Hurmatli muxlis!
03.01.2003
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aloqa va axborot — telekommunikatsion texnologiyalar majmuasi O’zbekiston Аloqa va axborotlashtirish agentligi nomidan Sizlarni axborot va kommunikatsion texnologiya (АKT)larga bag’ishlangan, АKT texnologiyalar haqidagi jurnalga bo’lgan ehtiyoj, jurnalxonlarning keng ommasiga mo’ljallangan, zamon talabi va mamlakatimiz Prezidenti I.А.Karimov tomonidan axborot kommunikatsion texnologiyalarning kelajakdagi rivojlanishi va hayotga tatbiqi bo’yicha birinchi navbatdagi davlat ahamiyatidagi masala sifatida ta`kidlangan «InfoCOM.UZ» jurnali birinchi sonining chop etilishi bilan tabriklayman.
Аynan shu sababli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 maydagi «… 2003 yildan boshlab axborot-kompyuter texnologiyalari sohasida jahonda va mamlakatimizdagi tendentstyalar va yutuqlarni yorituvchi, albatta, Internet nusxasi bo’lgan maxsus jurnal chiqarilishini tashkil etish» vazifalari qo’yilgan edi. Yangi «InfoCOM.UZ» jurnalini yaratish bo’yicha asosiy tashabbuskor -O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bo’ldi. Shunisi quvonarliki, bu tashabbus boshqalar, jumladan, davlat tashkilotlari va kompaniyalar tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi. Natijada «InfoCOM.UZ» jurnalida bugungi kunga kelib, yigirmaga yaqin muassislar yirik davlat va tijorat tashkilotlari, kompaniyalari, АKT sigmentida muvaffaqiyat bilan ish yuritmoqdalar. Bu esa jurnalimiz nashri juda katta jamoat mavqeiga ega bo’ladi va u tor doirada ixtisoslashgan idora nashri bo’lib qolmaydi, deb umid qilishga imkon beradi. Yangi jurnaldan maqsad АKT texnologiyalarning ommaviylashuvi, jahonda va ayniqsa, bizning O’zbekistonda sodir bo’layotgan АKT sohasidagi ma`lumotlarni, hodisalarni hikoya qilishdir. Shuningdek, jurnal bizning mamlakatimizda АKT texnologiyalarining rivojlanishi haqidagi muammolarni muhokama qilish uchun mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining minbari bo’la oladi. Jurnal matbuot nashri, shuningdek, interaktiv Internet versiya shaklida ham e`lon qilinadi. Shu sababli ham Siz uni Internet tarmoqlaridan topib, o’qiy olasiz.
Yangi «InfoCOM.UZ» jurnalining tahririyatiga, men ham ular safida bo’lgan, tahririyat hay`ati a`zolariga Mustaqil O’zbekistonimizning gullab yashnashi, ravnaq topishi yo’lidagi IT-jurnalistika sohasidagi ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori

Abdulla Aripov

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq