Buxgalter hisobi qanchalik oddiy
30.03.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Andrey Andrichenco, Alecsey Vitinov, Sergey Litvac.
pic
…yoki ta`lim samaradorligini oshirish va tezlashtirish uchun buxgalterlik dasturini qo’llash texnologiyasiga yangicha qarashlar

Buxgalterlik hisobi hamma fanlar va san`atdan ham yuqori turadi,
chunki u hamma uchun zarur, uning o’zi esa hech kimga muhtoj emas.
F.de Eskobar

Tahlil

90 — yillar boshlarida sobiq ittifoqda juda qam murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga keldi. Bir tomondan aqliy mehnat vakillari katta qismini, birinchi navbatda vayronalik ularga ta`sirini ko’rsatdi, ishsizlikka duchor etib ishlab chiqarish imkoniyatlari buzilib kela boshladi. Boshqa tomondan tizim ancha ochiq bo’la bordi va G’arbdan inson faoliyati hamma sohalarini avtomatlashtirish vositalari oqimi keng kirib keldi. Bular birinchi zamonaviy shahsiy kompyuterlar bo’lib, o’sha davrda susayib borayotgan iqtisodiyotni boshqarish va samarali rivojlantirishga o’tish uchun foydali asoslar yaratdilar.

Bundan tashqari turli dasturli ta`minlashlar ham olib kelinib, ular ana shu kompyuterlarga kiritildi. Yuzaga kelgan vaziyatning ajoyibligi shundan iborat Ediki, sobiq ittifiqdan keyingi jamiyatning tarixiy rivojlanishi uchta tarmog’i bir joyda uchrashdilar. Birinchisi,. bozor iqtisodiyoti tamoyillariga o’tish va u rivojlanishi bosqichida juda ham ko’plab kichik korxonalar paydo bo’la boshladi. Ularga esa ma’muriy boshqaruvchi kadrlar hamda buxgalterlar talab etiladi. Bu talablarni qondira oladigan tajribali mutaxassislar yo’q edi. Qoniqtirilmagan juda katta talablar qolgandi, ular o’z navbatida takliflarni yaratmasligi mumkin emas edi.
Ikkinchisi,: aytib o’tilgan ish joylarining qisqarishi sababli aqliy mehnat ishchilari katta armiyasi – intellektuallar paydo bo’ldilar, ular buxgalterlik hisob ishlarida hech qanday tajriba va ko’nikmalarga ega emasdilar, ular asosan davlat rejali iqtisodiyoti byudjet (dotatsion) soxasidan chiqqan edilar. Uchinchisi,: bozorni ancha arzon kompyuter texnikalari bilan boyib borishi «narxi-foydasi» degan mavjud nisbatlarni o’zgartirdi va dasturlar ishlab chiqish, matematik ta`minot kabi soha rivojlanishiga qo’shimcha kuch bag’ishladi. Xususan, bu faoliyat bilan vaziyat oqibatida shug’ullanishga majbur bo’lgan buxgalterlar ba`zi kamchiliklarini, tajribasizliklarini o’rnini to’ldirishi kerak bo’lgan buxgalterlik dasturli (ta`minot) mahsuloti bozori yuzaga kela boshladi. Shu tariqa dasturli ta`minotning bu yo’nalishini to’ldirib borish juda ham yaxshi ko’rinish olmadi. Dasturchilar o’z mehnatlarini qaysi sohaga yo’naltirilishini izlab dasturlar ishlab chiqa va yarata boshladilar. Keyin esa o’z mahsulotlarini tatbiq eta boshladilar ham, lekin ular buxgalterlik hisobining ma`nosining nozik tomonlarini tushunmasdilar. Bu dasturlar bozorning kengligi sababli har bir katta talablarsiz tanlab o’tirilmay ishlatilaverildi. Buxgalterlar o’z navbatida ikki sabab bo’yicha masalani to’g’ri qo’ya olmasdilar: birinchidan, kompyuter texnikasidan foydalanish yangiligi noma`lum, o’rganilmaganday ma`lum darajada qo’rqish. Ikkinchidan, buxgalterlik hisobi sohasining o’zida ish tajribalarining unchalik ko’p emasligi bo’ldi. Ko’pchilik buxgalterlik mutaxassisligiga ega bo’lib, turli sharoitlar sababli (bunga ularning yoshlari ham sabab bo’lishi mumkin) aynan buxgalterlar uchun bo’lgan buxgalterlik dasturli ta`minlash asosida jiddiy ishlay olishlarini ko’rosata olmadilar.

Natijada 90 — yillar davomida buxgalterlik dasturlar bozoriga 90 — yillar boshlaridagi vaziyatda yo’l qo’yilgan kamchiliklarga ega ko’plab dasturli mahsulotlar chiqarildi. Bu holatning yuzaga kelishiga ishlab chiqaruvchilarning bu qilingan ishlardan foydalanuvchilar uchun aslida nimalar kerakligini bilmasliklari sabab bo’ldi.bu esa uzoq vaqtlar davomida turli vositalar yaratish bo’yicha ishlar olib borilishiga olib keldi, umuman olganda buxgalterlik hisobiga kerak emas va begona qandaydir qo’shimchalar yaratilib ular birlashib yagona yaxlitni tashkil eta olmadilar. Boshlanishida turli jadvallar, orderlar-jurnallari va boshqa dasturli amalga oshirishlar yaratilib buxgalterlar ishini soddalashtirish o’rniga amalda uni fakatgina chalkashtirar edi, alohida qismlari va bulimlarining echimini amalga oshiruvchi qayta qurilmalar yaratilib, lekin ular buxgalterlik umumiy kompleksi haqidagi yagona tasavvurni bermas edi.

Talablar

Lekin echimlar juda ham yaqin turar edi. aytib o’tilgan qog’oz hujjatlarning o’zi faqatgina butun buxgalteriya uchun ballansli va moliyaviy raqamlar va hisobotlarni “ikki martalab yozish” deb ataluvchi oddiy va fundamental ma`lumotlarni bog’lab analitik buxgalterlik hisobotini ta`minlashga yordam beruvchi oraliq registlar hisoblanadilar. Shu tariqa asosiysini tashkil etuvchi yozuvlarni ularni tashkil kiluvchi kismlariga bo’lib saqlab qolish jarayonini to’g’ri dasturlashtirib provodkadan to aylanma-saldovoy vedomostgacha, ya`ni to balansgacha eng qisqa yo’l bilan ta`minlanildi. Shu bilan birga bu raqamlar zarur bo’lganda, aniqroq aytganda konservatizmlik sababli oraliq hujjatlarni tuzib berishga imkon beradi. Аmmo aynan shu tartibda. Аylanma saldovoy vedomost va oraliq registlar provodkalar natijasi hisoblanadi va bir darajani (bosqichni) ko’rsatadi. Qog’ozlarda buxgalteriya hisobotini olib borish usulida esa bunday bo’lmagan, unda oraliq registlar asosida balans chiqarilar edi, bu esa ko’p bosqichlilik qurilishidan iborat bo’lar edi. ushbu buxgalterlik dasturli ta`minlashni qurish kontseptsiyasidan kelib chiqib, amalda buxgalterlik hisoboti matematik modelini amalga oshiruvchi dasturlar deyarli oddiy tuzilishga (qurilishga) ega bo’ladi va buning natijasida sodda sozlanadi.ortiqcha qo’shimchalardan ozod bo’lgan bu dasturlarda buxgalterning e`tibori faqatgina analitik hisobotgagina qaratilib, ko’rib chiqmoqchi bo’lgan u yoki boshqa raqamlarni hisoblab chiqishdan iborat bo’ladi. Buxgalter uchun bo’layotgan ishlarni tushunmaslik va ortiqcha hisob-kitoblar bilan shug’ullanib vaqtini o’tkazmaydigan ijodiy ishlashi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Hamma kerakli raqamlar uning ko’z oldida, ularni osongina ko’rib chiqish mumkin va buxgalter uchun qulay ko’rinishda namoyon bo’ladi.

O’qitish masalalari

Hozirgi kunda buxgalterlik hisoboti bilan shug’ullanishni xohlovchi va uning kelajagini kompyuterlashtirishda ko’rayotgan inson oldidagi ishda jiddiy masali turadi – bu bir necha predmetlarni o’rganish bo’lib, ular kompyuter texnikasi, buxgalterlik hisoboti va dasturli ta`minlashni buxgalterlik ishida amaliy qo’llash, hamda anik bir dasturni tanlay bilish kabilardan iboratdir. Qisqa muddatda maxsus kerakli bilimlarni egallab olishga imkon beruvchi buxgalterlik hisobotiva audit sohasida malakali mutaxassislarni tezlashtirilgan usulda tayyorlash va amaliy ishshga muvafaqqiyatli kirishishi masalasini hal etish eng samarali yo’llaridan biri – buxgalterlik materiallarning nazariy va amaliy aspektlarini o’rganishni dialektik birlikda, yaxlit olib borishdan iboratdir. Shu bilan birga buxgalterlik hisoboti asosida yotuvchi oddiylik o’qitishning oddiy bo’lishini ham ko’zda tutadi, bu esa hisobot jarayoni butun qurilishi uchun asosini tashkil etuvchi ilk boshlanish va tamoyillarini shug’ullanuvchiga eng samarali tarzda etkazib berishga yordam berishi kerak. Shunday qilib, buxgalterlik hisoboti kontseptsiyasini oddiy, “yodlab olinmagan” usul va tushunarli arxitektura bilan amalga oshirish dasturi o’qitish uchun eng qulay, mos keladigan hisoblanadi. Buxgalteriya ishlarini kompyuterda olib borishga o’qitish hozirgi kunda afsuski bilim oluvchiga kompleks emas, balki tarqoq holatda olib borilmoqda. O’qitishining butun darayoni ob`ektiv sabablarga ko’ra bir necha qismlarga bo’lingan. Birinchi qism hech bir boshqa mutaxassislikdan ajralgan holatda faqatgina kompyuterga o’qitish va o’rgatishdan iborat bo’ladi (bu umuman olganda birinchi bosqich uchun to’g’ri hisoblanadi). Bu qismni o’qitish bilan kompyuter ishlari mutaxassislari shug’ullanadilar. Ikkinchi qismi buxgalterlik hisobotini hech bir aniq buxgalterlik dasturlarisiz “qog’ozda hisoblash” texnologiyasi bo’yicha o’qitishdan iborat bo’ladi. Olib borilgan o’qitish natijasida yoki buxgalterlik hisoboti dasturlaridan birortasini o’rganish bilan o’zi shug’ullanadi, yoki o’qishni keyingi maxsus kurslarda yoki dastur bo’yicha individual tartibda ta`limni davom ettirishga majbur bo’ladi, bu mashg’ulotlar ko’pincha buxgalterlik kasbidan yiroq, lekin ushbu dasturni o’rganib olgan va biladigan odamlar olib boradilar.

Lekin ta`lim olish samarasini oshirish – anik bir buxgalterlik dasturidan foydalanib buxgalterlik hisoboti nazariyasini birgalikda o’rganish o’qitish ikki parallel jarayonini uzviy birlashtirib olib borishdan iborat bo’ladi, dastur esa uni aks ettirib va tasvirlash bilan shug’ullanadigan jarayonining mazmunini to’sib qo’yishi kerak emas.

Qulay dasturni tanlash

Buxgalterlik dasturlari bozorida hozirgi kunda taqdim etilganlaridan talablarga eng to’la jvavob beradigan o’zimizdagi buxgalterlik dasturli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan emas, balki «BiSoft multimedia» («BiSoft multimedia») firmasi tomonidan yaratilgan “Buxgalterskaya integratsionnaya sistema — BIS” dasturi hisoblanadi. Bu dasturning o’qitish nuqtai nazaridan qulayligiga uning oddiyligi, soddaligi muhim dalil bo’la oladi. Bu dastur buxgalteriya ishini tajribasi umuman bo’lmagan odamga unda ishlashga boshlashga imkon beradi va buxgalterlik hisoboti turli yo’nalishlarini va sohalarida avtomatlashtirishning chinakamligi cheklanmagan imkoniyatiga ega, ular kerakli tayyorgarlik bo’lgani holatida buxgalter mehnati yuqori samaradorligi bilan birga mohirlik va professonalizm ko’rsatish imkoniyatini beradi.

pic

Bu dasturni ishlab chiqishda boshidan asos qilib olingan, uning yaratilishiga yondoshish va printsiplar, dasturning butun tuzilishi sodda va osonlashtirilganligi buxgalterlik hisoboti umumiy tuzilishi haqida kompleks tasavvur shakllantirish va yaxshi tushunishga qaratilgan. Ushbu dasturli mahsulot turli — tuman tor, maxsus yo’nalishdagi komplekslar va yaratilishi ideologiyasi va platformasidan qat`iy nazar alohida hal etiladigan masalalarni bog’lash uchun bazali integratsion muhitni yaratuvchi professional loyihalashtirilgan va qurilgan buxgalterlik sistemasi bo’lishidan tashqari, ta`lim beruvchi buxgalterlik dasturi sifatida ahamiyatga egadir.
Buxgalterlik hisobotini o’rganuvchilar oldida bu dasturdan foydalanadigan odamni yoki keyinchalik amalda aynan undan foydalanmoqchi bo’ladimi, bundan qat`iy nazar xo’jalik faoliyati butun ko’rinishi namoyon bo’ladi. Bo’limlar hisobotini tashkil etuvchi jarayonni avtomatlashtirish boshlang’ich hujjatlar va yakuniy hisobot dialektik o’zaro bog’lanishini va bog’liqligini buzmaydi, ularni tushunish uchun ham va tekshirish uchun ham bu aloqani ochiq – oydin ko’rsatadi. Buxgalterlik hisoboti hamma hisoblarini foydalanuvchi ochik holatda ko’rishi mumkin. Balans va hisobotini shakllavntirish uchun ortiqcha bo’lgan hech narsa yo’q.
O’qitishning birinchi bosqichida dastur o’ziga xos “Buxgalterlik kalkulyatori” ko’rinishida qo’llaniladi. Bu esa o’quvchiga shakllantirilayotgan hamma hisobot ma`lumotlariga asoslangan buxgalterlik operatsiyalari jurnaliga provodkalarni, bevosita kiritish mexanizmini egallab olishga, ularning tarkibi va mazmunini bilib olishga imkon beradi. Jurnalga birorta bo’lsa ham ma`lumot kiritilsa, bu ish avtomatik ravishda bo’lsin yoki ko’l bilan, darhol aylanma – sal`dovoy Vedomost bo’yicha balansni tekshirib chiqish, analitik hisoblab chiqish,yakunlar chiqarish mumkin bo’ladi.
Buxgalterlik hisobot asosini tashkil etuvchi printsiplarini va dastur bilan ishlash boshlang’ich ko’nikmalarini o’zlashtirib olib, o’quvchi bajarilishini kompyuterga yuklatilishi mumkin bo’lgan yanada murakkabroq ishlarga o’tish imkoniga ega bo’ladi. Birinchi navbatda bular albatta, boshlang’ich hujjavtlarni ko’chirib yozishdar – bular to’lov qog’ozi, kassa kirim va chiqim orderlari, nakladnoylar, schet – fikturalardan iborat. Shundan keyin jurnal orderlar bilan ishlash, asosiy hisob — kitobi va shu kabilar bilan ishlashdan iborat bo’ladi.

O’qitish texnologiyasida amaliy foydalanish bilan birga masofadan va multimediali o’qitish kabi yo’nalishlarni alohida ko’rsatish mumkin.

Masofadan o’qitish

Kompyuterli buxgalterlik hisobotini kursida o’qishni xohlovchi (BIS buxgalterlik integratsion sistemasini qo’llash bilan), lekin turli sabablar bilan bunga imkoniyati bo’lmaganlar uchun «BiSoft multimedia» firmasi hozirgi kunda ishlab chiqish bosqichida bo’lgavn alohida o’qitish shaklini taklif etishni rejalashtirilgan. Oraliq va yakuniy test (kontrol) savollari bilan elentron lektsiyalar ma`lum sistemasini yaratish ko’zda tutiladi. Berilgan savollarga javoblar natijasi bo’yicha test tizimi o’quvchining reytingini aniqlaydi. Bu o’qitish shakli fakultativligiga karamay u tinglovchilarning bilimi va kuchini aniklashga va uzida ishonch hosil qilishga yordam beradi.

Multimediali ta’lim

Zamonaviy kompyuter texnikasi vositalari va dasturli ta`minlash o’qitishga yondoshishni tubdan takomillashtirishga imkon beradi. Takomillashtirish deganda biz, ishlab chiqish emas, o’zining oldingi darajasida ham predmetni tez tushunib olish imkonini bergan o’qitish davomida ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanish eski yaxshi metodikani nazarda tutamiz. Hozirgi paytda multimediali vositalar yordamida (ruschasiga «raznosrednыx» «turli vositali» — masalan video, ovozli multiplikatsiya) kompyuterdan e`tiborni ko’rgazmali qo’llanmaga (ular endi, umuman aytganda, kompyuter monitorining o’zida joylashtirilgan bo’ladi) qaratib o’tirmay, o’qitish butun imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Ushbu o’qitish shakli o’z ko’rgazmaliligi bilan katta hajmdagi materiallarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi, ular amaliy buxgalterlik faoliyati butun kasbi yo’li davomida kerak bo’ladi.

Xulosa

Shunday qilib, qadamma – qadam, bosqichda buxgalteriya ishini dasturli ta`minlash bilan uzviy bog’liq holatda o’zlashtirish sodir bo’lib boradi, tortmasdan va asosiysiga diqqatni jalb etib sodir bo’layotganlarning ma`nosini tushunib olishni osonlashtirishga yordam beradi. Buxgalterlik hisobi bo’yicha bilimlarini uning bilib olib va amaliyotda mustahkamlab qolmay, bularni bugungi kunda faqatgina insonning yordamchilari – kompyuter va dasturli ta`minlashga tayanibgina amalga oshirish mumkin, bizga yashash nasib etgan XXI asr buxgalterlik hisobotining professionali bo’lish mumkin emas.
Faqatgina kompyuter imkoniyatlari bugungi kundagi ham boyliklaridan foydalanibgina darhol tushunib olish uchun murakkab bo’lgan buxgalterlik hisobi fanini o’qitish samaradorligini muhim darajada oshirish va shu bilan bir vaqtda qiziqarli bo’lmagan va noaniq, ortiqcha bajariladigan ishlarni kamaytirib buxgalterning undan ko’ra muhim va qiziqarli ishlar bilan shug’ullanishga vaqt ajratib olish mumkin, ular hisobiga olish siyosatini, tartibini shakllantirish, moliyaviy tahlil, qabul qilingan qarorlarni bajarish va nazorat qilishlardan iboratdir. Buxgalteriya ishlarining mehnati asosiy qismini boshqaruv doirasiga yo’naltirilishi so’zsiz korxonaning ishlab chiqarish samaradorligi va uning moliyaviy ahvoliga foyda keltiradi, ya`ni uning ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Bularning ahamiyati tez o’zgarib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida katta ahamiyatga ega.

Tahririyat fikr, mulohazalari

Аlbatta, ushbu maqola mualliflari dasturli mahsulot ishlab chiqaruvchilar sifatida o’z fikrlarini bayon etganlar. Biroq tahririyat o’z tomonidan to’la dasturli ta`minlashdan foydalanish yo’li bilan buxgalterlik hisobotini avtomatlashtirish muammosini butun O’zbekiston doirasida hal etish – bu davlat miqyosidagi masala deb hisoblaydi.
Buxgalterlik hisobotini avtomatlashtirish uchun bizning bozorlarimizda quyidagilarni uchratish mumkin:
Qo’lbola mualliflik dasturlari. O’ziga o’rganib olgan mualliflar dasturga ajoyib g’oyalarni kiritishi mumkin, lekin odatda dasturni to’g’rilash faqatgina ushbu korxona uchun tegishli bo’ladi va dastur muallif u bilan qancha vaqt shug’ullanib borsa, shuncha vaqtgacha yashaydi.
Mahalliy softver kompaniyalar taklif etadigan dasturli echimlar. Bizning qonunchiligimiz xususiyatlarini juda yaxshi hisobga oladilar, lekin hozircha kengayib borishga imkoniyat yo’q, chunki qudratli firma mahsulotini yaratish uchun ko’p mablag’ kerak bo’ladi.
Xalqaro tan olingan firma dasturli mahsulotlari – qudratli moslashtiriladigan ko’p modulli sistemalar. Masalan, MDX hududlarida «1C: Buxgalteriya», Rossiya mahsuloti hamda xalqaro buxgalteriya hisoboti standartida ishlaydigan «SCALA» mahsulotlari keng tarqalgan. Lekin ular baribir ba`zi katta bo’lmagan korxonalar xususiyatlarini hisobga olmaydilar, bundan tashqari har doim ham sotib olish uchun imkoniyatlari etmaydi.
Bu degani muammo mavjud va hayot uni mos ravishda hal etishini talab etadi.

pic

Аna shu maqola bilan biz buxgalterlik hisoboti muammolari bo’yicha muntazam nashr etib borishni boshlaymiz. Umuman olganda, buxgalterlik hisobotining asosiy vazifasi juda ham oddiy – hammasini to’g’ri hisoblashdir va aynan kerakli dastur bilan ta`minlash bu masalani oson va samarali hal etishi mumkin. Bu maqolada mualliflar ana shu mavzu bo’yicha bir oz gapirib o’tdilar va taxririyat o’z navbatida avval aytib o’tilganidek bu muammoga davlat e`tiborini jalb etishni juda xohlar edi. Аgarda xatto yaqin vaqt ichida buxgalterlik dasturli ta`minlash belgilangan standartini tasdiqlanmasa ham, unda hech bo’lmaganda u qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatuvchi muhim bosqich, chegaralarini aniqlab olish kerakdir.

Bundan tashqari bugungi kunda iqtisodiy qonunchilik juda murakkab, soliqlarni hisoblash juda og’ir, agarda shular bilan birga yana bugalter har gal o’z qo’li bilan dasturni moslashtiradigan bo’lsa, bunda avtomatlashtirish vositasini qo’llash kutilayotgan samarani berishi juda ham qiyin bo’ladi.
Аmaliy DT (dastur.ta`lim), u asosi hisoblanuvchi – iqtisodiyotga asoslanishiga qaramay, bu juda ham katta masalan, balki xatto davlat dasturi miqyosidagidir. Biz o’ylaymizki, buxgalterlik hisobotini to’g’ri olib borish uchun amalda qandaydir dasturni ta`minlash standarti mavjud bo’lishi kerak. Bu standart bo’yicha ishlab chiqilgan dastur yordamida har qanday korxona o’z iqtisodiy ko’rsatkichlarini bemalol va ishonch bilan hisoblab borishi mumkin bo’ladi. Bu muammoni hal etilishi harajatlarni ancha kamaytirishga imkon beradi va deyarli har bir xo’jalik yurituvchi sub`ektga moliyaviy qoidalarni yuksaltirishga yordam beradi.
Maqola mualliflari aytib o’tilganidek oxirgi o’n yillikda katta yaxshi (siljishlar) oldinga qadam tashlashlar bo’ldi – buxgalterlar stoli ustida personalt kompyuterlar paydo buldi. Lekin eng asosiysi – iqtisodiyot umuman boshqacha bo’ldi. Аgarda ilgari, sotsialistik planli iqtisodiyotda, hamma balans hisobotini topshirib, Minfin IVTs sida yoki Goskomstat ularni ishlab chiqqan bo’lsalar, bugungi kunda esa – bu mustaqil iqtisodiy sub`ekt, u davlat oldida o’z faoliyati to’g’ri hisoboti uchun o’zi javob beradi.
Bizning jurnalimiz faqatgina bitta firma – ishlab chiqaruvchi nomini ilgari surish maqsadini qo’ymaydi. Biz bu yo’nalishdan har qanday dasturlar haqida beg’araz (bepul) ma`lumotlar berishga tayyormiz. Shu bilan birga tahririyat baho bermaydi – asosiy bahoni buxgalterlarning o’zlari beradilar. Lekin yana bir marotaba aytamizki, biz bu muammoni davlat masalasi miqyosiga olib chiqishni xohlaymiz.
Har bir firma, mahalliy qoidachilikka va aniq bir korxonaga etarlicha yaxshi moslashtirilmagan dasturlardan foydalanib soliqlarni noto’g’ri hisoblab katta jarimalar to’lashga majbur bo’lmoqda.

Bizda «NTV» gazetasi borligi juda yaxshidir. «Huquq» va «Qoida» bir necha huquqiy ma`lumotlar bazasi tarqatiladi. Ishlash ancha engil bo’lib qoldi. Lekin yanada ham oson bo’lar edi, agarda har bir bugalter o’z kompyuterida uning masalalarini hal etuvchi bundan tashqari ularni qanday to’g’ri bajarish kerakligini ko’rsatib beruvchi murakkab bo’lmagan buxgalterlik dasturlariga ega bo’linadi. Shu bilan birga bugungi kunda bunday dastur osongina moslashtiriladigan bo’lishi kerak: qonunchilikda yangi o’zgartirish chiqdimi – shu zahotiyoq qo’shimcha tuzatish chiqadi va tarqatiladi, unda hamma o’zgartirishlar hisobga olinadi. Аsosiysi uni hamma bir xil talqin etishida. Bugungi kunda shunday ham bulib turadi: «Men sizning dasturingiz qanday ishlashini va hisoblashini bilmaymanku, lekin sizda xato bor», deb aytiladi. Kelajakda esa bizning o’ylashimizcha shunday bo’lishi kerak: tekshiruvchi o’zining tekshiruvchi disketasi bilan keladi, uni sizning kompyuteringizga qo’yadi va shu zahotiyoq bu korxonaning faoliyati asosiy ko’rsatkichlarini bilib oladi.
Аsosiy tekshirish faqatgina bir necha soatgina davom etishi mumkin. Keyin esa hujjatlar to’g’riligi va shu kabilarni tekshirishlar olib boriladi. Shu tariqa «soliqchilar» uchun ham va qandaydir avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisoboti qabul qilingan standartiga mos keladigan dasturni ta`minlashni yaratish zarur (turli yaratuvchilar dasturlarida amalga oshirilgan bo’lishi mumkin). Аna shunday sharoitlarda korxonalarda buxgalterlik hisoboti qonunga qat`iy rioya qilingan holda olib boriladi, bu albatta, eng avval davlatning o’zi uchun muhimdir. Hisobotni to’g’ri olib borilishi soliqlarni to’g’ri hisoblashga olib keladi. hozirgi esa afsuski, shunday ndoshish saqlanib turibdiki, agarda soliqlarni noto’g’ri hisoblagan bo’lsangiz – bu sizning muammoingiz va Sizni albatta, jazolaydilar. Аgarda korxonani jazolasangiz – demak, uni aylanma mablag’lardan mahrum etib, uni rivojlanish imkoniyatlaridan mahrum etasiz. Аgarda korxona rivojlanmas ekan demak, butun iqtisodiyot ham turib qoladi. Bu kimga foyda keltirishi mumkin? Аlbatta, korxonaga ham emas, davlatga ham emas.
Ushbu maqola bilan biz buxgalterlarni, dasturli ta`minotni yaratuvchilar va hamma manfaatdor shaxlarni iqtisodiyotimiz uchun muhim bo’lgan mavzuni asosli muhokama qilishga chaqiramiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq