TАNISISHGА RUXSАT ETING RАDIO SETAR
19.02.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .
pic

So’z boshi: Biz radioni eshitishga o’rganib qolganmiz, to’g’rimi? U haqida qanday hikoya qilib berish mumkin-bizning bir ta’sischilarimizdan biri va umuman yaxshi raiostantsiya haqida –“ovozsiz” bosma nashr so’zlar bilan? Biz o’ylashimiizcha to’g’ri yo’lni topa oldik:
SETARning tirik ovozini ”berish”?

Shunday qilib eshiting, ya`ni o’qing, yo’q, baribir eshiting, “Infocom.uz” nashr efirida — radio SETAR.
Ruxsat eting tanishaylik radio SETAR. 2002 yilning ikkinchi yarmidan boshlab, biz kun davomida FM diapozonini 90 MGts to’lqinida eshitirishlarimizni olib boramiz.
Uzatish quvvati 1KVt bo’lib, antenaning o’rnatilishi balandligi 217 metrdan iborat holda yangi teleminoraga o’rnatilgan, u Toshkent va Toshkent viloyati doirasida to’lqinlarni barqaror qabul qilishnii ta`minlaydi.
Bizniing yaqin kelajak rejalarimiz eshittirish zonamizni Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxorogacha kengaytirishdan iborat. Eshittirishlarimiz texnologiyasi kompyuterlashtirilgan va maxsus radio-efirni dasturli avtomatlashtirish va pleylistlarni generaltsiya qilishdan foydalaniladi.

pic

Radiostantsiyaning bosh muharriri Vatanimiz estradasi yulduzi-Kumush Razzaqova.
Bizning radiostantsiyamiz bosh shiori -“Ex oriente lux”, bo’lib, lotin tilidan tarjimasi “Sharqdan yog’du” ma`nosini anglatadi. Bu shiorning tarixi-“Sharqni o’rganish” qadimiy falsafasiga borib taqaladi. Sharqdan idrok nuri, donishmanlik va mexribonlik nuri, chiqib kelayotgan quyoshning nuri, o’lmas go’zalik nuri tarqaladi. Bizning radioyimiz Adult Contemporary, Album-Orient Rock, News/Talk va Classical kabi ulkan mashxur formatlar bilan birgalikda ish olib boradi.
Bizning auditoriyamiz-bu shaxs sifatida muvafaqiyatli shakillangan. Yoki yuksak ma`naviy talabli va keng dunyoqarashga ega omadga intilishda faol odamlardir.
Bizning maqsadimiz- haqiqatdan yangi, intellektual radioni yaratishdir. Hamma kutayotgan, qalblara iz qoldiradigan va quloq uchun ozuqa baradigan radioni yaratishir. Biz “misl non stop” formatida ishlaymiz. Bizning shiorimiz — “Birorta xam bekorchi so’zsiz”, efirni o’ylab chiqarilmagan hech bir narsani uzatmaslik, birorta ham vaqtni to’ldirish dasturilari bo’lmasin. Biz bir erda turganimiz yo’q, bizning eshittirishlarimiz doimo yangiliklar bilan boyib bormoqda. Bizning yaqin rejalarimiz – turli mavzudagi dasturlar chiqarish — bular:
“Buyuk ipak yo’li” tarixiy-madaniy mavzularda hamda sport va sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish,kino va teatr sanati haqida, qamda turli interaktiv o’yin va viktorinalardan iboratdir.

Biz siz kutgan umidlar bilan bir ohangda yangilikni xohlaymiz, shuning uchun turli ijodiy efir siyosatini olib boramiz.
Shunday qilib tanishib oldik ham. Endi esa Setar radiosii “Infocom.uz.”jurnali ta’sischilari ro’yxatiga kirgani haqida. Bu shunchaki shon — shuhrat, obro’ uchun emas, balki haqiqatni izlash uchun. Birinchidan biz-FM radiostantsiyalari to’laqonli tashkil etiluvchi sifatia axborot infrastrukturalarga kirish strategik vazifani muhimligini juda yaxshi tushunamiz.
Ikkinchidan, FM radioeshittirishlari muammolari allaqachon etilib bo’lgan va shunchalik yaqqolki, shunchalik kam hal etilib kelindi.
Eng avval chetdan kuzatuvchini radiostantsiyalar sonining shiddat bilan oshib borishi hayratlantirmay qolmaydi. Hozirning o’zida Toshkentda ulardan o’n ikkitasi ishlamoqda va yana ikkitasi ochilishga tayyorlanmoqda. Kam rivojlangan reklama bozorida ularning faolyat ko’rsatish manbai haqida savol tug’ilishi tabiiy, chunki sir emaski, tijorat radiolar xisobigagina mavjud bo’la oladi. Shunga qaramay (har holda bizga ma`lum bo’lishiga) birorta ham jiddiyroq sotsiologik tekshirishlar, yo’qki FM-radiostantsiyalarini aniqlash yuzaga kelgan reklama bozorini, uning bo’g’inlarga ajratish va rivojlanish dinamikasi masalalarini o’rgansa.
Shu bilan bir qatorda oddiy ko’z bilan qaraganda ham (aniqrog’i quloq bilan eshitganda) ko’rinib turibdiki, son jixatdan oshib borish eshittirishlar umumjahon standartlariga sifatli yaqinlashib borishga kafolat emas.
Deyarli hamma radiostantsiyalar o’z ishida ko’plab texnik muammolarga duch kelmoqda: bular litsenzion sotib olish masalalari ham , etarlicha sifatli kompьyuter va telekommunikatsion uskunalarning yo’qligi ham. Ko’plab radiostantsiyalar bu muammolarni o’zlaricha qo’l ostidagi vositalari bilan hal etilmoqdalar.

pic

Xuddi latifadadek: “yigitlar sizlar bir oz payvandlab bering shu joyini, men esa uyimda sim bilan mahkam bog’lab olaman”.
Shunday ilg’or texnologiyalar internet eshitttirish va RDS sistemalarini tatbiq etish (darhaqiqat, bu qanday sistema hamma ham biladimi?) haqida esa nima ham deyish mumkin. Birorta ham to’laqonli ishlab turgan sayt raiostantsiya yo’q. Mavjudlari hammasi juda havaskorlik darajasida bajarilgan. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasi ham juda jiddiy bo’lib turibdi — texnik xodimlar kabi. Jurnalistlar va boshlovchilarni ham.
Аniq bir mazmun yo’nalishlari radio eshittirishlar tayyorlash – juda qimmatga tushadi, shuning uchun ko’pgina stantsiyalar eng kam mablag’ sarflab ishlashga harakat qiladalar :efirga ketma — ket “non stop” musiqalar, non stop eshittirishlar beradilar, undan ham yolg’oni umuman biror mazmunsiz musiqalarni tartibsiz ravishda aylantiraveradilar va umuman tematik fikrdagi dasturlar kabi ortišcha ijodiy faoliyatni chetlab o’rtaishga harakat qilailar, shundan kelib chiqadiki stantsiyalar juda ko’p, lekin farqi aytarlik sezilmaydi, eng avvalo ular xammasi shaxsiy muammolarini o’zlari hal qilish bilan ovoralar, vaholanki, allaqachon Аssotsiatsiya yoki O’zbekiston tijorat radioeshitiruvchilari (birlashmasi, ittifoqi, jamiyatini) tashkil etish vaqti kelgan. Bu erda oldinda turgan masalalarni hal etishni muhokama qilish, bozorni kelishib bulib olish hamkorlikda loyixalar ishlab chiqish mumkin.
Biz “Infocom.uz” jurnali O’zbekistondagi FM radiostantsiiyalar vakillari chišishlari uchun yaxshi minbar bo’lib qolishiga, ularning muammolarini echish uchun amaliy qurol? vosita ishonamiz, hech bo’lmasa, taxnologik rivojlanish uchun. Biz xohlardikki bu chiqishlar potentsiali investorlarni, kompyuter texnikasi, telekommunikatsion uskunalar va dasturli ta`lim-tarbiyaviy minotlarni etkazib beruvchi katta kompaniyalarni jalb etsin. Shuni aytish kerakki hozirning o’zidayoq bunday hamkorlikka ijobiy misollar ham bor.
Masalan :Globalnet internet-provayderi saytida quyidagi adres bo’yicha:
[url=http://efir.chat.uz.8080/chat.asf]http://efir.chat.uz.8080/chat.asf[/url]
oqimli audio sistemasi (“Vodiy sadosi”) radio efirini to’g’ridan to’g’ri eshitish mumkin. Mavjud liniyalarning ko’pchiligi dial-up ulanishlar va ast o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lganini hisobga olib, buni birinchi qaldirg’ochi deb atashimiz mumkin va ana shuning uchun ham u juda mag’rurdir.
Yagona axborotli sharoitni yaratish umumiy vazifa . Radiio bu bayramda begona bo’lmasligi kerak.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq