«Virtual olam» da Konstitutsiya kerakmi?
30.04.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .
pic
— Siz qoidalarni buzdingiz — Yahooni buzib o’tdingiz. «Huquqbuzar» !

— Qanday tartibni buzdim? Men Internetdaman-ku?
— Nima bo’libdi? Аxir Internet tarmog’ida qonun — qoidalar bo’lmaydi, deb kim aytdi?

Haqiqatdan ham Internet insonlar ongida go’yo real olamdagi hech qanday qonun — qoidalar amalga oshmaydigan parallel olam sifatida mustahkam o’rin olmoqda. Real olamda nimaiki sodir bo’lsa, (ba`zan sodir bo’lmagan, biroq bo’lishi mumkin bo’lgan) ularning barchasi Internetda ham mavjud. SHubhasiz, Internet – bu cheksiz bilimlar bulog’idir. Unda nimalar yo’q, deysiz! Undan Oksfordga o’qishga kirish bo’yicha axborot olish mumkin. Shuningdek, Internet uydan ko’chaga chiqmagan holda taniqli professorlar tomonidan tahsil olish imkoniyatini beradi. Istasangiz, Kembrijning elektron kutubxonasiga kirib, kerakli kitobni «oling» va bemalol o’qiyvering. Internet buni amalga oshirishning imkonini beradi.

Do’stlaringiz bo’lmasa, — Internetga kiring, uylanish yoki turmushga chiqmoqchi bo’lsangiz, — Internetda o’zingizga orzuingizdagidek juftingizni topishingiz mumkin. Xatto do’konlarga borishga vaqtingiz bo’lmasa, tarmoq (shoppingi) dan turib harid qiling, uni uyingizga etkazib berib, buning ustiga siz onlayn-shipting xizmatlaridan foydalanganingiz uchun minnatdorchilik izhor qiladilar. Shuningdek, Internetda doimo matbuotning eng yangi ma`lumotlari, bir oy ilgari Аntarktidada obi — havo, Okeniyadagi biron oroldagi qaysi bir qabilaning hayotini o’rganish….. va boshqa cheklanmagan ma`lumotlarni olishingiz mumkin. Biroq menimcha, bu global tarmoqdagi vujudga keladigan muammolarni oqlamaydi. Biz beozorgina fayl ostiga yashiringan virus haqida gapirmaymiz. Garchi u mavjud axborotgagina emas, balki kompyuter xizmatidan foydalanuvchi (masalan, tibbiyotda) inson hayotiga ham to’g’ri ma`noda, xavf solishi mumkin. Balki tarmoqda mavjud bo’lgan qizil fonarlar (fonuslar) «magistrali» gapirish kerakdir, chunki sichqonchaning bir harakati bilan har bir foydalanuvchi «o’tib qolishi» mumkin. Bugungi kunda “Sex” so’zi muvaffaqiyat bilan “tr3” va “Software” so’zlari bilan raqobatlashmoqda va eng ommaviy qidiruv mashinalari bo’yicha talablar reytingida birinchi o’rinni egallab turibdi. Katta hajmdagi axborotlarni matn holida, tasviriy va audio — videofayllar sifatida saytlardan nusxa olinadi va boshqa saytga qo’yiladi, bu esa mualliflik huquqini qo’pol tarzda buzmoqda. Biroq, — shunday qilish mumkinmi? – deb, hech kim so’ramaydi, agar mumkin bo’lsa, qanday shartlarga amal qilish lozimligi hech kimni qiziqtirmaydi. Internet mualliflik huquqi sohasida jiddiy muammolarni vujudga keltiruvchi (Gutenbert kitob chop etuvchi stanokdan keyin) ikkinchi o’rinda turuvchi ixtiro olmon mutaxassislari fikriga ko’ra, terroristlar o’z faoliyatida samarali qo’llamoqdalar, Internet jamiyat uchun qanchalik xavfli va qudratli qurol bo’lishi mumkinligini tasavvur etish qiyin emas. Аynan ana shu sababli xalqaro hamjamiyatlar o’rtasida Internet tarmoqlari maqomini belgilash ustida qizg’in baxslar olib borilmoqda. Internet bo’yicha taniqli rossiyalik mutaxassis Viktor Naumov bu borada «Global axborotlar muhitida faoliyatlarni boshqaruvchi me`yorlarni yo’qliga sababli, tarmoq hamjamiyati ongida o’ziga xos ikki tomonlamalik standarti yuzaga kelmoqda va mustahkamlanib bormoqda: qonunlarga amal qilish kerak, lekin Internet tarmog’ida emas. Internet tarmog’ida eng ko’p buziladigan huquqlardan biri bu intellektual xususiylik ob`ektiga, xususan jismoniy va yuridik shaxslar mualliflik huquqlarining buzilishi hisoblanadi», — deb ta`kidlaydi. Internet va zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga deyarli ular hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarga teng muammolar yuzaga kelmoqda. Bu muammolar mualliflik huquqi doirasida juda ham yaqqol ko’zga tashlanadi: ma`lumotlar osongina ko’chirib olinadigan bo’ldi, bunga umuman harajatlar sarflanmaydi va ularni global kenglikda tarqatish undan ham oson. Bundan tashqari ma`lumotlarni ko’chirib olish va tarqatilishini nazorat qilishni ta`minlash umuman mumkin bo’lmay qolmoqda. Ko’plab mualliflik huquqlari Internet «yordamida» nazoratsiz va noqonuniy ravishda global tarmoqda tarqatilmoqda.

pic

Internet tarmog’i o’ziga xosligidan kelib chiqib undagi intellektual xususiylik ob`ektlarini qo’riqlash imkoniyati katta qiyinchiliklarga duch kelgan deb aytish mumkin. Butun dunyoda intellektual xususiy ob`ektlarni himoya qilish doirasida huquqiy bazasi oddiy tushunishda juda ham mukammal ishlab chiqilgan bo’lsa ham, bu mavjud huquqiy qoidalarni Internet tarmogida intellektual xususiylikni himoya qilish masalasida qo’llash ancha murakkabdir. Shunday qilib ikki qarama — qarshi tomonlar – tarmoqlar jamiyati vakillari bir tomondan va ikkinchi tomondan yuristlar tomonidan (aytilayotgan) himoya qilinayotgan ikki xil fikr mavjud. V.Naumovning fikricha, «Internet tarmog’ini boshqarish bo’yicha dunyoda ikki qarama — qarshilikni ko’rsatish mumkin: haqiqiy dunyoning huquq va qonunlarining tarmoqnikidan ustunligini tasdiqlovchi va ijtimoiy axborotli munosabatlar uchun kundalik qonunchilikni kengaytirib talqin etishni talab etuvchi belgilangan qoidalar bo’yicha yondoshish va tabiiy tarmoq yondoshishi, u mashhur “Governments go out” — o’zini tashkil etish — degan qarashdir. Har doimgidek, haqiqat qandaydir o’rtada yotadi» — degan shiorni ilgari suradi. Ko’pchilik rossiyalik va chet ellik olimlar axborot texnologiyalar ijtimoiy munosabatlar o’zgarishiga olib keladi degan fikrni aytmoqdalar. Masalan, V.А.Dozortsevning fikricha: «Xususiylik huquqi, aniq an`anaviy huquqlar ham birgalikda (mualliflik huquqi, patent huquqi va shu kabilar) axborot bo’yicha munosabatlarni boshqarish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qila olmaydi». Аksincha, Аleksandr Ivlev mualliflik huquqini himoya qilish an`anaviy mexanizmlaridan «tarmoq munosabatlarida» foydalanishni taklif etadi. Tarmoq maqolalari bilan mashhur huquqshunos D.Savelev tarmoq orqali materiallarni nazoratsiz ko’chirib olish texnik oddiy ishligini hisobga olib mualliflik huquqi ba`zi bir qoidalarni Internetga nisbatan qo’llashni qonuniylashtirishni taklif etadi. Iqtisodchi N.Chuvaxin «mualliflik huquqini himoya qilish» tushunchasi Internet nuqtai nazaridan, behuda deb, hisoblaydi. 2001 yili 19-21sentyabrlarda Jeneva shahrida o’tkazilgan VOIS, elektron kommertsiya va intellektual xususiylik bo’yicha ikkinchi xalqaro konferentsiya «Huquq — Internet» sohasidagi xalqaro miqyosdagi muammolarni hal etishga navbatdagi urinish bo’ldi. Konferentsiyada telekommunikatsion texnologiyalar va kompyuter tarmoqlari keng rivojlanishi sababli yuzaga kelgan intellektual xususiylikni himoya qilish muammosi jiddiyligi alohida ta`kidlab o’tildi. Konferentsiyada ma`lumotlarni nazorat qilish bilan bu axborotga foydalanuvchilarning keng imkoniyatlarini ta`minlash o’rtasidagi chegarani aniqlash asosiy muammo hisoblanishi alohida ta`kidlandi. Bu holatga bir xilda qarash hozircha vujudga kelmagan. Ba`zilar hech qanday qiyinchilikka qaramasdan ma`lumotlar muallifi foydasiga masalani hal etish yo’llarini izlamoqdalar, boshqalar esa aksincha, Internetda ma`lumotlar umuman bepul bo’lishi kerak degan fikrda turibdilar. Internet maqomini haqiqiy dunyoda belgilash muammosi quyidagi masalalardan iborat:

— Internet tarmog’i yurisdiktsiyasi;

— Axborot maydonida davlatlar suvereniteti;

— isbotlashni ta`minlovchi institut masalasi;

— Internet tarmog’ida ma`lumotlarni taqdim etuvchi, tarqatuvchi va foydalanuvchi shaxslarning sub`ektligi huquqi masalasi;

— Internet tarmog’ida ishlash vaqti va joyini aniqlash muammosi, axborot vositalar va axborot provayderlarning ularning mijozlari harakatlari uchun javobgarlik masalalari;

— Tarmoqda huquqbuzarlikni aniqlash masalalari.

Tarmoq hamjamiyatining ko’pchilik vakillari baribir Internet tarmog’ida mualliflik huquqi muammosiga konstruktiv yondoshish yo’lini topishga harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda Internetning iqtisodiy munosabatlar va huquqqa ta`siri bo’yicha bir necha nuqtai nazarlar mavjud, bular Internet tarmog’ini boshqarish bo’yicha harakatlar yo’nalishini belgilaydi.
Quyidagi keltirib o’tiladigan qarashlar Internetning «sub’ektivlik huquqi» masalasini hal etishda eng amaliy, df samaradolilari deb o’ylaymiz:

1. Global huquqiy tarmoqlardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlar ma`lum xususiyatlarga ega bo’ladi va demakki, alohida boshqaruvga ega bo’lishi kerak.

2. Yangi axborot texnologiyalar ijtimoiy munosabatlar tubdan o’zgarishiga olib keladi, shu jumladan, ijodiy mehnat natijalarida ham. Shunga mos ravishda pozitiv huquq mazmuni va uning roli bazisi o’zgarishi ta`siri ostida o’zgaradi.
Birinchi qarash hozirgi kundagi ahvolni aniq aks ettiradi. Аmmo kommunikatsion texnologiyalar rivojlanishi kelajagiga alohida e`tibor berish kerak. Bu kontseptsiya «katta sakkizlik» davlatlari rahbarlari tomonidan 2000 yil 22 iyulida qabul qilingan – «Global axborot jamiyati Okinava xartiyasi» rasmiy xalqaro hujjati bilan mustahkamlanib qo’yildi, u xususan quyidagilardan iborat:

«7. Xususiy sektor axborot jamiyatda axborot va kommunikatsion tarmoqlarni ishlab chiqishda juda muhim rol o’ynaydi».
Аmmo axborot jamiyat uchun zarur bo’lgan boshqariladigan, uzatila oladjigan, tarqata oladigan (transparentnost) va kamsitilmaslik siyosati hamda normativ (me’yoriy) bazasini yaratish vazifasi hukumatlar zimmasidadir. Biz ATlarga aloqasi bor qoida va tartiblar davlatlar va xususiy sektor o’rtasida samarali hamkorlik hamda transparentligi va texnologik betarafligi printsipini hisobga olib, iqtisodiy bitimlarda tubdan o’zgarishlarga mos kelishi haqida o’ylashimiz kerak. Bunday qoidalar ishbilarmonlik va iste`molchilik ishonchini mustahkamlashga yordam berishi va boshqariladigan bo’lishi kerak. Axborot jamiyatning maksimal ijtimoiy va iqtisodiy foydasini ta`minlash maqsadida biz quyidagi asosiy printsiplar va yondoshishlarga rozimiz hamda ularni boshqarishga ham tavsiya etamiz:

• Axborot texnologiyalarga intellektual xususiychilik huquqini himoya qilish. AT bilan bog’liq yangiliklarni ilgari surish, raqobatni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni keng tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi: biz hukumat organlari vakillarinig intellektual xususiylikni himoya qilish bo’yicha hamkorlikda ishlashlarini ma`qullaymiz va bizning ekspertlarga bu sohadagi ishlarning keyingi yo’nalishlarini muhokoma qilishni topshiramiz.

• Hukumatlarning faqatgina litsenziyaga ega dasturli ta`minlashlardan foydalanish majburiyatlarini yana bir bor tasdiqlashlari ham muhimdir.

• «Iste’molchining shaxsiy hayotini hamda shaxsiy ma`lumotlari bilan ishlashi davomida shaxsiy hayotini himoya qilish, shu bilan birga axborotlar erkin tarqalishini himoya qilish samarali va ahamiyatli mexanizmini rivojlantirish…»
Kundan kunga Internetning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ahamiyati o’sib bormoqda. Dunyoning yigirmadan ortiq davlatlarida Internet tarmog’idan foydalanish sababli yuzaga keluvchi jamoat axborot munosabatlarini boshqaruvchi qonunchilik hujjatlarini qabul qilganlar.
V.Nadmovning maqolasida aytib o’tilgan quyidagi masalalar Internet tarmog’ida mualliflik huquqini boshqarish masalasini hal etishda asosiylari hisoblanadi:

• Internetning globalligi axborotlar moddiy emas, kategoriyaliligi sababli yuzaga kelgan tarmoqning umumnazariy muammoligi.

• Internet texnologiyasidan foydalanish bilan maxsus yuridik masalalar to’plami.

• Mavjud qonunchilikni yangi ijtimoiy axborot jarayonlarga qo’llash chegaralari printsipial muammosi.

Qonunlarni qo’llash chegaralari muammosini hal etish tarmoq qonunlarini yaratish doirasida davlat yurisdiktsiyasi xali aniq belgilanmaganligi va tarmoq bo’yicha xalqaro bitimlar yo’qligi sababli juda murakkab muammo hisoblanadi. Biroq, baribir umumiy qonunchilik qoidalari va huquqlari Internetda ham «o’yin qoidalari» belgilashi kerak. Shu bilan birga ijtimoiy axborot munosabatlar ularning ichki xususiyatlarini hisobga olib qaralishi kerak. Shuni aytish kerakki, shunday murakkab vaziyatda ham jamiyat axborotlarni «nazorat qilish» bilan undan foydalanish o’rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy balansni topishi kerak. Bunday balansga bizga ma`lum quyidagi usullar bilan erishish mumkin:

1. Internetdagi mualliflik huquqi ob`ektlari reklama sahifalari sifatida foydalaniladi. Ushbu usulning samaraliligini isbot etish uchun tele – radio eshittirishlarni esga olishning o’zi etadi, ma`lumki, ularda juda ham ko’plab reklama mavjud.

2. Mualliflik shartnomasi yoki litsenziya mualliflar mehnatini munosib ravishda an`anaviy usuli hisoblanadi.

3. Keyinchalik ma`lumotlar qolgan qismini pullik etkazib berish yoki xizmat ko’rsatish uchun ma`lumotlar bir qismini bepul taqdim etish. Bunga misol qilib hammaga ma`lum antivirus dasturini ko’rsatish mumkin, uni yangilash uchun foydalanuvchi pul to’lashi kerak bo’ladi.

4. Ma`lumotlardan ruxsatsiz noqonuniy ravishda nusxalar yozib olishdan bir qator texnik va dasturli himoya vositalari mavjud (elektron belgi, maxsus belgilar). Texnika o’zi o’ziga muammolar yaratadi va o’zi hal etadi.

5. Nobop, yomon ma`lumotlarni tarqatilishiga, Internet tarmog’ida mualliflik huquqini buzishga provayderlar yo’l qo’ymasliklari, oldini olishlari mumkin. Balki Internet tarmog’ida nazorat vazifasini ularga topshirish to’g’ri bo’lar.

Tarmoq munosabatlarini boshqarishda munosabatlar sub`ekti huquqiy madaniyati – Internetdan foydalanuvchilar huquqiy madaniyati muhim rol o’ynaydi. Аgarda odamlarning qonunlardan ko’ra ko’proq axloqiy qoidalarga «quloq solishlari va bo’ysunishlari» va jamoatning ularga yomon munosabatda bo’lishidan qo’rqishlarini hisobga olsak, unda Internetdan foydalanuvchilarning o’ziga xos hulqi, axloqiy kodeksini yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Qiyinchiliksiz huquqbuzarlikni sodir etish hamda tashqi (ko’rinishdan) jazosiz qolish va ko’pincha, o’zining harakatlarini qonuniy yoki noqonuniyligini bilmaslik o’rtacha foydalanuvchining mualliflik huquqi ob`ektini va umuman axborotlardan qonuniy foydalanishning chegarasini qanchalik ko’p buzishini ko’pincha o’ylab ham o’tirmasliligiga sabab bo’ladi. Аynan ana shuning uchun huquqning bu sohasida bizningcha, huquqning hech bir boshqa sohasida bo’lmaganidek, jamiyatning huquqiy madaniyati va huquqni bilish darajasi juda muhim. Ba`zida Internetda dunyoda eng katta muammoni ko’rib, shunday degim keladi:
«Internet bo’lmaganida va telekommunikatsion texnologiyalar rivojlanmaganida edi, hammasi yaxshi bo’lar edi!»

pic

1. Наумов В. Проблемы реализации авторских прав в сети Интернет,
[url=http://www.russianlaw.net/]http://www.russianlaw.net/[/url]
2. Наумов В. Российский Интернет: первые судебные прецеденты//Арбит-
ражные споры N1(9), 2000, с.130-133. Цитируется по:
[url=http://www.russianlaw.net/law/doc/a19.htm]http://www.russianlaw.net/law/doc/a19.htm[/url]
3. Цитируется по: Кобелев Ю. Авторское право и Интернет.
[url=http://www.russianlaw.net/law/doc/a142.htm]http://www.russianlaw.net/law/doc/a142.htm[/url]
(Дозорцев В. А. Вопросы информации в Гражданском кодексе Российской
Федерации // Научно-техническая информация. Сер. 1. 1998. N 3).
4. Ивлев А.Н. Охрана авторских прав в Интернете: Проблема, которая
выдумана. [url=http://www.russianlaw.net/law/doc]http://www.russianlaw.net/law/doc[/url]
5.Кобелев Ю. Авторское право и Интернет.
[url=http://www.russianlaw.net/law/doc/a142.htm]http://www.russianlaw.net/law/doc/a142.htm[/url]
6. Окинавская хартия глобального информационного общества.
Принята 22 июля 2000 года лидерами стран G8, Окинава.
7. Наумов В. Российский Интернет: Первые судебные прецеденты//Арбитражные споры N1(9), 2000, с.130-133 Цитируется по:
[url=http://www.russianlaw.net/law/doc/a19.htm]http://www.russianlaw.net/law/doc/a19.htm[/url]

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq