E-Collector
12.05.2003
Rukn: Internet.
Muallif: .

“E — Collector” — Internet tarmog’idan ma`lumotlarni avtomatik tarzda to’plash sistemasi (tizimi)

Biz ilgari Toshkentda bo’lib o’tgan «O’zbekistonda (АKT) rivojlanishi holati va istiqbollari» Xalqaro seminar haqida sizga xabar bergan edik. Bu seminarda ko’pchilik qatori O’zbekistonda ishlab chiqarilgan “E — Collector” sistemasi ham taqdim etildi, uning muallifi Odil Niqadambaevdir. Bu muallifdan sistema haqida to’laroq ma`lumot berishni iltimos qildik.

“E — Collector” sistemasi o’zi nima?

Vazifani qisqacha ta`riflasak, quyidagicha ifoda etiladi: Internet tarmog’idan ma`lumotlarni avtomatik ravishda to’plash sistemasi. Bu sistemani yaratish fikri 2000 yildayoq, men yaratgan turistik [url=http://www.voyage.uz]www.voyage.uz[/url] saytini axborot bilan ta`minlash zarurati yuzaga kelganda paydo bo’lgan edi. Hammaga ma`lumki, yaxshi sayt yaratishning o’zi etarli emas, u «yashashi» kerak, ya`ni doimiy ravishda yangilanib turishi va yangi ma`lumotlar bilan to’latib, borilishi kerak. Odatda kerakli ma`lumotlarni izlash va joylashtirish bilan inson shug’ullanadi, menda esa bunday imkoniyat yo’q edi, shuning uchun men programmist sifatida bu jarayonni avtomatlashtirish haqida o’ylay boshladim. Natijada yangi dastur yaratildi, unga asosan har kuni avtomatik ravishda ko’rsatilgan saytni skanerdan o’tkazilib, yangi ma`lumotlar mavjudligini aniqlaydi va bu ma`lumotlarni ma`lumotlar bazasiga yozib qo’yadi, bu erdan u keyinchalik saytda e`lon qilinadi. Shu bilan birga materiallar muallifliklik dalillari saqlanib qoladi. 2001 yili men sistemani rivojlantirish va kengaytirish haqida — aniqrog’ini aytsak, o’sha davrga kelib ishlab chiqilgan texnologiyani yanada kattaroq masshtabda tatbiq etishni o’yladim. Men programmist — dastur tuzuvchilarni o’z safdoshlarimni to’pladim, ular bilan birgalikda loyiha ustida ishlarni boshladik.
Maqsadimiz – ko’rsatilgan hamma Veb – saytlarni yangi ma`lumotlar mavjudligi bo’yicha avtomatik ravishda skanerdan o’tkazadigan hamma ma`lumotlarni faqatgina «foydali» ma`lumotlarni ajratib oladi va uni yagona ma`lumotlar bazasiga kiritadigan sistemani yaratishdir. Natijada bu sistema yaratildi va davlat tashkilotlaridan birida 2002 yil may oyida foydalanishga topshirildi. Bu tashkilotda o’zining faoliyati turiga qarab, Internetdan har doim va yangi kundalik ma`lumotlarga talab katta.

Bu sistemani tatbiq etish tashkilotning ishi samaradorligiga qanday ta`sir ko’rsatdi?

Umuman olganda sistemagni tatbiq etish, Internetdan ma`lumotlar to’plash bilan mashg’ul xodimlar ishini ancha engillatdi. Hozirgi kunda bu dasturni tatbiq etilganiga 6 oy bo’ldi, xodimlar aytish mumkinki «kollektorga» o’rganib qoldilar va zarur ma`lumotlarni izlab topishdp undan ancha samarali foydalanmoqdalar. “E — Collector” kompleksini tatbiq etish iqtisodiy tomondan Internetga sarflanadigan 19,2 mln. sum mablag’ni tejab qolishga olib keldi. Internet – grafikdan foydalanish Internetdan foydalanish rejimini optimallashtirish va sistema tatbiq etilgan paytdan kiritilgan hamma ma`lumotlar saqlanadigan yagona ma`lumotlar bazasidan foydalanish hisobiga ancha qisqardi. Hamma yangi ma`lumotlar har kuni yagona ma`lumotlar bazasiga kiritilib boriladi. Shu bilan birga tashkilotning lokal tarmog’iga ulangan har bir kompyuter bu bazaga cheklanmagan bepul kirish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda sistemaning ma`lumotlar bazasi 250 ming maqolalardan oshib ketdi, shu bilan birga kundalik o’sish 1500 dan ko’proq maqolalar tashkil etadi. Sistema 80 ta yangiliklar va ingliz tilarida ma`lumotlarni skanerdan o’tkazadi va to’playdi. Hozirgi kunda bu sistemadan 250 dan ortiq tashkilotlar foydalaniladilar.

Foydalanuvchi sizning ma`lumotlar bazangizdan zarur ma`lumotlarni qanday qilib ola oladi?

“E — Collector” sistemasi do’stona Veb – interfeysi bilan ta`minlangan, bu esa har bir kompyuterning lokal yoki global (Internet) tarmoqqa kirishga imkon beradi.

“E — Collector” bilan ishlash uchun yagona zarur dastur Internetni tashkil etuvchi (brouzer) hisoblanadi.

Veb – interfeys to’la tekstli izlash sistemasidan iborat bo’lib, uning yordamida belgilangan so’z (so’zlar) yoki so’z ifodalari uchraydigan maqolalarni ma`lumotlar bazasidan izlash mumkin. Izlash natijasida foydalanuvchi talabini qondirish uchun maqolalar ro’yxatmini ko’rsatishdan iborat bo’ladi. Bu maqolalardan har birini to’la matnini osongina ko’rib chiqish mumkin. Yana darhol engil rejimda o’zining yangiliklar lentasini yaratib keyinchalik foydalanish uchun uni saqlab qoldirish mumkin.
Bu sistema foydalanuvchiga personallashtirilgan yangiliklar to’plamini avtomatik ravishdla tarqatish uchun yozilishga imkon beradi. Bu shuni bildiradiki foydalanuvchi bir marotaba izlash uchun zarur so’zni kiritib uning talabi bo’yicha har kuni elektron pochta orqali sutka davomidagi ma`lumotlar bazasidan hamma ma`lumotlarni olib turadi.

“E — Collector” sistemasining Internet izlash saytlaridan farqi nimada?
Ilgari ham aytib o’tilganidek, sistema saytlarni yangi ma`lumotlar borligi bo’yicha skanerdan o’tkazadi, keyin esa hamma ma`lumotlarni to’laligicha ma`lumotlar bazasiga kiritadi va yozib oladi. Shundan keyin foydalanuvchi ma`lumotlarni izlashda topilgan maqolalarni avtonom ravishda darhol, ya`ni Internetga kirmay turib, lokal tarmoqning o’zidan ko’rib chiqishi mumkin,
Internetning izlovchi mashinalari esa albatta, ancha ko’proq saytlarni “ko’rib chiqadilar”, lekin shu bilan izlash natijasida foydalanuvchi faqatgina hujjatni nomini gina ko’radi va u hujjatni o’chirilgan saytdan yozib olishi kerak bo’ladi. Shu bilan birga katta hajmdagi qo’shimcha ma`lumotlar ham yozib olinadi, bular saytning dizayni, reklama va boshqa ma`lumotlar bo’lishi mumkin, bular kirish grafikasi hajmini kiritib olish vaqtiga katta ta`sir ko’rsatadi.

Sistema hamma uchun qulaymi va undan qanday qilib foydalanish mumkin?

Аytib o’tganimizdek, sistema texnik jihatdan Internet orqali [url=http://ecollector.uzstrateg.info,]http://ecollector.uzstrateg.info,[/url] adresi bo’yicha kirish mumkin, ammo undan foydalanish uchun ro’yxatga kiritilishi lozim, ya`ni foydalanuvchi bizning tizimimizda ro’yxatdan o’tishi kerak. Ro’yxatga kiritilish uchun biz bilan 45 17 51 telefon orqali yoki [email]odic@tkt.uz[/email] elektron pochtasi bo’yicha bog’lanishlari kerak. Hozirgi paytda ro’yxatdan o’tish va sistemadan foydalanish bepul amalga oshirilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq