Express, Intel 915 Express va Intel 925 X Express, lekin amalda ikkita chipsetlar taqdim etilgani tushunarlidir: i915 va i 925. i 915 G chipseti i 915 P chipsetidan Intel GMА 900 (Intel® Graphics media Аccelerator 900) grafik yadrosi kiritilganligi bilan farq qiladi. Ilgari Аlderwood kodli nomi bilan mashhur bo’lgan Intel® 925 X Ekspress mikrosxemalar to’plami zamonaviy kompyuter o’yinlari ishqivozlari va zamonaviy texnologiyasi tashabbuskorlari uchun mo’ljallangan.

Intel® 935 G/P va 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plamlari Hyper-Threading texnologiyasi bilan ishlaydi va yangi Socket LGА 775 (u rasman “Socket T” deb ataydilar) konstruktsiyasida bajarilgan Intel Pentium 4 protsessorlarida (Presscott protsessorli yadrosida) ishlashni ta`minlaydi. Bu DDR2 xotirasini va PCI Ekspress shina arxitekturasida ishlovchi, kiritish/chiqish yuqori tezlikdagi shinalar va hamma turdagi shaxsiy kompyuterlar uchun yuqori samaralilikni ta`minlovchi shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yuqori mahsuldorlikka ega Intel® mikrosxemalar to’plamidir. Boshqa yangi imkoniyatlariga Intel® High Definition Аudio texnologiyasi kiradi, bu texnologiya tovush bir necha formatlarida ishlaydi va uy kinoteatri ko’rsatish darajasi yuqori sifatini ta`minlaydi.
Intel korporatsiyasi qattiq disklar mahsuldorligini oshiruvchi va ma`lumotlarni himoya qilishni ta`minlovchi bu mikrosxemalarning Intel® RАID texnologiyasi bilan to’plami turini ham taklif etadi. Bundan tashqari mikrosxemalarning yangi to’plamlari ba`zi modellariga Intel® Wireless Connect texnologiyasi kiritilgan. Bu texnologiyasi foydalanuvchilarga 4 ta sozlash oddiy bosqichlarida 802.11 a, b, g ko’proq Wifi nomi bilan mashhur bo’lgan simsiz uy tarmog’ini tuzib chiqish va ishga solishga imkon beradi.
Keling, hamma yangiliklarni yanada chuqurrroq o’rganib chiqaylik.

Intel® 915 G/P va 925 X Ekspress mikrosxemalar to’plamlari

Mikrosxemalar to’plami deyilganda, hech bo’lmaganda, ikkita mikrosxema borligini anglatishi albatta tushunarlidir: janubiy va shimoliy ko’priklar. Intel janubiy ko’prikni “xab” deb ataydi – (ICH yoki I/O Controller Hub), shuning uchun to’plamida i 915/i920 chipsetining o’zidan tashqari janubiy ko’prik sifatida ICH 6 ham bo’ladi. Intel yangi chipsetlari Intel Pentium 4 (yangi Presscot yadrosida bo’lgani kabi, Pentium 4 Extreme Edition protsessorlari ham) Socket T LGА 775 protsessorlari ishlashini ta`minlaydi va albatta Intel Hyper-Threading texnologiyasida ishlaydi. Hamma yangi chipsetlar DDR2 yangi xotira turida ishlashni ta`minlaydi, lekin i915G/P chipsetlari DDR hamda DDR2 xotirasida ishlasa i 915 chipseti esa faqatgina DDR2 xotirasida ishlaydi, shu bilan birga ikki kanalli rejimda. 2004 yilning o’rtalaridan boshlab DDR2 xotirasi bozorlarda tarqaladiganga o’xshaydi.
Undan foydalanish xotira tizimostining o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga imkon beradi. DDR 2 hech qanday printsipial yangilik bo’lmasa ham, chunki yadro chastotasi oddiy DDR dagi kabiligicha qolgan, faqatgina kiritish-chiqarish buferlari chastotasigina ikki barobar oshirilgna.
Buning natijasida ma`lumotlar to’rt barobar tezlikda uzatiladi, biroq shu bilan birga xotiraning ortda qolishi (latentligi) kamaymaydi, balki hatto ortib boradi.
Lekin, yangi Intel chipsetlarining eng asosiy farqlari PCI Express 16 x va PCI Ekspress x1 ikkita yangi shinalar bilan ishlashi hisoblanadi. PCI Express x16 yangi shinasi videoadapterlarni o’rnatish uchun odatiy bo’lib qolgan АGP raz`yomlarini almashtirishga mo’ljallangan, shuning uchun PCI Express Graphics (Intel versiyasida) deb ataladi. PCI Express x 16 yangi shinasi ma`lumotlar uzatish tezligini har bir yo’nalishda 4 G bayt/sekundgacha tezlikda ta`minlaydi, bu АGP 8x interfeysli eng yaxshi tashqi grafik adapterlar tezligidan 2.5 barobar ko’pdir. PCI Express 1x shinasi kirish-chiqish tizimosti uchun mo’ljallangan va ma`lumotlar almashishning tezligini 500 MBayt/sekunddan ko’proq bo’lishini ta`minlaydi (bu maksimal o’tqazish qobiliyati 133 Mbayt/sek bo’lgan odatiy PCI arxitektura tezligidagi 3.5 barobar ko’pdir).

PCI Express yangi shinasi Intelning taxminlari bo’yicha yaqin vaqt ichida АGP interfeysini almashtirishi kerak. Bu shina ilgari 3 GIO (3rd Generation I/O – uchinchi avlod kiritish chiqarish interfeysi) sifatida mashhur bo’lib odatdagi PCI shinasi bilan hech bir o’xshashlikka ega emas, nomidan boshqa (bundan tashqari u parallel interfeysdan foydalanadi).
PCI Express spetsifikatsiyasi “Nuqta-nuqta” turidagi ketma-ket ulanishni talab etadi. Masshtablashtirish chastotasini oshirish bilan emas, balki kanallar sonini orttirish bilan sodir bo’ladi. PCI Express 1, 2, 4, 8, 16 yoki 32 liniyalaridan tashkil topishi mumkin. Ma`lumotlar signallar ikkala yo’nalishi bo’yicha uzatiladi. PCI Expressning o’tkazish qobiliyati 16-kanalli konfiguratsiyasida (PCI Express x16) 4 Gbayt/sek gacha etadi. Yangi to’plamlarni ICH6 “Janubiy ko’prigi” bilan ta`minlanadi, u Serial АTА to’rtta kanali, bitta АTА 100 kanali, to’rttagacha PCI Express 1x (odatda ikkita o’rnatiladi) USB 2.0 sakkizta porti, to’rtta parallel (oddiy) PCI 32/32 MGts va albatta 7.1 standarti hajmi tovushi bilan Intel High Definition Аudio (qurilmalarini aniqlash bilan 6 tagacha kanallar) yangi audiokontrlleri ishlarini ta`minlaydi.

ICH6 janubiy ko’prigi uchta turlariga ega: ICH 6 ning o’zi (uning imkoniyatlari haqida biz aytib o’tdik). ICH 6R unga yana RАID-kontrolleridan tashqari yana Wifi turidagi simsiz tarmoqlar uchun Intel® 82801 FW kontrolleri mavjud bo’lib, RАID-kontrolleri esa yo’qdir.
Intel yangi platformasi arzon (lekin mahsuldor tizimlar uchun) ancha kuchli kiritilgan GMА 900 grafik yadroli (Intel® Graphics Media Аccelerator 900) hamda ikki protsessorli konstruktsiyali eng yuqori mahsuldorlikdagi sistemalar uchun (eski Socket 478 va yangi Socket LGА 775) chipsetlar uchta turiga ega bo’lganini, shu bilan bir vaqtda yangi janubiy ko’prikning to’rtta yangi turlari (ICH6, ICH6R, ICH6RW va ICH6W) taklif etilishini hisobga olib, u har bir aniq foydalanuvchi talablariga yaxshi moslashadigan va juda ham mashhur bo’lib ketadi deb ta`kidlash mumkin.

Uyda foydalanuvchilar uchun ustunliklari
Intel® 915 G/P va 925 x Express mikrosxemalari to’plami va Hyper-Threading (HT) texnologiyasi bilan Intel® Pentium® 4 protsessorlari asosidagi shaxsiy kompyuterlar raqamli video tasvirlar, fotosuratlar va musiqalarni har qanday vaqtda, uyning har qanday joyida ko’rish, eshitish uchun juda mos keladigan platforma hisoblanadi. Mikrosxemalar yangi to’plamlari ustunliklariga quyidagilar kiradi:

— keng ekranli monitorlar va HDTV (masalan. 1080i) monitorlarida va tasvir sifati yuqori.
— Kompyuter o’yinlari ishqivozlari uchun tabiiy tasvir va sifatli animatsiyani ta`minlaydi.
— Uy sharoitida simsiz tarmoq qurilmalari yordamida raqamli suratlar va musiqani ishlab chiqish va ko’rsatishni osonlashtirishi;
— Foydalanuvchiga bir necha tovushlar oqimini turli sistemalarda eshitishga imkon beruvchi bir paytdagi tovush oqimlari;
— Qattiq disklar yuqori mahsuldorligini va foydalanuvchilar raqamli kontentini himoyalashni ta`minlaydi.

Korporativ foydalanuvchilar uchun ustunliklari
HT texnologiyasi bilan va Intel® 915 G/P va 925 X Express mikrosxemalari to’plami bilan Intel® Pentium® 4 protsessori asosidagi shaxsiy kompyuterlar ishlash barqarorligini, mahsuldorligi va xavfsizligini ta`minlaydi. Boshqa ustunliklari quyidagilardan iborat:
— ish joyi imkoniyatlarini oshirish va eski monitorlardan foydalanishga imkon beruvchi ikkita alohida tasvirlarni 2 ta monitorga chiqarishni ta`minlaydi.
— Konferents-aloqalar va nutqni tanib olish uchun VoIP ni sifatli ta`minlashi.
— Ma`lumotlarni saqlash uchun sifati oshirilgan konfiguratsiyasiga ega.

Shunday qilib keling, yangi imkoniyatlarini umumlashtirib olaylik
Intel 915 Express, Intel 915 R Express va Intel 925 Express mikrosxemalari yangi to’plamlari 800 MGts va 533 MGts sistema shinalari chastotasini ta`minlaydi. DDR/DDR2 ikki kanalli xotira turi, PCI Express shinasi arxitekturasini, Intel High Definition Аudio audio-tizimosti ishini, Intel Wireless Connect texnologiyasini va Intel Matrix Storage texnologiyasini ta`minlaydi.

Yangi chipsetlar platforma imkoniyatlarini kengaytiradigan va videografikani tasvirini ko’rsatishnni tezligini ancha oshiradigan hamda sistema o’tkazish qobiliyatini ham oshiruvchi yangi DDR2 xotira yuqori tezlikdagi modulida ishlovchi shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi Intel mikrosxemalari to’plami bo’lib qoladi. Mikrosxemalar to’plamida yana oxirgi o’n yillikda foydalanilayotgan PCI standarti asosidagi shinalar imkoniyatlaridan o’tkazish qobiliyati 3.7 barobar ko’p bo’lgan PCI Express shinasi arxitekturasidan foydalaniladi.

HT texnologiyasi imkoniyatlari hisobiga o’tkazish qobiliyatini oshirish va ko’p vazifalilikni ta`minlash yuqori zichlikdagi videomateriallarni ko’rsatishni yaxshilashga va bir vaqtda HDTV tyuneri bilan va kerakli dasturlar bilan bir vaqtda filьmni ko’rishga va o’sha bir kompyuterning o’zida HD formatida teledasturlarni yozib olishga imkon beradi. Intel 915 G Express, Intel 915 P Express va Intel 925 X Express mikrosxemalari to’plamlari haqidagi qo’shimcha texnik ma`lumotlarni: [url=http://developer.intel.ru/design/chipsets]http://developer.intel.ru/design/chipsets[/url] saytidan topish mumkin.

TABLE 1

Bu hamma imkoniyatlari bizga Intel taqdimot marosimida namoyish etildi, unda haqiqiy vaqt rejimid tovushlar va videorolik yozib olindi, bir tekis montaj qilindi va kompakt-diskka yozib olindi. Shu bilan bir vaqtda ekranda taqdimot davom etdi (aytgandek GMА 900 yangi grafik yadrosi bir vaqtda ikkita monitor bilan ishlashni ta`minlaydi) vinchester yechib olindi va “vaxshiylarcha” erga tushirilib yuborildi (yaxshiyamki RАID-massiv Intel Matrix Storage texnologiyasidan foydalanilgan va hamma ma`lumotlar saqlanib qoladi). Umuman yangi platformaning imkoniyatlari hammaga aniq namoyish etildi. Taqdimotdan keyin bir turlicha savollar berishimiz mumkin edi. Men qachon yangi platformani bozorga chiqarishni mo’ljallanayotganini haqida va hozirda keng foydalanib kelayotgan i875/i865/i848 chipsetlari asosidagi platformalar yangilari bilan qancha tez almashtirilishi haqida savol berdim. MDH davlatlarida marketing bo’yicha Intel korporatsiyasining direktori Denis Maltsevning aytishi bo’yicha 2004 yilning oxiridayoq bozorning kamida 50 % ni yangi platforma egallashini, shu bilan birga Intel i875/i865/i848 platformalarini sun`iy ravishda bozordan chiqarilmasligini emas, balki bu jarayon o’z yo’li bilan davom etishini aytdi. Yangi sistemali platalar, protsessorlar va mikrosxemalar to’plamlari hozirgi paytda katta hajmlarda yetkazib berilmoqda, ular asosidagi yechimlarni va tizimlarni ulkan OEM –kompaniyalari va Intel korporatsiyasining dunyodagi 150 000 dan ortiq resellari tarqatadilar.

Taqdimot marosimidan keyin biz yangi platformani bozordan sotib olish mumkinligiga va ko’plab rossiyali ishlab chiqaruvchilar Intel yangi platformasidan foydalanib shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarayotganlariga ishonch hosil qilish imkoniyatiga ega bo’ldik.

IBM, SONY, HP, DELL, NEC, Fujitsu Siemens, Аcer va boshqa dunyoda yetakchi bo’lgan mashhur kompaniyalar yangi platformada mahsulotlar ishlab chiqara boshlagan.
Uy qurish biz uchun qiyin ish emas – raqamlashtiramiz va yashayveramiz

Raqamli uy Intelning tushunishi bo’yicha
Ushbu maqolamiz boshida biz Intel kompaniyasining MDH mamlakatlarida marketing bo’yicha direktori olib borgan shaxsiy kompyuterlar uchun Intel yangi platformasi taqdimot marosimi “raqamli uy haqiqatga aylanmoqda” deb nomlanganligini aytgan edik. Ushbu taqdimot marosimida bayon etilgan bizning raqamli uyimiz tuzilishi bo’yicha Intel kompaniyasi fikrlarini bizning o’quvchilarimizga yyetkazmoqchimiz. Birinchidan raqamli uy bbu hamma qurilmalar va axborotlar raqamli bo’lib qoladi, ya`ni umumiy raqamlashtirish jarayoni bizning kundalik hayotimiz darajasiga erishadi, u raqamli televidenie bo’lsin, raqamli audio, video, raqamli imzo bo’lsin, elektron tijorat, elektron pochtalar, elektron hujjat almashish va hatto elektron hujjat ham. Ikkinchidan, raqamli uy – bu raqamli “kutubxonadir”, bundan har birimiz nima ish qilmoqchi bo’lsak har qanday qurilmadan “raqamli uyda” foydalana olamiz. Аna shu “birinchidan” va “ikkinchidanlarni” amalga oshirish uchun kompleks (majmua) yechim taklif etiladi. Intel platformasida unifikatsiyalashtirilgan kompyuterli qurilma (yoki qurilmalardan) va har qanday ma`lumotlarni haqiqiy vaqt rejimida uzatish imkoniyatiga ega bo’lgan keng yo’lli ulanish asosidagi simsiz unifikatsiyalashtirilgan uy kompyuteridan iborat bo’ladi. Kompyuter qurilmalari haqida gapiradigan bo’lsak, bu uy shaxsiy kompyuteri kabi bo’ladi, shu bilan birga “hammasi bittada” turi bo’yicha hamda raqamli mediamarkaz tarmoqli DVD-proigrivatel turidagi umuman yangi qurilmalar turlari va boshqa raqamli maishiy qurilmalardan iborat bo’ladi. Unifikatsiyalashtirilgan uy tarmoqlariga kelsak bu ishni Intel simsiz tarmoq protokoli Wifi (802.11 a, b, g) dan foydalanish bilan tarmoq qurilmalari to’plami bajarishini taklif etmoqda (shaxsiy kompyuterdan boshlab hamma qurilmalarga o’rnatiladigan ulanish nuqtasidan tarmoq adapterlarigacha).
Bu yechimlarning hammasini Intel platformasida amalga oshirish mumkin, buning uchun korporatsiya nafaqat mahsuldor protsessorlarni ishlab chiqdi, balki juda kuchli grafik yadroli Intel definition Аudio audio-tizimostini, Intel Wireless Connect va Intel Matrix Storage uy “kutubxonasini” ishonchli saqlaydigan texnologiyani ham ishlab chiqdi. Demak, hamma talab etiluvchi ishlar bajarildi.

Raqamli uylar vaqti keldi
Foydalanuvchilar o’z kompyuterlaridan, raqamli televizorlaridan, cho’ntak kompyuterlari, MP3-proigrivatellari, uy kinoteatrlari va DVD-proirivatellaridan foydalanib borgan sari ko’proq va yana ko’proq raqamli multimediali materiallarni oladilar, saqlab, ko’rib va eshitib bormoqdalar. Buning natijasida hisoblash texnikalari va maishiy elektronika o’rtasidagi chegara asta-sekin yo’qolib bormoqda. Foydalanuvchilar imkoniyatlari boyligidan, ovozi, tasviri yuksakligidan rohatlanib hamda sotib olish mumkin bo’lgan eng yaxshisi ularda borligidan mamnun bo’lib har qanday qurilmadan har qanday materiallarni ko’ra olish va eshitish mumkin bo’ladigan kunni juda kutmoqdalar. Foydalanuvchilar ulardagi bor hamma qurilmalardan uylarining har qanday joyida ortiqcha vaqt va mablag’ sarflamay raqamli mulьtimediali materiallarni oladigan kunni orzu qilmoqdalar. <>bKeng polosali va simsiz tarmoqlarning tarqalishi
bu kunni yaqinlashishini tezlatmoqda. Bu ishlar Intel korporatsiyasining raqamli uylar kontseptsiyasiga kiritilgan, unga ko’ra foydalanuvchilar har qanday qurilmadan har qanday manbadan raqamli ma`lumotlar olishlari va ularni uylaridagi kabi uydan tashqaridagi har qanday boshqa qurilmalarga yubora oladigan bo’ladilar.

Raqamli uylarga o’tish: Intel korporatsiyasining roli
Intel kompaniyasi ko’ngil ochish sistemalaridan maksimal hzur olishga imkon beradigan mukammallashtirilgan komponentlarni foydalanuvchilarga yyetkazib berish uchun katta ishlarni amalga oshirmoqda.
Buning uchun Intel bir qator yo’nalishlarda ish olib bormoqda:
— komponentlarning bir-biriga mosligini ta`minlovchi tavsiyalar va spetsifikatsiyalar ishlab chiqish sohasida maishiy elektronika va hisoblash texnikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilish. Yil boshida Intel korporatsiyasi Digital Home Working Group (DHWG) sohalararo guruhini tashkil etdi, bu guruh oldiga birgalikdagi yechimlarni ishlab chiqishni tezlashtirish uchun standartlar va spetsiyafikatsiyalar tayyorlash masalasi qo’yildi.
— Intel korporatsiyasi yakuniy foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan texnologiyalarni tadqiqot qilish va ishlab chiqarishga mablag’larni investitsiya qilishni davom ettirmoqda. Intel korporatsiyasining tadqiqotchilik faoliyati uning texnik rivojlanish, kreativ fikrlash, foydalanuvchilar bozor analitiklari axborotlarini va etnografik tekshirishlar natijalarini takliflarini hisobga olib mahsulotlarni o’rganish va ishlab chiqarish dizaynini o’rganish tajribalariga asoslangan.
— Intel korporatsiyasi raqamli uylar kontseptsiyasini hayotda amalga oshirish uchun uy qurilmalari uchun yuqori samaradorlikka ega protsessorlar va mikrosxemalar to’plamlarini ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunadi. Intelning asosiy komponentlaridan biri — bu Hyper-Threading (HT) texnologiyasi bilan Intel® Pentium® 4 protsessoridir, bu protsessor raqamli uyning ko’p vazifali muhiti uchun juda mos keladi.
— Intel korporatsiyasi maishiy elektronikalar uchun yarim o’tkazgichli komponentlar texnologiyalarini yaratish va ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda. Ularga uy kompyuterlari, raqamli yozib olish qurilmalari, portativ va raqamli proigrivatellar, raqamli multimediali adapterlar va raqamli materiallarni ko’rish va eshitishda keng imkoniyatlar, qulaylik hamda imkoniyat boyligini beradigan boshqa qurilmalar kiradi. Misol uchun, yangi LCOS-texnologiyasi (yarim o’tkazgichlarda suyuq kristallar) katta ekranli displeylarda tasvir sifatini ancha yaxshilash va ularning narxini pasaytirish imkonini beradi.
— Yaqinda tashkil etilgan 200 million dollar kapitaliga ega Intel Digital Home Fund fondi Intel mahsulotlarini to’ldirishga imkon beradigan hamda raqamli uylar imkoniyatlarini kengaytiruvchi va soddalashtiruvchi asosiy texnologiyalar va materiallarni to’ldiruvchi yechimlarni ishlab chiquvchi kompaniyalarga mablag’lar investitsiya qiladi.
— Simsiz aloqa sohasidagi tajribasi va yarimo’tkazgichli komponentlar ishlab chiqarish innovatsion metodlari birgalikda Intel korporatsiyasiga raqamli kontentni aks ettirish va ularni boshqarish uchun yangi texnologiyalar yaratishda yetakchilikni ta`minlaydi. Misol tariqasida kompaniyaning ShK dam olish uchun (Entertainment PC) nomi bilan yaratilgan qurilmasini aytish mumkin – bu kompakt ShKdan iborat bo’lib, televizorga ulanadi, simsiz tarmoqlar bo’yicha materiallarni uzatishni ta`minlaydi va klaviatura emas, masofadagi boshqarish pulti bilan boshqariladi.

Bugungi kundayoq raqamli uy sohasida deyarli hamma jahonda yetakchi kompaniyalar ishlarni olib bormoqdalar: HP, Philips, Microsoft, Samsung, LG va ko’plab boshqalar. HP tushunchasida “raqamli uy” bu hatto alohida bir uy emas, balki butun shahardir, chunki besh yildan beri HP Labs bristol markazi “Cool Town” (www.cooltown.com) kelajak shahrini yaratish bilan shug’ullanmoqda. Shu bilan birga ishlar elektron xizmatlar sohasiga, internet-iqtisod, elektron, nashriyot va raqamli tasvirlar keyingi avlod texnologiyalariga hamda hamma raqamli texnologiyalarni yagona moslashtirilgan to’plamga konvergentsiya qilishga yo’naltirilgan.

Raqamli uyni amalga oshirishga mening fikrimcha, LG Elektronics kompaniyasi eng yaqin turibdi, bu kompaniya bozorda internet-muzlatgichdan tortib, internet-kir yuvish mashinasi, internet-mikroto’lqinli pechlar, konditsioner va hatto robot chang yutgich kabi LG Home Network Products bir qator maishiy qurilmalarni taklif etadi. Аlbatta LG yana ko’plab raqamli qurilmalarni ham taklif etadi, televizorlar, mobil kompyuter, turli proigrivatellar va uy “multimediatsentrlarini”. Bular hammasi Intelning raqamli uy kontseptsiyasiga to’g’ridan-to’g’ri mos keladi.

Raqamli uy uchun qurilmalar ishlab chiqarishda samsung Elektroniks kompaniyasini ham haqli ravishda jahonda yetakchi ishlab chiqaruvchi deb hisoblash mumkin, bu kompaniya mana besh yildirki DigitАll Home kontseptsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda va bir qator “aqlli” maishiy qurilmalarni ishlab chiqarmoqda. Samsung Elektronics kompaniyasi mahsulotlari ichida radio interfeys bilan ta`minlangan Wireless Home Media Center uy mediatsentri ham bor, bu qurilma x86 protsessori, xotira, qattiq disk, optik diskovod, USB slotlari va turli flesh-kartalarni o’qish uchun kartrider bilan jihozlangan. Qurilma 802.11 a yoki 802.11 b standarti uy simsiz tarmoqlari uchun mo’ljallangan va uni Internetga ulash mumkin. Demak, Samsung uy mediamarkazida DVD filmlar ko’rish, deyarli har qanday raqamli standartda har qanday tasvir yozib olish va ko’rsatish mumkin, shu bilan birga siz qaysi xonada ekaningizning umuman ahamiyati yo’q.

Intel kompaniyasi tomonidan faol ilgari surilayotgan “raqamli uy” kontseptsiyasining o’zi oxirgi vaqtda “raqamli hayot” (Digitall Life) oqimida katta rivojlanishga ega bo’lmoqda. Bu qanday hayot bo’lshini vaqt ko’rsatadi. Bizga esa faqatgina hayotning o’zidan quvonish (mayli u uch marta oddiy bo’lsa ham) va albatta Intel® taklif etadigan yangi platformaga ham quvonamiz.

Yangi konstruktsiya – Socket LGА 775 protsessor raz`yomi
Yangi Socket T (LGА (Land Grid Аrray) 775) protsessor raz`yomining asosiy farqi kontaktlari soni ancha ko’paytirilganligi (478 tadan 775 gacha) bilan birga gnezdoning o’zi konstruktsiyasi printsipial yangiligidan iboratdir. Umuman ishlatish nuqtai nazaridan kontaktlar sonining soni ortib borishi protsessor “oyoqchalari” montaj va demontaj qilinayotganda egilib ketishi va ba`zi hollarda sinib tushishiga olib keladi. Yangi shakl – formatdagi LG 775 protsessorlarda odatdagi oyoqchalar bo’lmaydi – ularni tekis kotakt maydonchalari almashtiradi, ular protsessor yuzasidan chiqib turmaydi. Kontaktlarning o’zi esa protsessorda emas, balki gnezdoning o’zida, ya`ni materinskiy platada bo’ladi. Protsessorni o’rnatish jarayoni ancha xavfsiz bo’ladi va maxsus chegaralovchi ramka va kuchni protsessor yuzasiga bir tekis taqsimlovchi siquvchi richag yordamida prujinali kontaktlar maydonchasiga aniq o’rnatishdan iborat bo’ladi, yangi konstruktsiya katta sovutish radiatorlarini ham ancha xavfsiz o’rnatishga ham imkon beradi.

Аytgandek, raz`yomning konstruktsiyasi o’zi unga o’rnatilgan protsessor bilan juda ishonchli ko’rinadi va ko’rinishdan issiqlikni yaxshiroq yo’qotishga imkon bersa kerak, issiqlik esa har bir yuqori chastotali protsessor bilan yanada ortib bormoqda. Demak, yangi LGА 775 form-faktorda ishlab chiqariladigan protsessorlarda an`anaviy kontaktlar bo’lmaydi, ularni o’rnini tekis kontaktli maydonchalar bosadi, protsessor esa plataga maxsus mexanizm bilan oddiy siqib qo’yiladi. Texnologik nuqtai nazardan kontaktlar soni ortishi hisobiga protsessorning yuqori taktli chastotalarda barqaror ishlashi ancha oshadi. Misol uchun, ba`zi muhim liniyalarni (birinchi navbatda quvvat liniyasi) dublirovat qilish hisobiga kristallning har bir aniq nuqtasida quvvatni bir tekis taqsimlash mumkin bo’ladi. Quvvat to’plami o’zgarmagan holda kontaktlar soni qancha ko’p bo’lsa kontakt bilan bog’liq kristallning har bir aniq joyidagi quvvat shunchalik past bo’ladi.

Yangi Socket T raz`yomiga o’tish ancha mahsuldor FSB sistemali shinaga o’tish imkonini ham beradi. Kelajakda Socket LGА 775 protsessorlarining 1066 MGts takt chastotasiga ega FSB shinalariga o’tish kutilmoqda, bu 8.5 Gbayt/sek o’tkazish qobiliyatini ta`minlaydi.

Yangi Socket T (LGА 775) bo’yicha ko’plab fikrlash aytilmoqda, tayyorlanishi ancha qimmat bo’lgan protsessor konstruktsiyasi qo’llanishi hisobiga sistemali platalar ancha qimmat bo’ladi degan mulohazalardan iborat bo’lmoqda. Lekin menimcha yangi mukammal protsessor gnezdosini qo’llash uchun bir necha qo’shimcha dollar to’lash yomon emas, bu balki yangi protsessorni noto’g’ri o’rnatib ishdan chiqarib qo’yish xavfi ancha kamayadi.

Endi faqatgina Socket T (LGА 775) protsessor raz`yomlaridan ancha uzoq vaqt foydalanish mo’ljallanayotganini aytib o’tish kerak, shu sababli zamonaviy Intel Pentium 4 (Presscott yadrosi) protsessorlari kabi yangi Tejas yadrosidagi protsessorlar ham (ularni ishlab chiqarish 2005 yilga mo’ljallangan) aynan yangi Socket T raz`yomiga o’rnatiladi. Bu raz`yomdan 2006 yilgacha foydalanish ko’zda tutilmoqda, shundan keyin Intel 65-nm texnologiyasi bilan tayyorlanadigan Nohalem, Meron va Conroe yadrolarida protsessorlari ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Аynan ana shunda hozirda Socket C sifatida ma`lum bo’lgan yangi protsessor raz`yomini taqdim etish kutilmoqda. U qanday bo’lishi menga ma`lum emas, shuning uchun xususan sistemali logikali mikrosxemalar yangi to’plamlari imkoniyatlarini tushuntirishga o’tamiz.
Lekin, kimda Intel protsessori Socket 478 konstruktivida bajarilgan bo’lsa xafa bo’lmasliklari mumkin, chunki Intel® 915 G/P va 925 X Ekspress sistemali logikali yangi mikrosxemalar to’plamlari eski protsessorli raz`yomda ham ishlatilishi mumkin. Shuning uchun yaqin kunlarda ikki protsessorli raz`yomlar uchun intel yangi chipsetlaridan foydalanilgan. Sistemali platalarning hech bo’lmaganda oltita turini uchratish mumkin bo’ladi.

TABLE 2

Intel yangi protsessor reytingini kiritadi

Shu yilning boshida Intel yangi Intel protsessorlari boshqacha markirovat qilishini e`lon qildi. Xususan yangi markirovkada bizga odatiy bo’lgan protsessorning takt chastotasi endi bo’lmaydi, haqiqatan ham АMDdan keyin Intel ham protsessorning takt chastotasi – bu protsessorning mahsuldorligida asosiy ko’rsatkich emasligiga e`tibor berdi. Yana protsessor arxitekturasi (protsessor yadrosi), foydalaniladigan firma texnologiyalari (misol uchun Intel HT), katta hajmli kesh-xotirasi L1/L2 va hatto L3 mavjudligi (misol uchun, intel Pentium 4 EE protsessorida L3 kesh-xotirasi 2 Mbayt hajmga ega) kabi tushunchalar ham bor. Umuman protsessorning mahsuldorligiga ta`sir ko’rsatuvchi omillar ko’p (va bu faqatgina takt chastotasi emas) va oddiy foydalanuvchilarga unga aynan qaysi protsessor kerakligini tushunib olish juda murakkabdir. Аyniqsa, turli protsessorli yadroda Pentium 4 markasi bilan protsessorlarni hisobga olsak, bugungi kunda hech bo’lmaganda uchta oilasi va to’rtta (agarda noutbuklar uchun mobil protsessorlarni hisobga olmasak) modifikatsiyalari mavjud.

Аynan ana shuning uchun Intel o’z protsessorlari markirovkasini o’zgartirishga qaror qildi, xususan Intel protsessorlari endi uchta seriyaga ega bo’ladi: 7xx, 5xx va 3xx. Bu go’yo BMV avtomobillarini ishlab chiqarishdagi markirovka kabi (ettinchi, beshinchi va uchinchi seriya). Shu bilan birga 7xx seriyasi foydalanuvchi-ishqivozlar uchun oliy kategoriyali protsessorlar sifatida sanaladi, 5xx – o’rta narxda bo’lishi mo’ljallangan protsessorlar modellari qatoriga kiradi, 3xx seriyali protsessorlar esa –arzon sistemalar uchun protsessorlar hisoblanadi. Keltirilgan jadvalda biz yangi markirovkali Intel protsessorlari ba`zi ko’rsatkichlarini ko’rsatib o’tamiz, undan ko’rinib turibdiki ko’pchilik uchinchi seriyadan foydalanishi ko’rinib turibdi (hech bo’lmaganda bizda, O’zbekistonda) ular 3xx markirovkali Celeron protsessorlari asosidagi kompyuterlarni xarid qiladilar.

TABLE 3

TABLE 4

Sovutish bilan ishlar “chatoq” ko’rinadi
Hamma analitiklar protsessorlar yangi modellarida tranzistorlar sonini aniq hisoblab chiqayotgan bir paytda, Mur qonunini yana bir bor tasdiqlab ekologlar xovotirga tushmoqdalar, chunki har bir elementlarning soni ikki marotaba oshishida chiqarilayotgan issiqlik soni uch marotaba ortishi sodir bo’ladi, bu issiqlikni esa qaergadir yo’qotish kerak. Umuman olganda issiqlik ajralishi bilan muammolar mavjud va ishlab chiqaruvchilar uni hal etish bilan shug’ullanmoqdalar. Yechimlardan biri issiqlikni sistemali blokdan tashqariga olib chiqish. Kulerlar va umuman sovutish sistemasini yaratish bo’yicha butun bir sanoat paydo bo’ldi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, faqatgina CPU emas, balki kompyuterning boshqa qurilmalari ham issiqlik chiqaradi: videoadapter, qattiq disk va hatto xotira ham.

Intel yangi platformasida kompyuter sistemalari ko’rgazmasida protsessordan chiqadigan issiqlikni korpusdan tashqariga yo’qotadigan ajoyib konstruktsiya namoyish etildi. Konstruktsiyani bir so’z “truba” so’zi bilan ifodalash mumkin. Haqiqatan ham oddiy va ishonchli konstruktsiya yig’iladigan stakanga yoki kuzatish trubasi kabi balandligi o’zgaradigan plastik truba ko’rinishadi ishlangan. Intel Pentium 4 (LGА 775) yangi protsessori kuleridagi radiator dumaloq va “truba” diametriga mos. Trubaning o’zi esa sistemali blokning metal devorchasiga mahkamlanadi, unda teshik bor va protsessordan chiqadigan issiqlikni korpusdan tashqariga samarali yo’qotadi. Oddiy, samarali, asosiysi –arzon va hech qanaqangi murakkab texnologiya ham yo’q.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq