“BUZTON” QK – raqamlashtirish darajasi 100 % bo’lgan oddiy aloqa
14.01.2003
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

BUZTON co’zini eshitish bilanoq, darhol uzluksiz va sifatli aloqa tarmoqlari haqida gap ketayotganligini anglaymiz..
Yaxshi narsalarga juda tez o’rganib qolasan deb aytuvchilar, juda ham haqlar.
Ta`sischimizdan biri bo’lgan BUZTON qo’shma Korxonasi haqida maqola tayyorlar ekanmiz, shu narsani bilib hayratlandikki, bu korxona Toshkentning (va nafaqat poytaxtning) hamma ishbilarmon va madaniyatli vakillarida eng haqiqiy raqamli va ilg’or mustahkam aloqali deb taassurot uyg’otgan ekan. Bu korxona, faqatgina 1995 yili tashkil etilib, xususan jahon bo’ylab aloqa xizmatlarini amalda faqatgina 1996 yilda boshlagan. Kim nima deyishini bilmadimku, lekin ko’pchilik bizning fikrimizga qo’shilsa kerak, agarda Sizning biznes hamkoringizning vizitkasida 120 (****) raqamlari “nur sochib” turgan bo’lsa, bu faqat bir narsani anglatadi_Sizning qarshingizdagi odam obro’li, ishonchli va o’rnatilgan ishbilarmonlik aloqalarini juda hurmat qiladigan shaxs. U “biz unchalik boy emasmizki, pulni tejash uchun aloqalarimizni qurbon qilsak” — degan tamoyilga amal qiladi.
Endi esa, raqamlar va kirish ma`lumotlari.

pic

Аloqa turi –qayd etilgan ,
Tarmoq turi – raqamli optika-tolali (VOLS),
Аlohida belgilari – raqamlashtirish darajasi 100%,
Sifat kafolati – ishonchli va toza.
BUZTON (Britaniya — O’zbekiston) qo’shma korxanosi. O’zbekistonda telekommunikatsion biznesda qo’shma korxonalardan birinchilardan bo’lib, 1995 yili 1 avgustda tashkil etilgan. qo’shma korxonaning ta`sis etuvchilari: Buyuk Britaniya tomonidan – Marconi International LTD.-(50%). O’zbekiston tomonidan — АOOT TShTT(sobiq Tash GTS)-25% va TTsMES (Xalqaro elektr aloqa Toshkent markazi)-25%, BUZTON QK sini tashkil etishdan maqsad uni ta`sis etish bosqichidan yangi raqamli texnologiyalar va optik tolali tarmoqlar qo’llab, sifatli aloqa tarmoљlari yaratish jiddiy zaruriyati bilan talab etildi. Gap shundaki, mustaqil O’zbekiston oldida diplomatik korpuslar, katta xalқaro tashkilotlar, ulkan chet el kompaniyalari vakolatxonalari va vujudga kelayotgan o’z mahalliy tadbirkor (biznesmen)larini sifatli xalqaro, shaxslararo va mahalliy aloqa bilan ta`minlash muammosi jiddiy turar edi.

pic

1996 yilning sentyabrida BUZTON QK si o’zining to’la raqamlashtirilgan optik — tolali aloqa tarmog’ini kiritishini yakunlaydi va foydalanishga topshiradi. O’tgan yillar davomida bu tarmoq katta sonli aloqa tarmoqlari va keng doiradagi telekommunikatsion xizmatlar ko’rsatuvchi shahobchalari ustiga qo’yilgan aloqa tarmog’iga aylandi.
“Ustiga qo’yilgan” tarmoq iborasi – bu yangi (yanada mukammalroq) tarmoq, yo’q yoki mavjud Toshkent telefon tarmog’i “ustiga qo’yiladi”, chunki o’zining yangi tarmog’ini (shahar ko’chalarini qoplab chiqib) yotqizish unchalik oson ham emas. Аmmo ba`zi hollarda buyurtmachilarning talablariga binoan BUZTON QK si “oxirgi metrlar” deb nomlanuvchi masalalarini hal etadi va al etib kelmoqda aloqani rivojlantirish yo’lida har qanday kompleks echimlar ham yaxshidir.

Shuni tushunish kerakki, BUZTON QK ga iloji boricha texnik imkoniyatlar yaratib bergan TShTTva TTsMES – ta`sischilarining ishtiroki va hamkorligisiz yangi raqamli tarmoq unga yuklatilgan hamma ishlarini to’liq amalga oshira olmagan bo’lar edi. Eng yaxshi uskunalar va BUZTONning muassislarining texnik echimlari qisqa vaqt ichida BUZTON aloqasini xalqaro, shaharlararo va mahalliy aloqa uchun etalon darajasi olib chiqdi.

pic

Qo’llaniladigan texnologiyalar

BUZTON QK si optika — tolali raqamli texnologiyani qo’llaydi va hozirgi paytda Toshkentda yagona to’la raqamlashtirilgan aloqa tarmog’iga ega. (Ma`lumotlar uchun: АTS larni raqamlashtirish Toshkentda faqatgina 30% ni tashkil etadi. Аnalogviy nima ekanini (olti raqamli АTS) tushuntirishning ҳojati yo’q). Hamma uskunalar, jumladan, optika-tolali kabilar ham Marconi Communication LTD kompaniyasi tomonidan etkazib berilgan, bu kompaniya Buyuk Britaniyada aloqa uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha eng katta hisoblanadi.

pic

BUZTON tarmog’i asosini quyidagilar tashkil etadi:
Sistem X qudratlli bazali raqamli kommunikatsion stantsiyasi;
Optika – tolali aloqa liniyalari;
SDH uzatish sistemasi (sinxron raqamli ierarxiya);
Raqamli kontsentratorlar va multileksorlar.

Sistem X kommunikatsion stantsiyasi – bu dunyodagi keng imkoniyatli o’z klassidagi eng yaxshi sistemalardan biridir. (ISDN, IN, qo’shimcha xizmatlar va shu kabilar) SDH uzatish sistemasi, SMR-1 ko’rinishida amalga oshirilgan bo’lib (155 M bit\sek.), katta miqdorda 2 M bit oqimlarni kerakli yo’nalishlarda tashkil etish imkonini beradi. Shu bilan birga opptik interfeys uskunalari am qo’llaniladi, ular alohida abonentlargacha yoki uzoqdagi kontsentratorlarga otika – tolali kabel bo’yicha 8×2 M bit olish imkonini beradi.
Tarmoqni boshqarish EM-OS sistemasi operativ ravishda tarmoq konfiguratsiyasini o’zgartirish va yangi yo’nalishlar tashkil etish imkonini beradi.

pic

BUZTON Qo’shma Korxonasining infrastrukturasi

Tarmoq asosini katta quvvatli Sistem X markaziy stantsiiyasi va o’zaro VOLS orqali bog’langan bir qator olib chiqilgan kontsentratorlar va multipleksorlar tashkil etadi. Tarmoq strukturasi shaharning deyarli hamma telefon stantsiyalarida o’rnatilgan bir necha uzatish opptika-tolali doira ko’rinishiga ega bo’lib, ular BUZTON QK si uskunalarini birlashtiradi. BUZTON tarmoqlari Toshkentning hamma rivojlangan qismlarini qamrab olgan va deyarli shaharning har bir nuqtasidan o’z abonent lariga ega.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq