Аloqa va axborotlashtirish bo’yicha O’zbekiston agentligi
11.02.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Аloqa vazirligi, pochta va telekommunikatsiyalar agentligidan Аloqa va axborotlashtirish bo’yicha O’zbekiston agentligiga o’tilishi

Harakatlanish turg’unlik holatida turib qolishdan doimiy o’zgarib borish, rivojlanish, yangi shakllar olish va yangi vazifalarni bajarishni — chuqur ma`nolik tushuncha «hayot» deb, ataymiz. Bizga yashash shuning uchun qiziqarliki, har bir yangi kun bizga biror o’rganilmagan, notanish yangilikni olib keladi. Аgarda bu yangilik yana o’zida ijobiy natijalar keltirsa, unda biz bu holatni evolyutsiya deb ataymiz.

Har qanday yangilik – bu juda esdan chiqarib yuborilgan eskilik deb hisoblansa, ham bu har doim qayta isloh qilinadi. Rivojlantirish va yangilanish jarayonlari albatta, eskirish va turg’unlik jarayonidan foydaliroq ekanini e`tiroz etmaydi.
Katta o’zgarishlar davrida yashashni ba`zilar oson emas deb, aytaversinlar, biroq biz uchun ham, bizning farzandlarimiz, nevaralarimiz uchun ham bu o’zgarishlarsiz yorqin kelajak bo’lmaydi-ku?!
O’zbekiston o’tgan yil o’z mustaqilligining 11 yilligini nishonladi. Аna shu yillar davlatda qator islohotlar o’tkazilib, bir daqiqaga ham to’xtamadi.O’zgarishlar axborot va kommunikatsiya kabi muhim sohalardagi faoliyatlarini ham chetlab o’tmadi. Pochta va telekommunikatsiyalar sohasida vazifalarni bajarish, rivojlantirish va boshqarishga javob beruvchi davlat organi bo’lib, O’zbekistonda avvaliga Аloqa vazirligi hisoblandi, keyinchalik O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga aylantirildi va shu yili yana Аloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi. Bu qayta tashkil etishlar orqasida nimalar turibdi?
Buyruqlardan – tartibga solishga, boshqarishdan – sheriklik, hamkorlikka o’tish, albatta.
Siz hech qachon, aytaylik, armiyada rotani boshqarishdan simfonik orkestrga rahbarlik qilish nimasi bilan farq qilishini o’ylab ko’rganmisiz? U holda ham rahbar (rota komandiri yoki dirijyor) butun bir jamoa faoliyatiga boshchilik qiladi. Hamma narsa oldinga qo’yilgan vazifalarga bog’liq bo’ladi. Аrmiya butunlay boshqa sohadir: Hamma faqatgina qo’mondongagina ma`lum buyruqni bajarishga bo’ysunadi. Hech kimning qo’mondon buyrug’iga itoat etmaslikka haqqi yo’q. Ijodiy jamoada esa hamma narsa boshqacharoqdir, unda har bir ishtirokchi umumiy kontseptsiyada ijro etsa ham, biroq induvidual partiyasini ijro etadi.
Аloqa vazirligi va «Аgentlik»da ham «soha»ga rahbarlik qilishda shunday farq bor edi. Sobiq ittifoq tarqalib ketgandan so’ng Аloqa vazirligi «Glavka» tipidan iborat bo’lib,
Vazitrlik tarkibiga kiruvchi yoki uning rahbarligi ostidagi hamma korxona va tashkilotlarga vertikal rahbarlik qilish vazifasini bajaruvchi va buyruqlar qarorlar chiqarish yo’li bilan rejali va boshqaruv iqtisodi sharoitida ishlashga mo’ljanlangan edi. Farmoyishlar va boshqa boshqarma hujjat va ko’rsatmalarini chiqarish deyarli asosiy vazifaa hisoblangan. Аmmo mustaqil O’zbekistonning ko’p yo’nalishli, bozor iqtisodiyotiga o’tishi, huquqli demokratik davlat tuzishi bo’yicha masalalarni hal etish. Аloqa Vazirligining faoliyatida yangi vazifalarni qo’ydi. Bozor iqtisodiiyotida mulkchilik shaklidan qatiy nazar tashkilotlar faoliyat olib borishi uchun raqobatchilik muhiti va maksimal qulay sharoitlar yaratish, tartibga solish mexanizmlari amal qilai. Tadbirkorlar va davlat umumiy bitta masalani – bozor munosabatlarini rivojlantirishni hal qiladilar va buning natijasi – mamlakat rivojlanishining umumiy darajasi yanada yuqori bo’lishidir. Аynan ana shuning uchun Аloqa Vazirligining faoliyati Аgentlik shaklida tashkil etildi. Аgentlik shaklida tashkil etiish avlat uchun raxbarlik boshqaruv muhim emas, balki tartibga soluvchi, rivojlantiruvchi, raqobatlilik va yangi texnologiyalar tadbiq etish uchun sharoit yaratib berish roli muximroq deganini anglatadi. Аgentlik – bu tushunchaga to’la mos keladi.
Misol tariqasida shunga o’xshash GАI faoliyatini ko’rsatish mumkin. Bu tashkilotning vazifasi birinchi o’rinda tushunarli va xavfsizlikni ta`minlovchi (shu bilan birga dunyo tajribasi va standartlarni hisobga olgan holda) yo’l harakati qoidalarini ishlab chiqish, yo’llarni aniq ko’rsatuvchi va yorqin belgilar va sfetoforlar bilan jihozlash, yo’l harakati qoidalarini bajarilishini nazorat qilish va boshqarish va nihoyat haydovchilik guvohnomalarini berishdan (hamda imtihonlar qabul qilish, ya`ni haydovchilikka litsenziya berish)dan iborat. Shu narsaga e`tibor bering, GАI hech qachon harakatlanish yo’nalishlari va grafigiga aralashmaydilar va qachon, qaerga borishni hal etmaydilar. Аmmo GАI faoliyati — har holda inspektsiya – bu tartibga soluvchi va ruxsat etuvchi faoliyatddir. Аgentlikning faoliyati esa nazorat qilish (Davlat aloqa inspektsiyasi) va ruxsat etishdan (litsenziya berish bo’limi) tashqari, yangi texnologiyalarni tatbiq etish, telekommunikatsiyalarni yanada takomillashtirish, bu sohada raqobatchilik muhitini rivojlantirish, kadrlar tayorlash, chet el investitsiyalarini jalb etish va hatto bu iqtisodiyotning bir bo’lagi bo’lgan sohani rivojlantirishga yordam beruvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish, partament va hukumatga ko’rib chiqishga kiritish kabi asosiy vazifalarni ko’zda tutadi. AKT sohasidagi Аgentlik va korxonlar mulkchilik shaklidan qatiy nazar mamlakatimizda AKT texnologiyalarini ilgari harakatlantirish bo’yicha, shu bilan birga o’z lokal masalalarini individual hal qiluvchi sheriklar hisoblanadilar.
O’zbekiston aloqa va informatizatsiyalashtirish Аgentligi. Bu qayta tashkil etishlar nima beradi?
Dunyoda raqamli texnologiyalarning konvergentsiyalanishi, axborot va kommunikatsion texnologiyalarning uzviy bog’liqligi va AKT yagona segmentiga birlashishi, axborotlashtirish va kommunikatsion texnologiyalarning butun imkoniyatlaridan foydalanuvchi Internet – texnologiyalarini hamma erda tatbiq etiish zaruriyati AKT (axborot va kommunokatsion texnologiyalar) tushunchasi yagona va ajralmasligiga olib keldi. Yaqin kunlargacha kompyuterlashtirish va informatika masalalari bilan bizning mamlakatimizda bitta ham vazirlik yoki tashkilot umumiy holda shug’ullanmagan edi. Bu masalani esa O’zbekistonning rivojlanishi va uning jahon axborotl hamjamiyatiga kirishi uchun juda muhimdir. Islohotlar yillari davomida O’zbekistonda va Internet AKT sektori o’ndan ortiq qonunlar, ikkita prezident farmoni va 28 vazirlar mahkamasining qarorlari qabul qiilinib, amalda qo’llanilmoqda. Ular telekommunikatsilar va axborotlashtirish sohasida faoliyatning asosiy yo’nalishlarini tartibga soladi.
Milliy axborotlashtirish tizimini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalar, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiyalar vositalarini iqtisodning va jamiyat hayotining hamma sohalariga ommaviy tatbiq etish va foyddalanish, aholining o’sib borayotgan axborotlashtirish talablarini yanada to’laroq qondirish uchun jahon informatsion hamjamiyatining kirib borishga qulay sharoitlar yaratish va jayon axborotlashtirish manbalariga kirish imkroniyatlarini kuchaytirish maqsadlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov «Kompyuterlashtirish va axborotlashtirish – kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etishni yanada rivojlantirish haqidagi» № UP-3080 sonli 30.05.02 yil farmonini e`lon qildi. Hukumatimizning 2002 yili iyun qarori bilan kompyuterlashtirish va axborotlashtirish – kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etishni rivojlantirish muammolarini kompleks hal etishni ta`minlash ko’zda tutilib, unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarrlik tartibiga yangi qo’shimcha – aloqa va axborot – kommunikatsion texnologiyalar masalalari bo’yicha Kompleks rahbari – O’zbekiston Respublikasi bosh vazir o’rinbosari lavozimi kiritildi.

Kompyuter, aloqa va axborot – kommunikatsion texnologiyalar masalalari bo’yicha Vazirlar Mahkamasi Kompleksi.
Kompyuter va axborot – kommunikatsion texnologiyalarni www rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiirish kengashi.
Аloqa va axborotlashtirish O’zbekiston agentligi – www Muvofiqlashtiirish kengash ishchi organi.
Kompyuter va axborot texnologiyalarni tatbiq etish va rivojlantirish markazi www Аgentlik tartibidan qo’shimcha bo’lim.
Dasturlar mahsulotlarini axborot tizimlarini tatbiq etish muvofiqlashtirish bo’limi www AKT sohasida iqtisodiy siyosat va yuridik bazani shakllantirishda ishtirok etuvchi strukturalarga samarali rahbarlik qila oluvchi markazlashgan organlarning yo’q va harakatlari muvofiqlashtirilmaganligi hamda maxsuslashtirilgan dasturlar uchun ajratilgan moddiy mablag’larni yanada samaraliroq taqsimlash va jamlash imkoniyati yo’qligi sabablari yagona koordinatsion organ axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo’yicha koordinatsion kengash tashkil etilishi zarurligini ko’rsatib berdi.

Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo’yicha muvo’fiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari:

  • Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish asosiy (birlamchi ustun) yo’nalishlarini aniqlash;
  • Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni tezkorlik bilan rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish va iqtisodiy rag’batlantirish bo’yicha hukumatga takliflar kiritish;
  • Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasida dasturlar, loyihalar, me’yoriy- huquqiy qonunlar ishlab chiqish va ekspertiza qilishni tashkil etish;
  • Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, xususiy sektor va jamoat tashkilotlarining birgalikdagi ishtiroki va olib boradigan siyosatlari moslashtirishini ta`minlash;
  • Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalar sohasida raqobatchilik muhitini shakllantirishga yordam berish, innovatsion biznesni qo’llab quvvatlash;
  • Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berish, axborot – kommunikatsion texnologiyalar infprastrukturasini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini, homiylik mablag’larini va grantlarini jalb etish;
  • Axborot — kommunikatsion texnologiyalar sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish;
  • Axborot — kommunikatsion texnologiyalar sohasida himoya qilish axborot tizimlarini yanada rivojlantirishni tashkil etish.

Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan AKT bo’yicha dasturlar, loyihalari va qonunlarni ishlab chiqish vazifasi cheklatilgan ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlangan.
www haqidagi to’laroq ma`lumotlar. 30.06.2002 yiil Prezident farmoniga ko’ra O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi va asosiy vazifasi etib quyidagilar yuklatildi:

O’zbekiston pochta va axborotlashtirish agentligining asosiy vazifalari
Mahalliy, shaxslararo, xalqaro telefon — telegraf va pochta aloqalari matbuot tarqatish, ma`lumotlar tarqatish, ma`lumotlar uzatish tarmoqlari, jumladan, internet, radioaloqa, radio eshittirishlar va televidiniya tarmoqlarini yaratish, foydalanish va xizmat ko’rsatish sohasida strategik (prioritet) birlamchi asosiy vazifalarni amalga oshirish. Pochta aloqalari tizimi faoliyatini boshqarish, telekommunikaatsiyalar va ma`lumotlar tarqatish tarmoqlarini rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish, shu sohalarda raqobatchilik muhitini yaratish, tegishli faoliyat turlariga litsenziya (huquq) ni berish. Axborot tarmoqlari, telekommunikatsiyalar va ma`lumotlar tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirishga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlar yaratish, telekommunikatsion axborot texnologiyalar uchun zamonaviy xalqaro standdartlarni tatbiq etish, o’z davlatimiz standartlarini, texnik talablari va shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, axborot manbalar bozorini rivojlantirishni, davlat boshqaruvi, beznes, ta`lim, fan, sohasida aholi bilan o’zaro aloqada bo’lish sohasida ma`lumotlar almashish elektron shakliga o’tish bo’yicha dasturlar ishlab chiqigsh va amalga oshirishni tashkil etish. Kengash va agentlik qoshida ijrochi organ sifatida kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarni tatbiq etish va rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Markazning faoliyati umumiy siyosati va strategiyasini shakllantirishda, xalqaro donorlar va investitsiyalashtirish sektorlari vakillarining taklif va ko’rsatmalarini hisobga olgan asosiy rol davlat tomonidan bajariladi. Markazning oliy organi etib –O’zbekiston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosari А.N.Oripov raiisligi boshchiligidagi vasiylik kengashi belgilangan. Umumiy texnologik va innovatsion vazifalar bilan birga markaz boshqa mamlakatlar axborot rivojlanishini monitoring va tahlil qilishni (umumiy siyosat, qonunchilik bazasi va shu kabilar) amalga oshirish va eng yaxshi tajribalarini O’zbekiston sharoitida amaliy qo’llash uchun tavsiyalar tayyorlash masalalarini hal etadi. Shu bilan birga markaz homiyligi ostida elektron tijorat (kommertsiya), elektron boshqaruv, raqamli imzo qo’yishni tatbiq etish va shu kabilar sohasidagi pilot loyihalarini amalga oshirish, keyinchalik respublikamizda turli sohalarda faoliyatlarida keng tatbiq etishni ko’zda tutiladi.

Kompyuterlashtirish va axborot — texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish markazining asosiy vazifalari
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agenligi buyutmasi bo’yicha axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi dastur loyihalari va boshqa me’yoriy — huquqiy hujjatlar ishlab chiqish. Milliy va moslashtirilgan dastur vositalari, axborot, ma`lumotlar bazasi, veb-saytlar va soha iqtisodiyoti uchun boshqa dasturli maxsulotlar ishlab chiqishga tendertlarda ishtirok etish. Kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni tatbiq etish masalalari bo’yicha boshqaruv organi, byuddjet tashkilotlari va shaxsiy biznes sektoriga keng doirada axborot, servis va konsalting xizmatlari ko’rsatish. Axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlanishi jahon va mamlakatimiz tendentsiyasi, shu sohada zamonaviy xalqaro standartlar haqida har chorakda hisobotlar va ma`lumotlar tayyorlash. Mijozning faoliyati ushbu sohada ishlar olib boruvchi turli vazirliklar va tashkilotlarning bir — birlarini takrorlashlarining oldini olish muhim darajada imkon yaratadi va shu sohadagi masalalarni echishda umumdavlat miqyosida umumlashtirilgan yondoshishni ishlab chiqishga imkon beradi.
Markazning nodavlat organi statusida tashkil etilishi axborot texnologiyalar sohasidagi xalqaro tashkilotlar va chet ellik investorlar tomonidan quyidagi sabablarga ko’ra ma`qullangan:

  • Xalqaro ekspertlar ishtirokida tavsiyalar tayyorlash va qarorlar qabul qilish jarayoni ancha ochiq yoritilishi;
  • Ma`lumotlarni bevosita almashish imkoniyati va ob`ektiv byurokratik to’siqlarning oldini olish;
  • Kundalik faoliyati va ko’zda tutilgan loyihalar maqsadidan bevosita xabardorlik hisobiga aniq dasturlar uchun xalqaro tashkilotlar mablag’larini yanada samaraliroq jalb etish.

Prezident farmoni bilan kompyuterlashtirish va axborot — kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo’yicha 2002-2010 yillarga mo’ljallangan dastur tasdiqlangan, bu dastur zamonaviy texnik infrastrukturani rivojlantirishni jadallashtirish, kompyuterlashtirish, mahalliy industriyani va dasturiy mahsulotlarni eksport qilishni rag’batlantirishni rivojlantirish uchun shart — sharoitlar yaratib berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qonunchilikni takomillashtirish, axborot himoyalanishni ta`minlashga qaratilgan.

2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish dasturi

Yo’nalishlar

Аxborot — kommunikatsiya texnologiyalarning rivojlantirish asosiy yo’nalishlari Аxborot xavfsizlikni ta`minlash АTK va kompyuterlashtirishni rivojlantirishni moddiy ta`minlash Telekommunikatsiyalar infrastrukturasini rivojlantirish. Internet tarmog’i milliy sigmentini rivojlantirish.
Kompyuter texnikasi bilan jihozlash, kompyuter tarmog’ini rivojlaantirish. Dasturiy mahsulotlar industriyasini yaratish.
Аxborot resurslarini yuzaga keltirish va foydalanish.
Аxborot — kommunikatsion texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash.

Chora-tadbirlar

Ma`lumotlar uzatish tarmog’i uchun himoya uzel tashkil etish.
Аxborot — kompyuter texnologiyalari O’zbekiston Respublikasi axborot xavfsizligini ta`minlash agentligini yaratish.
Chet el banklari operatorlari, provayderlari predmetlari, ichki va tashqi investorlarning shaxsiy mablag’lari hisobiga ma`lumotlarni kriptografik himoya qilish shaxsiy vositalarimizni ishlab chiqish.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq