Shuhrat uchun emas, balki Er yuzida aloqalar uchun
30.04.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Viktor Dmitrievich Pilipyuk.
pic

“Alcatel Sel AG” kompaniyasining O’zbekistondagi faoliyati

Bugungi kunda elektr aloqalari xizmatlaridan foydalanmaydigan insonni uchratish qiyin bo’lsa kerak. Аgarda maishiy texnikalar, shahsiy kompyuterlar va boshqa jihozlar ishlab chiqaruvchilar borasida hamma narsalarni bilsalarda, zamonaviy telekommunikatsion texnikalarni ishlab chiqaruvchilar haqida juda kam sonli odamlar xabardordirlar. Mobil telefon egasi oddiy tarmoqqa qo’ng’iroq qilganida yoki ma`lumotlar etkazish tarmog’i xizmatlaridan foydalanganida u xatto bu uskunalarni kim ishlab chiqarishi haqida o’ylab ham o’tirmaydi.

Ko’p yillar davomida “Alcatel” kompaniyasi telekommunikatsiyalar dunyosida Siemens, Ericson, Nec, Nortel kabi nomlari jarangdor kompaniyalar bilan bir qatorda ilg’or o’rinlarni egallab kelmoqda. Baribir agarda O’zbekistonda 1996 yildan beri mashhur bo’lgan “Alcatel” uyali telefonlari bo’lmaganida oddiy odam balki O’zbekistonda mamlakatimiz telekommunikatsion sohasini deyarli o’n yildan beri modernizatsiyalashtirish va qayta qurish ishlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan Alcatel Sel AG (Germaniya bo’limini) va jahonga mashhur shunday kompaniya borligini bilmagan ham bo’lar edi.

“Alcatel Sel AG”ning bevosita ishtirokida aloqani raqamlashtirish

1993 yil 23 aprelda O’zbekiston Respublikasi hukumati va Germaniya bilan O’zbekistonning telekommunikatsion tarmoqlarini modernizatsiyalashtirish va kengaytirishda “Alcatel Sel AG” kompaniyasining ishtiroki haqida memorandum imzolandi, 1993 yil 8 iyunda esa Respublikamizning bir qator regionlarida telekommunikatsion tarmoqlarni rekonstruktsiya qilishga mo’ljallangan shartnoma tuzildi. Bu shartnomaga qo’shimcha 1994 yil 9 dekabrda 80000 abonentga xizmat ko’rsatish imkoniga ega raqamli kommunikatsion stantsiyalari hamda kommunikatsion stantsiyalar orasida 11 radiotarmoqli yo’nalishlar qurish zarurligi belgilandi, shartnomaning hajmi 80 mln. olmon markasini tashkil etdi.

pic

1995 yilning aprel oyidayoq Toshkentda «O’zbektelekom» АK va Alcatel Sel AG kompaniyasi bilan birgalikda «Alcatel 1000 SK» tizimli 5 ming liniya hajmli birinchi raqamli 136-АTS qurildi, 1996 yilning 30 mayida esa АTS-132/133/136 tarmoqli telefon stantsiyasining rasmiy topshirilish marosimi bo’lib o’tdi, uning xizmatidan 22000 mijozlar foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Stantsiya O’zbekiston Respublikasiga Germaniya tashqi ishlar vaziri doktor Klaus Kinkel tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Doktor Kinkel yuqori sifatli tarmoq bilan o’zining Bonnlik hamkasbi – iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish bo’yicha vazir Eduard Shpranger bilan telefon orqali suhbatlashdi. Shundan so’ng bosqichma — bosqich boshqa raqamli АTSlar ham ishga tushirildi: 144, 139, 125, 152, 173. Shunday qilib ko’pchilik Toshkentliklar raqamli АTSlar alokqsi sifatini o’zlari his etdilar. Lekin Alcatel Sel AG kompaniyasining faoliyati faqatgina poytaxt bilan chegaralanib qolmadi.
1996-1997 yillari Namangan shahri va Аmir Temur vatani — Shahrisabz shahrida yangi raqamli АTS va АMTSlar qurildi. 2002 yilda SP «O’zbektelekom Interneshnl АO» (UzI) mutaxassislari bilan birgalikda Qarshi shahri va Qashqadaryo viloyati tumani markazlarida umumiy sig’imi 23000 nomerli raqamli АTS ishga tushirildi.
Qashqadaryoda bo’lganlar u erdagi aloqa xatto Toshkentdagidan ham yaxshiroq bo’lganini aytmoqdalar. O’zbekistonda sakkiz yillik faoliyati davomida Alcatel Sel AG kompaniyasi tomonidan umumiy foydalanish porti 170 mingta yangi raqamli АTSlar va yana 15 ming nomerli 150 ta tashkilot tarmoq stantsiyalari ko’rib ishga tushirildi. Shubhasiz shuni aniq aytish mumkinki, bizning mamlakatimizda har bir 10 — abonent Alcatelning sifatli raqamli aloqa xizmatidan foydalanmoqda.
Biroq qayd etilgan telefon tarmoqlarini qurish va takomillashtirish Alcatel Sel AG kompaniyasining O’zbekistonda yagona yo’nalishi hisoblanmaydi. Ko’p yillar davomida telekommunikatsiya sohasida biz boshqa loyihalarni ham amalga oshirilayotganini ko’rib turibmiz.

Chirchiq shahrida aloqalar qo’shma korxonasi

Chirchiq shahri O’zbekistonning ulkan sanoat markazi hisoblanadi. Аynan ana shuning uchun Chirchiq shahri telekommunikatsion tarmoqlarini bosqichma — bosqich modernizatsiyalashtirish uchun,1996 yilda «Uzbektelekom» АK (70 %) ishtiroki bilan va Alcatel Sel AG kompaniyasi bilan (30%) O’zbek — Germaniya qo’shma korxonasi «Chirkom» tashkil etildi.
1997 yilning noyabrida olmon mutaxassislari tomonidan 20 ming nomerli OKS №7, ISDN va shaharning turli tumanlarida chikarilgan turtta kontsentratorlari bilan Alcatel 1000 S – 12 tizimli raqamli kommunikatsion stantsiyasi o’rnatildi va ishga tushirildi.
O’zbektelekom АK mutaxassislari bilan birgalikda shaharning telekommunikatsion tarmoqlari to’la rekonstruktsiya qilinib SDH optik uzatish stantsiyalararo aloqa xalqasi yaratildi.
Alcatel Sel AG kompaniyasi tomonidan O’zbekistonga etkazib berilgan va respublika telekommunikatsion tarmoqlarida ishlab turgan kommunikatsion tarmoqlarida ishlab turgan kommutatsion texnikalar va boshqa uskunalarning sifatini oshirish va servis xizmati ko’rsatish maqsadida 2000 yili «Chirkom» QK tarkibida servis markazi tashkil etildi, bu markaz aloqa operatorlariga milliy valyuta – so’mda servis xizmatlari ko’rsatadi.

Uchish xavfsizligini ta`minlashda Alcatelning xizmatlari

Alcatel kompaniyasi ishlab chiqargan navigatsion texnikalar dunyoda yuqori obro’ga egadir. Аynan ana shuning uchun Alcatel Air Navigation Systems firmasi 1995 yilda Toshkent xalqaro aeroportini navigatsion — texnik rekonstruktsiya qilishga buyurtma oldi. Toshkent xalqaro aeroportiga umumiy qimmati 5,2 mln DM bo’lgan asboblar yordamida qo’nish tizimi, uzoqlikni o’lchash tizimi hamda meteorologik o’lchov tizimlari etkazib berilib, o’rnatildi va ishga topshirildi.
Yangi meteorologik uskunalar yordamida ob — havo ma`lumotlarini olish Toshkent aeroportida uchishlarni rejalashtirishga imkon beradi, bu erdan Toshkentga uchishni rejalashtiruvchi boshqa xalqaro aeroportlarga ham ob — havo ma`lumotlari etkazilib turadi.

Mobil aloqa

Alcatel kompaniyasi mobil aloqasi tarmog’ini kompleks qurish sohasida tan olingan etakchi kompaniya hisoblanadi. 1996 yilning mart oyidayoq Alcatel Sel AG firmasi O’zbekistonda ish boshlab Samarqandda birinchi GSM – uyali aloqa loyihasini tatbiq etdi.
Coscom QK buyurtmasi bo’yicha mobil kommuntatsion markazi, nazorat bazali stantsiyasi, bir nesa bazis stantsiyalari, uzatish tizimlari va foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha markazlari ishga tushirildi.
Shu bilan bir vaqtda Toshkentda ham GSM tarmog’ini yaratish bo’yicha ishlar olib borildi. Keyinchalik bizning kompaniyamiz uskunalaridan GSM standarti uyali aloqa boshqa operatori – IP “Buztel” ham foydalandi. O’zbekistonda oltitadan – haqiqatda ishlovchi mobil aloqalar operatorlaridan ikkitasi Alcate1 uskunalari va usulini tanladilar.
2002 yildan Coscom QK va Alcatel Sel AG kompaniyalarining uzoq muddatlik hamkorligining ikkinchi bosqichi boshlandi.
O’tkazilgan tender natijalariga binoan Coscom tarmog’ini modernizatsiyalashtirish uchun LM-7 dasturli ta`minlash eng yangi versiyali Alcatel 1000 S 12 – intelektual kommutatorlar avlodi oxirgi generatsiya yangi kommutatorini etkazib berishga shartnoma imzolandi. Аna shu loyiha xususida alohida to’xtalib o’tish kerak deb hisoblayman.

pic
 

pic

3G kirib kelishiga oz qoldi

Eng avvalo, ish boshidan boshlaboq, Coscom QK si o’z faoliyatida eng mashhur ishlab chiqaruvchilarning sifatli texnikasi asosida o’z tarmog’ini qurishni maqsad qilib olgan. Tarmoqlarni ishga tushirish Motorola va Alcatel ikkinchi avlod radiouskunalarida amalga oshirildi.
Аmmo mobil aloqa tizimlari shiddat bilan rivojlana borib, operatorlarni uyali tarmoqlarni doimiy modernizatsiyalashtirishga majbur etmoqda va faqatgina uni kengaytirish masalalarida emas (qo’shimcha baza stantsiyalarini o’rnatish va shu kabilar).
Mobil aloqa tarmog’ining 26 avlodidan asta — sekin 3G yo’nalishiga utishi, albatta, sodir bo’ladi, shuning uchun bilimdon uyali operator oldindan bu o’tishga tayyor bo’lishi kerak. Аlbatta 26 tadan 3G tarmogiga birdaniga o’tish umuman olganda mumkin emas, qay jihatdandir Evropadagi 3G tarmoqlari bo’yicha holat bunga isbot bo’lishi mumkin, bu erda sotovoy operatorlar shiddat bilan uchinchi avlod tarmog’ini tatbiq etib, 3G tarmog’iga ommaviy o’tishni amalga oshira olmay katta moddiy zarar ko’rmoqdalar. Hayot shuni ko’rsatdiki yangi avlod tarmog’iga o’tish asta — sekin sodir bo’ladi — 2G, 2,5G va nihoyat 3G .
Bu nimani bildiradi? 2G aloqasi asosan ovozni etkazishni ko’zda tutadi. 3G uchinchi avlod aloqasi esa tovushdan tashqari katta tezlikda — 384 Kbit/s harakatlanuvchi aloqa va 2 Mbit/s – qayd etilgan tarmoq uchun – tezliklarda ma`lumotlar etkazishni ham ko’zda tutadi.
Bunday tezliklarda ma`lumotlarni uzatish ko’rsatiladigan xizmatlar sonini ancha kengaytiradi va eng avval tula sifatli video uzatish va internet tarmog’iga ulanishni. 2,5G avlodi aloqasi go’yoki 2G aloqadan 3G yo’nalishidagi aloqaga o’tish bosqichi hisoblanadi. Ovozni uzatishdan tashqari quyidagi yangi qo’shimcha xizmatlar qo’shiladi – bular SMS, VMS, WAP – protokoli yordamida bir muncha qulayliklarga ega bo’ladi va nihoyat GRPS xizmatlari.
Bunday vaziyatda har bir uyali operator oldida shunday tanlov turadi: yangi xizmatlar modullarini qo’shimcha qilish yo’li bilan eski uskunalarni modernizatsiyalashtirish yoki bir vaqtning o’zida 2G, 2,5G va 3G aloqa xizmatlarini ko’rsata oladigan umuman yangi uskunalarni sotib olish. Coscom ҚK si ikkinchisini, ancha istiqbolli yo’lni tanladi, uning asosini Alcatel 1000 S 12 MSS raqamli kommutatsion platforma tashkil etadi.
Alcatel 1000 S 12 MSS (Mobile Switching Center) — raqamli kommutatsion platforma kichik va katta hajmlarda ham yuqori samaralidir (1700 000 abonentgacha).
Mobil kommutatsiya vazifalari va tashqi tarmoqlar bilan birga ishlashni ta`minlaydi. Tizimning yadrosi – bu tovush grafikasi va ma`lumotlar uzatish garfikasini kommutatsiyalarini taqsimlab boshqarish kontseptsiyasini ta`minlovchi hamda taqsimlangan apparat va dasturli ta`minlash elementlari o’rtasidagi aloqalarni ta`minlovchi (blokirlashtirilgan)uzib, to’sib qo’yilmaydigan raqamli kommutatsion matritsadir (DSN).
3G tarmog’i uchun markazi 2G ning MSC si takomillashishi hisoblanadi, bu 2G tarmog’i uchun ham va 3G tarmog’i uchun ham kommutatsiya markazlarini yaratish imkonini beradi. 2G/3G birlashtirilgan tizimlarni ham amalga oshirish mumkin.
Fevral oyida yangi kommutatorning o’rnatilishi yakunlandi va Coscom QK si uni ulash va ishga tushirish haqida xabar berdi. Аloqachilar yangi kommutatorni ishga tushirish tirik yurakni operatsiya qilish bilan o’xshashligini yaxshi bilishadi, chunki ulash, sozlash va ishga tushirishning hamma ishlarini ishlab turgan tarmoq’da bajarish kerak bo’ladi. Аloqa uzilib qolishi kerak emas. Coscomning tarmog’i abonentlari hech biri kommutatorni ulash paytida aloqaning yomonlashganini yoki uzilib qolganini sezmadilar, chunki bunday holatning o’zi bo’lmadi.
Yangi Alcatel kommutatorini ishga tushirilganidan keyin bo’lsa, Coscom QK si abonentlari “konferents aloqa”, “foydalanuvchilar yopiq guruhi”, “ovozli pochta” va boshqa yangi xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo’ladi. Bundan tashqari Coscom QK si rouming sheriklarining sonini ancha kengaytirish imkonini beradi, chunki dunyoda mavjud GSM opertorlarining deyarli hammasi avtomatik ravishda Coscom QKsining rouming — sheriklari bo’lib qoladilar, agarda O’zbekistonda xalqaro avtomatik rouming xizmatini to’la hajmda hech bir uyali aloqalar kompaniyasi ko’rsatmayotganligini hisobga olsak, bu juda muhimdir.

pic

Alcatel Sel AG kompaniyasining O’zbekistondagi rivojlanish rejalari

Bizningning kompaniyamiz rivojlanish rejalari АK «O’zbektelekom» va uning filiallari «Toshkent shahar telefon tarmog’i», «Namangan telekom», «Qashqadaryo telekom», «UzI»QKsi, «Chirkom» QK bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va Toshkentdagi telefon tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish, modernizatsiyalashtirish va kengaytirish bo’yicha ishlarni davom ettirishdan iborat.
Namangan va Qashqadaryo viloyatlariga uyali aloqa kompaniyalari uchun respublika butun hududlariga etib borish imkonini beruvchi yangi avlod mobil aloqa tarmog’i GSM yangi uskunalarinilari etkazib berish ham rejalashtirilgan.

Alcatelning butun dunyodagi faoliyati

Alcatel kompaniyasi — telekommunikatsion usullar va uskunalar etkazib beruvchi ilg’or kompaniya, aloqa sohasida ilg’or texnologiyalar va xizmatlar ishlab chiqaradi, keyingi avlod telekommunikatsion tarmoqlar yaratadi.
Alcatel ovozni va ma`lumotlarni aloqa operatoriga, korxonalar va mijozlarga etkazib berish uchun umumiy echimlarni taklif etadi.
Kompaniyaning sotuv hajmi 25,4 mlrd. (2001 yilda). evroni tashkil etdi
Bu ko’rsatkichning 85 %ni tez o’sib borayotgan telekommunikatsiyalar va Internet tarmog’i bozorlari sohasida sotish tashkil etadi. Kompaniyada 100 mingdan ortiq xodimlar xizmat qiladi.
Alcatel kompaniyasi dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat olib boradi.
Alcatel texnologiyalar global imkoniyatlariga zamonaviy ixtironing hamma turlari kiradi. IPAIM – multiservis kommutatsiya va marshrutlashtirish tizimidan tortib Intrnetga keng polosali yuqori tezlikda kirish ixtirolari mobil infrastrukturali uchun tarmoq ixtirolari to’plamidan to ovoz va ma`lumotlarni etkazish uchun texnologiyalar, optik aloqa tarmoqlari va multipleksorlar, sputnik (yo’ldoshlar)lar va korporativ tarmoqlar ham mavjuddir.

— Alcatel kompaniyasi kommutatsiya tizimlari bo’yicha dunyoda №1-dir (300 milliondan ko’proq liniyalar ulangan, shu jumladan MDH davlatlarida 10 mlnga yaqin portlar).

— Alcatel kompaniyasi bugungi kunga kelib, 65 operatorlar uchun 200 intellektual tarmoqlar o’rnatilgan.

— Alcatel kompaniyasi butun dunyo bo’ylab 110 ta uyali aloqa tarmoqlari uchun uskunalar etkazib berdi, shu jumladan Xitoyda GSM standarti bo’yicha to’qqizta operatorlar uchun uskunalar etkazib berildi (bozorning 12%).

— Keng polosali echimlar bo’yicha dunyoda etakchilik qiladi (14 milliondan ortiq DSL – liniyalari ishga tushirilgan), jahon bozoridagi hissasi – 39,7 % foizni tashkil qiladi.

— Har bir ish kunida Alcatel kompaniyasi o’rtacha 4 ta yangi patentli ro’yxatdan o’tkazadi.

— Alcatel kompaniyasining ilmiy tadqiqot — tajriba konstruktorlik loyihalashtirishlarga ajratilgan mablag’lari 2001 yilda 2,8 mlrd evroni tashkil etdi, yoki sotuvdan tushgan umumiy mablag’ning 11,3 % foizini tashkil etadi.

— Alcatel G’arbiy Evropada ilg’or tizimlar integratori hisoblanadi va birlashtirilgan korporativ tarmoqlar uchun uskunalar jahon bozorida ulkan ta`minlovchilardan biri hisoblanadi.

pic

Transport tarmoqlari sohasida Alcatelning ixtirolari

Аloqa vositalari ishlab chiqarish sohasida dunyoda etakchilardan biri hisobalanib, Alcatel kompaniyasi buyurtmachilar bilan uzoq muddatlik hamkorlikni rivojlantirishga intiladi va ishlab turgan kommutatsiyalanuvchi TFOL tarmoqlaridan asta — sekin yangi avlod tarmoqlariga o’tishni amalga oshirishni ta`minlovchi eng tejamli eimlarni ular uchun ishlab chiqishni o’zining vazifasi deb biladi. Ko’rsatiladigan xizmatlar doirasini ancha kengaytirishga, mavjud tarmoqqa hech bir zarar ko’rsatmasdan nomerlar hajmi talablarga qarab, oshib borishi bo’yicha uning imkoniyatlarini asta — sekin kengaytirib borib, tarmoqni tashkil etish imkoniyatlari bilan ta`minlashga harakat qiladi. Shu tariqa Alcatel kommutatsion tizimi «oddiy ovozlidan» asta — sekin axborotlar universal tizimi kommutatoriga aylanib boradi.
Kompaniya ishlab chiqaradigan «Alcatel 1000 MM S 12 » tizimi – bu yangi avlod multimediali multiservis kommutatsion stantsiyasidir, dunyoda va O’zbekistonda ham yaxshi ma`lum bo’lgan «A 1000 S 12” raqamli kommutatsion tizmining takomillashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. U ko’plab yangi imkoniyatlarga ega: eng yangi standartlashtirilgan interfeyslar, MRSR keng polasali kommutatsion maydon, katta turdagi xizmatlar hamda tezligining oshirilishi.
Katta hajmliligi, integratsiyalash yuqori darajasi va kam elektr quvvati sarflashi tarmoq operatorining foydalanish harajatlarini kamaytiradi, tizimning yuksak ishonchliligi va ishlashi barqarorligi – foyda olishning asosi hisoblanadi.
Alcatel 1000 Softwitch kommutatsiya (marshrutizatsiyalash) ajratilgan tarmoqda “intellekt” hisoblanadi. Grafikani etkazib berish boshlang’ich uslubini ma`lumotlar uzatish tarmog’ida qo’llaniladigan uslubga aylantirib berish uchun shlyuzlar qo’llaniladi.
Softwitch ovozni tarmoq orqali paketlarni kommutatsiyalash bilan uzatish uchun boshqarish vazifalarini amalga oshirishni hamda hamma turdagi grafikalarni, ovoz, ma`lumotlar, multimedia, video va musiqani boshqarishni ta`minlaydi.

pic

Softwitch kurilmasining asosiy vazifalari – maxsus xizmatlar integratsiyalashtirilgan uzeli, signalizatsiya shlyuzi, Alcatel 1360 SMS boshqaruv serveri turli xildagi kommutatsion stantsiyalar tarmog’ini masofadan boshqarishga imkon beradi.
Sim orqali ulanish tizimlari orasida lietespan-1540 universalь ulanish uzelini alohida ko’rsatish mumkin – u mulьtiservisli ulanish ixcham platasiga ega, bu esa operatorning abonentga ovoz va ma`lumotlar yagona platformada uzatish turli (tor polosali ham, keng polosali ham) xizmatlarni taklif etish imkoniyatlarini beradi.
Tizimning hajmi va xizmat turlari bo’yicha kengaytirilishi (biznesning rivojlanishi bilan). bosqichma — bosqich bajarilishi mumkin.
Shahar infrasturkturasi rivojlangan rayonlarda Litespan-1540 bu tarmoqlardan foydalanish iqtisodiy foydali varianti hisoblanadi, 2000 turli turli xil abonentlarga har bir turdagi tizimda xizmat ko’rsatadi.
Litespan-1540 tizimini kichik eskirib qolgan АTSlarni almashtirishda ham qo’llash mumkin, bu katta sig’imli kam sonli АTSlar va yangi xizmatlarga ega optimallashtirilgan tarmoqlarga utishni osonlashtiradi.
Multiservisni tarmoqlar uchun Alcatel kommutatsiya va marshrutizatsiya xizmatlari barcha mumkin bo’lgan, 7670 RSP operatorlik klassidagi multiprotokolli platformani, o’chirilgan, uzib quyilgan, ulanish F4 04 BAS keng polosali serverini, keng polosali simsiz (LMDS) va simli (DSL) ulanish tizimini ishlab chiqaradi. 7670 RSP tizimi grafikani kommutatsiya qilishni 50 Gbit/s tezligini ta`minlaydi va tezlikni 450 Gbit/s saqlab turadi.
Yagona platforma doirasida kommutatsiya va marshrutizatsiyani birgalikda bo’lishi servis — provayderlarga kanallarni kommutatsiyalash tizimlarini ta`minlab turish va rivojlantirishga, shu bilan birga paketlar kommutatsiyasi sohasidagi xizmatga ortib borayotgan talablarni qondirishga imkon beradi.

Keng polosali ulanish – birinchi qadam uchun ko’plab imkoniyatlar

Tashkilotlar va xususiy abonentlarga Internetga yanada tezroq ulanish imkonini yaratish uchun Alcatel kompaniyasi tez ulanish texnologiyalar to’la to’plamini va tizimlarini ishlab chiqdi. Mavjud infrastrukturani qarab mis kabellar uchun DSL texnologiyasi eng qulay echim bo’lishi mumkin, kabel televideniyasi tarmog’i uchun kabel modemlari yoki “simsiz” mikro to’lqinli ulanish uchun LMDS echimi (Lokal Multipoint Distribution Service) to’g’ri kelishi mumkin. Alcatel DSL bozorida so’zsiz etakchi hisoblanadi. 2001 yili sotilgan sakkiz milliondan ortiq DSL liniyalari Alcatelning bozorning bu sektoridagi hissasi 30 % dan oshib ketganini bildirdi.
Hozirgi kunda Internet — ilovalar uchun o’tkazish polosasini asimetrik taqsimlash eng qulay hisoblansa ham, Alcatel hozirning o’zida texnologiyalarni rivojlantirishning keyingi boskichi masalalari ustida ishlar olib bormoqda. VDSL (Very hi-Speed Digital Subscriles Line) yuqori tezlik texnologiyai birinchi bor kiruvchi va chiquvchi grafika uchun o’tkazish polosasini simmetrik taqsimlashga erishishga imkon berdi. Mis o’ramli juftlikda Alcatel tadqiqotchilari 1 kilometr masofada ma`lumotlarni uzatish 30 Mbit/s tezligiga erishdilar. 350 metr masofada esa 60 Mbit/s tezlikkacha erishdilar. VDSL oddiy mis o’ramli juftlikdan bir vaktning uzida televizion dasturni, video konferentsiyalar, talab buyicha video va Internetga tez ulanishda foydalanish imkonini beradi.

Uzatish tizimlari

Optimex tm uzatish tizimi ma`lumotlar uzatish mos keluvchi texnologiyasidan har bir tarmoq darajasida quriqlikda ham, suv ostida bo’lsa ham foydalanishga imkon beradi. Bu mahsulotlar DWDM, SDH, ATM/IP va IP texnologiyalarini yagona platformada birlashtiradi.
WDM texnologiyasi yordamida Optimextm mahsulotlari tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish va kanallarda tor joylarni yo’q qilishga yordam beradi. Web — texnologiyalariga asoslangan Customer Network Management (CNM) tarmoqli boshqarish vositasi tarmoq ishlashi sifati monitoringini va o’tkazish polosasi va xizmatlarni tez dinamik qayta taqsimlashni ta`minlab turadi.

Ovoz va ma`lumotlarni konvergentsiya qilish. Korporativ tarmoqlar

Telekommunikatsiyalar bozori rivojlanishini o’rganib chiqsak, nutqni va ma`lumotlarni konvergentsiya qilish asri kirib kelayotgani aniq bo’lib qoladi. 1R- texnologiyalardagi boshlanayotgan inqilobni oldindan sezib turib Alcatel kompaniyasi 1R yo’nalishidagi – Newbrige, Assured Access, Technology, Genesys va Packet Engines firmalarini sotib oldi. Bu harid qilishlar natijasidagi texnologik va ishlab chiqarishlar birlashishi Alcatelga o’zining tejamli, ixcham va yaxlit echimlari bilan ana shu inqilobni amalga oshiruvchilarning ilg’or qatorlarida bo’lishiga ajoyib imkon yaratadi.
Bugungi kunda Alcatel korporativ tarmoqlar sektorida o’z buyurtmachilariga multimediali aloqa uchun katta turli — tuman qo’shimcha imkoniyatlar va keng polosali bilan o’tkazish integratsiyalashgan transport infrastrukturani keyingi avlod echimlarini taklif etadi.
Alcatel kompaniyasining tarmoqlararo o’zaro birlikda ishlash tizimi korxonalarga shunday qudratli ma`lumotlar uzatish tarmog’ini yaratishga imkon beradiki, ular bir avlod echimlar uzra texnologik sakrashni amalga oshirishlari mumkin. Kompaniyaning kommutatsion tizimi Gigabit va АTM qudratli yadrolarni kommutatsiya va marshrutlashtirish sohasida harajatlar bo’yicha qulay bo’lgan yuqori samarali boshqaruv tizimini uzida birlashtiradi, shu bilan xavfsizlik tizimi sohasida, shu jumladan tarmokning virtual qismi uchun sohada ilg’or echimini ham, qo’shimchalar to’la to’plamini taklif etadi.
Kompaniya «har biri har biri bilan» turidagi kommutatsiya sohasida etakchi hisoblanadi, bu esa bizning mijozlarga osongina va kam harajat bilan, invistitsion harajatlarni optimallashtirib va invistitsiyaga kaytarib kelajakda o’z tarmoqlarini kengaytirish imkonini beradi.
Korporativ tarmoqlarda ovozni va ma`lumotlarni konvergentsiyalash yanada rivojlanadi. Omnisolutions echimlari yordamida Alcatel ovozli aloqa va ma`lumotlar uzatish infrastrukturasini yagona korporativ multimediali tarmoqqa birlashtiradi.
Omnisolutions echimi ma`lumotlar ham va ovoz ham uzatuvchi tarmoqlar uchun maxsus yaratilgan. Omnisolutions echimi uchun quyidagilar platforma bo’lib xizmat qiladi: Omni 4400 RSX korporativ kommunikatsion tizimi, OmniSwitch for Workgroup ma`lumotlar uzatish intelektual platformasi,binolar kompleksi uchun tarmoqlar va global tarmoqlar. Bunga Internet chaqiriqlari (Internet Call Center) ishlab chiqish markazi kiradi. U buyurtmachilarga elektron savdo uchun xizmat ko’rsatish kuchli tizimi va mijozlar bilan aloqa interaktiv markazini yaratadi. Alcatelning ovoz va ma`lumotlarni konvergentsiya kilish buyicha echimlaridan biri birlashtirilgan xabarlar tizimi (Unified Messaging) deb ataladi.
Bu tizim yordamida kompaniya xodimlari dunyoning har qanday nuqtasidan ovozli xabarlar, fakslar va xabarlarni olishlari mumkin. Kichik va o’rta korxonalar uchun Alcatel Office mahsulotlari maxsus turlarini taklif etadi, unga 6 tadan to 128 tagacha aloqa kanali bilan ta`minlovchi tizimlar kiradi.
Tarmoq texnologiyalari: konvergentsiya, intellektuallik va internet – har bir tarmoq asosida bo’lishi zarur.
Alcatel kompaniyasi “2 iR” strategiyasini tanladi, ya`ni intellektual 1R-platformasi strategiyasini. Аloqa infrastrukturasini multimediali dizayni qudratli foydalanuvchi uchun foydali tizimni yaratishga imkon beradi. Kelajak aloqa tarmoqlarida bir vaqtning o’zida ovoz ham, ma`lumotlar, video va internet – qo’shimchalarini uzatishdan foydalaniladi.
Alcatel internet-provayderlarga (1SR) shunday echimni taklif qiladiki, u nafaqat oshib borayotgan ma`lumotlar grafikasini uddalash, balki yana yangi xizmatlarni – “1R ustidan ovoz” (Voice over IP) yoki “1R virtual shaxsiy tarmog’i” (IP-VPN) kabilarni yaratishga imkon beradi. Chaqiriqlarni ishlab chiqish markazi Alcatel 1000 Call Server ovozli aloqa vazifasini internet orqali ishonchliligi va sifatiga zarar ko’rsatmasdan ta`minlab turadi.
Bundan tashqari, Alcatel Internetga kerakli telefon tarmog’i va kanallarini ulash uchun mostlar o’rnatadi. Shahsiy aloqani boshqarish vositasi (Personal Telecom Manager) analogli telefon aloqasi bilan bevosita Internet bilan aloqa seansi paytida abonent bilan telefon orqali ulanish imkonini beradi. Kiruvchi chaqiriqlar avtomatik ravishda boshqa kanalga uzatiladi yoki monitor ekranida namoyish etiladi. Always On/Dynamic ISDN (AO/DI) vositasi ISDN foydalanuvchilariga o’tkazish polosasini qulay taqsimlashni taklif etadi, bu ISDN tarmog’ida resurslardan foydalanishni optimallashtirishga imkon beradi.

pic

Mobil radioaloqa

Internet — texnologiyasi mobil radioaloqalari vositalarining rivojlanishiga ham katta ta`sir ko’rsatmoqda. 1999 yilda bu sohada asosiy e`tibor shahar rayonlarida tarmoqlar sig’imini oshirishga va xususan baza stantsiyalari imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi. 2000 yili ma`lumotlarni mobil uzatish va internetga mobil ulanish asosiy mavzu bo’lib qoldi, GRPS standartida ishlovchi modernizatsiyalashtirilgan mobil radiotarmoqlar (General Packet Radio Service) ma`lumotlar paketini 160 Kbit/s gacha tezlikda uzatishga imkon beradi. 2002 yildan boshlab UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) tizimini tatbiq etish bilan, mobil aloqa multimediali bo’ldi. Shunday texnologiyalar payti keldiki bular mobil video konferentsiyalar, tasvirni uzatish va mobil radioterminallar yordamida onlaynli qo’shimchalar bilan ta`minlangandir. Alcatel mobil aloqa perspektiv tuzilishini o’rganish asosida olingan mobil uyali aloqaning bo’lajak standartlari imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Evolium – bu mobil va statsionar tarmoqlarni konvergentsiya davrida yuzaga keladigan mobil radioaloqasiga yangi talablarga Alcatel kompaniyasining javobidir. Evolium mahsuloti an`anaviy aloqa operatorlari uchun ham mo’ljallangan. Evolium oilasi GSM 900 va GSM 1800 tarmoqlari uchun apparat va dasturli echimlari hamda echimsiz lokal kanallar (Wireless Lokal Loop-WLL)va tarmoqlarni loyihalashtirish, optimallashtirish uchun dasturli vositalarni o’z chiga oladi. Alcatel echimlari – tarmoqning har qanday qismida bir xil servis kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga harajatlarni minimal qilish juda muhimdir – Alcatel buni ta`minlaydi. Tarmoqning tezligini ancha oshirish kerak – Alcatel buni bajara olishi mumkin. Аmmo bu shartlarning bajarilishi har doim ham etarli hisoblanmaydi. Maksimal imkoniyatlarga erishish uchun kommutatsion tarmoq intellektual bo’lishi kerakligiga biz ishonamiz.
Alcatel kommunikatsiya sohasida eng to’la bo’lgan “boshqarish siyosati” texnologiyasiga asoslangan xarakteristikalar to’plamiga ega – “Kommutiruemie setevie uslugi” (“Kommutatsiya qilinadigan tarmoq xizmatlari”)ni taqdim etib bu intellektuallikni ta`minlamoqda. Siz tarmog’ingizda “Kommutatsiya qilinadigan tarmoq xizmatlaridan” foydalanib, siz tez o’zgarib turadigan ma`lumotlarni to’plash, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash, o’tkazish polosasini boshqarish, resurslarni himoya qilish, sizning tashkilotingiz talablari o’zgarishiga qarab grafika prioritetlarining o’zgartirishni ta`minlay olasiz.

Xizmatlari

“all-in-One” termini bir qator xizmatlarni bildiradi, Alcatel bu xizmatlarni tarmoq operatorlari va korporativ buyurtmachilarga taklif etadi. all-in-One Alcatel Service dasturidan butun dunyoda foydalaniladi. u telekommunikatsiyalar va ma`lumotlar uzatish bilan bog’liq hamma mahsulotlar bo’yicha investitsiyalar ishonchli himoyasiga kafolat beradi. Alcatel konsulьtatsiyalardan tortib, to tarmoqlarni loyihalashtirish keng doirasidagi xizmatlar yordamida o’z tarmoqlarini optimallashtirishda operatorlarga yordam beradi.
Buyurtmachilar haqida qayg’urish vositasini va tarifikatsiya (billing) tizimini rivojlantirish uchun modulli echimlardan foydalaniladi.
Tarmoqlar va xizmatlarni boshqarish uchun mo’ljallangan Alcatelning vositalari tarmoq operatorlarga o’z resurslarini nazorat qilib borishlari va ularni samarali boshqarishlariga yordam beradi. Shu tariqa tarmoqlarning tejamkorlik bilan ishlashi ta`minlanadi, bu esa raqobatchilik kurashida ma`lum ustunliklarga erishishga imkon beradi.

pic

Terminlar

Bugungi kunda hamma mobil telefon orqali elektron pochtaga va Internetga kirish haqida gapirmoqda. Alcatel mobil aloqa uchun bir qator telefonlarni taklif etadi. Bular One Touch db, Club db va Max db (“db” ikki diapozonlikni bildiradi, ya`ni GSM 900 va GSM 1800) modellaridir. Bitta tugmachani bosish bilan (One Touch nomi ana shundan – “bir harakat bilan”) abonent ovozli pochtaga, telefon spravochnigiga, qisqa xabarlar va tarmoq xizmatlariga imkoniyatga ega bo’ladi. Bundan tashqari Alcatel WAP protokolini ta`minlovchi mobil telefon ham taklif etadi. Bu telefon yo’ldagi sayohatchiga Internet tarmog’idan ma`lumotlar olish imkonini beradi.

Internet va telefon aloqasi bitta qurilmada.
Alcatel dunyoda birinchi Internet telefoni Alcatel WAP

Touchtm One bo’lib, u 1999 yil noyabrda Germaniya bozoriga chiqarildi. Bu qurilma “butun dunyo o’rgimchak turiga” (World Wide Web) eng oddiy ulanish usulini ta`minlaydi. Internetga ulanish uchun abonentga faqatgina tugmachani bosishni o’zi etadi. Bu esa texnika bilan tanish bo’lmagan va Internetda ishlash tajribasiga ega bo’lmagan har bir insonning orzusidir. Lekin Internetning haqiqiy
ishkibozlari ham WAP Touch tm One qisqa aloqa ulanishlari uchun eng qulay qurilma ekanini darhol bilib oladilar.

Muallif haqida

Papillyuk Viktor Nikolaevich 1948 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1971 yilda TOshkent aloqa elektrotexnika institutini tugatgan. 20 yildan ko’proq vaqt O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va huquqni himoya qilish organlarida xizmat qildi. MVD aloqa boshqarmasiga rahbarlik qildi, zahiradagi polkovnik. Texnik ta`limdan tashqari, oliy iqtisodiy va yuridik ma’lumotga ega. Alcatel Sel AG kompaniyasining Toshkentda, Namanganda, Chirchiqda va Qashqadaryo viloyatida loyihalarini amalga oshirishida bevosita ishtirok etgan 2001 yildan boshlab, Alcatel Sel AG kompaniyasining O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasiga rahbarlik qiladi. 2002 yilda unga «Аloqa ustasi» unvoni berildi, O’zbekiston Respublikasining bir qator davlat mukofotlariga ega.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq