Net Card internet — kartochkalaridan foydalanish yo’riqnomasi
07.07.2003
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

1. Kartochkadan foydalanish uchun Siz kartochka logini va passwordni bilishingiz zarur.

Kartochkaning logini orqa tomonida himoya qatlami bilan yashirilgan bo’lib, X ramzlar (lotin harflari va raqamlar)idan tarkib topadi.
Password kartochkalarida ham orqa tomonida himoya qatlami bilan yashirilgan bo’lib, X ramzlar (lotin harflari va raqamlar)idan tarkib topadi

2. Kartochkaning login va passwordini yashiruvchi himoya qatlamini ehtiyotlik bilan o’chiring (masalan, tanga yoki nozik qirrali ustara bilan).

3. Sizning kompyuteringizda yangi ulanish yaratish uchun yashab turgan shahringiz nomini tering va shunga muvofiq modem puli(qurilmasi) raqamlarini kiriting.

* Net Cardda ko’rsatilgan soat miqdoriga muvofiq hajmda xizmatlar ko’rsatiladi;

* Xizmatlar uchun har oy to’lov belgilanmaydi;

* Loginga ega bo’lgan mijoz (kirish idenfikatorining nomi) va unga password (poroli) va xizmatlardan foydalanishda o’zining ulanish passwordini almashtira olmaydi.

(DIQQАT: KOMPАNIYa PАROLNING OShKOR BO’LIB QOLIShIDА HECh QАNDАY JАVOBGАRLIKNI O’Z ZIMMАSIGА OLMАYDI).

Haqi to’langan vaqti tugagani holda (Mijozning Net Sard kartochkasi nol holatiga etganda) xizmatlardan foydalanish tugatiladi va ishni davom ettirish uchun mijoz yangi kartochka sotib olishi etarlidir.

Mijozlar uchun xizmatlarning afzalliklari

* Mijozlik oylik to’lovining yo’qligi hisobiga tejamliligi;
* Pul mablag’laridan foydalanishning qulayligi (to’langan vaqtni bir necha oyga «cho’zish» imkoniyati);
* Xizmatlarni xarid qilishning qulayligi, kartochka O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida haqiqiy hisoblanadi;
* O’z haqi to’langan vaqti holatini mustaqil nazorat qilish imkoniyati;
* Net Sard xizmatidan foydalanish tugatilganidan keyin uch oy mobaynida mijozlar ma`lumotlarini saqlab turishga kafolat beradi.

Imkoniyatlari

Internetga 56Kgacha tezlikda tez va sifatli ulanish
Sizda jahon axborot zahiralariga kirish imkoniyati vujudga keladi: So’nggi yangiliklar, tijorat — axborotlari, obi-havo ma`lumotlari, yangi kompyuter dasturlari va o’yinlar, mehmonxonalarga buyurtma, aviachiptalari va boshqa ko’plab ma`lumotlar olish mumkin. Bularning hammasiga uyingizdan yoki ofisdan chiqmay turib, erishish mumkin.

Foydalanishning oddiyligi va qulayligi.
Bizga yangi mijoz bo’lishingiz uchun Sizning ofisimizga kelishingiz shart emas. Sizda faqat kompyuter, modem, telefon tarmog’i va Net Sard Internet — kartochkasi bo’lsa bas.

Shartnoma, hisob-kitoblar va mijozlik haqining yo’qligi
Internetga ulanish xizmatlaridan foydalanish uchun Siz shartnoma tuzishingiz shart emas, mijozlik to’lovlari yoki boshqa hisoblarni to’lashingiz kerak bo’lmaydi.

Savollaringiz bilan Net Sardda ko’rsatilgan telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq