O’z shaxsiy kompyuteringni o’zing yig’ -I
20.03.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Aleksandr Suchkov.
pic

Аyrimlar «sof insoniy» sifatlarni jonivorlarga ham xos xislat deb ko’rsatishni yaxshi ko’radilar. Masalan, mushuklar haqida gapirganda, bu jonivorlarning takobirligini nazarda tutib, ular: «o’z xohishiga ko’ra istagan erlarida yuraveradilar» — deb aytamiz, bunda mazkur jonivorning biror narsani tanlashda juda mustaºil va hech qanday buyruqni yoki insonlar tomonidan turli tarbiyaviy harakatlarga o’rgatishni tan olmasligini nazarda tutamiz.

Аslida esa odam «o’z bilganicha yashaydi, xohlagancha yuradi» (uchadi, suzadi), ya`ni o’zi (anglab etib) ongli ravishda istaganini tanlaydi, mushuk esa har holda idroki bilan emas, balki «jonivor» instinkti bo’yicha harakat qiladi. Misol uchun kompyuterni olaylik. Bundan 10 -12 yillar avval barcha ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tayyor kompyuterlarni haridorlarga taklif etganlar, ayniqsa, Аrrse kompaniyasi, agarda esingizda bo’lsa, bu kompaniyaning (logotipi) savdo belgisining yuqori qismida o’ng tomonidan tishlab qo’yilgan rangli olma rasmi tasvirlangan edi. Shu sababli ba`zan uni «tishlangan kemtik olma» deb atashgan. Biroq bu nom unga aslo to’g’ri kelmaydi, chunki ishlab chiqargan kompyuterlari juda ham yaxshi bo’lgandi. Ularni modifikatsiyalashtirishning hech qanday imkoniyati bo’lmagan, OS (operatsion sistemasi) oldindan o’rnatilgan, monitori, klaviatura va sichqonchasi, ba`zan printeri ham firmaning o’ziniki bo’lgan. Barcha modellari juda aniq haridorga taklif etilgan, agarda Sizning kompyuteringiz masalan, faqatgina ilmiy hisoblash ishlari uchun mo’ljallangan bo’lsa, unda Sizga musiqa tinglash va boshqa bir multimediyalardan foydalanishning hech qam imkoni bo’lmaydi. Bu kompyuterlarda faqatgina avvaldan belgilangan ishlarnigina bajarish mumkin edi. Boshqa hech bir operatsiya bajarib bo’lmasdi. Lekin baxtimizga erkin ijod kabi tushunchalar bor.
Hozirgi kunga kelib, (shuni aytish kerakki, iste`molchilarning talablarini inobatga olgan holda ) kompyuter ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi barcha mamlakatlarda ko’plab turdagi kompyuter qismlarini ishlab chiqarishmokda. Ularni faqatgina to’g’ri tanlab olish, bir — biriga ulash, mustahkamlash kifoyadir. Sizning shaxsan o’zingiz tanlab, yig’ib olgan kompyuteringiz ishga tayyor bo’ladi (uni o’zingiz o’z xohishingizga qarab tanlab «shaxsan» yig’ganingiz uchun bo’lsa kerak bugungi kunda Shaxsiy kompyuter deb ataladi.).
Bu maqolani yozishdan maqsad – ShK shaklini, imkoniyatlari va ishlab chiqaruvchilariga qarab, barcha qismlarini to’g’ri tanlab olishda (biroq umuman olganda uni xatto yigib olishingiz mumkin.) o’z kompyuter olamingizning ijodkori bo’lib qolishingizda Sizga yordam berishdan iborat, chunki kompyuterlar texnologiyasida uning qismlari bilan bir yil bo’lsa ham shug’ullanmagan inson rivojlanishdan ancha ortda qolib ketadi, lekin bu holni tuzatish mumkin.

Shkni tanlashni nimadan boshlash kerak?!

Protsessor (uning o’z CPU) har qanday kompyuterning «miyasi», «yuragi» va shunga o’xshash oshirib yuborilgan gaplarga qaramay, tanlashni aynan shundan boshlash kerak. Chunki Sizga qanday sistemali platani tanlash unga bog’liq bo’lmaydi (bir protsessorga har qanday X 86 protsessorni o’rnatish mumkin bo’lgan davrlar o’tib ketdi). Protsessor xususan qanday (platformada) maqsadda – АMD yoki Intel sistemalarida ºanday kompyuter yig’ilishini belgilaydi.Eng umumiy ko’rinishda protsessorlar iste`molchilik bozorida (uni yana SOHO – Small office home office — kichik ofis, uy ofisi deb ham ataydilar).
So’nggi yillarda ikki firma ishlab chiqaruvchilar АMD va Intel mahsulotlari ustunlik kiladi.(Аniqrog’i ularning mahsulotlari erkin savdoda bor). Haqiqat uchun (balki ma`lumot sifatida bo’lmasam ko’pchilik АMD va Intel firmalaridan boshqalar protsessorlar ishlab chiqarmaydi deb o’ylashlari mumkin.) shuni aytib o’tish kerakki, IBM, SUN Microsystems, Motorola, HP va boshqalar ham protsessorlar ishlab ishlab chiqaradilar. Shu bilan birga bu protsessorlarning odatda tezlik imkoniyatlari ancha yuqoriroq, ammo ular X 86 kompyuter turlariga mos kelmaydi, ular turlicha serverlar (Apple Macintosh, i Mae seriyali ish joyi kompyuterlari balkim bundan mustasnodir. Аytish kerakki, “a-lya i Mae” dizayner uslubi shulardan kelib chiqqan) va «meynfreymlar» uchun mo’ljallangan. Bu maqolada bizni faqatgina ish joyi shaxsiy kompyuterlari qiziqtirganligi sababli ular haqida to’xtalamiz.
Shunday qilib, ish joyi kompyuterlar uchun Intel va АMD protsessorlaridir. Bu ishlab chiqaruvchilarning protsessorlari shartli ravishda ikki yo’nalish modellariga ajratiladi: uyda ishlatuvchilar, arzon bozor uchun (Intel da bu Celeron markali protsessorlar, АMD da esa Duron protsessorlari) va ish joyi ShK va ishlatish stantsiyalarida professional foydalanish uchun (Intel da Pentium 4 protsessorlari (to’g’ri Pentium!!! ham sotiladi) АMD da esa — Athlon XP, MP protsessorlari) menning hisob – kitobim bo’yicha O’zbekistonda protsessorlar bozorini 90% foizidan ko’prog’ini Intel mahsulotlari tashkil etadi. Shu ma`noda biz dunyoda eng «Intel’ligent» mamlakatimiz. (АQShda masalan АMD mahsuloti turli hisob — kitoblargacha 30% foizgacha, Rossiyada 15-20% foizgacha etadi). Shunga qaramay, АMD protsessorlari ham ko’payib qolgani bizni quvontiradi, ularni «buyurmasiz» ham topish mumkin.
Protsessorlarni tanlash protsessor (raz`yomiga) qandayligiga qarab (Socket) materinskiy platani tanlashni, u qanday protsessor shinasiga mo’ljallangan bo’lishini belgilaydi (protsessorni chastotasi va tok quvvati bo’yicha ta`minlab turish). Protsessor tanlashdan xatto korpusni tanlash ham bog’liq bo’lib qoladi (masalan Pentium 4 uchun).

Intel firmasi protsessorlari

pic

Bozor doirasida is`temolchilarga Pentium Intel firmasining quyidagi protsessorlari havola etilgan.
• CPU Pentium!!! ( Socket 370 protsessor yadrosi Tualatin), takt chastotasi 1133-1400 MGts, texnologiyasi 0,13 mkm, shina chastotasi 100-133 MGts, KESh L2-512 k.bayt, kengligi MMX, SSE. Bu protsessorlar 0,13 mkm – texnologiya bilan ishlab chiºilgan bo’lsa ham va ikki protsessorli (dual) shaklni ta`minlay ololsa ham eskirib qolgan proessorlar hisoblanadilar yaqin orada ishlab chiqarilishi to’xtatiladi.
• CPU Celeron (Socket 370, protsessor yadrosi Tualatin), takt chastotasi 1200-1300 MGts, texnologiyasi 0,13 mkm, shina chastotasi 100 MGts, KESh L2-250 k.bayt, kengligi MMX, 0SSE. Protsessorlarni ushbu turi qay jihatdandir sun`iy ravishda bir oz qisqartirilgan – (bozorlar bir xil bo’lmasligi uchun) – KESh L2 ga faqatgina 256 k.bayt ishlatilgan (ha, aynan ana shunday 512 k.baytdan 256 k.bayti ishlatilgan), shina chastotasi – faqatgina 100 MGts (133 MGts emas). Bu protsessorlar ham ishlab chiqarilishdan olinadi.
• CPU Pentium 4 (Socket 478, protsessor yadrosi Willamette), takt chastotasi – 1.5-2.0 GGts, shina chastotasi – 400 MGts, KESh L2-256 k.bayt, kengligi MMX, SSE, SSE2. Bu turdlagi protsessorlar yangi ishlash unumdorligi yuqori protsessorlar orasida bizning bozorimizda eng ko’p tarqalgani hisoblanadi. Uning kamchiliklari sifatida eski 0,18 mkm – texnologiyasini KESh L2 ning 256 kengligi — k.bayt va ko’p protsessorlikni ta`minlashi mavjud emasligini ko’rsatish mumkin (ular oddiygina o’chirib qo’yilgan, chunki o’sha Willamette yadrosidagi Xeon MP protsessori bo’lib, lekin serverlar uchun mo’ljallangan, 4-protsessorli konfiguratsiyani ta`minlab turadi). Uning ustunligi deb narxi / mahsuldorligini ko’rsatish mumkin.
• 1,5-1,7 GGts etib ishlanganlari «professional» darajadagi eng ko’p harid qilinadigan protsessorlar hisoblanadi.
• CPU Pentium 4 (Socket 478, protsessor yadrosi Northwood), takt chastotasi – 1.6-3.06 GGts, shina chastotasi – 400 MGts (chastotasi 3.06 GGts bo’lgan protsessorning shina chastotasi –533 MGts), KESh L2-512 k.bayt, kengligi MMX, SSE, SSE2. Bu protsessorlar haqida to’laroq gapirib o’tish lozim. Birinchidan ular hozircha Intel ning eng yuqori chastotali protsessorlaridir (AMD haqida ham shunday deyish mumkin), ular birinchi bo’lib 3 GGts chegarasidan o’tadilar. Ikkinchidan CPU Pentium 4 – 3,06 GGts dan boshlab, Intel korporatsiyasi ish joyida foydalanilgan sistemalarga mo’ljallangan protsessorlar ham Hyper – Threading texnologiyalarini ishlatishga qaror qiladi (hozirgacha faqat Xeon tilidan protsessorlardagina mumkin bo’lgan). Bu texnologiya ilgari ham ishlashi mumkin bo’lgan, lekin korporatsiya Intel Pentium 4 protsessorlari ilgarigi modellarida bu vazifa (funktsiya) ni sun`iy ravishda «o’chirib» qo’ygan, o’ylaymizki yomon niyatda emas. Bu qanaqangi texnologiya, nimasi bilan u shunchalik yaxshi bularni biz keyinroq ko’rib chiqamiz.

pic

• SRU Coleron (Socket 478) protsessor yadrosi Willamette) takt chastotali 1,5-1,8 GGts. Shina chastotasi 400 mGts, ket 42-128 kbayt, kengayishi MMX, SSE, SSE2. Bu protsessorlar oxir oqibat keng tarqala olmadilar, chunki bugungi kunda undan kichik bo’lgan, arzon personal kompyuter pentium !!! platformasida yig’gan har holda yaxshiroq, bunda protsessorning chastotasi umumiy narxi kabi katta ahamiyatga ega emas. (R4 ga mos sistemalar platalari ham ancha qimmatroq, yana R4ga qimmat korpus ham sotib olish kerak.)

pic

• SRU Celeron (Socket 478, protsessor yadrosi Northwood) takt chastotasi 2,1-2,2 GGts,shina chastotasi 400 mGts, ket 42-128 kbayt, kengayishi MMX, SSE, SSE2. Bu ish joyi sistemalari uchun “kichik” klassdagi eng yuqori chastotali protsessorlardir. Intel uni faqatgina 2002 yilning noyabridan ishlab chiqara boshladi.
• “Defakto” Intelning bugungi kunda Toshkentda eng “likved” -bozori chaqqon protsessorlari ishlab chiqarilishi to’xtatilgan “nelekvid”- bozor olmay qo’ygan ushbu protsessori hisoblanadi.
• Celeron (Socket 370, protsessor yadrosi Copermine) chastotasi 500-1000 mGts,shina chastotasi 66(100) mGts, ket 42-128 kbayt, kengayishi MMX, SSE. Аlbatta ularga talabning kattaligi protsessorning arzonligi sababliligi tushunarli.
Аmmo ko’pincha mijozlar unga aynan qaysi Celeronni sotib olishni taklif etishayotganini tushunib etmaydilar, chunki ularning barchasining nomi bir xildir, xatto hozirgi zamonaviy Pentium 4 da ham hamma narsalar yaxshi o’rganilib olinmagan.
Ishonamanki, aytib o’tilgan gaplar vaziyatni bir oz oydinlashtiradi. Har holda shaxsiy kompyuter uchun qaysi birini tanlab olgan yaxshidir. Аlbatta hozirgi kunda eng mahsuldor protsessorlar deb Pentium 4 3,06 GGts protsessori hisoblanadi.

pic

Аmmo protsessorning narxi xatto birgina protsessor yadrosiga qarab katta farq qilishi mumkin. Masalan, 1,7 GGts chastotali R4 protsessori (Yadrosi Willamette ) 150 $ turadi, xuddi shunday R4, lekin chastotasi 1.8 GGts (farki atigi 0,1 GGts, mahsuldorlikda bir foizni tashkil etadi) 165-170 $ turishi mumkin, ya`ni 10 foizga qimmat. 3,06 GGtsli R4 protsessori esa 600 $ dan ortiqroq turishi mumkin. Bu shundan kelib chiqadiki, protsessorni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirilganda yuqori chastotalarda barqaror ishlay oladigan protsessorlar foizi unchalik katta emas, ana shu sababli yuqori chastotali SRU narxlarida katta farq kelib chiqadi.
Mening fikrimcha, protsessorlarni tanlashda yuqori chastotaligi bo’lmasa ham, lekin zamonaviy protsessor yadrosiga ega protsessorni sotib olish kerak. Mahsuldorlik farkini kompyuterning boshqa qismlariga qo’shimcha mablag’ ajratish bilan (protsessordan tejab qolingan) o’rnini to’ldirish mumkin (xotirasi, NDD, MV va shu kabilar) bundan tashqari bugungi kunda kompyuterlarning mahsuldorligi umuman olganda faqatgina SRU ga unchalik kuchli bog’liq emas.

Hyper – Threading texnologiyasi yoki bir SRU doirasida “ikki protsessorlik”

pic

Intel korporatsiyasining aytishicha, bu texnologiyasi (2002 yilning 14 noyabrida rasmiy ravishda e`lon qilingan) oz emas ko’p emas, balki “ahamiyati bo’yicha 386\387, Pentium yoki Pentium pro protsessorlari yangi mikroarxitekturasi paydo bo’lishi kabi ilgarigi voqealar teng hisoblanagan Inteldan navbatdagi mikrorevolyutsiya hisoblanadi. Biz davr voqeasi guvohlari bo’ldik. Аynan shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchi keng ommaga multiprotsessorning kirib kelishining guvohi bo’ldik” (Аleks Karabuto). Oddiy qilib aytganda Hyper – Threading texnologiyasi bir protsessorning ishlashini u ikkita “shartli” protsessorning bir vaqtda ishlayotgani kabi “tashkil” etib beradi. Bizga allaqachon (masalan menga Pentium 4 dan boshlab) ish joyi uchun personal kompyuterlar uchun ikki protsessorli konfiguratsiyalar ma`lum, ya`ni bitta “materinskaya” platada ikkita protsessor turishidan xabarimiz bor.
Biz zamonaviy operatsion sistemalarda (bugun xatto Microsoft Windows turkum oilasi uchun ham multizadachnost (ko’p masalalarni bir vaqtning o’zida bajarish) vazifalari mumkindir, OS Linux yoki Unix ga o’xshashlarning boshidan ko’p masalaligini aytmasa ham bo’ladi ) xatto odddiy ofis dasturlarida bir vaqtning o’zida matn muharririda bir necha hujjatlarni tahrir qilish, jadval va ma`lumotlar lokal bazasida ishlar olib borish (Excel va Access), printerda xujjatlarni chop etish, elektron pochta bilan ishlash va kimningdir Web-saytini kurib chikish mumkin va bu jarayonlar «bir tekisda», doimiy qum soati paydo bo’lishlarisiz olib boriladi. Bu esa hamma vazifalarning bir nechasi baravariga va bir vaqtda bajarilishi mumkinligi bilan ifodalanadi.

pic

Ilgari bitta protsessor (bu rasman shartli ravishda bo’lsa ham) bir vaqtning o’zida, aytaylik bir masalani bajara oladigan edi. Shuning uchun mutaxassislar Intel Pentium yoki АMD Athlon XP bazasida ishlovchi, nisbatan qimmat bo’lmagan ikki protsessorli stantsiyalarni yiqqanlar. Ha, to’g’ri men yanglishganim yo’q, aynan XR. Аgarda yanglishmasam Athlon XP 1600 gacha (balki shuning uchun ham ularni kunduzi chiroq yoqib topa olmaymiz).
Birinchi bo’lib АMD marketologlarining aqllari ishlab qoldi, ular arzon bo’lgan Athlon XPlarda ko’p protsessorlikni ta`minlashni (aslida esa ikkiprotsessorlikni) “o’chirib” qo’ydilar va sotuvga ancha qimmatroq (balki qandaydir unumdorlikka egadir) Athlon MP protsessorlarni taklif etdilar (MR- ko’p protsessorlilikni bildiradi).
Buning natijasida hozirgi kunda АMD Athlon MP 1600 protsessori 118 $ turadi, xuddi shunday, lekin “delyonniy” (kesilmagan) Athlon XP 1600 –56 $ turadi. Narxlar roli rosa ikki barobar qimmat. Umuman hammasi АMD da ishlovchi inson farovonligi uchun. Intel da ikki protsessorlik bo’yicha yana ham chigal vaziyat yuzaga kelgan.
Pentium 4 dan boshlab (Willamette yadrosi ham, Northwood yadrosi ham) ko’p protsessorlilik ta`minlanmagan. Faqatgina serverlar va ishchi stantsiyalar uchun mo’ljallangan Intel Xeon (Foster (Willamette) protsessor yadrolari yoki Prestonta (Northwood)) qimmat professional protsessorlarida ikki protsessorlik ta`minlandi. (Intel Xeon MR protsessorida- turttagacha protsessorlar). Аna shu holatda Pentium 4 da ikki protsessorlik protsessor raz`yomi darajasida “uzib” qo’yilib erishilgan. (ba`zi bir natijalar oddiy izolyatsiya qilib qo’yilgan), shuning uchun ishchi stantsiyalarni hamma uchun eski (lekin juda yaxshi, sifatli) Pentium !!! bazasida yig’ishga to’g’ri keldi.

pic

Yana yangi Hyper – Threading texnologiyasiga qaytadigan bo’lsak, yana bir narsa ma`lum bo’ladiki, u hech qanaqa yangi emas, chunki Hyper – Threading ishlashini ta`minlovchi hamma kerakli apparatni bloklar Northwood (ishlab chiqarilishi boshlanishi-2002 yil yanvar) yadrosidagina mavjud bo’lmay, balki ancha “qadimgi” Pentium 4 ning Willamette 0,18 mkm protsessor yadrosida hamma mavjud bo’lgan, bu protsessor 2002 yilning yanvar oyidan e`lon qilingan. Xali eslayman, Intel ning Toshkentdagi bahorgi seminarida men yangi R4 ikki protsessorlik konfiguratsiyani ta`minlanmasligini eshitib hayron bo’lgan edim. Intelning vakillari bu masala bo’yicha hech narsa aytishni istamadilar, nima uchun ular hech gap aytmaganlarini keyin hayot ko’rsatib berdi. Men sizga aytsam 2002 yilning 14 noyabridan Pentium 4 3,06 GGts protsessoridan boshlab Hyper – Threading texnologiyasi oxiri ish joyi personalь kompyuterlari dunyosiga ham kirib keldi, uning narxini hisobga oladigan bo’lsak (taxminan 600$) u bizga hali zamon etib kelishini o’ylamasa ham bo’ladi. Hyper – Threading texnologiyasining fizik xususiyati shundan iboratki, protsessor kristaliga bir necha kichik bloklar qo’shimcha qilinadi, ular bitta mavjud protsessorga (bir konveerli va L2 ikkinchi darajasini kesh xotirali) operatsion sistemada ikki logik protsessorlar kabi tanib olish va ishlash imkonini beradi, ya`ni ikkita shartli ravishda mavjud turli protsessorlar o’rnini bosadi.

pic

Imkoniyatlarning asosiy qismidan ushbu vaziyatda birgalikda foydalaniladi, lekin ba`zilari takrorlanadi (nusxa olinadi) va ajratiladi. O’ylab chiqilishicha, kristall hisoblash imkoniyatlarini ikkita «logik» protsessorlar o’rtasida bo’lib bir vaqtning o’zida ikki masalani ishlab chiqadi. Hyper – Threading texnologiyasi birinchi masala bilan mashg’ul b¢lmagan resurslarni ikkinchi masala instruktsiyalarini bajarishda ishaltish yo’li bilan protsessor ishsiz qolishi vaqtini kamaytirishga yordam beradi.
Аmmo protsessordan ikkita parallel masalalarning birgalikda foydalanishi ko’p jihatdan dasturiy ta`minlanganlikka bog’liq bo’ladi. Ko’plab zamonaviy Hyper – Threading texnologiyasidan foydalanganda harakatlanish tezligi 20-30 foizga usishiga erishishga imkon beradi, ba`zi qo’shimchalarda esa 60-70 foizgacha ortadi. Аmmo ba`zi qo’shimchalarda Hyper – Threading ni kullash tizimining ishlashi xatto sekinlashishi ham mumkin. Umuman olganda esa Hyper – Threading ning mahsuldorligining o’sishi yuqori taktli chastotalarda ancha sezilarli bo’ladi (bir qo’shimcha xotiradan ma`lumotlar kelishini ko’rib turgunicha, boshqasi protsessor resurslaridan foydalanishi mumkin). Balki shuning uchun ushbu texnologiyani Intel aynan 3,06 GGts protsessorlaridan boshlab qo’llashni amalga oshirilgandir.

pic

Hyper – Threading texnologiyali yangi Intel protsessorlarini siz qo’llay olishingiz uchun quyidagi shartlarni bajarishingiz kerak:
• Tizimli platalarda shu texnologiyani ta`minlovchi va 533 MGts-850E , 845RE, 845GE, 845GV, 845E (yangilangani VYuS) va 845G yangi nomi (stepning V) Intel mikrosxemalari to’plami qo’llanilgan bo’lishi kerak. Boshqa ishlab chiqaruvchilarda ham yaqin oradabu texnologiyani ta`minlovchi tizimli logikalar to’plami paydo bo’lsa kerak (Hyper – Threading dan foydalanish litsenziyasi bepul). Plata yangilangan BIOS va kerakli drayverlarga ega bo’lishi kerak.
• Tizim Hyper Threading dan foydalanish uchun moslashtirilgan operatsion tizim bilan boshkarilishi kerak. Bu ish MS Windows XR (Rgo va NE ) va Linax 2,4x dasturida tulaligicha amalga oshirilgan, lekin Windows 2000 dasturida bu texnologiyadan foydalanishda bir oz kiyinchiliklar mavjud (bir qator masalalarni bajarish xatto sekinlashmokda).
Hyper Threading texnologiyasi haqida www ferra. gu saytida to’la ma`lumot olish mumkin. Men esa bu texnologiya biz uchun uzoq kelajakda deb tasavvur qilaman, chunki bu texnologiyani ta`minlovchi yagona 3,06 GGtsli Pentium 4 taxminan 600$ turadi. Bu mablag’ga esa АMD Athlon MP ikki protsessorini va sistemali ikki protsessorli platani ham sotib olish mumkin. O’sha kunlar ham kelar, ko’ramiz.

pic

АMD kompaniyasi protsessorlari

pic

АMD kompaniyasining ish joyi tizimi uchun protsessorlari Intel protsessorlariga o’xshab ikki “turga” bo’linadi — qimmatroq va unumlirog’i Athlon (XR.MP) va arzonrog’I — Duron. Duron bizda deyarli qo’llanilmaydi (sotilmaydi ham), АMDning o’zi ham ularni ishlab chiqarishni to’xtatmoqda. АMD Athlon protsessorlari shundoq ham CPU Intel Celeron narxlari kategoriyasiga kirib, mahsuldorligi esa Intel Pentium 4 bilan teng bo’lgani sababli Duron protsessori haqida biz ezmadik.

pic

Intel Pentium!!! protsessorlari bilan haqiqatda raqobatlasha oladigan birinchi DES firmasining RISC protsessori –Alfa 21064 bazasida ishlab chiqilgan 7-avlod АMD Athlon protsessori 1999 yili avgustda sotuvda paydo bo’ldi. 2000 yili iyulidan boshlab, Athlon protsessorlarini 0,18mkm — texnologiyasi bilan Thunderbird protsessor yadrosi, 650-950 MGts takt chastotali ishlab chiqara boshladilar, misli ulanishni texnologik jarayonni qo’llash bilan esa 1000-1400 MGts taktl chastotasiga erishildi. АMD Athlon protsessorlari Intel Pentium!!! protsessorlariga nisbatan keyinroq esa Pentium 4 ham katta kamchilikka ega bo’lgan — ancha ko’proq issiqlik chiqarishi va kristall qizishini aniq nazorat qilib turish uchun protsessorgaurnatiladigan termodiodning yo’qligidadir. Ba`zan bu hol kuler to’xtaganida protsessor kuyib qolishiga olib kelishi mumkin edi. Intel protsessorlari qizib ketadigan bo’lsa, tizim faqatgina “zavisala” (osilib qoladi, to’xtab qoladi).

pic

АMD ning Palomino yadrosida asoslangan (texnologik jarayoni ilgaridek qoldi-0,18 mkm.mis) protsessorlarining keyingi turlarida bu kamchiliklar ancha yo’qotildi, yadrosi tuzilishini optimallashtirish hisobiga esa issiqlik ajralishi 20% ga kamaytirildi, protsessor qopqog’iga (tagi) Termodiod kiritildi. АMDning Palomino protsessor yadrosiga eng yangi protsessorlari Athlon XR (Extreme Perfomance) deb, ko’p protsessorlik (ikki) konfiguratsiyalar uchun esa- Athlon MR deb atala boshlandi.
Birinchi ishlab chiqarilgan Athlon XR protsessorlari Athlon MR protsessorlaridan deyarli hech narsa bilan farq qilmaydi va ikki protsessorlikni ta`minlagan, ammo Athlon XR 1600+ turidan boshlab bu imkoniyat sun`iy ravishda «o’chirib» qo’yilgan, go’yoki protsessorlar bir tekis qatorini buzmaslik uchun. Ko’p vaqt davomida АMD kompaniyasi 0,13mkm-texnologiyasiga o’ta olmay keldi (bu maqolada biz АMD Athlon 64 protsessorlari haqida gapirmaymiz, chunki ular hali sotuvda yo’q, ular ham umuman boshqa protsessorlardir) va natijada maksimal takt chastotalari bo’yicha Intel dan ancha orqada qoldi. Hatto hozir ham 0,13 mkm — texnologiya bo’yicha chiqarilayotgan yangi Athlon XR2800+ protsessorlari baribir chastotasi bo’yicha Intel 4 dan ortda qoladi.
Hozirgi kunda АMD t.n reyting tizimidan foydalanilmoqda, u ofis, o’yin, grafika va videolarni tashkil etuvchi 34 qo’shimchadan iborat 14 testlar paketi yordamida raqobatbardosh mahsulotlar “samarali” chastotasi aniqlanadi (shu turdagi Intel Pentium 4 protsessori haqidagi ma`lumotlarni o’qib chiqing). Misol uchun Athlon XR-2000+ bu degani 2 GGts takt chastotaga ega Pentium 4 protsessoriga qaraganda bu protsessor ancha yaxshi ishlashini anglatadi(+shuni belgisidir). Аslida esa Athlon XR-2000+ protsessorining takt chastotasi atigi 1666 Mgtsni tashkil qiladi. Shunday qilib, ish joyi shahsiy kompyuterlari bozorida АMD Athlon XR (juda kam Mr turi) protsessorlari quyidagi modellari taklif etilgan. Palomino protsessor yadrosiga ega modeli- Athlon XR АMD-K7-1600+ (to 2200+ gacha) protsessor shishasi 266 Mgts (aslida esa133 Mgts, lekin ma`lumotlar uzatish signalning ikki fronti bo’yicha olib boriladi) va kesh xotirasi L1+L2=384 Kbayt. Аgarda masalan Intel protsessorlarida kesh xotirasi birinchi bosqichi L1(16+16 Kbayt Celeron da) faqatgina protsessorni o’ziga xizmat qilsa, АMD protsessorlarida esa kesh xotira L1(64+64 Kbayt) va L2 qo’shiladi, samarali ravishda 384 Kbayt ishlaydi deb hisoblanadi. Socket А (Socket462) protsessorlari raz`yomida MMX, Eihanced 3D Now! SSE ta`minlashga egadir.

Qaysi protsessorni tanlash kerak?

Intel platformadami yoki АMD. Аlbatta “boshlang’ich” darajadagi tizimlar uchun Intel Celeron protsessorlari juda mos hisoblanadi. Deyarli har qanday ofisda va uyda qo’llash uchun CPU Celeron Socket 378 (Tualatin) ham va CPU Celeron Socket 478 (Willamette yoki Nortwood) ham to’g’ri keladi.
To’la imkoniyatga ega o’yin uchun kompyuterga protsessorning ishlash darajasi unchalik muhim emas, balki videokartasining ishlash darajasi ko’proq muhimdir, shuning uchun Celeron protsessorini tavsiya qilish mumkin. Lekin takt chastotasi 1 GGts dan kam bo’lmasligi kerak. Lekin har holda Celeronlarning Socket 478 (R 4) ni tanlash kerak, chunki Socket 370 o’zining oxirgi kunlarini yashamoqda. Kompyuterlarni (angreyd) (modifikatsiya) mukammallashtirish oxirgi yillarda deyarli foydasiz yoki xatto mumkin emas bo’lib qolgan bo’lsada (ikki yil ilgari masalan, yangi Pentium!!! Tualatinlar eski platalar ko’pchiligida ishlamasligini bilmas edik) baribir bir ikki yildan keyin Ciz o’z Celeron ningizni to’la imkoniyatli R4 ga qandaydir 10-15 $ qo’shimcha haq hisobiga almashtirishingiz mumkin bo’ladi. Аgarda Ciz baribir Socket 370 bazasida kompyuterni tanlasangiz, unda Tualatin yadroli Celeron ni oling, chunki uning KESh xotirasi L2 256 k.bayt, va u haqiqiy Pentium!!! dan juda kam farq qiladi.

pic

Professional qo’llanilishi uchun mo’ljallangan sistemalar uchun faqatgina CPU Pentium 4 ni sotib olish kerak, u Northwood yadrosida bo’lgani yaxshi. Birinchidan KESh – xotirasi L2 512 k.bayt (Willamette yadrosida – 256 k.bayt) xususan xuddi ana shu ko’rsatkich bo’yicha R4 Celeron dan ustun turadi. Ikkinchidan, R4 Northwood protsessori 0,13 mkm – texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqariladi va aslida kam issiqlik chiqarishi va kam qizishi kerak.
AMD Athlon XP protsessorlari haqida gapiradigan bo’lsak, bu protsessorlar ko’plab testlar va kuzatishlar bo’yicha “hisoblash kuchi, imkoniyati” bo’yicha go’yoki Pentium 4 dan ustunga ham o’xshaydi. Аmmo (bu fikr ko’pchilikning umumiy fikridir) Intel protsessorlari bazasidagi sistemalar har doim ancha barqaror ishlaydi, umumiy sistemada qo’shimcha qismlar moslashuvida kamroq injiqliklar qiladi. Аmmo Sizning oldingizda Celeron va Athlon XP o’rtasida tanlash masalasi turgan bo’lsa, (narxi bo’yicha ular deyarli bir xil turadi, ayniqsa, 2 GGts gacha bo’lgan past chastotalilari, 65/95$) agarda Siz ShKni dasturli – apparatli sozlashda bir oz tajribangiz bo’lsa, unday holatda Athlon XP ni tanlaganingiz yaxshi.

pic

Аgarda kimki, o’z kompyuteri ikki protsessorli pitformada bo’lishini xohlasa (u kimga kerakligini gapirib o’tirmaymiz, kimki shuni xohlasa – nima ustunligini o’zi biladi), Pentium!!! Tualatin ikki protsessorli bazalisini (bu ancha ustundir, chunki arzon, uning mahsuldorligi Pentium!!! dan yuqori, undan tashqari AMDga mos ikki protsessorli materinskiy platalarini tanlash imkoniyati ko’proqdir va deyarli hamma mashhur (brend) firmalar ishlab chiqaradigan, masalan, ASUS ATM 266 – Dual, AMD 762 chipsetida) sotib olishni maslahat beramiz.

Kengaytirish imkoniyatlari va sistemali logika (chipset) mikrosxemalar to’plami bo’yicha sistemali platalar tanlash

Sistemali platani umuman bekorga materinskiy deb atamaydilar. Sizning kompyuteringizda qanday materinskaya plata turganiga qarab sistemaning ishlashi umumiy tezligi ham, kompyuterga ulanishi mumkin bo’lgan qurilmalar soni ham bog’liq bo’ladi. Bular masalan, integrallashtirilmagan video plata ham, UZB, PCI, IEEE 1394, EIDE (ATAPI) 66/100/ 133, yangi Serial ATA bo’lishi ham mumkin. Sistemali plataga qarab, unga qanday protsessorlar mos kelishi bog’liq bo’ladi (raz`em turi, sistema shinasi chastotasi, protsessor, tok manbai (volti) quvvati, kattaligi), u qanday xotira turiga mos keladi va xotirani kengaytirish uchun qancha slotlari bo’lishi bog’liq bo’ladi. Oxirgi vaqtlarda IDE RAID – kontrollerlari o’rnatilgan platalar keng tarqalmoqda, ular kompyuterning diskli sistema turida ham ma`lumotlarni (“zerkalirovanie”) aks ettirish masalalaridan ham HDD ni tezda almashtirish kabi ikki va undan ortiq HDDning yagona RAID – massivida birgalikda ishlashi hisobiga diskli sistemasini umumiy ishlashini tezlatish masalalarida ham samarali ishlashga imkon beradi. Ilgari bunday ishlarni faqatgina serverlar orqali bajarish mumkin edi. Sistemali platani tanlashda chipsetni ishlab chiqaruvchi, nomini o’zini emas, balki materinskaya plataning o’zini ishlab chiqaruvchi (yig’uvchining) nomini ham hisobga olish kerak.
Ko’pincha nomsiz (non name) ishlab chiqaruvchilar haridorni chipsetdagi Intel yoki AMD mashhur nomlar bilan adashtiradilar, aslida esa sistemali logika mikrosxemalar (chipset) yaxshi to’plamidan tashqari uning boshqa ko’rsatkichlari ham muhim hisoblanadi: plata yig’ilgan epsment bazasi, plataning o’zining sifati (bugungi kunda eng oddiy plata 4 quvvatdan “qatlamdan” kam bo’lmaydi) yig’sh sifati, plataning xatto protsessori mahkamlanishi ham muhim hisoblanadi. Chipsetlarni ishlab chiqaruvchilar yig’uvchilarga har doim o’zlarining “etalon” plata dizaynini taklif etsalar ham ishoning, baribir, hamma ishlab chiqaruvchilar ham etalonga rioya qilishga intilmaydilar. Yaxshi platani uning idishi ko’rinishidan tashqari, qalin, tushunarli hujjatlari va yangi drayverli disk (disklari) mavjudligi bilan farq qilib olinadi. Ichki qurilmalarni ulash uchun sifatli kabellar yaxshi to’plami ham muhim ahamiyatga ega (HDD, FDD, CDROM).

Chipsetlar ishlab chiqaruvchilar haqida

Chipsetlar ishlab chiqaruvchilarning o’zlari ko’p emas, Intel platformasi uchun chipset ishlab chiqaruvchi asosiy kompaniyalar Intel, VIA, SIS, ALI kompaniyalari hisoblanadi.
AMD platformalari uchun esa: AMD VIA, SIS, ALI, n Vidia yaqindan esa ATI ham Intel protsessorlari uchun eng yaxshi chipsetlarni Intel kompaniyasining o’zi ishlab chiqaradi. Intel Pentium!!! va Celeron (Socket 370) protsessorlari uchun i815 E (integratsiyalashgan video adaptori bilan va AGP4x porti mavjud) va i815 EG (integratsiyalashgan video adaptor bilan va AGP porti yo’q) chipsetlari ko’proq mos keladi. Socket 370 uchun integrallashtirilgan eng yaxshi chipset VIA 694 chipseti hisoblanadi.
Integrallashtirilgan video adaptorli yoki yo’q degani nimani bildiradi? Gap shundaki, chipsetning o’zi ko’p ishlab chiqaruvchilar video adaptorlar integrallashtiradilar, lekin odatda o’rtacha va xatto past sifatli va imkoniyatlarini kiritadilar.
Аgarda siz 3D grafikadan foydalanuvchi qo’shimchalar bilan ishlamasangiz vidio qurilmangiz va zamonaviy 3 o’lchovli o’yinlar o’ynamasangiz unda integratsiyalashtirilgan platalar yaxshi va arzondir. Lekin agarda siz keyinchalik yanada rivojlangan 3D akselerator qo’shmoºchi bo’lsangiz, sistemali platangizda AGP porti yo’q bo’lishi mumkin va boshqa video platani o’rnatadigan joy bo’lmaydi. Bazan materinskiy platada videoadapter ham o’rnatilgan bo’ladi va AGP porti ham bo’ladi.
INTEL sockert 478 (Pentium 4 va seleron) protsessorlari uchun INTEL 845 chipsetlari eng mos keluvchilari hisoblanadi.
Shu bilan birga bu chipset turli modifikatsiyalarda bo’ladi: i 845 g4 o’rnatilgan videoadapterga ega: i 845 D DDR xotira bilan ishlay oladi va AGP portiga ega. (Аniqrog’i o’rnatilgan videoga ega emas). Bugungi kunda i 845 PE chipseti eng ilgarilab ketgan hisoblanadi, uning sistema shinasi 533 MGts chastotada ishlaydi. Va yangi pentium 4 protsessorlarini Hyper -Threading texnologiyasi asosida ishlaydi. SIS 645 (va modifikatsiyalari) chipsetlari ham yaxshi ishlaydi, biroq baribir i 845 chipseti eng yaxshisi hisoblanadi.
AMD protsesorlari uchun — hammasi aksincha. AMD uz protsesorlari uchun chipsetlar ishlab chiqarsa ham ikki protsessorli sistemali platalar uchun ko’proq AMD-760 MRX chipseti qo’llaniladi. AMD Sockert A platformasi uchun eng yaxshi chipseti deb VIA chipsetlari hisoblanadi. Eng mash³ur va keng tarqalgan chipsetlar deb, VIA Apollo KT266 va uning modifikatsiyasi KT266 А chipsetlari hisoblanadi, ular plata konstruktsiyasiga qarab SDRAM PC-133 yoki DDR 266(PC-2100) xotirasini ta`minlashlari mumkin hamda chipsetning modifikatsiyasiga qarab, videoadapter ham o’rnatilgan bo’ladi.
AMD platformasi uchun eng yaxshi VIA chipseti bu VIA Apollo KT333 chipseti hisoblanadi, u DDR 333(PC-2100) xotirasini ta`minlaydi va o’tkazish imkoniyati 533 Mbayt/sek bo’lgan yuqori mahsuldor V-Kink shinasiga ega.
AMD platformasi uchun boshqa mashhur ishlab chiqaruvchi nVidia kompaniyasi hisoblanad i- 3D-akseleratorlari (va Force) ishlab chiqarish bo’yicha eng mashhur hisoblanadi.
nVidia GeForce 2MX200 bazasida o’rnatilgan videoadapterlarli n Force 420 (D) chipsetini ishlab chiqardi. n Force chipseti bazasidagi materinskaya platalar judda qimmat bo’ladi, shuning uchun VIA KT266 chipseti bazasidagi qimmat bo’lgan platani sotib olib alohida videoplata olgan yaxshiroq (xatto ¢sha GeForce2MX200 bazaliligini, lekin bugungi kunda balki GeForce4MX420 olgan eng to’g’risi bo’lishi mumkin, lekin bu haqda keyinroq fikr yuritamiz).SIS kompaniyasi ham yomon chipsetlar ishlab chiqarmaydi — SIS 735, SIS740, SIS745, oxirgi chipset (SIS745) DDR333 (RS -2700) xotirasini ta`minlaydi va 533 M bayt\sek. O’tkazish imkoniyatiga ega bo’lgan MuT104 o’z shinasiga ham ega.(to’g’ri, shuni ham aytib o’tish kerakki, 266 M bayt/sek. O’tkazish imkoniyati ko’plab masalalar uchun juda ham etarlidir.

pic
pic

Ishlab chiqaruvchilar haqida

Unchalik xabari bo’lmaganlar uchun aytishim mumkinki, sistemali platalarning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilari (va nafaqat ularni) Tayvan va Xitoyda ishlaydilar. Evropada ham (balkim Siemensning o’z kompyuterlari haqidagi ma`lumotini hisobga olmasak), АQShda ham mashhur ishlab chiqaruvchilar yo’q. Shuning uchun materinskiy plata Xitoyda yoki Tayvanda ishlab chiqarilgan bo’lsa, shubhalanmang – bu juda ham yaxshidir. Bunga uning qaerda ishlab chiqarilgani emas, balki kim ishlab chiqargani muhimroqdir. Аgarda Siz har qanday firma kompyuterida ishlab ko’rsangiz, mening gapim to’g’riligiga ishonch hosil qilasiz.
Sistemali platalar ishlab chiqaruvchilarni shartli ravishda uch toifaga ajratish mumkin. Eng yuºori toifaga shubhasiz, quyidagilar kiradi: ASUS, MSI, Gigabyte. Oxirgi bir-ikki yil davomida Jetway kompaniyasining maxsuloti xam ancha yaxshilandi, ular Brandname klassli kompьyuterlar ishlab chiqaruvchilar uchun sistemali platalar (hamda video va boshqa platalar) ishlab chiqaradi. Ikkinchi, ko’p sonli toifaga quyidagi sistemali platalar ishlab chiqaruvchilarini kiritish mumkin: EPoX, ABIT, Aopen, Solten, Super Micro, Acorp, Atrend, IWIU, Chaintech. Uchinchi toifaga hamma boshqa platalarning alohida sifatliligi, turlari bilan o’zlarini ko’rsata olmaganlar kiradilar, lekin ularda ham aytaylik yaxshi platalar chiqib turadi.

pic

Аlbatta, ASUS, MSI yoki Gigabyte platalari eng talabga muvoffiqlari hisoblanadilar. O’zbekistonda Nuron kompapiyalar guruhi ASUS kompaniyasining vakili hisoblanadilar, lekin ASUS kompaniyasi platalarini boshqa erdan ham sotib olish mumkin. Gigabyte sistemali platalari ham Toshkentda keng tarqalgan, lekin fikrimga ular narxi (sifati) ishlab chiqaruvchisi nisbatida juda qulay hisoblanadi. MSI platalari bizda juda qam kam uchraydi, bu juda ham yaxshi emas. Mening fikrimcha, ana shular jahonda eng yaxshi platalardir. Juda ham imkoniyatlarga boy, kengaytirish bo’yicha va yangi texnologiyalarni qo’llash imkoniyati bor etib ishlangan sistemani platalariga biz quyida keltiramiz.

Bunday “ona” (materinskaya plata) har kimga ham to’g’ri keladi

EpoX kompaniyasi mana necha yildirki juda ham yaxshi platalar ishlab chiqaradi. Quyida keltiriladigan materinskaya platani kandaydir texnik yangilik deb aytish mumkin emas, lekin MBEP – 4 PER+(chipset 845 PE) misolida bugungi kunda hozirgi foydlalanuvchining kompyuterga ishtiyoqi va talablari qanchalik ilgarilab ketganini ko’rsatish mumkin. Shunday qilib bu plata i 845 PE chipsetida qurilgan bo’lib, Intel Pentium 4 zamonaviy protsessorlarini Nyper – Threading texnologiyasi bilan ta`minlaydi, PC 2700 DDP SDRAM (333) (sig’imi 2 GG baytgacha) xotirani ta`minlaydi. AbP 4x porti, 5 slot PCI, Ultra DMA 133 va IDE RAID (0.1, 0+1) ta`minlovchi kontrollerni IDE – kontrollerga ega, bundan tashqari ultra zamonaviy Extra Serial ATA portiga (to’g’ri komplektda kabeli faqat bitta) (aytmoqchimanki men bu standart uchun diskavodni ham ko’rganim yo’q).

pic

Fire Wire (IEEE 1394) 400 Mbit/sek ikkita portiga. 10/100 lan integrallashtirilgan tarmoq kartasi, o’rnatilgan olti kanallli ovozga va xatto oltita USB 2.0 portiga egadir. Mana sizga materinskaya plata. Yana bir qator kichik qo’shimchalari mavjud: POST tadbiridan o’tishda xatolarni raqamlar bilan ko’rsatib turuvchi LED-displeyidan indikator, va nihoyat benetooth radiointerfeys bloki. Tasavvur qila olayapsizmi benetooth interfeysiga ega (foto videokamera, boshka yana nimalar bilan deysiz) printer bilan komplektda, shnurlari va kabtllarini gapirishning ham keragi yo’q.

pic

Shunday qilib hammasi tartib bilan, qutisi juda chiroyli xatto Britaniya qirolichasiga sovg’a qilsa ham bo’ladi.
Plataning o’zi juda e`tiborga loyiq, hammasi batartib va chiroyli. Chipsetni sovutib turuvchi tiniq plastikli kuler e`tiborni o’ziga tortadi. Keyin ma`lum bo’lishicha u yana ichidan och — ko’k rangda nur sochib turar ekan.
Ishlash bo’yicha qo’llanma albatta, o’z ingliz tilida yozilgan, lekin umuman hammasi tushunarli. Shnurlar alohida qiziqish uyg’otadi. Serial ATA kabelini biz umuman birinchi bor haqiqiysini ko’rib turibmiz – kichkina, juda ixcham (to’g’ri sinab kurishning iloji yo’q) UDMA – 133 kabeli esa umuman hayron qoldiradigan darajada (dahshat). Gap shundaki hozirgi kompyuterlar ichida ancha issiq, IDE shleyf – lentalar korpus ichida havo aylanishiga imkon bermaydilar, yana UMDA 133 ning yuqori chastotaliligi uchun shleyfni ekran bilan himoyalavshga to’g’ri keladi (to’siqlar halaqit qilmasligi uchun). Shunday qilib, komplaekda UDMA 133 shnuri ham bor edi, u guyoki trubka ichiga joylashtirilgandek, havo ham aylanadi, ekran ham bor. Personalь kompyuterni yigish hech qanday qiyinchiliksiz o’tdi. Uning unumdorligi haqida hech narsa deya olmayman, platani maxsus testdan o’tkazmadik (undan tashkari Pentium 4. 3,06 GGts protsessorlari yuk edi). Lekin plata hujjatlarda ko’rsatilgan hamma narsani bajara oladi, deb ayta olaman. Аytish esimdan chiqibdi bu “go’zal” 130$ turadi, albatta, Toshkentda emas.

Xotira, xotira, xotira. Bir kompyuter uchun uch turdagi xotira

Bir necha yil ilgari xotirani tanlab olishda biror bir muammo bo’lgan emasdi. Xotira bir xil bo’lib fakatgina serverlar uchun turi bilangina farq qilgan (juftligini tekshirish bilan, ECC va shu kabi). Pentium bazasida sistemalar paydo bo’lishi bilan 1995 yildan bizning kompaniyamiz xotira bilan muammolarga duch keldi, chunki o’sha kunlar uchun oddiy bo’lgan 72 pin SIMM lar bir tekisda ishlamay qo’ydilar. Shunda FPM (betlab tez o’qish) yoki EDO xotira modulini kushimcha sotib olishga tugri keladi. Shundan beri kompyuter xotirasi bilan biror narsa sodir bo’lar edi. Pentium II dan boshlab SIMM modularidan DIMM moduliga o’tish bo’ldi, bundan keyin DIMMlarning uzlarini modifikatsiyalashtirish jarayoni boshlandi — PC 66, PC 100, PC 133 spetsifikatsiyalari bo’yicha. Bularning hammasi shuning uchun sodir bo’ldiki chunki kompyuterda asosiy bog’lovchi «CPU — xotira» hisoblanadi, shuning xotiraning mahsuldorligi protsessor shinasining o’tkazish kobiliyati bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liqdir. Masalan, birinchi Pentium II lar 6 MGts chastotada ishlaganlar, shuning uchun PC 66turidagi xotira mos kelar edi. Xotiragi zamonaviy 32 – razryadni protsessorlar 64 – razryadli tashki ma`lumotlar shinasiga egadir. Ma`lumotlar (protsessor turiga qarab) 66, 100, 133, 200 chastotalarda (100 ikki marta oshirib), 266 (133 ikki marta oshirib) etkaziladi, yoki 400 (100 turt marta oshirib), 533 (133 ni turt marta oshirib) MGts da etkaziladi. Tabiiyki, xotiraning unumdorligi va uning ishlash takt chastotasi protsessor shinasi chastotasi va unumdorligiga mos kelishi kerak.
Аgarda 66, 100, 133 MGts chastotasiga muljallangan Pentium!!! bazasidagi sistemalarni PC 66, PC 100, PC 133xotiralari mos ravishda koniktirgan bo’lsa, lekin 2001 266 MGts (Ahlton) va 400 1533 MGts (Pentium 4) tezkor shinasi yangi protsessorlarning paydo bo’lishi bilan yangi turdagi xotiraga (qattiq) jiddiy talab yuzaga keldi. Аlbatta, Intel ni 400 MGts chastotada ishlaydigan xotira juda qiziqtirgan va 2000 yildayok (xatto Pentium!!! bazasidagi sistema uchun ham) yangi turdagi xotirani taklif etdi – RIMM Direct Rambus DRAM (bendan keyin RDRAM yoki RIMM) modulini taklif etdi. RDRAM xotirasining birinchi spetsifikasi PC 800 buldi, uni takt chastotasi bo’yicha shunday atalgan (aslida esa 400 MGts ikki marta oshiriladi), 3,2 g.baytni o’tkazish qobiliyatiga ega, ana shular shina chastotasi 400MGts bo’lgan R4 protsessori uchun kerakli edi.
Bugungi kunda PC 1066 (ya`ni 533 MGts ikki marta oshirish bilan) spetsifikatsiyadagi RIMM RDRAM lar ishlab chiqariladi va sotiladi, bu 533 MGts chastotali yangi Pentium 4 talablariga mos keladi. AMD kompaniyasini va xotiralar ishlab chiqaruvchilarining ko’pchiligini ( RDRAM xotirasini Rambus kompaniyasi ishlab chiqqan, shuning uchun unga litsenziyaga haq to’lash kerak bo’ladi) DDR SDRAM (Double Data Rata SDRAM) deb atalgan boshqa turdagi xotirani ishlab chiqish va tatbiq etish ko’proq qiziqtirar edi, u SDRAM tizimiga asoslangan bo’lib, lekin ma`lumotlar signallarning ikkala fronti bo’yicha etkaziladi, bu uning utkazuvchanlik qobiliyatnini ikki marta oshiradi. Misol uchun DDR RS 266 (1333 MGts ikki marta oshirish bilan) 2,1 Gbayt/sek o’tkazish qobiliyatiga ega, shuning uchun belgilashda RS 2100 deb ko’rsatiladi.
Bugungi kunda haqiqatda uch turdagi xotiralar taklif etilgan: SDRAM spetsifikatsiyasi RS 133, DDR SDRAM DIMM (yoki oddiy DDR) spetsifikatsiyasi RS 2100 (shuning o’zi DDR 266), RS 2700 (uning o’zi DDR 333) va RS 3200 (uning o’zi DDR400) va nixoyat RIMM RS 800 va RIMM RS 1066 xotira modullari.
Narxlari taxminan shunday: DIMM RS 133 xajmi 256 Mbayt –35-40 $, DDR PC 2100 256 Mbayt-60-65$, DDR PC 2700 256 Mbayt –70-75$, RIMM HC 800 256 Mbayt –90$, RIMM PC 1066-256 Mbayt-110$.

O’z kompyuteringiz uchun qaysi xotirani tanlaganingiz ma’qul?

pic

Eng arzon xotira SDRAM RS 133 hisoblanadi, shuning uchun aytib o’tilganlarni hisobga olib uni Celeron yoki Pentium!!! protsessor bazali arzon tizimlar uchun sotib olish kerak. АMD Ahlton protsessorlari uchun eng yaxshisi DDR xotirasi hisoblanadi, shu bilan birga RS 2100 spetsifikatsiyasining xotirasi deyarli hamma konfiguratsiyalar uchun mos keladi, chunki RS 2700 yoki RS 3200 qo’llanishidan unumdorligida yutug’i uncha katta emas.
Pentium 4 bazasidagi tizimlar uchun esa eng yaxshisi DDR RS 3200 xotirani tanlagan yaxshiroq, ammo shunisi ayonki Pentium 4 bazali “professional” platformalar uchun eng yaxshisi (Intelning o’z tushunchasi bo’yicha ham) RDRAM RS 1066 xotirani qo’llash hisoblanadi (to’g’ri, ularni faqatgina i 850 va sis 658 chipsetlari ta`minlaydi).
Umuman olganda analitiklar taxmini bo’yicha 2003 yilning o’rtalariga borib SDRAM xotirasi kompyuter dunyosidan chiqishi mumkin, eng arzoni va talab etiluvchi bo’lib DDR xotirasi qoladi. Аna shunisini tanlang.
Xotira hajmi haqida gapiradigan bo’lsak bugungi kunda 256 Mbayt zurur me`yor deb hisoblasa ham bo’ladi, “professional” kompyuterlar uchun 512 Mbayt hajmi eng mosi hisoblanadi,, kimki kushimchalardan foydalanadigan bo’lsa, 1 Gbayt lini ham taklif qilsa bo’ladi (masalan, bizning jurnalimizni varaqlash uchun). Lekin ishoning xotira hajmiga bunday talablar hammada ham bo’lavermaydi va kerak emas.

HDD qattiq magnit diskli yig’uvchilar

Birinchi qattiq magnit diskli yig’uvchi 45 yil ilgari paydo bo’lgan, uning hajmi 5 M bayt bo’lib, narxi 50 ming dollar atrofida va hajmi kiyim shkafidek bo’lgan. NDDning bu birinchi avlodi 24 dyuymli (61 sm, sovet televizorlari kabi) diametrda 50 diskli plastinaga ega bo’lgan, aylanish tezligi 1200 ob/min va urtacha kirish vakti-1 sek bo’lgan. Hozirgi kunda urtacha NDD odatda 95 mmli (notbuklar uchun bundan ham kichik) ikkita plastinaga ega,hajmi 120 Gbayt, aylanish tezligi 7200 ob/min (NDD SCSI uchun esa 15000 ob/min) va urtacha kirish vakti 5 msdan ham kam. Mana shunday taraqqiy etish.
Umumiy kurinishda NDD turtta asosiy elementlardan tashkil topgan: tarqatuvch i- disk plastinalar to’plami, bir ukda aylanuvchi yozish- ukish (golovkasi) moslamasi, pozitsioner (moslamani kerakli izga pozitsiyalashtiradi) va kontrolyor ( u ma`lumotlar etkazish va boshqarishni ta`minlaydi). NDDning unumdorligi shpindel aylanishi tezligi, bir plastinaga yozish zichligiga bog’lik buladi, kam midorda kontrolyorning kyosh buferi hajmiga hamda NDD va xususan kompyuter o’rtasida ma`lumotlar almashishda foydalaniladigan interfreysdan kamroq darajada bog’liq bo’ladi. Аylanish tezligiga kelsak, ish joyi shahsiy kompyuterlarida ikki turdagi NDD bo’lib ularning tezligi 5400 va 2700 ob/min. Bir plastinaga yozish zichligi bugungi kunda 20-40 Gbaytni tashkil qiladi. Kesh buferi hajmi 2 dan to 4 Mbayt orasida (SCSI NDD da u 16 M baytgacha etadi). 2 Mbaytli bufer standart hisoblanadi. Eng kup tarqalgan deb bugungi kunda АTА 100 (uzatish tezligi 100 Mbayt/sek gacha uni yana E1DE UDMA 100 deb ham ataydilar) interfreysi hisoblanadi. Mening bilishimcha faqat Maxtog kompaniyasi АTА 133 interfreysli qattiq disklarni ishlab chiqaradi. Serverlar va jiddiy ish stantsiyalarida SCSI interfreysidan faol qo’llaniladi, ammo АTА 100 maxsuldorligi bo’yicha SCSI ga yaqinlashdi va ish joyi shahsiy kompyuterlarida xususan faqat u ishladiladi. 2003 yili yangi Serial (SATA), ma`lumotlar etkazish tezligi 150 Mbayt/sek bo’lgan muntazam interfreysga faol ravishda o’tish ko’zda tutilmoqda. Bundan tashqari yangi interfreysda uzatish tezligi oshirilgan, kabeli ancha ixchamroq (АTА katta, ko’p simli shleyfidan farqli ravishda) va havo aylanishiga imkon beradi, kabelning mumkin bo’lgan uzunligi ham 0,45 metrdan 1 metrgacha oshdi (to’g’ri har bir NDD o’z kabeli bilan o’z kontrolyoriga ulanadi, АTА da esa ikkita NDD ni umumiy shleyfga ulash mumkin edi). Bugungi kunda xali SATA interfreysli NDD uchramay turibdi, shuning uchun NDD АTА 100 eng yaxshisi hisoblanadi.

pic

Boshlangich darajadagi kompyuterlar uchun АTА 100 turidagi 5400 ob/min aylanish tezligiga ega qattiq disklarni tavsiya qilish mumkin (lekin 7200 ob/min tezlikka ega bulgan atigi 7-10$ kimmatrokdir) Pentium 4 va Ahlton bazasi tizimlar uchun yaxshisi 7200 ob/min. NDDni tanlagan yaxshi. Hajmi haqida gapirsak, bugungi kunda 40 Gbayt bulgan disklarni eng kichik deb hisoblash mumkin (bundan kichiklari bor bo’lsa ham). Men 60 Gbayt hajmli disklarni sotib olishni tavsiya etardim, chunki ular 1,5 barobar ko’proq hajmga ega bo’la turib (yozish zichligi ham yuqori, demak, tezligi ham katta) 40 Gbayt hajmli NDD bor yug’i 10-15 dollarga qimmat turadi.
Ishlab chiqaruvchilar haqida gapiradigan bo’lsak, bugungi kunda qattiq disklarni 8 ga yaqin firmalar ishlab chiqaradilar (Fujitsu, Hitchi, IBM, Maxtor, Samsung, Seagate, Toshiba va Western Digital). Shu bilan birga Fujitsu, Hitachi va Toshiba firmalari faqatgina notbuklar uchun ishlab chiqaradilar.
Bizda ko’proq Seagate va WD lar ishlab chiqargan HDDlar sotiladi. Bizning bozorimizda savdo qiluvchi deyarli hamma ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti yaxshi hisoblanadi, alohida biror bir ko’rsatmalar bera olmayman. Ularga kafolat berishda esa bizda nimagadir xatto sifati yaxshi bo’lganlari uchun ham bir yillik kafolat berishadi (odatda 6 oy kafolat berishadi), ko’plab ishlab chiqaruvchilar esa o’z mahsulotiga 3 yillik kafolat beradilar.

pic
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq