«Аloqabank» aktsiadorlik – tijorat banki mamlakatimizdagi eng yosh va istiqbolli banklardan biridir.
04.03.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Bankning etti yillik faoliyati hamma asosiy ko’rsatkichlari – mablag’i (kapitali), daromadi, bank aktivllari muntazam ravishda o’sib borishi va xizmatlari darajasining doimiy kengayib borishi bilan ifoda etiladi
«Аloqabank» 1994 yili tashkil etilgan. Аloqa va telekommunikatsiyalar korxonalari bankning ta`sischilari bo’lib ishtirok etdilar, bankning boshlang’ich ustav fondi 4 mln. So’m miqdoridi belgilangan.

Bugungi kunda «Аloqabank» — bu keng doirada bank xizmatlari ko’rsatuvchi va filial tarmoqlariga ega universal bankdir. Hozirgi kunda Toshkent shahrida operatsion boshqarmasi va sakkizta viloyat filiallari faoliyat ko’rsatmoqda.
Hozirga kelib, bankning ustav mablag’i 2,5 mlrd so’mni tashkil etadi. Bankning faoliyati iqtisodning real sektori, kichik, xususiy va o’rta tadbirkorlikni, hamda aloqa va axborotlashtirish korxonalariga mablag’ ajratish va kredit berishga qaratilgan. «Аloqabanki» — O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi, «Toshkent» Respublika fond birjasi va SWIFT xalqaro to’lov tizimi ishtirokchisidir.
Bankning hamma filiallari va bo’limlari eng yangi kompyuter va kommunikatsion uskunalar bilan ta`minlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalar va bank uskunalarini ishga tushirish mijozlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirishga va bank servisi darajasini ko’tarishga imkon berdi.
«Аloqabank» JP Morgan Chase (АQSH), “Svyazbank” (Rossiya), ABN-AMRO Bank (O’zbekiston), NBU VED (O’zbekiston) va boshqa banklar bilan korrespondentlik aloqalarga ega. «Аloqabank» hamma katta telekommunikatsion loyihalarida ishtirok etadi, masalan, Frankfurt-na-Mayne dan (Germaniya) to Shanxaygacha (KNR) yotqizilgan optik — tolali aloqa tarmog’ining Trans – Osiyo — Evropa O’zbekiston uchastkasini yotqizishni mablag’ bilan ta`minlashda ishtirok etadi.
Kichik va o’rta biznes, dehqon va fermer xo’jaliklariga, hamda jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko’rsatish turlarini kengaytirish maqsadida mini banklar tarmog’i tashkil etildi, bugungi kunda ularni soni 10 taga etdi.
Bank aholiga bank xizmatlari ko’rsatish bo’yicha maqsadga muvofiq ishlarni olib bormoqda. Respublikamiz poytaxt i- Toshkentda bankning 18 omonat kassalari ish olib bormoqda, ularda aloqa xizmatlari, kommunal va boshqa xizmatlar uchun haq to’lash amalga oshiriladi hamda aholi jamg’armalari bo’yicha operatsiyalar bajariladi. Omonat kassalar tarmog’i bankning hamma viloyat filiallarida ham faoliyat olib boradi. Bank tomonidan 13 ta valyuta almashtirish punktlari ochilgan, ulardan 10 tasi -Toshkentda, Samarqand, Nukus va Urganchda bittadan.
Chet el valyutalarini sotish va sotib olish bo’yicha operatsiyalardan tashqari bank «American Express» yo’l cheklari bilan ham xizmat ko’rsatadi.
“Western Union” xalqaro pul o’tkazish tizimida xizmat ko’rsatish bo’yicha punktlar ishlamoqda, bu punk aholi va bizning poytaxtimiz mehmonlari uchun qulay bo’lgan –Toshkent pochtamti (Bosh pochtamt) binosida joylashgan.
Xizmat ko’rsatish sifati, yangi xizmatlar ko’rsatishni tatbiq etish masalalariga doimiy etibor berib kelinadi.
“Bank — mijoz” dasturli komplekslaridan faol foydalaniladi, bu esa mijozning ofisidan to’lovlarni o’tkazishga imkon beradi, turlicha to’lovlarni amalgam oshirish uchun individual va korporativ plastik kartochkalarini tatbiq etish bo’yicha ishlar olib boriladi.
Bankning kredit siyosatida axborot — kommunikatsion texnologiyalar rivojlanishi ham e`tiborsiz qolmaydi. Ulkan telekommunikatsion loyihalarni mablag’ bilan ta`minlash va kredit ajratishdan tashqari bank mavjud kelishuvga binoan axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish jamg’armasi byudjetdan mablag’lari hisobiga kichik, o’rta biznes va xususiy tadbirkorlar sub`ektlariga imtiyozli kreditlar ajratish imkoniyatlariga ega.
Imtiyozli kreditlar aniq maqsadlar uchun ajratiladi va kompyuter texnikasi, kommunikatsion uskunalar sotib olish, Internet xizmatlari ko’rsatiladi. Bugungi kunga kelib jamg’arma mablag’lari hisobiga bank tomonidan 23 mln. So’mdan ko’proq imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bank Xalqaro Emissiya Sindikati (MES) a`zosi hisoblanadi. MESga a`zolik «Аloqabankka» tez rivojlanayotgan va istiqbolga ega obligatsiyalar korporativ bozoriga o’z mijozlarini jalb etish imkoniyatini beradi.
Bankning telekommunikatsion sohadagi katta mijozlarga egaligini (misol uchun «O’zbektelekom») hisobga olib MES faoliyatida faol ishtirok etish bu istiqbolli sohaga obligatsiya zayomlari orqali mablag’lar jalb etishga yordam beradi.
«Аloqabank» ning eng asosiy vazifalari respublika iqtisodiyotiga chet el kreditlarini jalb etish, o’z kapitalini oshirib borish va likvidlikni ta`minlash, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda samaradorligini oshirish, mutaxassislar kasb doirasini ko’tarish, respublika viloyatlarini filial tarmoqlari bilan qamrab olish, hamda O’zbekiston Respublikasi hukumati qabul qilgan 2002 — 2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etish bo’lib qolmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq