Multimediali proektor – kino dunyosi Sizning xizmatingizda
16.04.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .
pic

Men birinchi marta kinoga borib, “Eramizdaen million yil ilgari” deb nomlangan filmni tomosha qilganman, unda dinozavrlarni ko’rib, qo’rqqanimdan o’rindiqlar tagiga berkinib olib, butun film davomida yashirinib o’tirganman. O’shanda men besh yoshda edim va shu sababli bo’lsa kerak, film juda qo’rqinshli tuyulgan edi. Bu vaqtda men televizorda ko’plab filmlarni ko’rgan bo’lsamda, katta ekrandagi qahramonlardan qattiq qo’rqqandim. Faqatgina kinoteatrda haqiqiylik hissi yuqoriroq bo’lgan.

Bir necha yil o’tgach, men kinomatografiya tarixida aka — uka Lyumerlar tomonidan “Poezdning yetib kelishi” kinoroligini ommaviy rayishda namoyish etganlarida xatto katta yoshdagi kishilar ham o’rinlaridan turib, qochib ketganlarini bilib oldim. Ular ekranda ko’rganlaridan juda qattiq ta`sirlanganlar. O’sha kunlardan boshlab, insoniyat kino dunyosini maksimal darajada haqiqatga yaqinlashtirish maqsadida turli apparatlar yordamida haqiqiy dunyoning proektsiyasini yaratishga intilganlar.
Professional kinoda bularning hammasi tushunarli bo’lsa ham juda sifatli havoskorlik filtmlarini suratga tushirishni biz xatto orzu ham qilmagandik. O’n besh yil ilgari savdoda faqatgina 8 mm kinoplyonkali, ovozsiz portativ kinoproektorlari (“Rus” turidagi) va to’g’risini aytish kerak, sifati kinoteatrdagidan ancha yomon bo’lgan kinoni suratga olish uchun to’rt minutlik rolikni plyonkaga yozib olish, uni chiqarish, elim bilan yopishtirish, 15 minutlik qilib ulash kerak bo’lar edi. Rangli televizor va videokamera (aytaylik videomagnitofon ham) paydo bo’lishi bilan shaxsiy “portativ” video muammosi qisman hal etildi.
Nima uchun qisman? Chunki katta ekranga oddiy foydalanuvchining hali ham chiqishining iloji yo’q edi, faqatgina kinoteatrlarda va gap tamom. Аmmo o’tgan asrning to’qsoninchi yillarining boshlarida multimedia proektor nomi bilan ataluvchi apparatning paydo bo’lishi bilan hamma narsa o’zgardi.

Nima uchun videoproektorni multimediali proektor deb ataydilar?

“Multi” so’zi ko’pchilik deganini, media esa, video va audio bilan bog’liq jihatlarning hammasi, proektorning ma’nosi tushunarli, albatta, proektor – tasvirni proektsiya qilish (ko’rsatish) uchun qurilmani bildiradi. Zamonaviy videoproektor boshidan raqamli qurilma hisoblanadi, shuning uchun unga videomagnitofonni ham, DVD – pleer, videokamerani, televizor xamda kompьyuterni ulash mumkin.
Tasvirni oddiy ekranda ham ko’rsatish mumkin, yorug’lik o’tkazuvchi ekranga ham (proektor ekran orqasida turgan holat) tushirish, proektorni ekranga burchak ostida (gorizontal ham, vertikal ham) qo’yish mumkin, shipga «oyog’ini osmondan» qilib osib qo’yish mumkin. Multimediaproektor bir aniq belgilangan fokus masofasiga emas, shuning uchun proektorni turli joylarda va har xil masofada qo’yish mumkin. Zamonaviy proektorlardan xonani qorong’u qilmasdan uni kun bo’yi ishlatish mumkin. Eng portativ proektor tasvirni diagonalli 8 metrgacha o’lchamda ko’rsatishi, eng kuchlisi esa – 36 metr diagonalgacha ko’rsatishi mumkin. Uning ana shu har tomonlama «imkoniyatlariga» qaramay, bu qurilma foydalanishda maxsus bilimlarni talab etmaydi, og’irligi 1,5-5 kg. va kitob hajmidan to diplomat hajmigacha kattalikka ega. Eng kuchli professional proektorlar 38 kg og’ir bo’lmaydi.
Proektordan turli joylarda ham foydalanish mumkin. Undan quyidagi sharoitlarda foydalanish mumkin:

— uy kinoteatri uchun;

— prezentatsiyalar uchun;

— ma’ruza (leksiya) mashg’ulotlari uchun;

— kontsert va tamoshalar uchun;

— restoran va kafelarda;

— stentdlarda ko’rgazma faoliyati uchun;

— va nihoyat kinoteatrlarda ham.

Bizda Toshkentda deyarli hamma kinoteatrlarda aynan raqamli multimediyaproektorlardan foydalanadilar. chet davlarlarda qimmat kinoteatrlarda eng yangi plyonkali kinoproektorlardan foydalanadilar, lekin ovoz raqamli hajmli bo’ladi. Shunday qilib bu ma`noda tarix aylana harakat bilan ilgari bormoqda.

Videoproektorlarni qo’llanilgan texnologiyasiga qarab, turlariga ajratish mumkin.

Har qanday proektorning asosida (odatda) yarimyorug’ slayd orqali yorug’lik o’tkazish (yoki aks ettirish) yo’li bilan tasvirni namoyon etish, paydo qilish yotadi.

pic

Kinoproektorlarda kinoplyonka kadrlari (slaydlar) ma`lum tezlikda juda katta kuchga ega yorug’lik manbai oldidan tortib o’tkazilib, ekranda harakatlanuvchi suratni aks ettiradi. Zamonaviy proektorlarda slaydlar (plyonka) rolini turlicha qurilmalar bajarishi mumkin. Shuning uchun videoproektorlarni besh turga ajratish mumkin:

CRT proektorlari – ular uchta nurlanish kineskopidan iborat bo’lib, R, G va B boshlang’ich ranglarda rangli plyuminofora Bilan katta bo’lmagan yorqin tasvirlar yaratadi. Bu tasvirlar uchta ob`ektiv bilan optik mustaqil (alohida) kanallarda ekranga tushiriladi, bu erda optik aniq moslashadilar va umumiy rangli tasvirni tashkil etadilar. Proektorlarning bu turi 60 yildan ortiq vaqt mavjud bo’lib, hamma proektorlar orasida eng yuqori sifatli kartinkaga egadir. Аmmo CRT proektorlarining hamma ustunliklarni to’la ko’rish, yuqori sifatli, professional video yozuvli,yaxshilab qorong’ilatilgan xonada, diogonali 2 metrdan boshlab, ekranda tomosha qilingandagina mumkin bo’ladi. CRT proektorlari juda ham katta bo’ladi (hammasi ham odatda 60 kg dan og’ir) va malaka, ehtiyotkorlik bilan aniq ishlashni talab etadi. Har qanday joyini o’zgartirilgandan keyin ekranda uchta boshlang’ich tasvirlarni birlashtirish, moslashtirish uchun mutaxassis tomonidan sozlashni talab etadi. Ulardan boy klublar va katta tashkilotlarda foydalaniladi, chunki bu tashkilotlar eng yaxshi sharoit va rang uzatish imkoniyatlariga egadir. Kichik zallarda faqatgina statsionar qurilma sifatida foydalaniladi.

Qaytarilayotgan yorug’lik (nur) oqimini modulyatsiyalaydigan proektorlar (Light Vale yorug’lik klapanli proektorlari va ILA – Image Light Amplifier proektorlari)dir. Bu turdagi proektorlar yorug’lik oqimini qaytarish va uni modulyatsiya qilish asosida ishlaydilar. Bu turdagi ko’plab proektorlardan CRT proektsion kineskopi asosidagi (Cathode – Ray Tube – el. Nurli trubka) Light Vale yorug’lik klapanli proektorlar va u ham CRT-kineskoplari va mikroko’zgulimodulyatorlar asosidagi ancha yangi ILA proektorlari eng ko’p foydalaniladiganlari hisoblanadi. Light Vale yorug’lik klapanli proektorlarida quyuq rangsiz suyuqlik (moy)ning yupqa yuzasining unga elektronning tushishi ostida deformatsiyalanishi fizik xossasidan foydalaniladi. Televizion tasvirning elektr maydoni ta`siri ostida suyuqlikning yupqa qatlamida yorug’lik oqimini modulyatsiya qiluvchi difraktsion to’siq vazifasini bajaruvchi relьefli rastr paydo bo’ladi. ILA texnologiyasi Hughes-IVE qo’shma korxonasining mahsuloti bo’lib, 1992 yildayoq bu tenxnologiyaning imkoniyatlari tajribalar bilan isbotlangan edi 3000 TVL (televizion tarmoq uchun, misol uchun televizorda tasvir zichligi 280-400 TVL) tasvir zichligida yorug’lik oqimi 12000 lyumengacha va kontrastligi 1000:1 gacha bo’ldi. 1996 yil Yaponiyada ILA savdo markasida birinchi namunalari ishlab chiqarildi. Аmmo bu turdagi proektorlardan keng foydalanib bo’lmaydi, narxi ham qimmat, hajmi ham to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun bu maqolamizda uning ishlash printsiplarini tushuntirib o’tmaymiz, lekin ular bunga loyiqdirlar.

D- ILA proektorlari (Direct-drive Image Light amplifier) — bu JVC Professional Products kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, uning savdo markasi hisoblanadi. Bu proektorlar ham ILA turidagi qaytariladigan yorug’lik oqimini modulyatsiya qiladi, ammo CRT-kineskopidan foydalanmaydi. Yorug’lik og’imi uchta JK g’aytaruvchi panellardan g’aytariladi va rangli tasvirni yuzaga keltiradi. JK qaytaruvchi panellarning juda kam issiqlik yo’qotishi bilan birga boshqa muhim ustunliklari ham bor. Piksellar kiritadigan polyarizatsiya boshqarilishi bilan maydondagi (polevoy) Tranzistor joy egallamaydi, balki uning orqasida (undan keyin) elektronika bilan past (podnojka)da joylashadi.Bularning hammasi tasvir zichligi qobiliyati va tasvir yorqinligini oshiradi. Qaytaruvchi JK — panellarili proektorlarni yaralishi muvaffaqiyatlari haqida birinchi xabarlar 1997 yilda paydo bo’ldi va JVC Professional, Hughes-IVE, In Focus va Pionerfirmalari tomonidan ishlab chiqarila boshlandi. Juda yaxshi ko’rsatkichlariga qaramay, bu proektorlar unchalik keng tarqalmadi, bunda uning narxi ham ahamiyatga ega bo’ldi. Keyingi yillarda ko’pchilik kompaniyalar qaytaruvchi matritsa LCOS texnologiyasi qo’llanilgan (Light Crustal on silicon — selikonli suyuq kristallar) D- ILA proektorlarini faollik bilan ilgari surmoqdalar, ularda polevoy tranzistor va polistirolli kondensatorlarni bevosita umumiy kremniyli podnojkada yaratish uchun diffuzion jarayonlar qo’llanilgan, bu esa pikselizatsiya darajasini pasaytirish va oqibatda tasvir zichligini oshirishga imkon beradi. Baribir D- ILA proektorlaridan foydalanish uzoq kelajak ishiga o’xshaydi.

DMD mikrozerkal proektorlari (yoki DLR proektorlari) – 1996 yil bahorida Texas Instruments firmasi birinchi DLP (Digital Light Processing) raqamli proektsion blokini taqdim etdi, uning asosini DMD matritsasi tashkil etadi (Digital Micromirror Devise — raqamli mikrozerkal kristall).DMD chipi proektorlarning optik tasvir zichligiga teng bo’lgan aylanuvchi alyumin oynadan tashkil topgan matritsadan iborat yorug’lik modulyatordan iboratdir. 16×16 mkm o’lchamdagi oynalar podnojkada mexanik prujinani ilgaklar yordamida mahkamlanib ular +(-) 10% lar orasida burilishga imkon beradi. DLR proektorlarining ikki turi mavjud: uchta DMD li va bitta DMD ga eagligi. Uchta DMD kristalli holatda (har bir boshlang’ich R, G va B ranglarga bittadan DMD) tasvir juda yorqin, yuqori kontrastli bo’ladi, chunki oynadan hech bir yo’qolishsiz deyarli butun yorug’lik oqimi qaytariladi. Bundan tashqari mikro oynalar holati optik o’zgarishi vaqti 2 mks dan oshmaydi (o’tish jarayonlari uchishini hisobga olganda 10 mks). Buning natijasida tez haraktlanuvchi tasvir fragmentlari ortidan ekranda kontur shleyflari bo’lmasligi DLR proektorlarining muhim ustunligi hisoblanadi, bu holat suyuq kristallar molekulalarining «harakatchan emasligi» sababli JK — panelli proektorlarda kuzatiladi. DLR proektorlarida «oq» pissellardaning qushni «qora»larini yoritish hodisisi ham bo’lmaydi., bu kontrast o’tishlar va ingichka chiziqlarni aniq berishni ta`minlaydi. Uchta DMD kristalli DLR proektorlari o’z darajasida hamma ko’rsatkichlari bo’yicha eng yaxshisi hisoblanadi. Аmmo DMD bloki (DMD chipi bor, boshqaruv elektronikasi va yorug’lik manbai bilan optik tizimli va ventilyatorli Optical Engine yakunlangan modul ko’rinishida uni Texas Instruments kompaniyasi proektorlar ishlab chiqaruvchilariga sotadi) juda murakkab qurilma va shu sababli juda qimmatbaxo hisoblanadi. DLR proektorlarining eng keng tarqalganlari (va nisbatan qimmat emas) bitta DMD li DLR proektorlari hisoblanadi. Faqat bitta DMD mikrooynali matritsani qo’lanilganda ekranda tasvir ketma-ket har bir uchta rangda paydo bo’lishi sababli ko’zga og’irlik tushishi oshib boradi. Bu jarayon shunday ko’rinishda bo’ladi:

Yorug’lik manbai va DMD matritsasi o’rtasida uchta rangli sektordan iborat aylanuvchi svetofiltr turadi (yaqindan boshlab, to’rtta sektorliligini ham qo’llay boshladilar – uchta rang va bitta rangsiz) va ekranda ketma-ket har bir rang uchun tasvir paydo bo’ladi, biroq miya yaxlit rangli tasvirni qabul qiladi. Bu mumkin, chunki bizning ko’zimiz ma`lum “inertsiyaga” ega. Ranglar almashinuvi chastotasi 150 Gtsni tashkil etadi (NTSC tizimi uchun 180 Gts), bu esa har doim ham ko’rishdagi affekt (xato)ni yo’qotish uchun etarli bo’lmaydi. Bitta DMD li DLR proektorlarini uzoq vaqt ko’radigan tomoshabinlar ko’zlari bir oz charchaganini sezadilar. Shu sababli bitta chipli DLR proektorlari tasvirlari uchta chipli proektorlaridan ancha ortda qoladi. Shunga qaramay, o’zining yorqinligi va kontrastligi yuqoriligi bilan bitta DMD li DLR proektorlari dunyoda keng tarqalishi bo’yicha LCD proektorlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi (30%).

pic
LCD suyuq kristalli proektorlar – JK, LCD (Liguid Crystal Display) matritsalari qo’llanishiga asoslangan proektorlarning eng ko’p tarqalgan turi hisoblanadi. Zamonaviy LCD proektorlarida polisekonli (P-si) issiqlikka chidamli aktiv JK — lipsli va TFT yupqa plyonkali tranzistorlar qo’llanib, QXGA (2048×1536) tasvir zichligiga erishiladi.LCD proektorlarining ishlash jarayoni umumiy ko’rinishda shundan iborat: yorug’lik oqimi dixrong optika yordamida uchta tarkibga parchalanadi (R, G, B) va uchta matritsaga yuboriladi, ular har bir rang uchun “slayd” ni yuzaga keltiradilar, shundan so’ng yana optika yordamida (prizmalar murakkab tizimi) yorug’lik oqimi yana birlashadi va ob`ektiv orqali ekranda tasvirlanadi. Аlbatta, “yorituvchi” LCD-matritsalar orqali o’tib yorug’lik oqimi kuchi pasayadi, matritsa esa qiziydi. Аynan ana shuning uchun uzoq vaqt davomida LCD proektorlari qaytarilgan yorug’lik oqimini modulyatsiya qiluvchi proektorlarga (ILA, D- ILA, DLR) yorug’lik oqimi va kontrastlik kabi proektorlar uchun asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha yutqazib kelar edi, chunki kattaroq yorug’lik oqimi matritsani ko’proq qizdirar edi. LCD proektorlarining boshqa bir kamchiligi saqlanib qolishi vaqti kattaligidir (45 ms dan ortiqroq) –bu vaqt davomida matritsaning suyuq kristallari o’z vaziyatlarini o’zgartirib bo’lishi mumkin. Bu esa tasvirning tez harakatlanuvchi qismlari ortidan ekranda shleyf paydo bo’lishiga olib keladi. Biroq saqlanishi 30 msdan kam bo’lgan aktiv matritsalarni qo’llash tasvir o’zgarishini deyarli haqiqiy vaqtida ko’rsatish imkonini beradi. Matritsaning ancha yuqori temperaturagacha chidashiga imkon beruvchi poliselikonli texnologiyalarni LCD matritsalar ishlab chiqarilishida qo’llanishi esa LCD proektorlarida kuchli metallogalogenli lampalardan foydalanishga imkon yaratdi. Matritsaning har birpikselida polisilikonli kichik o’lchamdagi tranzistor ishlatiladi, shuning hisobiga yorug’lik matritsadan oson o’tadi. Bularning hammasi bugungi kunda LCD proektorlarining yorqinligi 7700 ANSI-lyumen va undan yuqori bo’lishiga olib keldi, bu esa ulardan professional qo’llashda ham foydalanishga imkon beradi (masalan, kinoteatrlarda). Sanyo kompaniyasi masalan, maxsus mexanik qurilma yordamida ikkita LCD proektorlari birgalikda ishlashini ta`minladi, ularning yorug’lik oqimi qo’shiladi va 14000 ANSI –lyumen kattaligiga etadi va yuqoriroq, kontrastligi 1000:1 gacha. Narxi va mahsuldorliginisbati bo’yicha LCD proektorlari eng yaxshi hisoblanadi. Balki shuning uchun ular eng ko’p tarqalgan va sotib olinadigan mulьtimediaproektorlar hisoblansa kerak (bozorning 70% ni tashkil etadi).

DLP yoki LCD, qaysi biri yaxshiroq?

Balki eng professional raqamli videoproektorlar doirasida uchta DMD li DLR proektorlari eng yaxshisi hisoblanadi deyilsa, hech kim qarshi bo’lmaydi. Masalan, mashhur Barco firmasining DLR proektorlarida 1280×1024 gacha tasvir zichligi uchta 11000 ANSI – lyumendan ko’proq yorqinlik beradi, shuning uchun ulardan shou-dasturlar, teatral tomoshalarda, to’la ekranli tasvirli katta kinozallar yaratishda foydalanish mumkin. Аmmo bu proektorlarning (uning og’irligi va kattaligidan tashqari) narxi o’n ming dollardan oshiqroq turadi.

pic

Iste`molchilik bozoriga esa bitta DMD li DLR proektorlari va albatta LCD proektorlari to’g’ri keladi. Oxirgi paytlarda qaysi biri yaxshi degan baxslar davom etmoqda: DLR proektorimi (bitta DMD lisi nazarda tutilmoqda) yoki LCD proektorlari. Unisi ham bunisi ham so’zsiz ustunliklari bilan birga kamchiliklariga ham ega. Masalan, LCD proektorlari yaratadigan ranglari ancha yuqori quyuqlikka ega deb hisoblanadi. DLR proektorlarida esa tasvir yorqinligini oshirish uchun qo’shimcha tiniq segmentli aylanuvchi svetofilmdan foydalaniladi. Bu esa ranglar guyoki qo’shimcha oq rang bilan aralashtirilishiga olib keladi va kamroq yorqin bo’lib ko’rinadi. Lekin oxirgi paytlarda (ayniqsa, uy kinoteatri uchun, bunda yorqinligi emas, rang uzatishi muhimroq) tiniq sektori bo’lmagan oltita segmentli svetofilьtrli DLR proektorlarini ishlab chiqara boshladilar. Ranglari quyuqligi bo’yicha bu proektorlar eng yaxshi LCD proektorlariga yaqin kelmoqda. Shu bilan birga yorug’likfiltrining aylanish tezligi ikki barobar ortdi (birinchi avlod modellarida svetofiltrning aylanish tezligi 60 Gts edi)- 120-150 Gtsgacha. Olti segmentli yorug’likfiltriligini hisobga olsak, tezlik to’rt marta oshadi, svetofilьtrning bitta aylanishida har bir tashkil etuvchilari (R, G, B) ikki marta yaratiladi (ishlab chiqariladi, yuboriladi, paydo bo’ladi). Lekin shunga qaramay yon tomonga tez harakatlanganda ko’pchilik tomoshabinlar ko’zida “kamalak” taassuroti seziladi. LCD proektorlarida ham katta kamchiliklar bor. Bugungi kunda SVGA-tasvir zichligi (800×600) LCD proektorlari eng ommabop hisoblanadi, ana shunda ham yaqin masofadan tasvirni ko’rganda pikselizatsiya taassuroti juda ham sezilarli bo’ladi, bu tasvir guyoki kichik kvadratlardan tashkil topgandek sezilishidir. Biroq piksellar orasidagi masofalari kamaytirilgan, mikrolizatsiyali rastr texnologiyasi bilan to’ldirilgan (MLA-Micro Lens Arras, bunda maxsus mikrolinzalar yorug’lik to’plamini Jk — matritsaning har bir pikseliga qo’shimcha fokuslashtiriladi) LCD — matritsalarni qo’llash, yana XGA tasvir zichligili LCD panellarini qo’llash pikselizatsiya hodisasini deyarli yuo’qqa chiqarishga imkon berdi DLR proektorlarining bir matritsali optiq tizimining kichik bir ustunligi unda ranglarni birlashtirishda muammolari yo’qligi hisoblanadi. Turt matritsali LCD proektorlarida bo’lsa (ayniksa mashxur bo’lmagan ishlab chiqaruvchilarniki) ranglar birlashishi yomon sozlangan holda tasvirining alohida qismlari cheti bo’ylab yopishqoq rangli xoshiya paydo bo’lishi mumkin. Xulosaga kelgandek bo’lib, shularni aytish mumkin: DLR proektorlarining yorqinligi va kontrastligi yuqori va hajmi, ogirligi kamroq (og’irligi 2 kg dan kam, kitobdek hajmga ega). Biroq LCD proektorlarda ranglar quyuqligi yuqorirok va tasvirda jimillash yo’q. Bundan tashqari yorqinligi (7700 ANSI-lyumen) va kontrastligi (1000:1) kabi asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha DLR proektorlardan unchalik ortda qolmaydi (hajmi bo’yicha ham desak bo’ladi). Narxi haqida gapirsak o’xshash LCD proektorlari har doim ularning raqiblari DLR lardan ko’ra ma`qulroqdir. Balki shuning uchun RMА (Pacific media Associates) ma`lumotlari bo’yicha 2002 yili dunyoda videoproektorlar sotishning 75 %ni LCD proektorlari tashqil etgan bo’lishi mumkin; DLR proektorlari esa faqatgina 22 % ni tashkil etdi. Ozbekiston bozorlarida bu farq yanada kattaroqdir. Mening hisob — kitobim bo’yicha bizda sotilgan videoproektorlarning 90 %ni LCD proektorlari tashkil etmoqda. Biz shular haqida gapirib o’tamiz.

LCD proektorlarining asosiy ko’rsatkichlari

LCD proektorlarining kerakli modelini to’g’ri tanlash uchun uning asosiy ko’rsatkichlarini bilish kerak. Proektorlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari uning yorqinligi va ta`minlanadigan tasvir zichligi hisoblanadi. Kontrastligi va hajmi ham muhim ko’rsatkichlari hisoblanadi. Demak, tartib bilan. Zamonaviy proektorlarning yorqinligi 600 dan to 7700 ANSI — lyumen atrofida bo’ladi. Ba`zi bir ishlab chiqaruvchilar ikkta proektorlar yorug’lik oqimini birlashtirib 14000 ANSI-lyumenyorkinlikka erishadilar. Yorug’lik oqimi 600 ANSI-lyumen bo’lgan proektorlardan ekrani 100” diagonalli (kengligi 200 sm, balandligi 150 sm) qorong’u xonalarda foydalaniladi. Proektorlardan qorong’u bo’lmagan xonalarda foydalanish uchun ekran kattaligiga qarab yorqinligini hisoblash formulasi mavjud: agarda proektorning yorug’lik oqimi yaxshi ekranning yuzasidan 500 marta oshikrok bo’lsa, unda uning yorkinligi katta rangli televizor yorqinligiga teng bo’ladi. Masalan, 150×200 sm o’lchamli ekran uchun, ya`ni, 3 kvadratmetr, 1500 ANSI-lyumen yorug’likka ega proektor juda mos keladi. Lekin shunday bo’lsa ham ekranga to’g’ri yorug’lik tushishi, ayniqsa quyosh nuri tushmasligi kerak. Odatda ekranni korong’iroq joyga yoki yorug’ tushmaydigan burchakka o’rnatish to’g’ri bo’ladi, xonaning boshqa joylari esa yoritilgan bo’lishi mumkin. Hamma zamonaviy proektorlar varioob`ektivlar bilan jiҳozlangan, ular proektorni ekranga nisbatan ma`lum darajada joyini o’zgartiriga, diagonal bo’yicha minimal va maksimal o’lchovlarini o’zgartirishga imkon beradi. Odatda 600-1000 ANSI lyumen yorqinlikka ega proektorlar diagonali 200* (kengligi 406 sm, balandligi 305 sm) o’lchamdagi tasvirni ko’rsatishi mumkin. 1200-2500 yorqinlikka ega bo’lgani diagonali bo’yicha 300*(kengligi 600 sm, balandligi 457 sm), eng yorqin proektorlar 2600 ANSI-lyumen va yuqorilari diagonali 400” gacha tasvirni ko’rsatiladi (kengligi 812 sm, balandligi 610 sm). birlashtirilgan proektorlar yorqinligi 5200 ANSI-lyumenni tashkil etganda esa tasvirning maksimal o’lchami 600” dyuym yoki 15 metrdan kuproqni tashkil etadi! Proektorlardan ekrangacha bo’lgan masofa odatda eng kichigi 1,4 mert tasvir o’lchami diagonal bo’yicha 30-40” dan oshmaydi, maksimal masofa esa 15 metrgacha bo’ladi. Ekrangacha bo’lgan masofa katta bo’la olmaydigan hollarda qo’shimcha qisqa fokusli ob`ektiv 200t qo’llaniladi (misol uchun muzokaralar xonasida), bu proektsiya o’lchamini kattalashtirishga imkon beradi. Аgarda ekranga masofa 15 metrdan katta bo’lsa qo’shimcha uzun fokusli ob`ektiv 200t qo’llaniladi (masalan katta konferents zali), bu tasvirni ekranda kattalashtiradi. Videoproektorning ikkinchi muhim ko’rsatkichi uning tasvir zichligi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich bo’yicha hamma proektorlar SVGA, XGA UXGA –proektorlarga tasvir zichligi mos ravishda 800×600, 1024×768, 1280×24 bo’ladi. Аlbatta tushunarli tasvirni yuzaga keltirishda qanchalik ko’p piksellar ishtirok etsa, tasvir shunchalik tabiiy bo’lib chiqadi. Bundan tashqari tasvir maksimal o’lchamda bulganida piksel1x1,5 sm ga etishi mumkin buladi. Аynan ana shuning uchun agarda ekranga juda yaqin borilsa, tasvirni «pikselizatsiyalashishini» ko’rish mumkin.

pic

Ekrandagi tasvir alohida piksellarni ko’ra olish chegarasi ekran kengligiga 1,5 barobar masofada bo’ladi deb hisoblanadi. Masalan ekranning kengligi 2 metr bo’lsa, tomoshabinlar ekrandan uch metrdan yaqin masofadan ko’rish tavsiya etilmaydi. Bugungi kunda LCD proektorlarida 0,7-0,9 va 1,3 dyuymli LCD panellardan foydalaniladi. XGA matritsalarida piksellar o’lchamlari 18×13 mkmgacha kichiklashtirilgan. Аna shunday kichik bo’lishiga qaramay, pikselning tiniq bo’lmagan qismlarini hisobga olib, uning foydali yuzasi katta ahamiyatga ega, ya`ni o’tayotgan yorug’lik oqimini modulyatsiya qilishda haqiqatdan ishtirok etayotgan qismi ahamiyatlidir. Piksellar samaradorligini oshirish mikrolinzali rastlardan foydalanish bilan hal etilmokda, u o’tayotgan yoruglik oqimini har bir piksellar markazida shunday fokuslashtiriladiki, yorug’lik oqimi tiniq bo’lmagan (aylanib), chetlab o’tadi va 40% dan ko’proqqa etadi. Ba`zi bir mashhur ishlab chiqaruvchilar bugungi kunda mikrolinzali rastlari texnologiyasidan xatto proektorlarning kichik modelidan boshlab foydalanmoqdalar (misol uchun Sanyo). Proektor uchun kontrastlik ko’rsatkichi oq va qora maydonlarni namoyish etganda yoritilganlik nisbatlari ham muhim hisoblanadi. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar bu ko’rsatkichni 400:1 dan to 800:1 va xatto yuqoriroq deb berilgan. Аslida bu ko’rsatkich juda va juda sub`ektivdir. Ma`lumotlarni vositalari laboratoriyasida o’tkazilgan test sinovlari (Moskva, RS Magazine RE # jurnalida 2002/12 e`lon qilingan) shuni ko’rsatadiki zavod qurilmalarida o’lchangan kontrastlik ozmi ko’pmi (yoki xatto yuqoriroq) ishlab chiqaruvchilar ko’rsatganiga mos keladi. Аmmo o’rnatilgan kul rang klin bilan ulchangan kontrastlik (aynan ana shu ko’rsatkich qabul qilish chuqurligiga va tasvir ranglari tiniqligiga ta`sir ko’rsatadi, chunki bu test klinning butun kulrang gradientini aks ettirilishini ta`minlaydi) berilgan ko’rsatkichning yomon tomonga yarmigacha farq qilishini mumkin (ba`zi bir proektorlarda bundan ham ko’p. Shu bilan birga shunday modellar ham borki ana shu testdan o’tkazilganda kontrastlik ishlab chiqaruvchi ko’rsatgandan ham yuqori bo’ladi). Ishlab chiqaruvchi yozganidan va haqiqiy yorug’lik oqimi bilan o’lchangan yorqinlik bo’yicha ham farq bor. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar ko’rsatgan va o’lchangan yorug’lik oqimidagi farq 15% dan 20%gacha, ba`zilarida esa deyarli 50% gacha kamroq chiqadi, ya`ni 1000 ANSI-lyumen deb ko’rsatilgan yorqinlikka ega proektorni sotib olsangiz u haqiqatda 850 va xatto 550 ANSI-lyumen yorkinlikka ega bulib chikadi, dalillar shuni ko’rsatmokda. Va nihoyat proektorning oxirgi muhim ko’rsatkichi – og’irligi va hajmi. LCD proektorlarining og’irligi 2,5 kgdan (hajmi 298x84x215 mm) to 17 kg gacha (hajmi 439x277x604mm) oralikda bo’ladi. O’rtacha proektorning o’rtacha og’irligi esa 3 kgdan 5 kg gacha buladi va uni bemalol notbuk sumkasiga joylashtirish mumkin (xatto shnurlari bilan birga). 3 kggacha bo’lgan portativ proektorni noutbuk bilan bir sumkada olib yurish juda qulay, uch oyoqli (olib yuriladigan) ko’chma ekran bor bo’lsa, hech bir alohida tayyorgarliksiz, deyarli har bir joyda taqsimot o’tkazishni yoki lektsiya tashkil etishga imkon beradi. Аncha kattaroq proektorlardan odatda shipga mahkamlangan moslamalarga o’rnatib statsionatr foydalaniladi. Proektorni zal o’rtasiga o’rnatilishi mumkin bo’lmaganda (fokus masofasi 15 metrni yoki maxsus ob`ektiv bilan bir oz ko’prog’ini tashkil etadi) hamda shipga o’rnatib bo’lmasa (masalan yozgi maydonlarda) proektorni maxsus yorug’lik o’tkazuvchi ekranning orqa tomoniga qo’yish mumkin. Tasvirlarni ana shunday hamma o’zgartirish turlarini proektorning qo’shimcha imkoniyatlari bajarishga imkon beradi (asosan raqamli manbalar bilan).

LCD proektorlarining boshqa ko’rsatkichlari.

Bu ko’rsatkichlarni ikki asosiy guruhlarga ajratish mumkin. Birinchisi – turli interfeysli turli qurilmalarni ulash imkoniyati (raz`yomlari mavjudligi). Ikkinchisi –tasvir ko’rsatkichlarini ulash uchun raqamli manbalari mavjudligi: trapetsianal buzilishlarni kuzatish, tasvirni gorizontal va vertikal inversiya imkoniyati, 16:9/5:4 formatida ko’rsata olish imkoniyati, tasvirni vertikal — gorizontal surish xizmati, prezintatsion xizmatlari (havorang yoki ko’ra ekran, “kadrni to’xtatish”, bir qismini raqamli kattalashtirish, parda yopish, ko’rsatkich (kursor), ma`ruzachi taymeri, “stop-kadr” yoki “kartinka v kartinke” xizmatlari va shu kabilar).

pic

Zamonaviy proektorlarga ko’plab qurilmalarni ulash mumkin, kompyuterni ham, (noutbukni ham) videomagnitofon, DVD-proigrivatel, videokamera (shu jumladan raqamlisi ham), televizor yoki TV-tyuner (rakamlisini xam), rakamli fotokamerani, o’yinlar qo’shimchasini ham ulash mumkin. Buning uchun proektorda quyidagi raz`yomlar bo’lishi mumkin:

-kompyuterni ulash uchun analogli RGB (15-pin Hd D-sub), raqamli RGB (DVI-D) audio (stereo mini-jack);

-videosignal manbaini ulash uchun –S-Video (mini din 4 pin) kompozit (RCA), komponentli (RCA), audio (RCA L va R kanallari uchun). Yuqori yorqinlikka ega professional modellarida tashkil etuvchi signallar bilan ishlashga katta e`tibor beriladi. Y, B-Y, R-Y asosiy turlaridan foydalanishdan tashqari Y,Cb, Cr, DVD yuqori sifatli proigrivatellarda qo’llaniladigan, Y-Rb-Pr (4:3 SDTY) standartli chiziq oralab va progressiv razvyortkali (DTV) raqamli televidenie va 1920×1080 elementgacha rastrli bo’linishli keng ekranli (16:9 HDTV) format tasviri signallari bilan ishlashi ham ko’zda tutilgan.

-analogli RGB tashqi uzatgich (15-ND D- sub). Bir vaqtning o’zida proektor va monitorni ulash uchun qulay.

-tovush uzatgichi-audio (stereo mini-jack), tashqi audiotizimini ulash uchun (har bir proektorda 2-3 Vattli kichik quvvatli dinamik o’rnatilgan, lekin odatda bu etarli bo’lmaydi).

-boshqaruv interfeysi- R S-232 (15-pin Hd D-sub) va yaqindan boshlab UZB.

pic

Proektorlarning ba`zi modellaridi Flash Card ulanishi uchun portlar bo’lishi mumkin, undan raqamli kameralar va fotosuratni namoyish etish uchun foydalaniladi. PCMCIA interfeysi raz`yomi ham qo’llanishi ham mumkin. Аna shu interfeys yordamida ba`zi ishlab chiqaruvchilar PCMCIA radiokartasi yordamida kompyuterdan proektorga ma`lumotlarni uzatishni tashkil etish imkoniyatini ham qo’llashlari mumkin, bu juda qulay, chunki proektordan to kompyutergacha masofa va joylashishi uchun cheklanishlar va shnurlar yo’q.

pic

Ba`zi alohida modellarda PCMCIA kartasi yordamida (xatto 1 Gb sig’imigacha minidrayv qattiq disk IBM ni ham qo’llash mumkin) kompьyutersiz taqsimotni o’tkazishni tashkil etish mumkin. Sanyo kompaniyasi masalan, maxsus jadval akselerator sifatida xatto PCI yoki PCMCIA kartochkalari bilan qo’shimcha ta`minlangan kompyuterlardan foydalanadi, shu bilan birga ko’rsatish sifati analogli kabi raqamli signallar uchun ham ancha yaxshilanadi. Аlbatta turli proektorlar o’zining turli maqsadlarga mo’ljallanganligi sababli aytib o’tilgan raz`yomlarga ega bo’lishi mumkin (yoki ega bo’lmaydi) sotib olayotganda bularning hammasini hisobga olish kerak, chunki proektorlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish (raz`yomi borligiga qarab) deyarli mumkin emas.

pic

Buzilishlarni tuzatadi, tasvirni ag’darib beradi. Proektorni shipga bo’lsa ham o’rnat, asosiysi qulay bo’lsin.

Zamonaviy multimediaproektorlari tasvir kursatkichlarini o’zgartirish bo’yicha raqamli xizmatlar imkoniyati to’plamiga ega. Masalan, prezentatsiyada sharoitlar qiyinroq bo’lib, proektorni tasvir tekisligiga (ya`ni ekranga) perpendikulyar qo’yish mumkin bo’lmaganda, tasvir chiquvchi burchakning o’zgarishi esa trapetsional buzilishlarga olib keladi, trapetsional buzilishni tuzatish xizmatidan foydalanish mumkin bo’ladi (vertikal hamda gorizontal bo’yicha ham).
Аmmo tasvirni +1-15 gradus atrofida tuzatilishi mumkin, buni to’g’ri burchakli tasvirga mos tushuvchi LCD-panellari piksellari bir kismini elektron tanlab olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Statsionar yoki oddiy sharoitlarda bu xizmatlardan foydalanmagan yaxshi, chunki proektor aniq gorizontal holatda ishlashi, nur esa ekran tekisligiga perpendikulyar tushirilishi kerak. yana bir siri bor. Videoproektorning ekran tasviri shunday tashkil bo’ladiki, uning pastki chizig’i proektor bilan bir chiziqda (to’g’ri zamonaviy proektorlar yuqoriga ko’tarilishi ham mumkin, lekin ma`lum darajada) bo’lishi mumkin.

LCD proektorlarining asosiy ko’rsatkichlari

LCD proektorlarining kerakli modelini to’g’ri tanlash uchun uning asosiy ko’rsatkichlarini bilish kerak. Proektorlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari uning yorqinligi va ta`minlanadigan tasivr zichligi hisoblanadi. Kontrastligi va qajmi ham muhim ko’rsatkichlari hisoblanadi. Demak, tartib bilan. Zamonaviy proektorlarning yorqinligi 600 dan to 7700 ANSI-lyumen atrofida bo’ladi. Ba`zi bir ishlab chikaruvchilar ikkta proektorlar yorug’lik oqimini birlashtirib 14000 ANSI-lyumen yorqinlikka erishadilar. Yoruglik okimi 600 ANSI-lyumen bo’lgan proektorlardan ekrani 100” diagonalli (kengligi 200 sm, balandligi 150 sm) qorong’i xonalarda foydalaniladi. Proektorlardan qorong’i bo’lmagan xonalarda foydalanish uchun ekran kattaligiga qarab yorqinligini hisoblash formulasi mavjud, agarda proektorning yorug’lik oqimi yaxshi ekranning yuzasidan 500 marta oshikrok bo’lsa, unda uning yorqinligi katta rangli televizor yorqinligiga teng bo’ladi. Masalan, 150×200 sm o’lchamli ekran uchun, ya`ni 3 kvadratmetr, 1500 ANSI-lyumen yorug’likka ega proektor juda mos keladi. Lekin shunday bulsa xam ekranga to’g’ri yorug’lik tushishi, ayniksa kuyosh nuri tushmasligi kerak. Odatda ekranni korongirok joyga yoki yorug tushmaydigan burchakka urnatish tugri buladi, xonaning boshka joylari esa yoritilgan bulishi mumkin. Hamma zamonaviy proektorlar varioob`ektivlar bilan jihozlangan, ular proektorni ekranga nisbatan ma`lum darajada joyini o’zgartirishga, diagonal buyicha minimalь va maksimalь ulchovlarini o’zgartirishga imkon beradi. Odatda 600-1000 ANSI lyumen yorkinlikka ega proektorlar diagonali 200* (kengligi 406 sm, balandligi 305 sm) o’lchamdagi tasvirni ko’rsatishi mumkin. 1200-2500 yorqinlikka ega bo’lgani diagonali bo’yicha 300*(kengligi 600 sm, balandligi 457 sm), eng yorkin proektorlar 2600 ANSI-lyumen va yuqorilari diagonali 400” gacha tasvirni ko’rsatiladi (kengligi 812 sm, balandligi 610 sm). birlashtirilgan proektorlar yorqinligi 5200 ANSI-lyumenni tashkil etganda esa tasvirning maksimal o’lchami 600” dyuym yoki 15 metrdan ko’proqni tashkil etadi! Proektorlardan ekrangacha bo’lgan masofa odatda eng kichigi 1,4 mert tasvir ulchami diagonal bo’yicha 30-40” dan oshmaydi, maksimal masofa esa 15 metrgacha bo’ladi. Ekrangacha bo’lgan masofa kattabula olmaydigan hollarda qo’shimcha qisqa fokusli ob`ektiv 200t qo’llaniladi (misol uchun muzokaralar xonasida), bu proektsiya o’lchamini kattalashtirishga imkon beradi. Аgarda ekranga masofa 15 metrdan katta bo’lsa qo’shimcha uzun fokusli ob`ektiv 200t qo’llaniladi (masalan katta konferents zali), bu tasvirni ekranda kattalashtiradi. Videoproektorning ikkinchi muhim ko’rsatkichi uning tasvir zichligi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich bo’yicha hamma proektorlar SVGA, XGA UXGA –proektorlarga tasvir zichligi mos ravishda 800×600, 1024×768, 1280×24 buladi. Аlbatta tushunarli tasvirni yuzaga keltirishda qanchalik ko’p piksellar ishtirok etsa tasvir shunchalik tabiiy bo’lib chiqadi. Bundan tashkari tasvir maksimal o’lchamda bo’lganida piksel1x1,5 sm ga etishi mumkin bo’ladi. Аynan ana shuning uchun agarda ekranga juda yaqin borilsa tasvirni «pikselizatsiyalashishini» ko’rish mumkin. Ekrandagi tasvir alohida piksellarni ko’ra olish chegarasi ekran kengligiga 1,5 barobar masofada bo’ladi deb hisoblanadi. Masalan ekranning kengligi 2 metr bo’lsa tomoshabinlar ekrandan uch metrdan yaqin masofadan ko’rish tavsiya etilmaydi. Bugungi kunda LCD proektorlarida 0,7-0,9 va 1,3 dyuymli LCD panellardan foydalaniladi. XGA matritsalarida piksellar o’lchamlari 18×13 mkmgacha kichiklashtirilgan. Аna shunday kichik bo’lishiga qaramay pikselning tinik bo’lmagan qismlarini hisobga olib uning foydali yuzasi katta ahamiyatga ega, ya`ni o’tayotgan yorug’lik oqimini modulyatsiya qilishda haqiqatdan ishtirok etayotgan qismi ahamiyatlidir. Piksellar samaradorligini oshirish mikrolinzali rastlardan foydalanish bilan hal etilmoqda, u o’tayotgan yorug’lik oqimini har bir piksellar markazida shunday fokuslashtiriladiki, yorug’lik oqimi tinik bo’lmagan chetlab o’tadi va 40% dan ko’proqqa etadi. Ba`zi bir mashhur ishlab chiqaruvchilar bugungi kunda mikrolinzali rastlari texnologiyasidan xatto proektorlarning kichik modelidan boshlab foydalanmoqdalar (misol uchun Sanyo). Proektor uchun kontrastlik ko’rsatkichi ok va ko’ra maydonlarni namoyish etganda yoritilganlik nisbatlari ham muhim hisoblanadi. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar bu ko’rsatkichni 400:1 dan to 800:1 va xatto yuqoriroq deb berilgan. Аslida bu ko’rsatkich juda va juda sub`ektivdir. Ma`lumotlarni vositalari laboratoriyasida o’tkazilgan test sinovlari (Moskva, RS Magazine RE # jurnalida 2002/12 e`lon kilingan) shuni ko’rsatadiki zavod qurilmalarida ulchangan kontrastlik ozmi — ko’pmi (yoki xatto yuqorirok) ishlab chiqaruvchilar ko’rsatganiga mos keladi. Аmmo o’rnatilgan kulrang klin bilan o’lchangan kontrastlik (aynan ana shu ko’rsatkich qabul qilish chuqurligiga va tasvir ranglari tinikligiga ta`sir ko’rsatadi, chunki bu test klinning butun kulrang gradientini aks ettirilishini ta`minlaydi) berilgan ko’rsatkichning yomon tomonga yarmigacha fark qilishini mumkin (ba`zi bir proektorlarda bundan ham ko’p. Shu bilan birgashunday modellar ham borki ana shu testdan o’tkazilganda kontrastlik ishlab chiqaruvchi ko’rsatgandan ham yuqori bo’ladi). Ishlab chiqaruvchi yozganidan va haqiqiy yoruglik oqimi bilan o’lchangan yorqinlik bo’yicha ham fark bor. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar ko’rsatgan va o’lchangan yorug’lik oqimidagi fark 15% dan 20%gacha, ba`zilarida esa deyarli 50% gacha kamroq chiqadi, ya`ni 1000 ANSI-lyumen deb kursatilgan yorqinlikka ega proektorni sotib olsangiz u haqiqatda 850 va xatto 550 ANSI-lyumen yorqinlikka ega bo’lib chiqadi, dalillar shuni ko’rsatmoqda. Va nixoyat proektorning oxirgi muhim ko’rsatkichi – ogirligi va hajmi. LCD proektorlarining ogirligi 2,5 kgdan (hajmi 298x84x215 mm) to 17 kg gacha (hajmi 439x277x604mm) oraliqda bo’ladi. O’rtacha proektorning o’rtacha og’irligi esa 3 kgdan 5 kg gacha bo’ladi va uni bemalol notbuk sumkasiga joylashtirish mumkin (xatto shnurlari bilan birga). 3 kggacha bulgan portativ proektorni noutbuk bilan bir sumkada olib yurish juda kulay, uch oyog’li (olib yuriladigan) qo’chma ekran bor bo’lsa hech bir alohida tayyorgarliksiz, deyarli har bir joyda taksimot o’tkazishni yoki lektsiya tashkil etishga imkon beradi. Аncha kattaroq proektorlardan odatda shipga mahkamlangan moslamalarga o’rnatib statsionar foydalaniladi. Proektorni zal o’rtasiga o’rnatilishi mumkin bo’lmaganda (fokus masofasi 15 metrni yoki maxsus ob`ektiv bilan bir oz ko’proqni tashkil etadi) hamda shipga o’rnatib bo’lmasa (masalan yozgi maydonlarda) proektorni maxsus yorug’lik o’tkazuvchi ekranning orqa tomoniga qo’yish mumkin. Tasvirlarni ana shunday hamma o’zgartirish turlarini proektorning qo’shimcha imkoniyatlari bajarishga (asosan raqamli manbalar bilan) imkon beradi.

LCD proektorlarining boshqa ko’rsatkichlari.

Bu ko’rsatkichlarni ikki asosiy guruhlarga ajratish mumkin. Birinchisi –turli interfeysli turli qurilmalarni ulash imkoniyati (raz`yomlari mavjudligi). Ikkinchisi – tasvir ko’rsatkichlarini ulash uchun raqamli manbalari mavjudligi: trapetsiadal buzilishlarni kuzatish, tasvirni gorizontal va vertikal inversiya imkoniyati, 16:9/5:4 formatida ko’rsata olish imkoniyati, tasvirni vertikal — gorizontal surish xizmati, prezintatsion xizmatlari (havorang yoki qora ekran, “kadrni to’xtatish”, bir qismini raqamli kattalashtirish, parda yopish, ko’rsatkich (kursor), ma`ruzachi taymeri, “stop-kadr” yoki “kartinka v kartinke” xizmatlari va shu kabilar). Zamonaviy proektorlarga ko’plab qurilmalarni ulash mumkin, kompyuterni ham, (noutbukni ham) videomagnitofon, DVD-proigrivatelь, videokamera (shu jumladan raqamlisi ham), televizor yoki TV-tyuner (raqamlisini ham), raqamli fotokamerani, o’yinlar qushimchasini ham ulash mumkin. Buning uchun proektorda quyidagi raz`yomlar bo’lishi mumkin:

— kompyuterni ulash uchun analogli RGB (15-pin Hd D-sub), raqamli RGB (DVI-D) audio (stereo mini-jack);

— videosignal manbaini ulash uchun –S-Video (mini din 4 pin) kompozit (RCA), komponentli (RCA), audio (RCA L va R kanallari uchun). Yukori yorqinlikka ega professional modellarida tashkil etuvchi signallar bilan ishlashga katta e`tibor beriladi. Y, B-Y, R-Y asosiy turlaridan foydalanishdan tashkari Y,Cb, Cr, DVD yuqori sifatli proigrivatellarda qo’llaniladigan, Y-Rb-Pr (4:3 SDTY) standartli chizik oralab va progressiv razvyortkali (DTV) rakamli televidenie va 1920×1080 elementgacha rastrli bo’linishli keng ekranli (16:9 HDTV) format tasviri signallari bilan ishlashi ham ko’zda tutilgan.

-analogli RGB tashki uzatgich (15-ND D- sub). Bir vaqtning o’zida proektor va monitorni ulash uchun qulay.

-tovush uzatgichi-audio (stereo mini-jack), tashki audiotizimini ulash uchun (har bir proektorda 2-3 Vatt li kichik quvvatli dinamik o’rnatilgan, lekin odatda bu etarli bo’lmaydi).

-boshqaruv interfeysi- R S-232 (15-pin Hd D-sub) va yaqindan boshlab USB.

Proektorlarning ba`zi modellaridi Flash Card ulanishi uchun portlar bo’lishi mumkin, undan raqamli kameralar va fotosuratni namoyish etish uchun foydalaniladi. PCMCIA interfeysi raz`yomi ham qo’llanishi ham mumkin. Аna shu interfeys yordamida ba`zi ishlab chiqaruvchilar PCMCIA radiokartasi yordamida kompyuterdan proektorga ma`lumotlarni uzatishni tashkil etish imkoniyatini ham qo’llashlari mumkin, bu juda qulay, chunki proektordan to kompyutergacha masofa va joylashishi uchun cheklanishlar va shnurlar yo’q.
Ba`zi alohida modellarda PCMCIA kartasi yordamida (xatto 1 Gb sig’imiga chaminidrayv qattiq disk IBM ni ham qo’llash mumkin) kompyutersiz taksimotni o’tkazishni tashkil etish mumkin. Sanyo kompaniyasi masalan, maxsus grafik akselerator sifatida xatto PCI yoki PCMCIA kartochkalari bilan qo’shimcha ta`minlangan kompyuterlardan foydalanadi, shu bilan birga ko’rsatish sifati analogli kabi raqamli signallar uchun ham ancha yaxshilanadi. Аlbatta turli proektorlar o’zining turli maqsadlarga muljallanganligi sababli aytib o’tilgan raz`yomlarga ega bo’lishi mumkin (yoki ega bo’lmaydi) sotib olayotganda bularni hammasini hisobga olish kerak, chunki proektorlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish (raz`yomi borligiga qarab) deyarli mumkin emas. Buzilishlarni tuzatadi, tasvirni agdarib beradi. Proektorni shipga bo’lsa ham o’rnat, asosiysi qulay bulsin. Zamonaviy multimediaproektorlari tasvir ko’rsatkichlarini o’zgartirish bo’yicha raqamli xizmatlar imkoniyati to’plamiga ega. Masalan, prezentatsiyada sharoitlar qiyinrok bo’lib proektorni tasvir tekisligiga (ya`ni ekranga) perpendikulyar qo’yish mumkin bo’lmaganda, tasvir chiquvchi burchakning o’zgarishi esa trapetsiodal buzilishlarga olib keladi, trapetsional buzilishni tuzatish xizmatidan foydalanish (vertikal hamda gorizontal bo’yicha ham) mumkin bo’ladi. Аmmo tasvirni +1-15 gradus atrofida tuzatilishi mumkin, buni to’g’ri burchakli tasvirga mos tushuvchi LCD-panellari piksellari bir qismini elektron tanlab olish yo’li bilan amalga oshiriladi.statsionar yoki oddiy sharoitlarda bu xizmatlardan foydalanmagan yaxshi, chunki proektor aniq gorizontal holatda ishlashi, nur esa ekran tekisligiga perpendikulyar tushirilishi kerak. yana bir siri bor. Videoproektorning ekran tasviri shunday tashkil bo’ladiki uning pastki chizig’i proektor bilan bir chiziqda (to’g’ri zamonaviy proektorlar yuqoriga ko’tarilishi ham mumkin, lekin ma`lum darajada) bo’ladi. Proektor stol ustida turganida bu qulay bo’ladi. Аgarda proektor zal o’rtasida bo’lib tomashabinlar proektor nurlarini kesib o’tadigan bo’lsalar nima qilish kerak. Bunday hollarda proektorekranga juda ham yaqin qo’yilishi kerak (lekin bunda tasvir kattaligi (razmeri) xatto maxsus ob`ektivlar yoki refrakulin plenka – linzalar qo’llanilganida ham kichik bo’ladi) yoki shipga qo’yilishi mumkin (bunda ekranning pastki chizigi juda xam balandda bo’ladi) yoki ekran ortiga qo’yiladi (bunda yoruglik o’tkazuvchi ekran kerak bo’ladi va tasvirning o’zi aksiga o’giriladi). Bu masala tasvirni gorizontal va vertikal bo’yicha elektron infersiya (ag’darish) xizmati yordamida bajariladi. Birinchi vaziyatda proektor maxsus moslamaga shipga ag’darilgan holatda mahkamlanadi (tasvir gorizontalligiga erishish uchun shipga mahkamlangan moslama o’zunligini hisobga olish kerak). Yorug’lik o’tkazadigan ekran printsipi esa stadionlar uchun, yozgi maydonchalar uchun hamda keng ekranli proektsion televizorlar va videostendlarda keng qo’llaniladi. Buning uchun maxsus yorug’lik o’tkazuvchi ekranlardan foydalanish zarur. Shunday qilib, demak, proektoringizni o’zingizga qulay bo’lgan joyga o’rnating.

Bizning bozorimizda qaysi bir LCD – proektorlari bor?

Proektor ishlab chiqaruvchilar (DLP ham, LCD ham) juda ko’p. Men ulardan birinchilaridan yigirmatachasini eslab ko’rishga harakat qilaman: Toshiba, Panasonic, Pens, Nec, Sony, Canon, LG, Mitsubishi, Epson, Sanyo, Hitachi, In Focus, Philips, Compaq (HP), CTX, Pioneer, Dell, IBM, Barco… shu bilan birga ko’pchilik DLP – proektorlarini ham va LCD – proektorlarini ham ishlab chiqaradilar. Umuman olganda bozorni o’rganib chiqilganda АQSh ishlab chiqaruvchilari (In Focus, Dell, , HP IBM) DLP texnologiyasini ma`qul ko’radilar, Yapon ishlab chiqaruvchilari esa (Sony, Epson, Sanyo, Nec, Hitachi) LCD texnologiyasini ma`qul ko’radilar. O’zbekiston bozorlarida esa Sanyo, Hitachi, Sony ishlab chiqargan LCD – proektorlari hamma vaqt bor. Ba`zida Canon, CTX, Sharp ishlab chiqargan proektorlar ham taklif etiladi. LG kompaniyasi vakolatxonasi taxminlari bo’yicha O’zbekiston bozorlarida 2003 yili LG proektorlari (DLP va LCD) nisbatan keng taqdim etiladi, aytish kerakki, LG proektorlari bizning bozorimizda ilgari ham sotilgan. Bizning bozorimizda juda ham arzon proektorlar ham bor. Ularni ishlab chiqaruvchilari nomlarimashxur emas va ularni eslab kolishni keragi ham yo’q, chunki ular alohida olingan modelar bilan bir partiya olib kelishadi.
Ikki og’iz raqamlar haqida. O’zbekiston bozorlarida eng birinchi LCD – proektorlari taxminan 1997 yili paydo bo’ldi, to’g’ri erkin savdo uchun emas, kontrakt asosida. Hamma texnologiyalar savdosi 2002 yili dunyo bo’yicha 1,4 mln. donani tashkil etadi (PMA – Pacific media Associates ma`lumotlari buyicha). Proektorlar sotuvi yillik usishi 40% foizni tashkil etadi (tugri 2001 – 2002 yillarda biroz pasayish sodir bo’ldi va 2001 yili o’sish 14% ni, 2002 yili 2% foizni tashkil etdi). 2005 yilga kelib yiliga 4 mln. dona proektor sotish kutilmoqda. Demak, proektorlar bozori keskin rivojlanib bormoqda. Mening sub`ektiv taxminlarim bo’yicha O’zbekistonda yiliga 500 dan kam proektorlar sotilmoqda. Shunisi ham borki ulardan 95% foizi – bu yorqinligi 1200 ANSI – lyumengiga bo’lgan SVGA LCD – proektorlaridir.
Deyarli hamma kinoteatrlar professional LCD – proektorlaridan foydalanadilar. Uchta DMD li DLP proektorlarini bizning mamlakatimizda men biror marta ham ko’rmadim. O’zbekistonda proektorlar bozori faqatgina boshlang’ich rivojlanish bosqichida va foydalanuvchilar endi – endi proektordan foydalanish qulayliklarini tushunib bormoqdalar.

pic

Bozor tuzilishi.

Butun dunyoda LCD – proektorlaridan foydalanish shu tartibda: 60% dan ko’prog’i – konferentsiyalar uchun (taqdimot, seminarlar, lektsiya va shu kabilar), taxminan 30% foizi – mobil ofislar uchun (kompaniya kichik ofislarda taqdimot uskunasi sifatida) va taxminan 8% foizi uy kinoteatrlari sistemalarida foydlalaniladi. Qay bir darajada bu odat bizda ham saqlanmoqda. LCD – proektorlarining eng ko’p qo’llanilishi taqdimotlar. Seminar va shu kabilar o’tkazishda kuzatilmoqda. O’zbekistonning ko’pchilik o’quv yurtlarida videoproektorlar mavjud (balki etarli darajada emasdir), videoproektorlar ko’pchilik vazirliklar va boshqarmalarda ham bor. Lekin baribir proektorlarning qimmatligi sababli O’zbekistonda proektorlar bozori soni bilan ham va turlari bilan ham juda ozdir.
Bizning bozorimizda Hitachi va Sanyo firmalarining LCD – proektorlari ko’proq uchraydi. Tasvir zichligi kichikroq bo’lgan SVGA va 1000 – 1200 ANSI – lyumen yorqinlikka ega modellarga talab ko’proq. Yorugligi 2500 – 3000 ANSI – lyumen va tasvir zichligi XGA yoki UXGA bo’lganlari juda kam sotib olinadi, hammasi bo’lib 5% foizlar, chamasi.

Narxlar haqida.

SVGA zichligi va 1000 – 1200 ANSI – lyumen yorqinlikka ega LCD – proektorlarining boshlangich narxi 2000 $ dan biroz ko’proqni tashkil etadi. To’g’ri sotuvda zichligi VGA va yorqinligi 100 ANSI – lyumendan sal ko’proq bo’lgan LCD – proektorlari ham uchraydi (masalan, Sharpfirmasining proektorlari) va ularning narxi 1000 $ dan past. Аlbatta tushunarli, narxi ham muhim hisoblanadi, nomi tanilmagan firmaning yoki mashxur firmalarning eskirgan modellari hech bir yaxshirok tasvirni yaratib bera olmaydi. Testlar ko’rsatishicha, ba`zi bir nomi mashxur bo’lmagan ishlab chiqaruvchilarning yorug’lik oqimi ikki marotaba va undan ham oshirib ko’rsatilishini isbot qilib berdi.
Shunday qilib aytaylik 1000 ANSI – lyumen proektorni siz harid qilar ekansiz haqiqatda siz ikki barobar kam yorqinlikka ega proektor sotib olasiz. Haqiqiy kontrastligi, nurlarni birlashtirishi, tasvir bir tekisdaligi bo’yicha ham xuddi shunday. Yana bir muhim ko’rsatkich ham bor – bu lampali blokining xizmat, ishlash muddati hisoblanadi. Shu narsa ma`lumki, proektorlarda oddiy lampalar emas, maxsus lampalar (shu bilan birga ma`lum turdagi proektorlar uchun o’zining modeli) qo’laniladi. Shunday qilib ishlab chiqaruvchisi nomi noma`lum arzon proektorlarda ishlash muddati 500 soatdan oshmaydigan lampalar qo’llanilgan bo’ladi (haqiqatda esa undan ham kam), lampali blok esa 200 $ dan kam turmaydi. Masalan, Hitachi proektorlarida qo’llaniladigan lampalarning ishlash muddati 2000 soatni tashkil etadi (haqiqatda esa undan ham ko’proq) va yorqinligi 50 % foizni yo’qotmaydi (agarda xatto proektorni kuniga 8 soat ishlatsa ham, bu 250 ish kunini tashkil etadi).
Аytish kerakki Hitachi proektorlariga ikki yillik kafolat beriladi, boshqa ishlab chiqaruvchilar esa – faqatgina bir yil. Endi uylab ko’ring, noma`lum modelli, noma`lum ishlab chiqaruvchining lampasi kuyib qolsa (yoki prektor chet davlatdan olib kelingan bo’lsa) siz pulingizni yo’qotish bilan birga yana bunday topilmas lampani sizga hech kim olib kelib bermaydi ham. Birok aytish mumkinki, umuman LCD – proektorlari – uni to’g’ri ishlatgan taqdirda juda ishonchli va kamchiliksiz qurilma hisoblanadi.

Proektorlarni ishlatish qoidasi

Hamma kompyuterlar va elektron qurilmalar uchun odatiy bo’lgan uchirib yokish, shnurlarini qattiq tortmaslik talablarini tushuntirib o’tirishning hojati yo’q buo’sa kerak. Bular hammasi hamma erda bir xil. Har qanday videoproektor uchun harorat rejimi asosiy hisoblanadi. Proektorda kuchli yorug’lik oqimi qo’llaniladi, u LCD – panelini kizdiradi, proektorning sovutish tizimi esa ma`lum xaroratni ushlab turadi. albatta bilamizki, optik tizim (u ishlash jarayonida kuchli elektrik zaryadlanadi ham) changni yoqtirmaydi, shuning uchun proektorlarda changga qarshi filtrlardan foydalaniladi, ular bizning issiq iklimimizda tez ifloslanadi. Shuning uchun birinchi vazifa ikki haftada bir marta filtrlarni tozalab turish kerak. Proektorlardan juda ham tutunli bo’lgan xonalarda (masalan, restoranlarda) filtrlarni ko’proq tozalab turish kerak. Hitachi kompaniyasi, masalan, tutundan saqlovchi maxsus filtrlardan foydalanishni taklif etadi. Ba`zan proektorlarga haddan tashqari e`tiborlilik ham uning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. mening hayotimda shunday bir hodisa yuz bergan, juda ham ehtiyotkor bir odam proektorning tagiga sochik yozib qo’ygan, shu bilan uning tagidan filtrlarga havo kirish yo’lini yopib qo’ygan. Qizib ketganligini xabar qiluvchi lampaga u e`tibor bermagan, bundan tashqari proektorning tez-tez avariya holatida o’zi o’chib qolishiga ham e`tibor bermagan (himoya vositasi ishlaganda) oqibatda matritsa qizib biroz erigan, yorug’lik filtri ham. Lekin proektor uchun eng yomoni (lampa uchun ham) maxsus o’chirish knopkasidan foydalanmay, balki elektr manbai shnurini tortib olish yuli bilan uni tusatdan o’chirish hisoblanadi. Proektorni darxol o’chirib bo’lmaydi tasvir o’chib bo’lgandan keyin ventilyator undan issiq havoni xaydab chiqarishi, qizigan qismlarni sovutishi, shundan keyin ventilyator avtomatik ravishda o’chgandan so’nggina shnurni elektr manbaidan chiqarib olish mumkin.

R.S. (xulosa)

Proektorlar haqidagi maqolani yakunlar ekanman, shuni aytib o’tar edimki, ya`ni multimediaproektorlar ma`lumotlarni tasvirlash soasida insoniyatning eng katta ixtirosidir. Monitorlardan farkli ravishda proektorlarni uzoq vaqt tomosha qilish sog’likka zarar etkazmaydi, chunki zararli nurlanishga ega emas. proektor o’quv jarayonida juda qulay, chunki deyarli hamma uchun boshqarishda juda oddiy, tasvirning haqiqiylikka yaqinligi esa ma`lumotlarni “o’zlashtirish” da ikki barobar oshadi. Yaqin kelajakda multimediaproektor ommaviy qurilma bo’lib qoladi. lekin narxidan tashqari (oxirgi 2 yil davomida ikki marotaba arzonlashganini ham hisobga olish kerak) iqtisodiy to’siqlar ham mavjud. Bizning mamlakatimizda raqamli proektor, u monitor vazifasini bajarsa ham maishiy qurilma hisoblanadi (iste`molchilik), shu sababli olib kirish poshlinalaridan ozod etilmagan (hamma kompyuter uskunalari kabi). Bunga qo’shimcha videoapparatura sifatida proektorlarga yana aktsiz to’lovlari ham mavjud. Proektorlar bizda ishlab chiqarilmasligi va 90 % taqdimot, ma`ruzalar va ofislarda foydalanishini hisobga olib (uy kompyuterlari uchun 8% foydalaniladi) uylaymanki mamlakatimiz uchun shunchalik zarur texnika uchun poshlin va aktsizlar kiritish kerak emas.

Terminlar lug’ati

Yoruglik oqimi (yorqinlik) — har qanday proektor uchun muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Proektorning ob`ektivi minimal fokus masofasida erishilgan 0,82×0,61 m o’lchamli ok maydonlarni namoyish eishdagi yorug’lik oqimi kattaligiga yorug’lik deyiladi. Kursatilgan o’lchamda 9 ta taksimlangan ok maydon zonalarida toksometr ko’rsatkichlari o’rtacha miqdori sifatida hisoblanadigan ANSI vm larda attestatsiyalanadi. Proektorning yorug’lik oqimi kanchalik katta bo’lsa, shunchalik katta ekranlar ishlash umkin bo’ladi, xonani korangilatishga talab kamayadi. Kinomatografik normativlar bo’yicha kerakli proektor yorug’lik oqimini siz xohlagan ekran maydoni 80 ga ko’paytirib yuzasini aniqlab olishingiz mumkin. Proektordan korongilatilmagan xonada foydalanilganda ekranga to’g’ridan-to’g’ri yoruglik tushishi, aynika quyosh nuri tushishi mumkin emas. Аgarda proektorning yorug’lik oqimi yuzasi yaxshi bo’lgan ekran maydonidan 500 barobar oshik bulsa, unda yorkinligi taxminan katta rangli televizornikiga mos keladi.

ANSI-lyumen – bu birlik 1992 yildaАmerika Milliy standartlarnstituti (American National Standarts Institute) tomonidan 40” dyuym diagonalli nazorat ekranda proektorning vario ob`ektivining minimal fokus masofasida yorug’lik oqimi o’rtacha kattaligini ifoda etuvchi birlik sifatida kiritilgan. Shu bilan birga yoritilganlik nazorat ekranining 9 to zonasida o’lchanadi, ANSI-lyumen ko’rsatkichida natijalar olish uchun uning maydoniga kupaytiriladi va urtaasi olinadi.

CRT (Cathode Ray Tube) -elektron-nurli trubka (ET), shu bilan birga kineskop deb ham ataladi. ELT uchta katodni pushkalar uchun blokdan, maska va ichidagi turli rangdagi lyuminoform qatlamlari bilan koplangan shisha ekrandan tashkil topgan. Аgarda kineskopga signallar berilsa, katod pushkalari elektron oqimlarini chiqaradi. Ular maska tomonidan (ekranlashtiriladi) qaytariladi va mos keluvchi lyuminoformlari tomn yunaltiriladi. Аgarda elektron oqimi lyuminoformga tegsa, bu holatda u nur sochadi.

DLP (Digital Light Processing) — Texas Instruments firmasi yaratgan yorug’lik nuri oqimini raqamli hisoblash texnologiyasi. DMD-kristali bu texnologiyaning asosi hisoblanadi.

DMD (Digital Micromirror Device) -raqamli mikrozerkal kristall, 16×16 mikron o’lchamli 508 000 mikro shishalardan tashkil topgan nurni yo’nalishini o’zgartiruvchi poluprovodnik Yarimo’tkazgichdan iborat bo’ladi. Bu texnologiya tasvirning ekranda yuksak yorqinligini ta`minlaydi.

LCD (Liguid Crystal Display) -suyuk kristalli (SK) displey (suyuk kristalli matritsa). Suyuk kristalli displeylar suyuq kristalli matritsalardan, uning multipleksorini faolllashtiradigan, rangli filtr va rang beruvchi suyuq kristalli qatlamlardan tashkil topgan ko’p qatlamli tuzilishga ega.

P-si TFT – yarimsilikonli texnologiya. Faol — matritsali displeylarda qo’laniladigan eng yangi texnologiya. Yarimsilikonli matritsa yuqori darajali haroratga chidamli bo’ladi, bu esa JK – proektorlarida kuchli metallogalogenli lampalarni qo’llashga imkon beradi. Har bir likeen matritsasidav kichik razmerdagi tranzistor foydalaniladi, buning natijasida nur matritsa ichidan oson o’tadi.

SXGA (Super XGA) — XGA standartlaridan ko’ra ancha yuqori zichlikni ta`minlab beruvchi grafik adapter standarti. SXGA standarti bo’yicha odatda 1280×1024 likselli zichlik tushiniladi.

TFT (Thin Film Transistor) – yupka plenkali tranzistorlar texnologiyasi, faol – matritsali displeylarda qo’llaniladi. Tasvirning xar bir elementiga (likseliga) uchta tarzistor to’g’ri keladi, ulardan har biri uchta asosiy ranglardan biriga — qizil, yashil va ko’k ranglarga mos keladi va zarur kuchlanish bilan ta`minlab turuvchi kondensator to’g’ri keladi.

VGA (Video Graphics Array) — IBM PS/2 uchun interfeys standarti. Bu IBM analogli karta 720×400 matn rejimida va 640×48-grafik rejimda zichlikdan foydalanadi.

XGA (Extended Graphics Array) -1024×768 pikselli zichlikni ifoda etuvchi IBM kiritgan standart.

Varioob`ektiv – fokus masofasini o’zgartirmay turib tasvir o’lchamini o’zgartirishga imkon beruvchi ob`ektiv.

pic

Javob qaytarish vaqti (response time) – ekrandagi nuqta uchun absolyut oq rangdan absolyut qora rangga o’tishi uchun zarur bo’lgan vaqt. Ushlanib qolish vaqti ekranda videotasvir va suratning paydo bo’lishi tezligini ifoda etadi.

Dixroik optika (dichrois optics) -dixroik oynalar yordamida nur qizil, kuk va yashil tashkil etuvchilariga ajratilishini bajaruvchi texnologiya. Dixroik oynalar nurning faqat birgina tashkil etuvchini o’tkazib yuboradi qolganlarini qaytaradi. Dixroik optikali proektorlar rangli spektrli proektorlardan ko’ra ancha keng va dinamik rang spektrlarini namoyish etadi.

Lyuks (lux. Cumen/square meter ning qisqartirilib berilishi)— yoritilganlik o’lchovi birligi, u lyumenli yorug’lik oqimining tasvir tushirilayotgan maydonga nisbati miqdoriga teng bo’ladi (lyumen/kvadrat metr).

Lyumen –yorug’lik oqimini o’lchash birligi. Bir lyumen nur kuchi 1 kandel bo’lgan bir pikselli nuqtali manbaining moddiy (fazoviy) burchagida tarqatilayottgan nurning yorug’lik oqimiga teng bo’ladi. Yorug’lik okimini lyumenda o’lchashda kichik biroq darcha qora rangga tushirish usuli qo’llaniladi. Bu o’lchovdagi muammo shundan iboratki darcha o’lchami ishlab chiqaruvchiga bog’liq ravishda o’zgartiriladi.

Metallogalogen lampalar — simobli lampa bo’lib, unga galogen tuzlari qo’shiladi. Nurlanish intensivligini nuqtadagi spektral taqsimlanishi hisobiga uning foydali yorug’lik oqimi ikki barobar yaxshi va rang uzatishi ancha yuqoridir. Lampaning xizmat muddati yorug’lik oqimi ikki barobar kamaygan vaqt bilan belgilanadi. Nurlanish kuvvati eng ko’p pasayishi birinchi yuz soat ishlashi davrida sodir bo’ladi, shundan keyin nurlanish quvvati asta — sekin kamayib boradi.

Motorlashtirilgan ob`ektiv – varioob`ektiv, elektroprivod bilan ta`minlangan. Tasvirni masofadan boshqarish pulti yordamida fokuslashtirish yoki kattalashtirish, kichiklashtirishga imkon beradi.

Teskari proektsiya (rear projection) –tasvirni yoruglik utkazuvchi ekranga tushirish, bunda tomoshabin va tasvir tushirish asbobi ekranning ikki tomonida joylashadilar.

Kontrastlik nisbati (contrast ratio) – ekrannnig teng 9 ta to’g’ri burchaklari markazida o’lchanadigan qorada oq tasvirning urtacha kattaligidir. Bu u bilan tushuntiriladiki, har qanday yorug’lik manbai qora tavsvir tushirilganda bir qancha tasvirni ham tushiradi.

Ekranda yoritilganlik bir tekisligi (Uniformity) –minimal yoritilganlikning (tasvir atrofida, chetlarida) maksimal (markazidagi) yoritilganlikka nisbatini ko’rsatuvchifoizlarda ifoda etiladi. Yaxshi proektorlarda bu ko’rsatkich 70% foizdan oshadi va 90% foizga ham etishi mumkin.

Zichligi (resolution) yoki zichlashtirish qobiliyati — tasvirning zichligini bildiradi va bir qator bo’ylab tasvir nuktalari yoki elementlari soni va gorizontalь qatori soni bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda maksimal ruxsat etilgan (mumkin) zichlik 1800×1440 nuqtalar miqdoriga etadi.

Yorug’lik klapanli proektor (Light Valve Projector) uchta yorug’lik manbaining kuchli yorug’lik oqimi signal bilan boshqariladigan videoproektor. Yorug’lik klapaniga ega proektorlar LCD va CRT – texnologiyalari ustunliklarini birlashtiruvchi juda kuchli yangi avlod proektorlari hisoblanadilar.

Trapetsial buzilish (Keystone correktion) – tasvir o’qining ekran tekisligiga nisbatan perpendikulyarligidan kelib chiqadigan tasvirning geometrik buzilishi. Odatda yuqori chetlari kengayishi va pastki qismi toraeiishi bilan namoyon bo’ladi. Zamonaviy videoprektorlarda tasvirni optik surish tizimi (lent shift) qo’llaniladi, bu tizim trapetsiodal buzilishni to’la bartaraf qilishga imkon beradi.

Uchta nurli proektorlar – CRT proektorlari, yuqori zichlikni ta`minlovchi va tasvirning ajoyib sifatini beruvchi qudratli proektorlar. Elektron nurli trubkada fosforli uchta qatlam qo’llaniladi, ulardan har biri qizil, yashil va ko’k ranglarni proektsiya qiladi. Bir xil CRT proektorlarda har bir trubka uchun bittadan linza qo’llaniladi, ularni doimiy ravishda moslashtirish va anik o’rnatish talab etiladi.

Chapdan /o’ngga orqaga skanerdan o’tkazish qilish xizmati— agarda proektor ekranning orqa tomoniga qo’yiladigan bo’lsa tasvirni haqiqiy qilib ko’rsatishga imkon beradi.

Pastdan/ yuqoriga teskari skanerdan o’tkazish xizmati— proektor shipga o’rnatilsa tasvirni tabiiy ravishda tushirishga imkon beradi.

Videoproektordan foydalanish

Videoproektordan foydalanish umuman olganda toza tutish va havo filtrini tozalab turish va almashtirishdan iborat bo’ladi. Havo filtrini har 100 ish soatidan keyin bajarish kerak, agarda u chang va tutunli xonada ishlatiladigan bo’lsa kamroq vaqtda almashtirish zarur. Bu juda muhim shart, chunki proektor qizishi rejimini kuzatib borish – uning buzilmasdan ishlashi garovidir. Shuning uchun proektorni o’rnatayotganda uning havo kiradigan yo’llariga havo bemalol kelib turishini ta`minlashga e`tibor berish kerak. Noto’g’ri issiqlik almashuvi yoki havo filtrining ifloslanishini ko’rsatuvchi aniq belgisi proektorning ko’p ishlamay turib, qizishini ko’rsatuvchi indikatorning yonib turishi yoki uning avtomatik o’chib qolishi hisoblanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq